Rgatish tamoyillari va usullari


Download 0.59 Mb.
bet1/11
Sana15.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1200464
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu Husnixatga o’rgatish tamoyillari va usullari. 1-4-sinfl


5-Mavzu: Husnixatga o’rgatish tamoyillari va usullari. 1-4-sinflarda husnixat darslari. Husnixat darslarini rejalashtirishga qo’yiladigan talablar. 1-sinfda husnixat darslarini rejalashtirish. 2-sinfda husnixat darslarini rejalashtirish. 3-4-sinfda husnixat darslarini rejalashtirish. Husnixat darslarini tashkil etishga qo‘yiladigan tashkiliy va metodik talabalar.

Reja:
1.Husnixatga o’rgatish tamoyillari, usullari va metodlari.
2.Yozuvga o`rgatishning texnik va ta`limiy shartlari.
3.Yozuvga o`rgatish jarayonida ko`rgazmalilik.
4.Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish usullari
5.Husnixat darslarini tashkil etishga qo‘yiladigan tashkiliy va metodik talabalar.

Tayanch so`z va iboralar: onglilik tamoyili, genetik tamoyil, takrorlash tamoyili, ko’rgazmalilik tamoyili,ko’rgazmalilik tamoyili, bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili, yozuvga o’rgatishning o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili, chiroyli yozuvning imlo bilan bogliqligi tamoyili, savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqlik tamoyili. grafik bilim, orfografik ko`nikma, ko`tgazmali vosita ko`rgazmali harakat, yozuv tezligi, yozuv ko`nikmasi.
I.HUSNIXATGA O’RGATISH TAMOYILLARI
Husnixatga o’rgatish tamoyillari quyidagilardir:
1. Onglilik tamoyili.
2. Genetik tamoyil.
3. Takrorlash tamoyili.
4. Ko’rgazmalilik tamoyili.
5. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili.
6. Yozuvga o’rgatishning o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili.
7. Chiroyli yozuvning imlo bilan bog’liqligi tamoyili.
8. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqlik tamoyili.
1. Onglilik tamoyili. Chiroyli yozuvga o’rgatishda, o’quvchilarning husnixat malakalarini takomillashtirib borishda bu tamoyilga qat’iy rioya qilish muhimdir. Bu tamoyilga ko’ra o’quvchi harf shaklini qanday va qay tartibda yozishni bilishi, harfning qiyaligi, bo’yi va enini to’g’ri mo’ljallay olish lozim. harflarni harflarga ulashda qo’l uzmaslikka erishish nazarda tutiladi. Ruchka ushlashda ruchka uchi bilan barmoq oralig’idagi masofa 1,5-2 sm bo’lishi e’tiborda tutiladi. Shuningdek, partada o’tirish qoidalariga (ko’z va daftar oralig’ining 30 sm, daftarning parta ustida ma’lum qiyalikda bolishiga, partada engashmasdan, boshni to’g’ri tutib, tirsaklarni partaga engil qo’yish, oyoqlarni parta ostiga to’g’ri qo’yish, ko’krak bilan parta oralig’i masofasining bir kaft sig’adigan masofada bolishi) amal qilishga ongli ravishda erishiladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling