Reja: Ijtimoiy pedаgogikаning mаqsаd vа vаzifаlаri


Download 41.65 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi41.65 Kb.
#153122
Bog'liq
topshiriqlar


1-Mavzu: O‘zbekistonda ijtimoiy-pedagogikaning faoliyat sohalari

Reja:


1. Ijtimoiy pedаgogikаning mаqsаd vа vаzifаlаri

2. Davlat, jamoat va ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyati ijtimoiy steriotiplari.

3. Ijtimoiy pedаgogikаning boshqа fаnlаr bilаn bog’liqligi

Ma’lumki, bolalar faoliyatida o’yin, mehnat, san’at (rasm chizish, raqsga tushish, ashula yoki she’r aytish va shu kabilar), bilishga qiziqish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli murabbiylar va tarbiyachilar bolalarning shu turdagi faoliyatini sun’iy deb emas, balki bu tabiiy hol deb ularni qo’llab – quvvatlash kerak. Mulohazamizga tarbiyashinos olimlarimizning quyidagi fikrlari ham asos bo’la oladi. Bu borada Shorasul Zunnunov: “Bolalikning vazifasi o’yin bo’lib, u vazifani to’la-to’kis ado etish uchun bolalarning yoshlik vaqtlarida o’ynab qolishlariga harakat etish lozim. Shuning uchun bolalar berilib o’ynab turgan vaqtlarida: “... Qani ketinglar!” deb ularni o’yindan maxrum qilish bolalar jamiyatining vazifalar o’tash yo’lidagi tashabbus, azm va amallariga qarshi bo’lib, unga chegara qo’yishdir. Buni ularning ruhiga xiyonat deb ta’bir etish mumkindir”, desa, Ya.A. Komenskiy quyidagi fikrni bildiradi:

“Bolalar hamisha nima bilandir bajonidil band bo’ladilar. Bu juda foydali, shuning uchun unga xalaqit berish emas, aksincha, ularning doimo biror - bir ish bilan mashg’ul bo’lishlarining chora - tadbirlarini ko’rish kerak”.

Demak, murabbiy va tarbiyachilarning bolalar bilan birgalikdagi faoliyatini tashkil qilish va jamoaviy ijodiy ishini o’tkazish, ma’lum muddatda ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni olib borishi uchun ulardan kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar asosida shakllanggan pedagogik mahorat talab qilinadi.

 

 


  1. Mavzu yuzasidan topshiriq

Javoblarni yozma, audio yoki video tarzida yuborishingiz mumkin.

“Savol-javob” asosida mavzuga doir quyidagi savollarga javob qaytaring:

1.Maktabgacha ta’limni rivojlanishi haqida nimalarni bilasiz?

2.Maktabgacha ta’limni rivojlanishining ilmiy adabiyotlarda yoritilishi?

3.Maktabgacha ta’limni rivojlanishida Ta’lim to`g`risidagi qonunda yoritilishi?

4.Maktabgacha ta’limda hayotini tashkil etishda qonun hujjatlarining ahamiyati?

5.Maktabgacha ta’lim tizimini tashkil etishning huququy kafolatlari?

 

Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari



Asosiy adabiyotlar

  1. Yusupova P. Maktabgacha  tarbiya pedagogikasi. T.: O’qituvchi. 1993.

  2. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.

  3. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha  pedagogika. T.:Tafakkur bo`stoni 2013

  4. N.Kayumova. Maktabgacha  pedagogika. T.: TDPU 2013.

  5. Nurmatova M.SH.  Xasanova SH.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatis hmetodikasi. “Sho’lpon” T:.2010y.

  6. Nurmatova M.SH.  Xasanova SH.T. D.Azimova. Ustahonada amaliy mashg’ulot. “Musiqa” T:.2010y.

2- Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiylashuvining xususiyatlari

Reja:


1. Ijtimoiy-kommunikatsion rivojlanish.

2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiylashuvi nima?

3. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ taraqqiyoti

       Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.

Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.

Maktabgacha ta`lim tizimi

Maktabgacha ta’lim muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.

Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablag’lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari to’g’risidagi kerakli ma`lumotlarni “O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risida Nizom” dan olishinigiz mumkin.

O’zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi

Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi:


  • Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar bog’chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).

  •  

  • Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasi-maktab).

  • Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.

  • Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.

  • Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi.

  • Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).

Maktabgacha ta`lim muassasasining ish tartibi va u yerda bolalarning bo’lish davomiyligi davlatning maktabgacha ta`lim sifat va darajasiga bo’lgan talablari, nizom, maktabgacha ta`lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta`sischilar tomonidan belgilanadi.

Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil qilingan bo’lib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta`limni boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.

Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablag’lari, maxsus maktabgacha ta`lim muassasasida o’quv-ta`lim va sog’lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta`lim muassasasining boshqaruvi haqidagi to’liq ma`lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom” da ko’rsatilgan.

Maktabgacha ta`lim muassasalarining asosiy maqsadlari

Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:

Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.

O’zbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.

  Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasi-maktab).

  Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.  Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.

  Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi.

  Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).

  Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;

  Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;

  Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;

  Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;

  Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash.Maktabgacha ta’lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.

O’zbekistonda maktabgacha ta’lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari haqida qisqacha statistik ma’lumot

I.Vazifa:

 Mavzu yuzasidan topshiriq

“Savol-javob” asosida mavzuga doir quyidagi savollarga javob qaytaring:

1.Rivojlanishning asosiy mazmuni nima?

2.Shaxsning rivojlanishi uchun zarur omillar qaysilar?

3.Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning mohiyati nimada?

4.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy rivovlanishini asoslab bering?

5.Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar necha yoshidan qabul qilinadi?

3-mavzu

Reja:


  1. Ijtimoiy pedagogni kasbiy tayyorlash turkumiga kiradigan fanlar.

  2. Oliy o’quv yurtida ijtimoiy pedagogni pedagogik tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik yo’nalganligi.

O’zbеkiston Rеspublikasida maktabgacha ta`lim to’grisidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta`limni uyda ota-onalarning mustaqil ta`lim bеrishi orqali yoki doimiy faoliyat ko’rsatadigan Maktabgacha tarbiya muassasalarida, shuningdеk Maktabgacha ta`lim muassasalariga jalb qilingan bolalar uchun bolalar bog’chasida, maktablarda, maxallalarda tashkil etilgan maxsus guruxlar yoki markazlarda oladi.

Bolalar tarbiyasidagi muntazamlik va izchillikning asosiy sharti oila va bolalar bog’chasi urtasida muntazam aloqa o’rnatishdir.

Bola tarbiyasida oilaning barcha a`zolaridan nafaqat bolalarga nisbatan to’gri munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak ma`suliyat xissini xam talab qiluvchi qiyin va murakkab ishdir.

Oilada tarbiyani har tomonlama, jumladan ma`naviy, axloqiy, aqliy, estеtik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara bеradi.

Ma`naviy tarbiyani bolaga o’tmishda Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va farovonligi yo’lida kurashgan xalq qaxramonlari xaqida gapirib bеrish, davlatimizning ramziy bеlgilari bilan tanishtirish, mustakillik, Vatan xaqidagi shе`r va qo’shiqlarni yod oldirish, qadriyat va an`analarimizni o’rgatish orqali singdirish mumkin.

Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir qator axloqiy jixatlari shakllanadi-ki, boshqa xеch qaysi tarbiya ob`еkti oiladagidеk yuqori natija bеrmaydi. Ularga insonparvarlik, mеxr-muruvvat, raxm-shafkqat, xamdardlik, muomala madaniyati, burchi va sadokqat minnatdorchilik kabi insoniy fazilatlar turadi.

Kеlajak avlodga estеtik tarbiya bеrishda xam oilaning muhim o’rni bor. Oila davrasida qo’shiqlar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila davrasida o’qish, birga spеktakl va kino ko’rish va tahlil kilish, kiyinish madaniyatini shakllantirish, uyda gullar parvarish qilish, rasm solish va xakozolar bolani estеtik tarbiyasini shakllantirishdagi jixatlardir.

Ota-onalar voyaga еtayotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga uta ma`suliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badan tarbiya mashqlarini bolalar bilan birgalikda bajarish, to’g’ri va vitaminlashtirilgan ovqat bеrish, dam olishni, uyquni to’g’ri tashkil etish vaqtida shifokor nazoratidan o’tkazishlari zarur.

Bola hayotida mеhnat tarbiyasi muxim sanaladi. Bolalarni mеhnatga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda mеhnat qilish odobini shakllantirish va ko’nikmalar hosil kilishda, ularning qiziqishlari hisobga olingandagina erishiladi. Ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda unda mehnat ko’nikma va malakalarini hosil kilishga, mehnatga extiyojni tarbiyalashga, boshqalarning mehnatini qadrlashga, mehnat natijalarini extiyot kilishga o’rgatishga jiddiy e`tibor bеrishlari lozim. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saranjom-sarishtalikni tarbiyalash, shuningdеk maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni oilada tarbiyalashni, ota-onalar bilan xamkorlikni bundan kеyin yanada takomilishtirish yullarini izlab topish oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan aloqasini mustaxkamlash maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari pеdagogik omillar, bu soxada ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchilar va uslubchilarning muxim vazifasidir.

Bolalarni tarbiyalashda davlat ahamiyatidagi vazifadir. Uning to’g’ri hal qilinishi tarbiya ishining qo’yilishiga komplеks yondoshishga tarbiyaviy muassasalarning, oila va jamiyatchilikning to’liq uzaro ta`siri va xarakatlarning birligiga bog’liq.

Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta`limiga o’tishi xamisha uning xayoti, axloqi, qiziqishi va munosabtalarida anchayin jiddiy o’zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani bog’chadayoq yoki uydayoq maktab ta`limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo’lmagan bilim, tushuncha, ko’nikma va malakalar bilan tanishtirish lozim.

Maktabgacha ta`lim muassasalarida tarbiyachilar tomonidan o’tkaziladigan mashg’ulotlar jarayonida bolalarda mustaqil fikrlash kunikma va malakalari xosil

qilinadi, tarbiyachining so’zini tinglash, uo’rtoqlari bilan gaplashmaslik, xar bir tarbiyachi tomonidan bеrilgan savollarga javob bеrishga xarakat kilish, tarbiyachi tomonidan aytilgan fikrlarni takrorlashga o’rgatib boriladi. Har bir yosh guruhlarda qancha mashg’ulot o’tkazish bolalar bog’chasi ta`lim-tarbiya dasturida bеlgilab qo’yilgan.

1.Har bir bog’chada mеtodik xonalar mavjud bulib, unda bolalar bogchasida ta`lim-tarbiya dasturining xamma bilimlari bo’yicha mеtodik qo’llamalar bo’ladi. Yetishmovchiliklarni ya`ni mеtodik jixatdan, tarbiyachi uzi tayyorlaydi va bu ishga ba`zan tayyorlov

 Mavzu yuzasidan topshiriq.

Ijtimoiy pedagogni kasbiy tayyorlash turkumiga kiradigan fanlar va bu turkumga kirmaydigan fanlarni venndiagramma metodi asosida yoritib bering.

 

    Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari



Asosiy adabiyotlar

  1. Yusupova P. Maktabgacha  tarbiya pedagogikasi. T.: O’qituvchi. 1993.

  2. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.

  3. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha  pedagogika. T.:Tafakkur bo`stoni 2013

  4. N.Kayumova. Maktabgacha  pedagogika. T.: TDPU 2013.

  5. Nurmatova M.SH.  Xasanova SH.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatis hmetodikasi. “Sho’lpon” T:.2010y.

Nurmatova M.SH.  Xasanova SH.T. D.Azimova. Ustahonada amaliy mashg’ulot. “Musiqa” T:.2010y.

4- Mavzu: O’zbekistonda oila, mahalla va ishlab chiqish (o’quv, ijodiy) jamoalarning ijtimoiy – pedagogik vazifalari.

Reja:

1. Mahallaning  jamiyatda tutgan o’rni.



2. Mahallaning asosiy vazifalari.

3. Mahallalarda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirish.

   


Bosqichlar,

vaqti


Faoliyat mazmuni

 

O’qituvchi



 

Talaba


1-bosqich.

Kirish (10 min.)



1.1. Mavzuni, maqsadi rejadagi o’quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

Mashg’ulot hamkorlikda ishlash texnologiyasini qo’llagan holda o’tishni ma’lum qiladi.

1.2. Aqliy hujum usulidan foydalangan holda auditoriyaning tayyorgarlik darajasini aniqlaydi:. mahalla tushunchasi.

 Mahallaning va uning vazifalari.

Yoshlarning  odamlarga munosabati bo’yicha vazifalari. Ularning mazmunlarini ham bilasizmi? Mazmunining muhokamasi guruhlarda davom etishini e’lon qiladi.


1.1. Mavzuni

Yozadi va savollarga

Javob beradi.


2-bosqich.

Asosiy


(60 min.)

2.1. Talabalarni 3 guruhga bo’ladi, har biriga vazifa beradi (2-ilova).

Kutilayotgan O’quv natijalarini eslatadi.

2.2. Guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi (1-ilova). Baholash mezonlarini ham namoyish qiladi.

2.3. Vazifani bajarishda O’quv materiallari (ma’ruza matni, O’quv ko’llanma)laridan foydalanish mumkinligini eslatadi.

Guruhlarda ish boshlashni taklif etadi.

2.4. Tayyorgarlikdan keyin taqdimotni boshlangani e’lon qilinadi.

2.5. Talabalar javobini sharhlaydi, xulosalarga e’tibor beradi, aniqlik kiritadi.

2.6. Talabalarga munozara usuli bo’yicha ifodalangan jadvalni namoyish qiladi va ustunlarni to’ldirishni aytadi.

Tushunchalarga izohlarni to’g’rilaydi

va savollarga javob qaytaradi. Guruhlar faoliyatiga umumiy ball beradi.



2.1. O’quv natijalarini

taqdim qiladilar.

 

2.2. Savollar beradi



 

2.3 Javoblarni to’ldiradi.

 

2.4. Jadval ustunlarini



to’ldiradi va muhokamada ishtirok etadi.

3-bosqich.

YAkuniy


(10 min.)

3.1. Mashg’ulotni yakunlaydi, Talabalarni baholaydi va faol ishtirokchilarni rag’batlantiradi.

3.2. Mustaqil ish sifatida “Mahallaning bola tarbiyasida tutgan o’rni” mavzusida “esse” yozishni topshiradi.



3.1. Eshitadilar.

3.2 Topshiriqni

oladilar.


 

 

O’quv topshiriqlari



 

1-ilova


B./ B. /B texnikasini qo’llash qoidalari

 

Oila, mahalla va ishlab chiqish



 

 

Mavzu savoli

Bilaman

Bilishni

xoxlayman



Bildim

1.

 

 

 

 

2

 

 

 

 

3

 

 

 

 

4

 

 

 

 

5

 

 

 

 

                                       

 

Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari



Asosiy adabiyotlar

  1. Yusupova P. Maktabgacha  tarbiya pedagogikasi. T.: O’qituvchi. 1993.

  2. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.

  3. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha  pedagogika. T.:Tafakkur bo`stoni 2013

  4. N.Kayumova. Maktabgacha  pedagogika. T.: TDPU 2013.

  5. Nurmatova M.SH.  Xasanova SH.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatis hmetodikasi. “Sho’lpon” T:.2010y.

  6. Nurmatova M.SH.  Xasanova SH.T. D.Azimova. Ustahonada amaliy mashg’ulot. “Musiqa” T:.2010y.

 

5- Mavzu: Tarbiya - ijtimoiylashtirish omili.

Reja:


  1. Ijtimoiylashtirish – tarbiyaning bosh maqsadi.

  2. Bolalik – insonning ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri.

  1. Ijtimoiylashtirish jarayoni va tarbiyalanuvchi tomonidan jamiyatda mavjud             bo‘lgan me’yorlar, qadriyatlar, xulq-atvor shakllarining o‘zlashtirilishi.

 

 1-ilova


                                         “Sinkbeyn” (5 qator) texnikasi

Axloqiy tarbiya

Sinkbeyn sxemasi:

1–qator – tushuncha;

2-qator – tushunchani tavsiflobchi 2 sifat;

3-qator – ushbu tushuncha vazifalari to’g’risidagi 3 ta fe’l;

4-qator – ushbu tushuncha mohiyati to’g’risidagi 4 so’zdan iborat so’z birikmasi;

5-qator – ushbu tushuncha sinonimi.

2-ilova

Venn diagrammasi  to’ldiring.



 

                Ta’lim                                                            Tarbiya



 




 

 

 

 



 

 

 



 

 

        



 Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari

Asosiy adabiyotlar



  1. Yusupova P. Maktabgacha  tarbiya pedagogikasi. T.: O’qituvchi. 1993.

  2. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.

  3. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha  pedagogika. T.:Tafakkur bo`stoni 2013

  4. N.Kayumova. Maktabgacha  pedagogika. T.: TDPU 2013.

  5. Nurmatova M.SH.  Xasanova SH.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatis hmetodikasi. “Sho’lpon” T:.2010y.

  6. Nurmatova M.SH.  Xasanova SH.T. D.Azimova. Ustahonada amaliy mashg’ulot. “Musiqa” T:.2010y.

6-Mavzu: Ijtimoiylashtirishning omillari (makro, mezo va mikro omillar) va mexanizmlari.

Reja:


1.  Mikro faktorlar – bola ijtimoiylashuvining muhim faktori sifatida.

2. Mego faktorlar va ularning bola ijtimoiylashuviga ta’siri.

3. Mezo faktorlarning bola ijtimoiylashuviga ta’siri.

   


Bosqichlar,

vaqti


Faoliyat mazmuni

 

O’qituvchi



 

Talaba


1-bosqich.

Kirish (10 min.)



1.1. Mavzuni, maqsadi rejadagi o’quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

Mashg’ulot hamkorlikda ishlash texnologiyasini qo’llagan holda o’tishni ma’lum qiladi.

1.2. Aqliy hujum usulidan foydalangan holda auditoriyaning tayyorgarlik darajasini aniqlaydi: faktor tushunchasi.

 

Faktorlarning bola rivojiga ta’siri. Ularning mazmuni? Mikro, mego va mezo faktorlarning mazmuni muhokamasi guruhlarda davom etishini e’lon qiladi.



1.1. Mavzuni

Yozadi va savollarga

Javob beradi.


2-bosqich.

Asosiy


(60 min.)

2.1. Talabalarni 3 guruhga bo’ladi, har biriga vazifa beradi (2-ilova).

Kutilayotgan O’quv natijalarini eslatadi.

2.2. Guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi (1-ilova). Baholash mezonlarini ham namoyish qiladi.

2.3. Vazifani bajarishda O’quv material lari (ma’ruza matni, O’quv ko’llanma)laridan foydalanish mumkinligini eslatadi.

Guruhlarda ish boshlashni taklif etadi.

2.4. Tayyorgarlikdan keyin taqdimotni boshlangani e’lon qilinadi.

2.5. Talabalar Javobini sharxlaydi, xulosalarga e’tibor beradi, aniqlik kiritadi.

2.6. Talabalarga munozara usuli bo’yicha ifodalangan jadvalni namoyish qiladi va ustunlarni to’ldirishni aytadi.

Tushunchalarga izohlarni to’g’rilaydi

va savollarga Javob qaytaradi. Guruhlar faoliyatiga umumiy ball beradi.



2.1. O’quv natijalarini

taqdim qiladilar.

2.2. Savollar beradi.

2.3 Javoblarni to’ldiradi.

2.4. Jadval ustunlarini

to’ldiradi va muhokamada ishtirok etadi.



3-bosqich.

YAkuniy


(10 min.)

3.1. Mashg’ulotni yakunlaydi, Talabalarni baholaydi va faol ishtirokchilarni rag’batlantiradi.

3.2. Mustaqil ish sifatida “Faktorlar va ularning bola ijtimoiylashuviga ta’siri” mavzusida “esse” Yozishni topshiradi.



3.1. Eshitadilar.

3.2 Topshiriqni

oladilar.


O’quv topshiriqlari

1-ilova


B./ B. /B texnikasini qo’llash qoidalari

Faktorning vazifalari.



 

Mavzu savoli

Bilaman

Bilishni

xohlayman



Bildim

1.

 

 

 

 

2

 

 

 

 

                                       

 

 2-ilova



                                         “Sinkbeyn” (5 qator) texnikasi

 Iqtisodiy tarbiya

Sinkbeyn sxemasi:

1–qator – tushuncha;

2-qator – tushunchani tavsiflobchi 2 sifat;

3-qator – ushbu tushuncha vazifalari to’g’risidagi 3 ta fe’l;

4-qator – ushbu tushuncha mohiyati to’g’risidagi 4 so’zdan iborat so’z birikmasi;

5-qator – ushbu tushuncha sinonimi.

3-ilova

Oilaning turlar va vazifalari bo’yicha 



Venn diagrammasi  to’ldiring.

 




 

 

             Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari



Asosiy adabiyotlar

  1. Yusupova P. Maktabgacha  tarbiya pedagogikasi. T.: O’qituvchi. 1993.

  2. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.

  3. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha  pedagogika. T.:Tafakkur bo`stoni 2013

  4. N.Kayumova. Maktabgacha  pedagogika. T.: TDPU 2013.

  5. Nurmatova M.SH.  Xasanova SH.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatis hmetodikasi. “Sho’lpon” T:.2010y.

Download 41.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling