Reja: kirish I bob. O’quvchilarda xavotirlanish holatlari namoyon bo‘lishining psixologik-pedagogik adabiyotlarda o‘rganilganligi


Download 118.46 Kb.
bet1/19
Sana20.11.2023
Hajmi118.46 Kb.
#1787959
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Reja kirish I bob. O’quvchilarda-fayllar.org


Reja: kirish I bob. O’quvchilarda

MAVZU: O’quvchilarning xavotirlanish darajasi va o’zlashtirmasligi o’rtasidagi aloqadorlikni tadqiq qilish


REJA:
KIRISH
I BOB. O’QUVCHILARDA XAVOTIRLANISH HOLATLARI
NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK
ADABIYOTLARDA O‘RGANILGANLIGI
1.1. Psixologiyada xavotirlanish borasidagi ilmiy qarashlar taxlili
1.2. O‘quvchilarning xavotirlanish sohasi psixologik diagnostikasining
xususiyatlari
1.3 Maktab davridagi xavotirlanish hususiyatlarini keltirib chiqaruvchi
ijtimoiy psixologik omillari
II BOB. O‘SMIRLIK DAVRIDA XAVOTIRLANISH HOLATINI
OLDINI OLISH VA BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK
OMILLARI
2.1 Xavotirlanish darajasini ortishi -o‘smirlarda stress va depressiyani
keltirib chiqaruvchi suitsidal omil sifatida
2.2. O‘quvchilarda xavotirlanish darajasining o’zlashtirishga aloqasi
2.3.O‘quvchilardagi xavotirlanishni psixokorreksiyalash
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:”Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo’lib,jamoa bo’lib shakllanadi. Ayni o’sha paytda ularni o’zlari o’rgangan muhitdan ajratib qo’ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga,oxir-oqibatda ta’lim tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o’quv dasturlarini takomillashtirish zarur.”-deydi muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.Albatta, bugungi kun talabi ham aynan shunday.O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga
kiritib, jahonning rivojlangan davlatlari orasida munosib o‘rinni egallab, dadil
qadamlar bilan ilgarilab borar ekan, shubhasiz shu mustaqillikni va uning
porloq istiqbolini ta’minlovchi omillarning ahamiyati tobora ortib boraveradi.
Barkamol avlod kamoloti g‘oyasini turmushga tadbiq etish uchun
istiqlolning dastlabki kunlaridanoq milliy ma’naviyat, milliy ta’lim va
O‘smirlarni tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari,
imkoniyatlari xatti – harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining
murakkab mexanizimlari mavjud. SHuning uchun ham o‘smirlarni
tarbiyalashda ularning xususiyatlarini to‘la hisobga olgan holda ta’lim va
tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llash zarur.
Aynan o‘smirlik davrida o‘z vaqtida aniqlab bartaraf etilmasa,
shaxsning kamolotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ba’zi
xavotirlanish turlari mavjud. YA’ni bu holat shaxsni o‘z- o‘ziga beradigan
bahosining yanada pasayib ketishiga, nevroz holatining vujudga kelishiga va
hatto psixik buzilishlarga sabab bo‘lishi mumkin. SHu tufayli ham ko‘pchilik
psixologlar bu muammoni o‘rganishga alohida e’tibor qaratganlar.

Download 118.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling