Malaka,, xattot


Download 104.49 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi104.49 Kb.
#152140
Bog'liq
xusnihat 111


Variant -19

1. Savod o`rgatish metodikasining ilmiy, psixologik va lingvistik asoslari.

2. Boshlang`ich sinflarda husniхat o`qitish fanining predmeti va vazifalari..

3. Tayanch tushunchalarni izohlang: distansiya, differensiya, malaka,, xattot, bilim.

4.Savod o’rgatish darslari bo’yicha dars reja- ishlanma tuzish

5.Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing

Savollar

1. Savod o`rgatish metodikasining ilmiy, psixologik va lingvistik asoslari.



Savod o’rgatish metodikasining ilmiy, psixologik va lingvistik asoslari
O’qish va yozish - nutq faoliyatining turi. Maktabda o’qitish elementar o’qish va yozishga o’rgatishdan boshlanadi. “Alifbe”ga asoslangan holda qisqa vaqt ichida o’quvchilar o’qish va yozishga o’rgatiladi, ya’ni o’qish va yozish ko’nikmasini egallaydilar.

Savod o’rgatish davrida o’qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o’qish va yozish ko’nikmasi deyiladi. Bu ko’nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko’nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko’nikmaga aylanmagan bo’lishi mumkin. Masalan, bola harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o’quvchi harflarni tanib, ularni o’qiy olmasligi mumkin. Yozish ko’nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to’g’ri o’tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo’yish kabilar ham o’rgatiladi.

O’qish va yozish ko’nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasida o’quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o’ylab o’tirmay, so’z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o’qish va yozish malakasi harakatning o’ylab o’tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o’qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.

O’qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini ta’minlaydi. SHuning uchun ham o’qishga o’rgatish bilan yozuvga o’rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. SHunday ekan, savod o’rgatish jarayonida bola juda ko’p o’qishi va yozishi zarur.

O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O’qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi.
O’zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O’zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993 yildan boshlab o’zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi.

O’qituvchi savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o’qishga o’rgatishda o’zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur.

Savod o’rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So’z bo’g’inga bo’linadi, bo’g’indan kerakli - o’rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o’rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o’qish jarayoni o’zlashtiriladi. Bunda o’zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o’rgatishda o’zbek tili grafik tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Tutuq belgisi (’) unli tovushdan so’ng kelsa, uni cho’zib talaffuz qilishga, undosh tovushdan so’ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo’llashga doir ko’nikma va malakalar shakllantiriladi.

O’qishning dactlabki bosqichida orfografik o’qishdan foydalaniladi, asta-sekin orfoepik o’qish ko’nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so’zlar oldin orfografik, so’ngra orfoepik o’qib beriladi va ularning o’qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O’quvchilar muayyan darajada tushunchaga ega bo’lganlaridan so’ng orfoepik o’qish mashq qilinadi.



2. Boshlang`ich sinflarda husniхat o`qitish fanining predmeti va vazifalari..

Boshqa fanlar kabi husnixat va uni o’qitish metodikasining o’z predmeti bor. Bu fanning predmeti ta’lim berish jarayonida chiroyli yozuvni egallash, grafik jihatdan to’g’ri chiroyli yozishga o’rgatish hisoblanadi.

Husnixat va uni o’rgatish metodikasi fani o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:


  • talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish;

  • o’z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar xosil qilish;

  • boshlang’ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish, va tashkil etishga o’rgatish;

  • boshlang’ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari bilan tanishtirish.

Birinchidan husnixat bilan yozish o’quvchilardan mehnat madaniyatini tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko’nikmasini hosil qiladi.

Ikkinchidan dastxatga pala-partish va be’etibor munosabatda bo’lish o’quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o’quvchilar qiladigan ishlariga o’ylab o’tirmay bajaraveradilar , o’z hato kamchiliklarini ham o’ylab ko’rmaydigan bo’lib qoladilar.

Uchinchidan husnixat bilan to’g’ri yozish ijtim oiy ahamiyatga ega bo’lib turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan yozilmagan, to’ldirilmagan hujjatlarni o’qishga kit obxonning ko’p vaqt sarflashiga to’g’ri keladi. Vaholanki, maktabda har kuni o’qituvchi 30 talab o’quvchlar daftarini tekshiradi. Agar o’qib bo’lmay digan qilib yozgan bo’lsa o’qituvchining ham unga ko’p vaqti sarf bo’ladi. An iq va ravon qilib yozgan dastxati o’qituvchining ishini yengillashtiradi, keyingi talimiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratadi.

3. Tayanch tushunchalarni izohlang: distansiya, differensiya, malaka,, xattot, bilim.



1. Distansiya- (lot. distantia — masofa) — 1) biror narsa orasidagi masofa, oraliq; 2) saflangan harbiy xizmatchilar, qurollar, boʻlinmalar, kemalar va shunga oʻxshashlar oraligʻidagi masofa;

Malaka — muayyan kasb, ishni yaxshi oʻzlashtirish natijasida orttirilgan mahorat. Odatda, biron ish jarayonida harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshiriladi. Harakatni ba~ jarishda ongning borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ish gʻayriixtiyoriy ravishda ijro etila boradi, ayrim mayda qismlarga eʼtibor kamayadi. Harakatning qisman gʻayriixtiyoriy ravishda bajarilishi tufayli uning tuzilishida ayrim sifat uzgarishlari yuz beradi.

Xattot- O’rta asrlarda har qanday asar qo’lda ko’chirilib kitob qilingan. Nafis kitob ko’chirish katta hunar va san’at hisoblangan. Bu hu nar egalari tarixda xattot nomi bilan mashhur bolganlar. Xattotlarning ko’chirgan kitoblari kishilarni hayajonga solib, ularni zavqlantirgan. Shuning ushun ham xattotlik bilan nom chiqargan shaxslar oddiy ko’chiruvchi emas, balki o’sha davrn ing ilm-ma’rifat va yirik madaniyat arbobi hisoblangan. Qo’lda ko’chirilgan h ar bir asar san’at mo‘jizasi kabi nodir asar hisoblangan.

4. Savod o’rgatish darslari - yozuv darsi dars reja- ishlanmasini tuzish (“O” harfini bo’yicha)

Sana:

Mavzu: Kichik o bosh O harflarini yozish

Maqsad: Ta’limiy: Kichik o va bosh O harfini yozishga o`rgatish. Tarbiyaviy: O'quvchilarni gigiyenik jihatdan tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: Qo'l harakatlarini rivojlantirish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

Televizordan ko‘rgan, radiodan eshitgan lavhalaridan ma’lumotlar tushunib aytib bera olish.



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

kun tartibiga rioya qilish;

kattalarni hurmat qilish;

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo rioya qilish.



Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars uslubi: tushuntirish, ko`rsatmalilik, amaliy

Dars jihozi: darslik, kesma harflar, rasmlar

I. Tashkiliy qism 2

II.Uyga vazifani baholash 13

III.Yangi mavzu bayoni 15

IV.Mustahkamlash 10

V.Baholash 3

VI. Uyga vazifani tushuntirish 2

Darsning borishi.

I1.Aylanma daftarlarini tarqatish. 2.Obi-havo haqida suhbat.

3.O`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.



II.O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni bilimlarini baholash.

O`quvchilarni yozuv daftarlarini tarqatish.Yozgan ishlarini ko`rib chiqishva taqqoslash.Chiroyli va xunuk yozgan o`quvchilar ishlari muhokama qilinadi.



III. O tovushi va Oo harfiga oid bilimlarni qaytarish.

O harfining qizil rangda yozilishi sababi so'raladi. Oy, olma, olmaxon so'zlarining so'z va bo'g'in andozasi chizdiriladi.



Kichik o harfini yozish. O'qituvchi xattaxtaga kichik o harfini yozadi. Kichik o harfini yozishda qo'l harakati holatini izohlaydi.Partada o'tirish qoidasi yoki dars jarayonidagi o'tirish holatiga oid bilimlar eslatiladi.O'quvchilar maxsus havoga yozish mashqlaridan so'ng daftarlariga kichik o harfini yozadilar.

Quvnoq daqiqa.

Bosh O harfini yozish. Bosh O harfi shakliga (uning kichik o harfiga o'xshashligiga) izoh benlgach, o'qituvchi daftardagi yozuv yo'lida bosh O harfini qanday joylashishini sinf xattaxtasiga yozib ko'rsatadi.

IV.O`quvchilar havoda mashq qiladilar, bir necha o`quvchi xattaxtada mashq qiladilar. Yozishni o`rganib olgach daftarlariga yozadilar. Yozish vaqtida o`tirish, chiroyli yozish, ruchka ushlash qoidalari esga olinadi. Parta oralab yurib qiynalayotgan o`quvchilarga yordamlashib turiladi.

V.Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilarni baholayman.

Yozib bo`lgan o`quvchilarning ishlarini o`quvchilar bilan birgalikda ko`rib tahlil qilish ,kamchiliklarini ko`rstib tuzatishlarini aytish.



VI.Uyda: o O harfini yozib kelish

5.Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing

1.Chiroyli yozish nima?

a)husnixat b)metod c)sarxat



2.Nechta tamoyil bor?

a)8 b)7 c)5



3. Distansiya so’zining ma’nosi nima?

a) lot. distantia — masofa b)lot. Distantos – yo’nalish

c) frans. Distantia – masofa

4. Til qanday hodisa?

a) ijtimoiy b) nutqiy c) shaxsiy



5.V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlari qaysi yozuvdan keng foydalangan?

a) o’rxun – enisoy b) uyg’ur c) lotin



6.Qadimgi odamlar yozuvlarni nimalarga yozishgan?

a) papirus b)yog’och c) tosh



7.Eski maktabda husnixat qoidalarini o’rgatuvchi birdan bir qo’llanma qaysi kitob bo’lgan?

  1. mufradot b) savodi ta’lim c) o’zbek yozuvi


8.O`rta qismidan tutashtiriladigan harflar berilgan qatorni toping.

    1. b f g j

    2. b f g j p l

    3. b f g j p l h

    4. b f q g j g’ p

    5. b f q g p g’ j y ng

9.Pastki qismidan tutashtiriladigan harflar berilgan qatorni toping.

    1. l m n r t u

    2. a d e h j k

    3. x z sh ch

    4. A B S

    5. y g ng q g’

10.Yuqoridan boshlanib yoziladigan qatorni belgilang.

    1. BDEFGG’

    2. ALMN

    3. HJKO’LO

    4. PQRSU

    5. A S D

11.Pastdan boshlab yoziladigan harflar qatorini belgilang.

    1. ALMN

    2. BOO’

    3. P T D

    4. A va V

X Sh Ng
Download 104.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling