Reja: I. Kiris h


Download 37.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi37.36 Kb.
#1819924
  1   2   3   4


Men nega farmasevt kasbini tanladim. 
Reja: 
I. Kiris

II. Asosiy qism. 
2.1.Men 
nega 
farmasevt 
kasbini 
tanladim.
2.2.Men tanlagan kasbni jamiyatdagi o’rni.
2.3.Kasbim-faxrim
III.Xulosa. 
3.1.Men kasbimni rivojlantirish yo’lidagi rejalarim. 
Kasb-hunar bo’lsa qo’lingda, 


 
Non topilar yo’lingda. 
 
O’zbek xalq maqoli. 
 I.Kirish.
Kundalik hayotimizda kim bilan muloqot qilsak, yoki tanishishni istasak, har 
doim bizni, ’’U kim bo’lib ishlaydi?” degan savol qiziqtiradi. Yoki, biror inson 
bizda havas uyg’otsa, uning kasbi nima ekanligi qiziq tuyuladi. Har qanday shaxs 
hayotining xotirjamligi va moddiy farovonligining asosi uning kasbidir. Kasb 
ma’lum darajada tayyorgarlikni talab etadigan , davlatning qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan, bajaruvchiga iqtisodiy foyda keltirish imkoniyati mavjud bo’lgan 
alohida faoliyat turidir. Dunyoda ko’plab kasblar mavjud va hayotimizda 
barchamiz uchun juda muhim bo’lgan jihatdan bu shubhasiz kasb tanlashdir. Kasb 
tanlash katta hayot yo’lidagi eng muhim qadamdir. Inson hayotda o’zini baxtli his 
etishi uchun albatta, atrofida mehribon, sevimli insonlar bo’lishidan tashqari, o’z 
qiziqishi bilan amalga oshiradigan kasb-hunarga ham ega bo’lishi zarur. Ba’zi 
yoshlar ko’p yillar orzu qilib yurgan mutaxassislik uchun oliy ta’lim muassasiga 
hujjat topshirish damlari yaqinlashganda, “Men kelajakda shu sohaning 
mutaxassisi bo’la olamanmi, bunga mening bilimim va iqtidorim yetadimi?’’- deb 
o’ylanib qoladilar. Ayrimlar o’zlarining ko’p yillik orzularidan ham voz kechib, 
hozirgi kunda dolzarb ahamiyatli o’rin tutayotgan sohaga qiziqib, kutilmaganda 
o’z fikrlarini o’zgartiradilar. Asosiysi, biz yoshlar to’g’ri yo’lni tanlashimiz, o’z 
oldimizga juda katta mas’uliyatli vazifa ekanligini yaxshi bilishimiz va faqatgina 
qiziqishlarimiz yuqori bo’lgan kasb sirlarini egallashga intilishimiz zarur.

Download 37.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling