Reja: Informatsiya, signal, elektr signali
Download 341.5 Kb.
|
Signallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Informatsiya
- Elektr signali
Signallar Reja: Informatsiya, signal, elektr signali. Signallarni turlari Signallarni parametrlari. Aloqa kanalining parametrlari Signallar va tizimlar fanini talabalarga o‘rgatishdan maqsad telekommunikatsiya va axborot uzatish tizimlarining umumlashgan nazariyasini zamonaviy matematik modellarni qo‘llab tahlil etish, tizimlarda foydalaniladigan turli signallar, ularning vaqt va chastota funksiyalari ko‘rinishidagi matematik modellari, signallarga raqamli ishlov berish usullaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat. Signallar va tizimlar fanini o‘qitishdan maqsad talabalarda telekommunikatsiya va axborot uzatish tizimlarida foydalaniladigan signallarni tahlil etish, ularni asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslash, qo‘yilgan talab asosida signalning eng mutanosibini tanlash, tizimlar va ularni zamonaviy matematik modellari asosida tahlil etishga o‘rgatish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Informatsiya, signal, elektr signaliInformatsiya – bu har xil fizik jarayonlar, jismlar, tarixiy va kundalik xodisalar to‘g‘risidagi malumotdir. Informatsiyani uzatish uchun uni ma’lum bir shaklga keltirish lozim (tekst, jadval, grafik, rasm, harakatdagi tasvir va boshqalar). Bunday shakllanish natijasida informatsiya xabarga aylanadi. Xabarni fazoning bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga uzatish uchun xabarni biror bir fizik jarayonga yuklashimiz, ya’ni uni signalga aylantirishimiz lozim. Signal deb biror bir fizik jarayonning bir yoki bir nechta parametrini xabarga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi. Elektr signali deb – elektr jarayonining bir yoki bir nechta parametrini xabarga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi. Shovqin ham xuddi signalga o‘xshab vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi jarayondir. Ammo u hech qanday informatsiyani o‘z ichiga olmaydi. Shuning uchun u signalga zararli ta’sir qiluvchi jarayondir. Download 341.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling