Reja Diniy jamoa va din peshvolarining (raxnamolarining) insonga kursatadigan psixologik ta’siri


Download 32.51 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi32.51 Kb.
#241594
Bog'liq
5-mavzu

INSONNI DINIY JAMOAGA QO’SHILISHI VA UNING PSIXOLOGIK TOMONLARI.


Reja

1. Diniy jamoa va din peshvolarining (raxnamolarining) insonga kursatadigan psixologik ta’siri.

2. Insonlarni diniy tashkilotlarga jalb etish xususiyatlari.

3. Da’vatchi (yollovchi) va obyekt (yollanuvchi) orasida ongsizlik darajasidagi ishonchli o’zaro aloqaning vujudga kelishi.

1.topshiriq



Diniy jamoa va din peshvolarining (raxnamolarining) insonga kursatadigan psixologik ta’siri.

2.topshiriq




Insonlarni diniy tashkilotlarga jalb etish xususiyatlari.


JAVOBLAR

1.


Individda dindorlikni shakllantiruvchi mikro muhitning muhim omili diniy jamoadir. Dinni tadqiq etuvchi ayrim g’arb psixologlari ayrim shaxslar e’tiqodining shakllanishida diniy tashkilotlarning muhim rol o’ynashini e’tirof etadilar. Masalan, V.Trillxaazning ta’kidlashicha, “diniy e’tiqod uchun eng muhim bo’lgan narsalarni-biz “tashqaridan”, an’ana va diniy ta’limotlar, marosim va odatlardan olamiz. Amerikalik psixologlar D.Betson va L.Ventisning fikricha, individual dindorlik sosial ta’sir mexanizmlari orqali jamiyatdan keladi”. Ayni vaqtda G’arb din psixologiyasida keng yoyilgan konsepsiyaga ko’ra, individ diniy e’tiqodining eng muhim manbalarini yo uning psixikasi tubidan, yoki uning ongida ro’y beradigan individning Xudo (Avliyo) bilan “uchrashuvi”dan izlash lozim. Sosial ta’sir masalasiga kelsak, ular buni inkor etmaydilar, balki ikkinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydilar. Masalan, taniqli amerikalik psixolog U.Klark dinning bosh va birlamchi manbai individual psixikada, sosial ta’sir

esa ikkilamchi xarakterga ega, deb hisoblaydi.

Diniy jamoaning individual dindorlikni shakllantirish va qaytadan yaratishdagi rolini batafsil ko’rib chiqaylik. Eng avvalo, alohida sosial guruh sifatida diniy jamoaning o’ziga xos xususiyatlarini tavsiflashga harakat qilaylik. Mamlakatimiz sosiologiyasi va sosial-psixologiyasi odamlarning shartli guruhlarni, ya’ni umumiy belgi va xususiyatlariga asoslangan, ammo unga kiruvchi individlarning o’zaro ta’sirini taqozo etmaydigan guruhlar (masalan, statistika tomonidan ajratiladigan guruhlar-bir xil yosh, jins, ma’lumot va h.o.ga ega bo’lgan kishilar) va real guruhlar (ularning eng muhim belgisi odamlarning birgalikdagi sosial faoliyati yoki ularni iqtisodiy yoki boshqa sosial munosabatlar sistemasidagi o’rni)ni bir-biridan farqlaydi.

G.M.Andreyeva to’g’ri ta’kidlaganidek, sosial psixologiya uchun sosial guruhni faoliyat subyekti sifatida tushunish muhim ahamiyatga egadir (Andreyeva G.M. Sosialnaya psixologiya.Keyingi yillarda Sosial psixologiyada kichik guruhlarni tadqiq etish keng rivojlandi. Kichik guruhlarning katta guruhlardan asosiy farqi ularga kiruvchi odamlarning soni emas (bu guruhlarning miqdoriy parametri ancha katta bo’lishi-2 tadan 30-40 kishigacha bo’lgan miqdorda tebranishi mumkin), balki kichik guruh a’zolari o’rtasida shakllanadigan munosabatlarning alohida xarakteridir. Bu munosabatlar odamlar o’rtasidagi doimiy va barqaror bevosita aloqalar (kontakt)ni o’z ichiga oladi; bu aloqalar shaxslararo munosabatlar(simpatiya-antipatiya, do’stlik-dushmanlik)ning vujudga kelishini taqozo etadi. Xuddi shuning uchun ham sosial psixologiyada kichik guruhlar kontakt guruhlar deb ataladi.

Vatanimiz sosial psixologiyasining kichik guruhlarni o’rganishga metodologik yondashuvi ikki asosiy aspektda G’arb sosoal psixologiyasining yondashuvidan farqlanadi. Birinchidan, kichik guruhlar katta sosial birlik (sinflar, millatlar va h. o.)dan ajralgan holda emas, balki ular bilan birgalikda o’rganilishi lozim, zero, har bir kichik guruhga katta guruh doirasidagi element sifatida qaraladi. Huddi shunday yondashuvgina u yoki bu kichik guruhning o’ziga xos xususiyatini ochishga, dinning sosial munosabatlar sistemasidagi o’rnini tushunishga, guruhning qadriyatli muljallari va sosial ustanovkalarining sosial determinantlarini aniqlashga imkon beradi. Ikkinchidan, kichik guruh a’zolarining shaxslararo munosabatlari shu guruh mansub bo’lgan faoliyat sistemasi bilan birgalikda tadqiq etilishi kerak. Guruh faoliyatining mazmuni va maqsadi ko’p jihatdan uning sosial psixologik strukturasi va shaxslararo munosabatlarning xususiyatlarini belgilaydi.1

Alohida sosial guruh sifatida diniy jamoaning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Ana shu birlik doirasida odamlarni birlashtiradigan narsa nima? Birinchidan – diniy sig’inishni birgalikda ado etish, D.Ye.Manuylovaning fikricha, konkret din tarafdorlarining tashkiliy jihatdan birlashishining vujudga kelishi ularda diniy sig’inishni birgalikda bajarishga bo’lgan ehtiyojdir”. Sig’inish amallarini ado etish sosial faoliyat turlaridan biri bo’lib, uning xususiyati shundan iboratki, inson diniy sig’inish orqali g’ayritabiiy kuchga bo’lgan e’tiqodini ro’yobga chiqaradi, shuningdek, u alohida marosimlar yordamida g’ayritabiiy kuchga ta’sir ko’rsatishi mumkin. G’ayritabiiy jamoa a’zolarini birlashtiruvchi diniy sig’inishning umumiyligi (birligi) ortida sig’inishda obyektivlashgan e’tiqod birligi ko’zga yaqqol tashlanadi. Shu sababli diniy e’tiqod va sig’inish amallarining birligi diniy jamoaning sistema yaratuvchi muhim belgisi hisoblanadi. masalan

Diniy jamoa, odatda, yakka yolg’iz holda mavjud bo’lmaydi. U odatda ko’p miqdordagi diniy jamoalarni birlashtiruvchi, umumiy e’tiqodga ega bo’lgan va umumiy marosimlarni bajaradigan ancha murakkab sistemaning elementi hisoblanadi. Bunday sistema(yoki konfessional) tashkilot deb ataladi. Diniy tashkilot ana shu munosabatlar sistemasida shakllanadi. Bizning mamlakatimizda asosan ikki tipdagi diniy jamoalar mavjud. Ularning biri a’zoligi qayd etilmagan, A.T.Moskalenko va A.A.Chechulin ta’biri bilan aytganda, “ochiq” diniy jamoalar Bu diniy jamoaning o’ziga xosligi shundaki, ibodat qilish vaqtida uning tarkibi ancha o’zgaradi. Doimo ibodat qiluvchi shaxslar yadrosi mavjud bo’lsa-da, u doimiyligi bilan ajralib turmaydi. G’arb sosiologlari bunday hollarda “cherkov publikasi” atamasini qo’llaydilar (kino publikasi, teatr publikasiga o’xshash). Bunday jamoalar provaslaviye, katolisizm, shuningdek, protestantizm uchun tipikdir

2. Diniy jamoaning o’z a’zolariga ta’siri juda ko’p kanallar orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda birgalikdagi sig’inish amallari (ibodat qilish) juda muhim va hal qiluvchi rol o’ynaydi. YeXB izdoshlaridan biri ibodat qilishning o’z hayotidagi rolini quyidagicha tasvirlaydi: “Namoz o’qishga bag’ishlangan yig’ilishda kuch-quvvat va Xudoga bo’lgan katta ishonch (e’tiqod)ga ega bo’ldim. Xuddi fanar lampochkasi batareyadan quvvat olgani singari biz ham quvvat olishga ehtiyoj sezamiz. Hafta o’tadi va biz yangi zaryad (quvvat)ni talab qilamiz. Hafta davomida biz dunyoviy ishlar bilan band bo’lamiz, yig’ilish kuni esa yana zaryad(quvvat) olamiz.cJuma namoziing ta’siri yozsa bo’ladi.



Sosial-psixologik mexanizmlar (ishontirish, taqlid, emosional yuqish) sistemasi orqali ibodat qilish diniy his-tuyg’uni jadallashtiradi, emosional yengillikni ta’minlaydi, dindorlar ongida qaror topgan diniy stereotip va sosial ustanovkalarni yangilaydi va mustahkamlaydi. Diniy jamoaning o’z a’zolariga g’oyaviy va psixologik ta’sir ko’rsatish vositalari sistemasida va’z aytish muhim o’rin tutadi. Mamlakatimizdagi xristian jamoalarida aytiladigan diniy va’zlarning tematikasi xilma-xil, lekin unda axloq muammolari, shuningdek, sig’inish amallari (namoz o’qish)ning diniy mazmunini tushuntirish ustunlik qiladi. Va’zlarda ilohiyotning u yoki bu masalalari bo’yicha turli qarashlar, axloq asoslarini mustahkamlashda diniy amrlarning samarali ta’siri to’g’risidagi g’oyalar targ’ib qilinadi, diniy aqidalarning fan yutuqlari, inson aqliga muvofiqligi “isbotlanadi” va h.o. K.I.Nikonov Xudoning uch birligi (troichnost) to’g’risidagi aqidani asoslashga qaratilgan quyidagi qiziq cherkov va’zini misol qilib keltiradi: “Odamlarga Xudoning uch birligini tasavvur etish juda qiyin. Bir narsada uchlikning mavjud bo’lishini tushunish qiyin. Biroq qaranglar, suv normal teperaturada-suyuqlik, agar uni isitsak, u bug’ga aylanadi, agar sovutsak, u muzga aylanadi va katta og’irlikni ko’tara oladi. Demak, suv normal holatda go’yo uch turdan tashkil topgandir. Shunday, Parvardigor ham uchlikda yagonadir” Diniy ekstremistlar rahbar bo’lgan ayrim diniy jamoalarda “izolyasionizm” ruhi targ’ib qilinyapti. “Halos bo’lishga saralanganlar”ning hamjamiyati sifatida diniy jamoa go’yo yomonlik, nuqson va gunohlar bilan bulg’angan “dunyo”ga qarshi qo’yilyapti. Biroq dindorlarning ularni qurshab olgan voqyelikdan, guruhiy diniy ong uchun yot bo’lgan muammo, intilish va manfaatlardan “begonalashuv” tendensiyasi ko’plab diniy jamoalar uchun xosdir.
Download 32.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling