Reja: Birinchi va ikkinchi renessans haqida


Download 26.31 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi26.31 Kb.
#1486896
Bog'liq
3-rensessans

Yangi O'zbekiston- Uchinchi renessans. Yoshlar-kelajak bunyodkori.


REJA:

  1. Birinchi va ikkinchi renessans haqida

  2. Oʼzbekistonda Uchinchi renessans poydevori bormi?

  3. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish

Oʼzbekistonda Uchinchi renessans poydevori bormi?


Davlatimiz rahbari Oʼqituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan soʼzlagan nutqida ustozlarimizni bayram bilan samimiy tabriklab, “Darhaqiqat, millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi” deb eʼtirof etdi va keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi Oʼzbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori taʼlim tizimida ham tub islohotlar olib borilayotganiga toʼxtalib, “Biz keng koʼlamli demokratik oʼzgarishlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali Oʼzbekistonda yangi Uygʼonish davri, yaʼni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni oʼzimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak” deb taʼkidlab oʼtdilar.
Shu borada men bir olim sifatida, birinchi va ikkinchi Uygʼonish davrining tarixiy shart-sharoiti va uni yuzaga keltirgan faktorlarga toʼxtalmoqchiman.
Birinchi renessans nima, u qanda tarixiy sharoitlarda yuzaga chiqdi va butun insoniyatga nimalarni tuhfa qildi?
Barcha sharq va gʼarb olimlarining eʼtirof qilishlaricha, Yevropada 15-17 asrlar orasida yuzaga kelgan Birinchi Renessans yurtimizda undan bir necha yuz yil avval, yaʼni IX-XI asrlarda roʼy bergan. Ushbu ulkan yuksalishning sodir boʼlishining oʼz tarixiy sabablari bor, albatta. Chunki, mazkur davrda davlat taraqqiyoti uchun juda muhim boʼlgan yangi islohotlar va qonunlar joriy qilindi, yer-suv, qoʼshnichilik munosabatlaridan soliqlargacha tub yangilanishlar sodir boʼldi. Davlat yuritishdagi va siyosatdagi yangiliklar ilm-fan kishilarini ezgu gʼoyalar tevaragida birlashtirdi, turli-tuman fanlarga, ayniqsa matematika, astronomiya, kimyo, tibbiyot, huquq, geodeziyaga qiziqish kuchaydi va dunyo tuzilishi haqidagi zamonaviy nazariyalarga aynan oʼsha davrda asos solindi. Muhammad Muso al-Xorazmiy, Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli ibn Sino, Аhmad al-Fargʼoniy Аbu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshgʼariy, Mahmud Zamaxshariy, imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Moturudiy, Аbul Muin Nasafiy kabi buyuk ajdodlarimiz serqirra isteʼdod sohiblari boʼlishlari bilan bir qatorda, oʼz fanlari boʼyicha butun olamga ustozlik maqomiga erishdilar. Mazkur davr dunyo taraqqiyotining yuksalish tamoyillarini belgilab berdi, desak mubolagʼa boʼlmaydi. Buning yorqin isboti – Xorazmda barpo etilgan Maʼmun akademiyasidir. Daho mutafakkirlarni oʼz bagʼriga toʼplagan bu oliy dargoh nafaqat oʼz mintaqasi, balki butun dunyo uchun akselerator vazifasini oʼtagani haqiqat.
Sferik trigonometriya, oʼnli raqamlarning tizimli qoʼllanishi, trigonometriyada “funktsiya” tushunchasining paydo boʼlishi, joʼgʼrofiy koordinatlarining aniq ifodalanishi, Yer sayyorasining sferik globusi, qattiq va suyuq moddalarning solishtirma ogʼirligi, minerallar tasnifi, quruqlik tarkibiy jismlarining harakati va qatlamlar hosil boʼlishi, dengiz va materiklarning joylashuvi, tibbiy va farmatsevtik bilimlarning bir tizimga solinishi, tashxislash va davolashning yangi usullari, maʼdanlar transmutatsiyasi imkonlarining tahlili – bular yurtimizda IX-XI asrlarda yashab ijod qilgan buyuk ajdodlarimizning tabiiy va aniq fanlarda amalga oshirgan innovatsion gʼoyalarining baʼzilari, xolos. Oʼrni kelganida shuni ham taʼkidlab oʼtish kerakki, ilm-fan osmonida yulduzday yaraqlab turgan bu allomalar atrofida va ulardan keyin yana yuzlab safdoshlari, shogirdlari, davomchilari yurtimiz ilm-fani mevalarini jahonning ilgʼor ommasiga yetkazib berishda katta xizmatlar koʼrsatishdi va mamlakat shon-shuhratini, tafakkur qudratini uzoq oʼlkalarga qadar yoyishdi.
Ikkinchi Renessans nafaqat mintaqamizda, balki juda katta joʼgʼrofiy hududlarda siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirgan ulugʼ bobomiz, sohibqiron Аmir Temur nomi bilan chambarchas bogʼliq. U zot tufayli qudratli markaziy boshqaruvga asoslangan davlat va yangi madaniy-ilmiy yuksalish uchun qulay vaziyat yuzaga keldi. Аmir Temur oʼz bepoyon saltanatining katta shaharlariga turli hududlardagi isteʼdodli olimlar, shoirlar, hunarmandlar, meʼmorlarni jamladi va ilmi-fan taraqqiyoti uchun kerakli barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi. Bunday oqilona siyosat mamlakatning ilmiy va madaniy qudratini kuchaytirdi.
Ikkinchi renessans davri “Islom madaniyatining oltin asri” deb atalishi bilan birga, fazo ilmi va matematika fanlarining rivojlanishi bilan yurtimizda ikkinchi Uygʼonish, yaʼni ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi. Bu davrda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Margʼinoniy, Аbul Muʼin Nasafiy kabi ulugʼ ulamolar, Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulugʼbek, Gʼiyosiddin Koshiy, Аli Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Аbdurahmon Jomiy, Аlisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va mutafakkirlar maydonga chiqdi. Sharafiddin Аli Yazdiy, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod singari musavvirlar, koʼplab xattot va sozandalar, musiqashunos va meʼmorlarning shuhrati dunyoga yoyildi. Birinchi Renessans davrida boʼlgani kabi, bu davrda ham ilm oʼrganishni istovchilar butun dunyodan oqib kela boshladilar.
Davlatimiz rahbari nutqidagi “Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qoʼyib, uni milliy gʼoya darajasiga koʼtarmoqdamiz” degan soʼzlari yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli tub islohotlardan koʼzlangan ulugʼ maqsadlarni ifoda etadi. “Biz maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi, oliy va oʼrta maxsus taʼlim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni boʼlgʼusi Renessansning toʼrt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bogʼcha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-oʼqituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uygʼonish davrining toʼrt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz. Men ishonaman – hurmatli ota-onalar bu tashabbusni albatta qoʼllab-quvvatlab, yangi Renessansning beshinchi halqasi, beshinchi ustuni boʼladilar. Va bu maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizdagi eng mustahkam ustun boʼladi, desam, oʼylaymanki, sizlar toʼla qoʼllab-quvvatlaysizlar” degan eʼtirofi esa, “davlat-taʼlim-oʼquvchi va ota-ona” halqalarini qatʼiy bir tizimga mustahkamladi va juda ulugʼ maqsadga erishishning ishonchli yoʼlini koʼrsatib berdi.
Shonli tariximizdagi har ikkala Uygʼonish davrida ham eng muhim jihat – davlatning, davlat rahbarining yuksak eʼtibori boʼlib kelgan. Maʼmun akademiyasining barpo etilishida xorazmshoh Maʼmuniylar sulolasining, Ikkinchi Uygʼonish davrining yuzaga kelishida esa buyuk bobomiz Аmir Temurning va temuriy avlodlarning hissasi beqiyosdir. Har ikki sulola hukmdorlari oʼz davrining yorqin isteʼdodlarini, olimlarini davlat qanoti ostiga toʼplagan va gʼamxoʼrlik qilib ,kerakli shart sharoitlarni yaratib bergani uchun tarixan qisqa davr ichida ona yurtimiz dunyo ilm-faniga poydevor boʼlgulik buyuk kashfiyotlarni yaratdilar.
Prezidentimiz tilga olgan Uchinchi Renessans gʼoyasi ham davlatning, ham yoshlarning, ham ota-onalar va ustozlarning orzu istaklarini birlashtiradi. Muhimi, tarix kaytarigʼi ajdodlar tajribasi sifatida, bu davlat rahbarining irodasi va tashabbusi – uning ilm-fanga bulgan ishonchi va zavqi oʼlaroq "uning hayotiy armonlari" boʼlib qatʼiy daʼvat sifatida yangradi. Har qanday ota-ona oʼz farzandining isteʼdodi barq urishini, el-yurtga xizmat qiladigan yetuk inson boʼlib ulgʼayishini xohlaydi. Аyni shu yerda davlat-yoshlar va ota-onalar istaklarining jisplashganini koʼramiz. Bu - tarix, bugun va kelajakni birlashtiruvchi hayotbaxsh gʼoya boʼlgani uchun ham davlat rahbari Uchinchi Renessans masalasini milliy gʼoya sifatida koʼtardilar.
Tarixiy adabiyotlardan bilamizki, maktab va taʼlim dargohlariga ota-onalar farzandlarini olib borar ekanlar, “Eti sizniki, suyagi bizniki” degan iborani qoʼllashgan. Shu buyuk yurtning bir farzandi, genetik olimi sifatida shuni aytgan boʼlardimki, ushbu ibora zamirida yana bir jihat bor. Maʼlumki, suyak – vujudning asosi, tayanchi, barcha hayotiy jarayonlarning negizi, barcha jarayonlarning qalʼasi desak ham boʼladi. Farzandini ustozga topshirayotgan ota-onaning sodda, xalqona qilib aytgan ushbu soʼzlari zamirida genetika fani “Bolamning asosiy tayanch qalʼasini mustahkamlab bering” degan maʼnoni koʼradi.
Shu oʼrinda yurtimizning ilm-fan va innovatsion faoliyat tizimi Uchinchi Renessansga tayyormi, degan tabiiy savol tugʼiladi. Bu borada quyidagi qator omillarni keltirish mumkin.
Аvvalo, ilm-fanni rivojlantirish, innovatsiyalarni iqtisodimiz va ijtimoiy hayotga joriy etish uchun normativ-huquqiy baza yaratildi. Yurtimiz tarixida ilk bor “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʼgʼrisida hamda «Innovatsion faoliyat toʼgʼrisida»gi Qonunlar Prezidentimiz tomonidan imzolandi. Mazkur sohalarni tartibga soluvchi qonun osti hujjatlari tayyorlandi. Bundan tashqari, davlatimiz tomonidan olimlarning mavqei, obroʼyi oshirildi, akademik legitimligi oshirildi. Ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berildi.
Shuningdek ilmiy-innovatsion faoliyatning infratuzilmasini mustahkamlash choralari koʼrildi. Prezidentimiz Qarori bilan maxsus dastur qabul qilindi. Bu dastur doirasida 40 dan oshiq ilmiy tashkilotlarga ilmiy asbob-uskunalarni xarid qilish uchun 32 million АQSh dollari, ularning bino va inshootlarini kapital taʼmirlash uchun 119 mlrd. soʼm miqdorida mablagʼlar yoʼnaltirilib, bunda barcha asbob-uskunalar parkini yangilash boʼyicha chora-tadbirlar koʼrilmoqda.
Ilmiy faoliyat bilan shugʼullanuvchi ilmiy darajasi bor kadrlarni har tomonlama qoʼllab quvvatlash, nufuzli ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy maktablar yaratishga qaratilgan kompleks choralar koʼrildi. 2018 yildan buyon oylik va mutaxassislarning oylik ish haqlari oʼrtacha 2,5 baravar oshdi. Bundan tashqari, ilmiy faoliyatga moliyaviy xarajatlar esa 3,5 baravarga oʼsdi. Har bir olimga oʼzining yoʼnalishi boʼyicha ilmiy faoliyatida natija koʼrsatsa, ushbu natijalarni mukofotlash bilan bogʼliq tizim yaratildi. Fan nomzodlariga oylik ish haqiga 30 foizgacha, fan doktorlariga 60 foizgacha miqdorida ustamalar belgilandi. Bu olimlarimizning yangiliklar yaratish, ilmiy natijalarini tegishli sohalarga joriy etish, amaliyotga tatbiq qilish koʼlamini oshirishlariga ragʼbat berdi.
Mustaqillik davrida olimlarimizda oʼz ishlanmalarini iqtisodiyot tarmoqlariga tatbiq etish, tijoratlashtirish muammo boʼlib qolgandi. Hozir ana shu muammo yechilib, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼyicha amaliy mexanizmlar joriy etildi. 100 ming АQSh dollari miqdoridagi Ilmiy-texnik ishlanmalarni tijoratlashtirish Prezident jamgʼarmasi tashkil etildi. Har bir olimga yo ilmiy jamoaga oʼz ishlanmalari doirasida tijorat bilan shugʼullanish, daromad olishga qaratilgan platforma yaratildi. Olimlar oʼzi yaratgan ishlanmasi doirasida alohida tijorat kompaniyasi tashkil etishi, litsenzion yoki boshqa tijorat shartnomasi bilan ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin. Bunda tijoratlashtirishdan tushgan mablagʼlarning 40 foizi muallifga, 30 foizi ilmiy jamoaga taqsimlash nazarda tutilgan.
Ilm-fan va innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik va xalqaro hamkorlik doirasida rivojlangan davlatlarning nufuzli olimlari bilan hamkorlikda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan qoʼshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun keng sharoitlar, mukofotlash, qoʼllab-quvvatlash tizimi yaratildi. Mana hozir Germaniya, Rossiya, Belarus, Turkiya davlatlari bilan 9,5 milliardlik 21 ta qoʼshma loyihalar bajarilishi nazarda tutilgan boʼlsa, kelgusi yili xalqaro qoʼshma loyihalarning geografiyasini kengaytirishni rejalashtirganmiz. 2021 yilda yuqoridagi davlatlar bilan bir qatorda yana Xitoy, Hindiston olimlari bilan ham qoʼshma loyihalarga tanlovlar eʼlon qilinadi. Bu nafaqat Oʼzbekistondagi iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarning yechimini topishga, balki global miqyosdagi muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Endigi oldimizda turgan vazifa 2030 yilgacha boʼlgan davrda ilm-fan sohasini rivojlantirishning asosiy tashkiliy-iqtisodiy, infratuzilmaviy, instututsional chora-tadbirlarni amalga oshirishdir.
Buning uchun ilm-fan sohasi va ilmiy-tadqiqot ishlarini 2020-2022 yillarda moliyalashtirish hajmini kengaytirish va diversifikatsiyalashning maqsadli parametrlariga erishish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanmoqda. Samarali institutsional muhit va zamonaviy infratuzilmani yaratish, ilmiy ishlanmalarni iqtisodiyot tarmoqlari talablariga moslashtirish, tijoratlashtirish koʼlamini kengaytirish, ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirishda tizimli yondashuv tatbiq etish choralari koʼriladi.
Mana shu chora-tadbirlar doirasida Fanlar akademiyasi tizimida jamoaviy foydalaniladigan 7 ta zamonaviy laboratoriyalar majmualari bosqichma-bosqich tashkil etiladi hamda GLP va GMP jahon standartlariga mos uskunalar bilan jihozlanadi. Bu hozirda mavjud ayanchli ilmiy laboratoriya bazasini tubdan yangilanishiga olib keladi. Аxir bugunda jami asbob uskunalarning 55 foizidan 28 yildan beri foydalanib kelinmoqda. Buning ustiga mana shu ilmiy uskunalarning 90 foizi Toshkent shahriga toʼgʼri keladi.
Ilm-fan uchun xususiy sektor tomonidan ajratilgan mablagʼlar ulushi 30 % ga yetkaziladi. Hozirda Oʼzbekistonda tadqiqotchilarning oʼrtacha yoshi 57 yoshni tashkil etmoqda. 2030 yilga kelib, bu koʼrsatkich 39 yoshga boʼlishi kerak. Yoshlarning ilm-fanga kirib kelishi istiqbolli yangi yoʼnalishlar – biotexnologiyalar, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, nanotexnologiyalar, vodorod energetikasi, genomika, kosmologiya, kriminalistika boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashishiga xizmat qiladi.
Oʼz navbatida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi mexanizmi toʼliq joriy etish, grant asosida moliyalashtirish mexanizmi takomillashtirish boʼyicha ham qator ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Ilm-fanni moliyalashtirishda xususiy sektor ulushi amaldagi 8 foizdan 2025 yilda 20 foizga, 2030 yilgacha esa 30 foizga yetkazilishi kutilmoqda. Eng muhim jihatlardan bu – 2025 yilga qadar ilm-fanga ajratilgan mablagʼlar YaIMga nisbatan ulushi 6 baravarga, 2030 yilgacha esa 10 baravarga oshirilishiga erishishdir. Negaki ilm-fanni moliyalashtirish hajmi Oʼzbekistonda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0.2% ni tashkil qilib, yillar davomida oʼzgarmay qolyapti. Ushbu koʼrsatkich jahon boʼyicha oʼrtacha 1,7 foizni tashkil etadi, masalan Xitoyda 2008 yilda 1,4 foizdan 2,14 foizgacha, Koreya Respublikasida 3,1 foizdan 4,5 foizgacha oshgan.
2020–2021 yillarda 43 ta yangi ishlanmalarni, 2021–2022 yillarda yuqori samarador 38 ta ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish asosida ilmiy hajmdor mahsulotlar hajmi va innovatsion mahsulotlar turlari kengaytiriladi. Hududiy iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarning ilmiy yechimini taʼminlashga yoʼnaltirilgan 2021 yilda 14 ta loyihani, 2022 yildan boshlab har yili ilmiy loyihalar sonini 50 foizga oshirib borishni nazarda tutuvchi ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar amalga oshiriladi. Shu jumladan, hududdagi muammolar yechimiga qaratilgan mahalliy byudjet mablagʼlari hisobidan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish tizimli ravishda yoʼlga qoʼyiladi.
Mana shu maqsadlar va belgilangan vazifalar yurtimizda Uchinchi Renessans davrining boshlanishiga zamin yaratishi kutilmoqda. . Davlatimiz rahbari eʼtirof etganidek, xalqimizning ulugʼvor qudrati joʼsh urgan hozirgi zamonda yangi Oʼzbekiston yangidan-yangi yuksak marralarga erishishiga, insoniyat baxt-saodati, farovonligi va ravnaqi uchun oʼrnak boʼlishiga shubha yoʼq.

Biz yoshlarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan O’zbekistondek o’ziga bek xalqning o’z aytar so’zi, o’zining buyuk tarixi, buyuk ajdodlari, urfu-odatlari, an’analariga ega bo’lgan mustaqil vatanning farzandlarimiz. Yurtboshimizning yoshlarga qaratayotgan e’tibori, yaratayotgan sharoitlari, ochib berayotgan imkoniyat eshiklari, ularning otalarcha g’amxo’rliklari yuksak cho’qqilarni zabt etishimiz uchun kuch va shijoat, qanoat bag’ishlaydi. Hurmatli prezidentimizning eng katta orzusi yangi O’zbekiston bag’rida biz yoshlar bilan birgalikda uchunchi renessansni barpo etish, va bungi kun yoshlari simosida buyuk ajdodlarimizni gavdalantirishdek ezgu maqsaddan iborat. Renessans-lug’aviy fransuzcha, (qayta tiklanish) degan ma’noni anglatadi. Tarixan olganda Turkiston o’lkasi ikki renessansni boshdan kechirdi: birinchisi IX-XII asrlar, ikkinchisi XIV asrning oxirgi choragi - XVI asrning birinchi choragidir. Birinchi renessansda buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Farg’oniy, Beruniy, Ibn Sino, Zamaxshariylar o’zlarining boy ilmiy, ma’naviy me’roslari bilan xalqimiz yuragida muhirlanib kelmoqdalar. Ikkinchi renessans davrida esa: Fitrat, Cho’lpon, Qodiriy singari jadidlarimiz, millatparvarlarimiz o’sha davrda ham yoshlarni milliy g’urur, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, ularni yetarli darajada bilimli, madaniyatli va ma’naviyatli qilishga intilib rus-tuzem ya’ni yangi usul maktablarini yo’lga qo’yishgan. Jadidlarimiz bular bilan cheklanibgina qolmay yoshlarni xorijiy mamlakatlarda ta’lim olishlari, o’z bilim va salohyatlarini oshirishlari uchun imkoniyatlar yaratishgan. Prezidentimizning tashabbuslariga binoan mamlakatimizda yana bir muhim uyg’onish davri kechmoqda, endilikda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o’tkanimizdan keyin uchinchi renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa etib qo’ydi. Prezitentimiz Shavkat Mirziyoyevning ommaviy axborot vositalari xodimlariga bergan interviyusida bu uchinchi renessans “Yangi O’zbekiston” deya nomlanganligi ushbu nom qanday mazmunga ega ekanligi haqida aniqlik kiritdi: “Yashab o’tgan ulug’ zotlarning maqsadi-jaholat va qoloqlik girdobida qolib ketayotgan Turkiston xalqini dunyoviy ilm-fan, ilg’or kasb-hunar bilan qurollantirib, umumbashariy rivojlanish yo’liga olib chiqishdan iborat edi. Bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Yangi O’zbekiston” g’oyasi zamirida ana shunday ulug’ ajdodlarimiz, umuman olganda milliy tariximizda birinchi va ikkinchi uyg’onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishi va armonlari ham mujassam desak adashmagan bo’lamiz,”-dedi davlat rahbari.


Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridayoq malakali kadrlarning yetishmasligini, barcha sohada innovatsion va kreativ fikrlaydigan, ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirgan mutaxassislarga ehtiyoj juda yuqori ekanini ta’kidlab kelmoqdalar. Yurtimizning ertangi kuni zamonaviy kadrlarga bog’liq, buning uchun ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash ustuvor vazifa etib qo’yilgan ekan biz yoshlar yurtboshimiz orzu qilga uchinchi renessans asoschilari ekanmiz, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, o’z simomizda buyuk ajdodlarimizni gavdalantirmog’imiz muqarrar. Biz yoshlar buyuk kelajagimizga, o’zimizga ishonchimizni mustahkamlash, ajdodlarga munosib bo’lish uchun islohotlarni ilmdan boshlash zarurligini ich-ichimizdan his qilimoqdamiz. Ulug’ o’zanlarning munosib davomchilari bo’lishga intilayotgan bugungi kun yoshlari orasida ham ilmiy izlanishlari, o’z bilim va salohyatlari bilan nafaqat mamlakatimizda, balki jahon arenalarida ham ulkan marralarni zab etib kelayotgan tengdoshlarimiz bisyor.
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida qator farmon va qarorlar qabul qilinib, bu boradagi sa’y-harakatlar uchun puxta huquqiy zamin yaratildi. Barcha sohalar sigari oliy ta’lim tizimini har tomonlama rivojlantirish, takomillashtirish maqsadida ham ko’plab chora tadbirlar amalga oshirildi. Mamlakatimizning ko’pgina viloyatlarida ulug’ allomalarimiz-Mirzo Ulug’bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, xalqimizning ardoqli adiblari nomlari bilan atalgan ijod maktablari, prezident maktablari, xususiy maktablar, zamonaviy ta’lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz yoshlari uchun ta’lim tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Mazkur o’quv maskanlari yangi avlod kadrlarini yetishtirishda muhim poydevor bo’lishi, shubhasiz. Chunki ushbu maktablar iqtidorli bolalarni aniqlash, ularga ilg’or texnologiyalarni qo’llagan holda saboq berish bo’yicha yaxlit tizim bo’ldi. Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan ma’lumot tog’risidagi hujjat bilan birga, xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish imkonini beruvchi xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi berilishi ilmga tashna har bir o’quvchiga yanada kuch va shijoat bag’ishlaydi. Prezidentimizning ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlanitirish tog’risidagi qaroriga muvofiq Muhammad Rizo Erniyozbek o’g’li Ogohiy tavalludining 210 yilligini nishonlash, hamda Xiva shahrida Ogohiy ijod maktabini tashkil etish tog’risidagi qarorini eshitib xorazmlik yosh ijodgorlarning boshi ko’kga yetgan edi. Ta’kidlash joizki, Xiva shahrida Ogohiy nomidagi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, barcha sharoitlarga ega ijod maktabining tashkil etilishi iste’dodli yoshlarga keng imkoniyalar yaratdi. Bunday maktablarga yana bir misol, Xorazm viloyatining Shovot tumanida ko’p yildan beri yetuk kadrlarni yetishtirib kelayotgan Al-Xorazmiy nomli fizika-matematika fanlariga ixtisoslashgan maktab-internati faoliyat yuritib kelmoqda. Prezidentimizning yoshlarga bergan imkoniyatlari o’z samarasini bermoqda. Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari fan olimpiadalari va xalqaro olimpiadalarda, turli xil tanlovlarda erishgan yutuqlari bilan yurtboshimizning yoshlarga yaratayotgan imkoniyatlariga labbay deb javob bermoqdalar. Mana shunday maktablarning bitiruvchilari ko’plab xalqaro, nufuzli universitetlarning grand sohiblari bo’lishdi. Bularning barchasi albatta yurtboshimizning tashabbuslari samarasi. Mamlakatmizda yuqori bilim va malakaga ega bo’lgan, xalqaro miqyosda o’z tengdoshlari bilan raqobatbardosh bo’la oladigan kadrlar tayyorlash maqsadida oliygohlar soni oshib, shu qatorda xorijiy oliy ta’lim muassasasalarining filyallari soni yildan-yilga ko’payib bormoqda. Keyingi 5 yilda oliy ta’limga qabul kvotalari 3 barobar oshirilgani, 2021-yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba bo’lish imkoniyati yaratilgani yurboshimizning naqadar xalqparvar inson ekanligidan dalolat beradi. 2021-yil Toshkent shahrida eng yuksak, xalqaro talablarga javob beradigan “Yangi O’zbekiston’’ universiteti tashkil etildi.
Ushbu universitet mamlakatimizdagi barcha oliy o’quv yurtlari uchun chinakam na’muna vazifasini o’tamoqda. [2] Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati saylovchilar vakillari bilan uchrashuvidagi nutqida quyidagilarni aytib o’tdi: “Oqqan daryo-aslo to’xtamas’’ deganlaridek, Xorazmda ana shunday buyuk allomalarning shonli an’analarini davom ettirayotgan yoshlarimizning safi tobora kengayib borayotgani ayniqsa quvonarlidir. Mana shunday yoshlarimizdan biri O’zbekiston Milliy universitetining matematika fakulteti talabasi Xakimboy Egamberganov 3 yil-2014, 2015, 2016 yillarda matematika bo’yicha Yevropa mamlakatlarida bo’lib o’tgan xalqaro fan olimpiadalarida oltin medalni qo’lga kiritib, Xorazmiy bobomizning haqiqiy nabirasi ekanini isbotlab berdi”- degan so’zlari barcha xorazmlik yoshlar ko’nglida faxr va iftixor tuyg’usini uyg’otdi. [3] 2019-yil 24-may kuni Prezidentimiz O’zMUda oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassalari rahbarlari, olimlari, yosh tatqiqotchilari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda yurtboshimiz iste’dotli yoshlardan biri bo’lgan Sardor Bozorboyevni Xalq ta’limi vazirligiga ishga olish bo’yicha taklif berdi. Xalq ta’limi vazirligida Sardor Bozorboyev Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash Departamentida o’z faoliyatini boshladi. [4] Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarda faollik ko’rsatib, o’zining bilimi va iqtidori bilan vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shib kelayotgan yoshlarni rag’batlantirish maqsadida davlat mukofatlari ta’sis etilgan. Yurt istiqboli uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan fidoiy va mard o’g’lonlarimiz prezidentimizning 2017-yil 21- noyabrdagi qaroriga ko’ra “Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanishi to’g’risidagi qaror imzolanishi natijasida tomirida Al-Xorazmiy, Pahlovon Mahmud, Ogohiy, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk ajdodlarimizning qoni oqayotgan botir o’g’lonlarimiz ham, viloyatimizning botir yigitlari ham mazkur mukofot bilan taqdirlandilar. [5] O’zbek xalqi xonadonida qiz farzand dunyoga kelsa, uni o’zgacha mamnuniyat bilan kutib oladi, ona qizim deb ko’klarga ko’taradi, fikrimning isboti tariqasida mamnuniyat bilan ta’kidlashim joizki, o’zlarining a’lo xulqi, tashabbuskorligi, muvaffaqiyatlari bilan alohida iste’dodlarini nomoyon qilib kelayotgan qizlar “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanib kelmoqdalar. Eng quvonarli jihati shundaki, Prezidentimizning 2018-yil 2-yanvardagi “Xotinqizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlar tog’risidagi” farmoniga binoan iqtidrli qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlashni 22 yoshdan 30 yoshga uzaytirilgani nur ustiga a’lo nur bo’ldi. Chunki mazkur yosh doirasida qizlarimiz manashu mukofotga munosib sovrindor bo’ladigan darajada ulkan yutuqlarni zabt etmoqlari muqarrar. [6] Yoshlar o’rtasida kambag’allikni kamaytirish, ularni o’zinio’zi band qilishga rag’batlantirish, yoshlar dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhim ahamiyatga ega. Har bir shaxs bilan individual va tizimli ravishda muntazam ish olib borish maqsadida moddiy yordam va ko’makka muhtoj oilalar bo’yicha yangi, “Temir daftari’’, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo’llabquvvatlashga, bilim va kasb-hunar o’rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo’lgan xotinqizlar va yoshlar bo’yicha tegishli “Ayollar daftari’’ va “Yoshlar daftari’’ tizimlari hayotga tatbiq etildi. 2021-yil mobaynida “Yoshlar daftari” ga kiritilgan yigit-qizning muammolarini hal etish uchun milliardlab mablag’ yo’naltirildi. “Temir daftari” dagi oilalar farzandlari bo’lgan 2 mingdan ziyod talabalarning shartnoma pullari to’lab berildi. [7] “Ma’naviyatli xalqni yengib bo’lmaydi”.- Bu ibora zamirida ulkan ma’no mujassam. Yoshlarimizning ma’naviyatli, marifatli bo’lib kamol topishlari uchun, ularning dunyo qarashi va fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovi va “Zakovat” intelektual o’yinlari tashkil etilgani kitobxon yoshlar shahri kengayib borishiga ulkan zamin yaratdi. Tanlov g’oliblari avtomobil sovg’asi bilan mukofotlanishadi, biroq tanlov g’oliblarining maqsadi avtomobil sohibi bo’lish emas, balki o’z tengdoshlarini ham kitob o’qishga da’vat etish va ular orasida adabiy muhitni shakllantirishdan iborat. Iqtidorli yoshlarni mantiqiy bilimini oshirish, aholini intelektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Zakovat” intelektual kulublarini tashkil qilingani, “Zakovat” intelektual o’yinlarining aholi o’rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intelektual o’yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori barcha ilimga tashna yoshlarni birdek quvontirdi. Har bir tumanda, mahallalarda istiqomat qiluvchi iqtidorli yoshlar va kattalar o’rtasida Zakovat o’yinlari o’tkazilmoqda. Respublika bosqichi g’oliblari bo’lgan o’quvchi yoshlar va talabalar uchun 2022/2023 o’quv yilidan boshlab yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi. Bunday qarorlar yoshlarni o’qishga bo’lgan intilishini va o’z ustida ishlashi uchun rag’batlantiruvchi omil vazifasini o’taydi.
Xulosa. Prezidentimiz tomonidan yoshlarga katta ishonch bildirilib, olib borilayotgan bunday islohatlar, qabul qilinayotgan qaror va farmonlarga javoban, yangi O’zbekiston yoshlari yuqori darajali bilim egalari va yetuk kadrlar bo’lib yetishishga, egallagan bilim va ko’nikmalarimiz bilan yurtimiz taqraqqiyotiga munosib hissa qo’shishga va’da beramiz. Farzandlari doim izlanishda bo’lgan, yuksak marralarni ko’zlab doimo oldinga intilgan xalq o’z oldiga qo’ygan maqsdalariga albatta erishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Sh. M. Mirziyoyev. Yangi O’zbekiston demokratik o’zgarishlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. Toshkent-2021; 52-53 betlar
2. Sh.M. Mirziyoyev. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, xayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. 3. Toshkent-“O’zbekiston”-2019; 243-244 betlar
3. Sh. M. Mirziyoyev. Yangi O’zbekiston demokratik o’zgarishlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. Toshkent-2021.
Download 26.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling