Reja: Buxgalteriya hisobining predmeti


Download 1.64 Mb.
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1168812
  1   2   3
Bog'liq
Ibrohimova Xumora va Qarshiboyeva Farangiz MBR 91

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Buxgalteriya Hisobi va Auditi Fakulteti MBR-91 2-bosqich sirtqi guruh talabalari Ibrohimova Xumora va Qarshiboyeva Farangizlarning tayyorlagan prezintatsiyasi

Mavzu:Buxgalteriya hisobining predmeti,obyekti va metodi

  • Reja:
  • 1.Buxgalteriya hisobining predmeti

  • 2.Buxgalteriya hisobining obyekti
  • 3.Buxgalteriya hisobining metodi

BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI, OBYEKTLARI VA METODI

Xo‘jalik mablag‘lari (aktivlar), ularning manbalari (passivlar) va mablag‘larning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayo-nidagi doiraviy aylanishi hamda faoliyat natijalari buxgalteriya hisobining predmetidir.

  • Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning pulda baholanadigan xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari hamda xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan mablag‘lar doiraviy aylanishi va manbalar o‘zgarishi buxgalteriya hisobining predmetini tashkil etadi. Korxona, tashkilot muassasa, uyushmalar buxgalteriya hisobini 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga asoslanib olib boriladi. Korxonalar buxgalteriya hisobi shu korxonalar faoliyatini uzluksiz, yoppasiga kuzatib, hujjatlashtirib, olingan ma’lumotlarni baholash orqali schyotlar tizimida ikki yoqlamayozuv yordamida aks ettiradi, hamda hisob ma’lumotlari xaqikiyligini inventarizatsiya yordamida tekshirib, aniq va to‘g‘ri hisob ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzadi.
  • Buxgalteriya hisobining predmeti – korxonani xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalarini, ularni xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda to‘liq, aniq, to‘g‘ri aks ettirib borishdir.

Korxonalar xo‘jalik faoliyati amaldagi qonunchilik va tasdiqlangan biznes-rejasiga muvofiq amalga oshirilib, ishlab chiqarishni beto‘xtov o‘stirishga, mehnat unumdorligini oshirishga, resurslarni juda ham tejab sarflashga, mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga, foydani ko‘paytirish va natijada rentabellikni o‘stirishga yordam berishi kerak.

  • Korxonalar xo‘jalik faoliyati amaldagi qonunchilik va tasdiqlangan biznes-rejasiga muvofiq amalga oshirilib, ishlab chiqarishni beto‘xtov o‘stirishga, mehnat unumdorligini oshirishga, resurslarni juda ham tejab sarflashga, mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga, foydani ko‘paytirish va natijada rentabellikni o‘stirishga yordam berishi kerak.
  • Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur mablag‘lar va ularning vujudga kelish manbalariga ega bo‘lishlari lozim. Mablag‘lar va manbalar ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlarida sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalari ta’sirida o‘zgaradi.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling