Reja: Kirish Ilmiy-texnik taraqqiyotning mohiyati va rivojlanish bosqichlardagi vazifalari Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari


Download 491.35 Kb.
bet1/6
Sana27.12.2022
Hajmi491.35 Kb.
#1068260
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensi-fayllar.org


Iqtisodiyotda ilmiy-texnik rivojlanishni asosiy yo’nalishlari
Reja:
Kirish
1.Ilmiy-texnik taraqqiyotning mohiyati va rivojlanish bosqichlardagi vazifalari
2.Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari
3.Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanishini prognoz baholanishi
4.Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish
XXI asrga kelib ilm-fan, texnika shu darajada rivojlandiki, er yuzidagi deyarli butun insoniyat aql bovar qilmas yutuqlarga erishib, og‘iri engil, uzog‘i yaqin, ishlab chiqarish samaradorligi rivojlangan bir davrga to‘g‘ri keldi. Ya’ni, hozirgi davr yadro energiyasi, quyosh energiyasi, ximiyani yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, hamda fan- texnikaning boshqa yanada murakkab sohalarini o‘zlashtirish bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida ko‘p muammolar paydo bo‘laveradi. Ushbu muammolarni uzluksiz ravishda ketma-ket echib turish lozim bo‘ladi. Aks holda taraqqiyot sur’atlari pasayadi yoki umuman jamiyat taraqqiyotidan to‘xtab tanazzulga tomon rivojlanishi mumkin. Globallashuv davrida ushbu muammolarni echishning hal qiluvchi vositasi bu ilm-fandir. Fan asosida ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarining tez sur’atlar bilan va uzluksiz davom etishini ta’minlab turish mumkin. SHu sababli mamlakatda ilmiy-texnika taraqqiyotiga, fan rivojiga, yosh olimlar ijtimoiylashuvi jarayoniga katta e’tibor qaratilmoqda.
Rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib va o‘zimizning tajribamizga asoslanib ta’kidlash lozimki ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bugungi ilmiy-texnika taraqqiyoti belgilovchi ahamiyatga ega. Usiz taraqqiyot amalga oshmaydi va jamiyat ziddiyatlar girdobida qolib ketadi. SHu sababli mamlakatimizda ilm fan rivojiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Aholi hayot darajasi va sifati ko‘p jihatdan mamlakat raqobatdoshligining asosiy ko‘rsatkichiga aylangan bugungi sharoitda taraqqiyotning muhim omili sifatida ta’limning roli ortib bormoqda. Hozirgi paytda jamiyat va sivilizatsiyalar avvalo ijtimoiy qadriyatlar va ta’lim tizimlari bilan raqobatlashmoqda.

Download 491.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling