Reja: Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchasi va mohiyati


Download 20.79 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi20.79 Kb.
#1725642
Bog'liq
mustaqil ish


O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari.
Reja:
1.Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchasi va mohiyati
2.Biznes va tadbirkorlikning vazifasi va uslublari.
3.Kichik biznes va tadbirkorlikni rivijlantirish.

1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida agrar sanoat majmuasining eng salohiyatli tarmog‘i boigan qishloq va suv xo'jaligi korxonalari, bozor munosabatlarini joriy etish iqisodiyotida alohida o'rinni egallaydi. Qishloq va suv xo'jalik korxonalarida yer, suv va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda dehqon mehnati bilan bogiiq boigan iqtisodiy munosabatlar, agrar munosabatlaming asosini tashkil etadi. Bu munosabatlar bozor tizimida yangicha m a’nomazmunga ega. Agrar munosabatlaming markazida qishloq va suv xo'jalik korxonalari va ulaming ichki birlamchi bo'g'inlari - fermer, dehqon, xususiy tadbirkor shaklida ish yurituvchi mehnatkashlar guruhi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini ko'rsatadi. Bozor tizimida, qishloq va suv xo'jalik korxonalari eng asosiy hal qiluvchi faoliyat doirasi bo'libgina qolmay, balki yer, suv va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanish vositasi hamdir. Qishloq va suv xo'jaligida ishlab chiqarishini cashkil etishning uch omili bo'lib, ular quyidagilardan iborat:


1. Mehnat - bu kishilaming qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonidagi maqsadga muvofiq faoliyati bo'lib, ular har qanday korxona faoliyatining asosini tashkil etadi;
2. Mehnat ashyolari — tovar mahsuloti ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) uchun inson faoliyatiga yo'naltirilgan vositalar (obyektlar) tushuniladi;
3. Mehnat vositalari - mashinalar, mahsuldor mollar, uskuna va qurilmalar, ish qurollari va boshqa texnologik ishlanma turlari, ish joyining tashkiliy ta’minoti va boshqalar.
Mehnat ashyolari va mehnat vositalari o'zaro birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi, ular ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy asosidir. Ammo bu moddiy omiilarga ish kuchi (odam mehnati) ta’sir ctmas ekan, ular «jonsiz» narsalar bo‘lib qolaveradi, ishlab chiqarish sodir bo'lmaydi, ya’ni moddiy ne’mat yaratilmaydi. Ishlab chiqarish vositalari va ish kuchi o'zaro bog'liklikda ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil etadi. Ular har qanday jamiyat laraqiyotining kuchli omili hisoblanadi. Ishlab chiqarish mehnat rcsurslari, mehnai quroli va mehnat predmetining harakatidan paydo bo'ladi. Ularni maqsadga muvofiq joylashtirish hamda ulardan unumli foydalana bilish bozor tizimida faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarining ravnaqi va iqtisodiy yuksalishi uchun asosiy shart-sharoitlardan biri bo‘ladi Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda iqtisodiy islohotlar strategiyasini belgilab olishda, davlatimiz rahbari tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil, iqtisodiyotni siyosatdan ustivorligi, davlatni bosh islohotchi bo‘lishi, qonun ustuvorligi, faol ijtimoiy siyosat va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish asos qilib olindi. Oxirgi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik va kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida ijobiy yutuqlarga erishmoqda. Lekin bu borada o ‘z yechimini topmagan muammolar bo‘lib, kichik biznes korxonalarini tashkil etish, faoliyatini boshqarish, biznes reja, moliyalashtirish, jarayonini hamda yetarli tajribaga ega emasligini hisobga olib “Kichik biznes va tadbirkorlik” iqtisodiy lan sifatida o‘rganishni taqazo etadi. “Kichik biznes va tadbirkorlik” fani kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan o ‘rgatadi. Fanining asosiy maqsadi kichik biznes tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish, biznes faoliyatini tashkil etish, boshqarish, bozor munosabatlarini shakillantirishdan iborat. Fanning obyekti - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ajralmas qismi hisoblangan kichik biznes korxonalari va uning ishlab chiqarishga bevosita o‘z hissasini qo‘shadigan barcha korxonalar faoliyatidagi iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. 7 Ular tarkibiga quyidagilar kiradi: kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, qoilab-quw atlash, muvofaqqiyatli faoliyat ko‘rsatish va nazorat qilish jarayonlari; 0 ‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishning o ‘ziga xos y o ii va kichik biznesni rivojlantirishning tashkiliy huquqiy asoslari; kichik biznes subyektlarining tadbirkorlik faoliyatidagi afzallik yoki kuchli tomonlari; kichik biznes subyektlarini muvofaqqiyatli tadbirkorlik faoliyati olib borishdagi to‘siqlar (muammolar); tadbirkorlik faoliyatida boshqarish va rejalashtirish, uning o‘ziga xos xususiyatlari, shakllari va bosqichlari, budjet va uni rejalashtirish, strategik maqsadlami ifodalovchi biznes reja va uning mohiyati; kichik biznes faoliyatidagi iqtisodiy masala va muammolar; kichik biznesda mahsulot ta’minoti, ishlab chiqarish va sotish masalalari. Uni yanada jadallashtirishda ilg‘or usullardan foydalanish; kichik biznesda axloqiy m e’yorlar, biznesmen (tadbirkor) axloq kodeksi, muomala va tanishuv m e’yorlari, turli aloqalami tashkil etish masalalari. Kichik biznes va tadbirkorlik fanining mavzusi bozor iqtisodiyotining asosi hisoblangan tadbirkorlik faoliyati bilan bogiiq ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) tizimi jarayonlarini tashkil qilish tamoyillari, qonun va qonuniyatlari hamda boshqaruv xususiyatlarini tahlil etishdan iborat. “Kichik biznes va tadbirkorlik” fanining asosiy vazifasi iqtisodiyotida kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari faoliyati va boshqaruv tizimini tadqiq etish, iqtisodiyotni barqarorlashtirishda biznesning rolini va asosiy mezonlarini o‘rganish, kichik biznesning fan-texnika yutuqlari, yangi inovatsion texnologiyalami qoilash imkoniyatlari, investitsiyadan foydalanish, biznesni rivojlantirish muammolari va unda davlatning rolini o ‘rganib chiqish, rejalashtirish va istiqbolini aniqlash, biznes samaradorligini tahlil qilishdan iboratdir. Fanning predmeti - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik to‘g‘risidagi iqtisodiy qonunlar, qaror va me’yoriy hujjatlarni amaliyotda foydalanishni tashkil etish hisoblanadi. “Kichik biznes va tadbirkorlik” fani bir qator ijtimoiygumanitar, tabiiy, umumiqtisodiy va yo‘nalishga doir mutaxassislik:
O‘zbekiston tarixi, Makroiqtisodiyot, Mikroiqtisodiyot, Menejment, Marketing, Fermer va Dehqon xo‘jaligi iqtisodiyoti, Oishloq va suv xo‘jaligi iqtisodiyoti, korxona iqtisodiyoti, Moliya va kredit, Tadbirkorlik asoslari , kichik biznesni boshqarish bilan uzviy aloqada faoliyat yuritadi.Bu aloqalarni turli usullar orqali o‘rganib olinadi. Usul (metod) - fanni o‘rganishda (bydalaniladigan yo‘llar yig‘indisidir. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini o ‘rganish usullarini uch guruhga: bazaviy, aniq va tahlil qilishga boiinadi. 1. Bazaviy usul 3 ga boiinadi:
1) Iqtisodiy usul - mehnat jamoasi moddiy manfaatdorligiga asoslangan boiib, davlat, jamoat va har bir xodimning manfaatlarini bir-biri bilan uzviy boglaydi.
2) M a’muriy buyruqbozlik usuli - kichik biznesni boshqarishning yakka boshchilik prinsipiga asoslanadi.
3) Ijtimoiy-psixologik usul - kichik biznes korxonasini boshqarishda soglom ijtimoiy-ruhiy muhitni boshqarishdir.
2. Aniq usullari 7 taga boiinadi.
1) Balans usuli bir tekis rivojlanish,talab va taklif asosida xom -ashyo yetkazib berish, ishlab chiqilgan mahsulotlami iste’molchilar o‘rtasida taqsimlash, material, pul balansi, mehnat resurslari balansini kiritish mumkin.
2) M e’yoriy usul - kichik va xususiy biznes subyektlarini boshqarishda ilmiy jihatdan asoslangan m e’yorlardan foydalaniladi. M e’yor tadbirkorlikda foydalaniladigan moddiy resursllar, mehnat, ish haqi, yoqilgl va moylash materiallari, elektr energiya sarfi bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan belgilangan boiadi.
3) Maqsadli programmalashgan usul - Kichik biznes subyektlarini rivojlanish jarayonida maqsadli dasturlami tuzishda foydalaniladi.
4) Iqtisodiy matematik usul - Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini ifodalovchi modellar sohalar bo‘yicha, hududlararo, iqtisodiy - ijtimoiy faoliyatinin jadallashtirish modellari, zamonaviy hisoblash texnikalari va axborot vositalariga tayangan holda iqtisodiy matematik usuldan Ibydalanib iqtisodiy bashorat qilish usuli yordamida quyidagi ijobiy natijalarga erishiladi: kichik biznes samarali yo‘nalishi va 9 sohalarini aniqlash; yuqori foyda beruvchi sohalami aniqlash imkoniyatli hamkor (sherik)lar tanlash.
5) Ekstrapolyatsiya usulida o ‘tgan davrda olingan statistik m a’lumotlar ko‘zdan kechirilib boriladi va ular orqali istiqbol bashoratlari belgilanadi.
6) Iqtisodiy bashorat usulida maqsadni ko‘p yillik tajribalar asosida o‘rganib bir qarorga kelish hamda bozomi o‘rganish, istiqbolli rejalar tuzib chiqishda ijobiy samara beradi.
7) “Aql jam lam asi”, “D el’J i”, Ekstropolyatsiya va induktiv usullardan keng foydalaniladi.
Tahlil etish usullari 7 ta bo`lib :
l.Guruhlash usulidakichik biznes va tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga baho berishda keng foydalaniladi. Guruhlash keng qamrovli bolib, ularga faoliyat turi, ishlab chiqarilgan mahsulot, ishchilar soni, joylashgan hududi, texnologik darajasini kiritish mumkin.
2. Taqqoslash usuli kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari samaradorligini aniqlashda asosiy mezoni boiib iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ishlab chiqarilgan mahsulot, qilingan xarajat, (kapital sari) olingan foyda, rentabellik ko‘rsatkichi va boshqalar xizmat qiladi.
3. Grafik tasvirlar usuli ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishda grafik tasvirlar, diogrammalar, axborot texnologiyalari orqali ko‘rgazmali holatda aks ettirishdir.
4. Faktlar tahlili usuli tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga baho berishdagi aniq faktlarga tayanadi. Faktlar doirasi chegaralinmaydi, u ko‘p qirrali boiishi mumkin. Shulardan ekspert baholash usuli sotsiologik tadqiqodlar oikazishda keng foydalaniladi. Bularga anketa oikazish, suhbat uyushtirish va boshqalami olishimiz mumkin.
5. Umumlashtirilgan tahlil usulida kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida bir-biriga mos boigan yoki ayrim belgilari bo'yicha o‘ziga xos xususiyatlarga ega boigan m aium otlam i to‘plab tahlil qilish tushuniladi.
6. Strukturaviy tahlil usuli kichik biznes va tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirish imkoniyatlarini bilish, biznes ulushini ortib 10 borishiga baho berish, kichik biznes subyektlari orasida ayrim tarmoq va korxona o‘mini aniqlashga yordam beradi.
7. Sistemali yondoshuv usuli kichik biznes va tadbirkorliknboshqarishda kichik biznes rivojlanishi va uni kelgusida iqtisodiy samara berishini ta’minlovchi omillami bir tartibga (sistemaga) keltirib, natijasi bo‘yicha aniq tadbirlar belgilanib qarorlar qabul qilishdir.
1.2. Kichik biznes va tadbirkorlik tushunchasi hamda uning mohiyati Respublika ijtimoiy iqtisodiy-rivojlanishi bozor munosobatlariga asoslangan bo‘lib mulkchilik munosobatlarida shakllanmoqda. Ijtimoiy ishlab chiqarishda nodavlat sektorining ulushi ortib unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tez sur’atlarda o‘sib borishi kuzatilmoqda. Respublika Prezidenti tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Tadbirkorlik - ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va xizmatlami ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha mulkdorlaming yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir.
O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik to‘g‘risida” gi qonunida (1992-y.) tadbirkorlikka quyidagicha ta’rif berilgan: “Tadbirkorlik - mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdi”. Tadbirkorlikning mohiyati shundan iboratki birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-y.) va O‘zbekiston Respublikasida “Tadbirkorlik to‘g‘risidagi” qonunga muvofiq balog‘at yoshiga yetgan har bir fuqaro o‘z mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o‘z ixtiyori bilan qonunga zid bo'lmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin. Ikkinchidan, tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo'lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir. 11 Tadbirkorlik faoliyatining uch turi bo‘lib, unga mos ravishda tadbirkorlaming 3 guruhini alohida ko‘rsatish mumkin:
1. Yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shug‘ullanadi.
2. Tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar. Tadbirkor tovami sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
3. Maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turi bo‘lib: a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad qiladi; b) ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sogiikni saqlash) erishishni maqsad qilib qo‘yadigan turlarini ko‘rsatish mumkin. Tadbirkorlikning o ‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib ular quyidagi lardan iborat: shug‘ullanayotgan soha bo‘yicha ilm, bilim saviyaga egaligi; tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul qilish bo‘yicha tashabbuskorlik qobiliyati; iqtisodiy jarayonlami chuqur fikrlay olish; qonunlardan samarali foydalanish; innovatsiyalami amaliyotga qo‘Hash; maqsad sari intilish; tashkilotchilik; tejamkorli bo‘lish, o‘z so‘zining ustidan chiqish; ruhiy pok va halol; jamoasi uchun fidoyi kurashuvchan bo‘lishi kerak. ' Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi: Mulkiy munosabatlar bozor iqtisodiyoti sharoitida uch jihati bilan belgilanadi: egalik qilish, ya’ni mulk egasi sifatida mulkka to‘la xo'jayinlik qilish, sotish, (ijaraga berish), hadya etish; Mulkdan foydalanib turish, ya’ni mulk egasining nazorati asosida m a’lum shart va to‘lov evaziga mulkdan vaqtincha foydalanish; Tadbirkor o‘z qobiliyatini ko‘rsatish uchun quyidagi iqtisodiy erkinliklami; mahsulot assortimenti turlarini va ishlab chiqarish usulini tanlash erkinligi; hamkorliklami mustaqil tanlash; mablag1 lami qonunga zid bo‘lmagan sohalarga mustaqil sarflash erkinligini beradi. Bozoming ochiqligi, ya’ni tovarlar, sarmoyalar, m a’lumotlar, ish kuchi, xom-ashyolardan foydalanish uchun to‘siqlar yo‘qligi.
Download 20.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling