Reja: Go’zallik va xunuklik tushunchalari


Download 116.58 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi116.58 Kb.
#1336625
Bog'liq
1-guruh


1-guruh
Go’zallik va xunuklik tushunchalarining san’atda, insonda, tabiatda hamda jamiyatda namoyon bo’lishi.
Reja:
Go’zallik va xunuklik tushunchalari
San’atda go’zallik va xunuklik dialektikasi
Ta’biatda va jamiyatda go’zallik va xunuklik tushunchalari
1
2
3

GOʻZALLIK — estetika tushunchasi. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning, inson faoliyatining kishida mehr-muhabbat, quvonch, zavq, erkinlik tuygʻulari hosil qilishga qodir boʻlgan xususiyatlarini ifodalaydi. Xunuklikning aksi. Islom taʼlimotida Goʻzallikning oʻzi ham, timsoli ham Alloh jamolidandir. Inson goʻzalligi uning yaxshilik qilishida, sabr-toqatida; bular inson goʻzalligini belgilovchi mezon sifatida qaraladi. Goʻzallik insonning Alloh karomatini tushunib yetishi va unga ergashishi, maʼnaviyaxloqiy poklanish sari intilishidir.

Oʻrta Osiyo mutafakkirlari Goʻzallikni islom aqidalari ruhida idrok etsalarda, Goʻzallikning murakkab maʼnaviy jarayon ekanligini taʼkidlashga harakat qilganlar. Forobiy taʼlimotiga koʻra, Goʻzallik — insonning jismoniy, maʼnaviy va axloqiy chiroyining ifodasidir. Alisher Navoiy barcha Goʻzallik hayot va insonda, ayni vaqtda, barcha xunuklik va nopoklik ham insonda deb bildi, shuning uchun u inson tarbiyasiga katta ahamiyat berdi.

Goʼzallikning mavjud boʼlish doirasi «Аlloh goʼzal va U goʼzallikni sevadi», degan hadis soʼzlarida oʼz aksini topgan: Yaratgan – Mutlaq Goʼzal zot, demak, yaratilganlar, nisbiy esa-da, goʼzal boʼlishi lozim. Shu bois goʼzallik, umuman olganda, avvalo tabiatda mavjud, bunda ikki xil tabiat nazarda tutiladi – olamiy tabiat va odamiy tabiat. Olamiy tabiat, bu – gullar, qiygʼos gullagan daraxtlar, lolazor, suvga egilgan majnuntol, dumini yoygan tovus, tunda bulbulning sayrashi va h.k. Odamiy tabiat esa oʼz navbatida ikkiga – ichki va tashqi tabiatga boʼlinadi: ichkisi – yuqorida aytilgan xulqiy goʼzallik boʼlsa, tashqi odamiy tabiat – insoniylashgan muhit, insoniy ruh koʼchib oʼtgan jamiyatdagi goʼzallik.

Xunuklikka kelsak, aytganimizdek, u goʼzallikning ziddi; qadimgi donishmandlar goʼzallikni komillik bilan, xunuklikni nuqs bilan bogʼliqligini taʼkidlaydilar. Xunuklik kayfiyatni buzadi, kishida obʼekt haqida yoqimsiz tassurot qoldiradi, muhabbat tuygʼusini emas, aksincha hazar, baʼzan esa jirkanish hissini uygʼotadi. Goʼzallik va xunuklikni ikki alohida dunyo emas, balki bir dunyoning ikki qutbi sifatida olib qarash lozim.

Bundan bir necha ming yillar avval qadimgi daochilarning «Dao de szin» kitobida bu borada shunday deyiladi: «Butun Osmonosti goʼzallikning goʼzal ekanini bilib olganida, oʼsha payt xunuklik ham paydo boʼlgan». Demak, goʼzallik bor ekan, xunuklik ham mavjud, ular doimo bir-biri bilan dialektik munosabatda. Bunday munosabatni biz, ayniqsa, ularning bir-biriga oʼtib turishida koʼrishimiz mumkin.

Goʼzallik va xunuklik dialektikasining sanʼatda namoyon boʼlishi alohida eʼtiborga molik. Zero, sanʼatning asosiy vazifasi ezgulik va haqiqatni roʼyobga chiqarishga yoʼnaltirilgan goʼzallikni tasvirlashdan iboratdir; goʼzalliksiz sanʼatning mavjudligi mumkin emas, sanʼatda xunuklik ham goʼzal tasvirlanadi va goʼzallikka aylanib ketadi.

Xunuklik sanʼatga koʼchganida, sanʼatkor mahorati va sanʼat qonuniyatlari vositasida oʼzining obʼektdagi jirkantiruvchi jihatlarini koʼzdan yashiradi, goʼzallikka aylanadi. Shunday qilib, insondagi, jamiyatdagi hamda tabiatdagi goʼzallik va xunuklik hech qachon mutlaq boʼla olmaydi, doimo nisbiy hamda muvaqqat tabiatga ega; ularning oʼzaro dialektik aloqadorligi, bir – biriga oʼtib turishi ana shundan.


E’tiboringiz uchun rahmat
Fizika fakulteti 2001-guruh, Abdurashitova Nargiza Ismat qizi
Download 116.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling