Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu: Jahon xo‘jaligining tashkil topishi va uning rivojlanish bosqichlari toshkent-2023


Download 123.95 Kb.
bet1/10
Sana29.03.2023
Hajmi123.95 Kb.
#1308230
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ulug\'bek Jo\'ramirzayev kurs ishi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT” KAFEDRASI

IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN

KURS ISHI

Mavzu: Jahon xo‘jaligining tashkil topishi va uning rivojlanish bosqichlari

TOSHKENT-2023

REJA:
Kirish



  1. Jaxon xo‘jaligining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari.

  2. Xalqaro iqtisodiy aloqalarning asosiy shakllari, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning moxiyati, shakllari va obektiv asoslari.

  3. O‘zbekiston iqtisodiyotining jaxon xo‘jaligiga kirib borishi.

  4. Jahon bozori. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari.



Xulosa.
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti o‘zining ma‘no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integrastiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish har bir mamlakat uchun nihoyatda muhim masala sanaladi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish vazifasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda doimo diqqatimiz markazida bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish borasida erishgan yutuqlarimizning muhim omili hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan murakkab jarayonlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish uchun uning tarkibiy tuzilishini muttasil takomillashtirib borish zaruratini yanada kuchaytirdi. Mamlakatning raqobatbardoshligi eng avvalo uning iqtisodiyoti raqobatbardoshligi orqali ifodalanadi. Bu esa bevosita tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi siyosat instrumentlariga taqaladi.
Kurs ishining asosiy maqsadi jahon xo’jaligini, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni iqtisodiy jihatdan yoritib berish, hamda bu sohadagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan amaliy takliflar va tavsiyalarni berishdan iborat. Ushbu kurs ishining obyekti milliy iqtisodiyotlar, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. O’zbekiston Tashqi Savdo Faoliyati kurs ishining predmetini ifodalaydi.
Kurs ishi bir qator xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar hamda mutaxassislarning jaxon xo’jaligi, xalqaro iqtisodiyotga bag‘ishlangan asarlari va ilmiy ishlaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan.



Download 123.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling