Reja: Buxoro tarixiga oid ilk yozma manbalar


Download 64.5 Kb.
bet1/3
Sana18.11.2023
Hajmi64.5 Kb.
#1785438
  1   2   3
Bog'liq
Buxoro xonligiga oid manbalar


Buxoro xonligiga oid manbalar


Reja:


1. Buxoro tarixiga oid ilk yozma manbalar.
2. Huquqiy hujjatlar va yozishmalar.
3. buxoro xonligi oid siyosiy manbalar.

“Buxoro tarixi”, “Tarixi Narshaxiy” va “Tahqiq ul-viloyat” (“Buxoro viloyati tahqiqi”) nomlari bilan mashhur bo‘lgan bu asarda Buxoro va quyi Zarafshon vohasida joylashgan shahar va qishloqlarning jo‘g‘rofiy holati, aholisining VII-X asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotini aks ettirgan qimmatli tarixiy manbadir.


Kitob muallifining nomi qisqacha Narshaxiy (899-959 yy.) deb ataladi. Uning to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Jaxfar ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Shariq bo‘lib, X asrda ijod qilgan buxorolik ymrmk tarixchi sifatida mashhurdir. Tarixchi Sam’oniyning ma’lumotiga qaraganda, Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida) qishlog‘idan. Narshaxiy o‘z asarini 944 yili yozib tugallagan.
“Buxoro tarixi” asarining Narshaxiy yozgan arab tilidagi asli saqlanib qolmagan. Asar 1128 yili farg‘onalik (Quva shahridan) Abunasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Qubaviy tarafidan ilk bor qisqartirilib forsiy tilga tarjima qilingan. Oradan taxminan 50 yil o‘tgach, 1178 yili kotib Muhammad ibn Zufar ibn Umar“Buxoro tarixi” tomonidan ikkinchi marta tahrir etildi.
Shuni ham ko‘rsatish lozimki, “Buxoro tarixi” asarining bizgacha yetib kelgan nusxalarida 1178-1220 yilgi voqealar bayoni uning tarkibiga kiritib yuborilgan. Shunga qaraganda, Narshaxiyning asari uchinchi marta noma’lum muharrir tomonidan to‘ldirilgan ko‘rinadi.
“Buxoro tarixi” O‘zbekistonning arablar tomonidan bosib olinishi, bu yerda islom dinining tarqatilishi hamda mamlakatning Somoniylar hukmronligi yillaridagi tarixini bayon etadigan noyob manbadir.
Bu asarning forsiy matni 1892, 1894, 1904 va 1939 yillarda Parij, Buxoro va Tehronda chop etilgan. Kitob rus, ingliz va o‘zbek tillariga (1897, 1954, 1966 yillari) tarjima qilingan.
Siyosatnoma”
Bu mashhur asar muallifi Nizomulmulk laqabini olgan Saljuqiylar davlatida vazir sifatida xizmat qilgan yirik davlat arbobi va tarixchi olimdir. Uning asli ismi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiy (1018-1092 yy.) bo‘lib, Saljuqiy hukmdorlar Sulton Alp Arslon (1063-1073) hamda Sulton Malikshoh I larning bosh vaziri bo‘lgan va bu davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o‘ynagan. U saltanatdagi tarqoqlikka barham berish, markaziy davlat tuzumini mustahkamlash, davlatning moliyaviy ishlarini tartibga solish uchun harakat qilgan. Shuning uchun unga mamlakatni tartibga soluvchi, ya’ni Nizomulmulk nomi berilgan. Nizomulmulk Bag‘dodda “Nizomiya” atalmish musulmon huquq-aqoid maktabiga asos solgan.
“Siyosatnoma” asarining boshqa nomi ”Ciyar al-muluk” (“Podshohlarning turmushi”)dir. Kitob 1092 yili yozib tugallangan. U 51 bobdan iborat bo‘lib, unda davlat tizimi, moliyaviy hisob-kitob ishlari, qo‘shin tuzulishi, mansablar va ularga amaldorlarni tayinlash tartibi, amaldorlar faoliyati muammolari xususida fikr yuritiladi.
Asarda O‘zbekiston tarixiga oid muhim va qimmatli ma’lumotlar bor. Somoniylar zamonida turk g‘ulomlarining davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni, Turkiston xonlari Qoraxoniylar saroyida xizmat qiluvchi xodimlarning maishiy ahvoli, Somoniylar xizmatida bo‘lgan amirlar unvonlari, Xorazmshoh Oltintosh (1017-1032) bilan Sulton Mahmud G‘aznaviyning vaziri Ahmad ibn Hasan o‘rtasidagi yozishmalar ana shular jumlasidandir. Asarda, bundan tashqari, karmatlar, botiniylar harakati, Muqanna qo‘zg‘oloni haqida ham ayrim diqqatga sazovor ma’lumotlar mavjud.
“Siyosatnoma”ning forschasi 1931, 1956 yillari, fransuzchasi 1893 yili, inglizchasi 1960 yili hamda ruschasi 1949 yili B. D. Zaxoder tomonidan chop qilingan. Kitob o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.
Chor maqola”
“Chor maqola” nomi bilan mashhur bo‘lgan bu qiziqarli asar muallifi Nizomiy Aruziy Samarqandiydir. Uning o‘z ismi Najmuddin Ahmad ibn Umar ibn ali bo‘lib, asli Samarqandlikdir. Otasi bir vaqtlar Saljuqiy Alp Arslon xizmatida bo‘lgan. Bo‘lg‘usi olim IX asrning 90- yillarida tug‘ilgan, 1116-1119 yillari Sulton Sanjar (1118-1157) saroyida Nishopurda hayot kechirdi, so‘ngra Gur va Bomiyonda (Afg‘onistonning markaziy qismida joylashgan viloyatlar) hukm surgan Shansabiylar xizmatiga kirdi va umrining oxirigacha o‘sha yerda yashadi.
“Chor maqola” ilmiy, etnik-didaktik mavzuda yozilgan asar bo‘lib, “Majma’ ul-g‘aroyib” (“Ajoyibotlar majmuasi”) nomi bilan ham ataladi.

Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling