Reja: Kirish qism 1 Giyohvandlikning tarixiy ildizlari


Download 13.26 Kb.
Sana29.10.2023
Hajmi13.26 Kb.
#1732844
Bog'liq
Yoshlar giyohva-WPS Office



Yoshlar giyohvandlikka yoʻq deydi
Reja:
Kirish qism 1 Giyohvandlikning tarixiy ildizlari.
Asosiy qism.
1 Giyohvandlik- umr zavoli
2 Jamiyatni, millatni , taraqqiyotni yemiruvchi illat.
3 Insoniyatni tanazzul botqogʻi sari boshlayotgan xavf
Xulosa. Giyohvandlikka qarshi kurashish biz yoshlarning, barchamizning burchimiz.
Yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har
qanday vazifa birlamchi
ahamiyatga ega.
( M . Shavkat Mirziyoyev )
Inson hayotda yashar ekan, yaxshilikka intilib, yomonlikdan qaytib yashashga harakat qiladi. Lekin “yaxshilik” va “yomonlik” tushunchalariga har kim har xil taʼrif beradi. Hayot ezgulik bilan goʻzal. Ammo baʼzan ezgulikka yovuzlik koʻlanka soladi. "Asr vabosi” nomini olgan giyoxvandlik insonning osuda hayotiga raxna solib, ongini oʻziga boʻysundiruvchi zahri qotildir. Bu shunday qurolki, oʻz domiga ilintirgan odamni razolat dunyosiga yetaklaydi va bu jarayonda inson jamiyatdagi oʻrnini yoʻqota boshlaganini anglamay qoladi.
Giyohvandlik – XXI asrning global muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. Oʻrta asrlarda insoniyat hayotiga jiddiy xavf solgan vabo va oʻlat kabi ofatlar, bugungi sivilizatsiya zamoniga kelib oʻz oʻrnini giyohvandlik illatiga boʻshatib berdi, desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlaganidek, qanchalik qiyin boʻlmasin, biz yoshlar tarbiyasi boʻyicha oʻzimizga xos va taʼsirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzgʻunchi va zararli gʻoyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, maʼnaviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Sogʻlom turmush tarzini olib borayotgan kishi bilib-bilmay bu koʻchaga kirib qolsa, oʻzining tinch, farovon va baxtli hayotini qora zulmatga aylantirishi ayni haqiqat. Giyohvand kishi nafaqat oʻziga, balki yaqinlariga ham toʻxtovsiz azob beradi.
Giyohvandlik (Narkomaniya) - (yunoncha narke - karaxtlik va maniya - telbalik, jahl, shodhurramlik) narkotik va narkotik ta'sirga ega bo'lgan moddalarni iste'mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik. Giyohvandlik giyohvand moddalarni doimo qabul qilish natijasida vujudga keladi, chunki ushbu hastalik bilan og'rigan kishining jismoniy va ruhiy holati humorini bosadigan tegishli narkotik modda iste'mol qilishga bog'liq. Narkomaniya organizmda chuqur uzgarishlarga sabab bo'ladi va uni tanazzulga olib keladi. Kasallik asta-sekin rivojlanib borib surunkali davom etadi .
Narkotik moddalar dastlab xursandlik, vaqtichog'lik, hotirjamlik hissini uyg'otib, kayf qildirishi sababli iste'mol qilinib bora-bora kasallikka aylanadi. Quyidagi ikki holda narkotik moddalarga o'rganib qolish mumkin. Birinchi holdakishi o'z hohishidan tashqari, e'tiborsizligi natijasida narkotik moddalar humor qiladigan bo'lib qoladi. Bunday bangilik ko'pincha vrach buyurgan narkotik moddalarni noto'g'ri iste'mol qilish natijasida kelib chiqadi. Sal narsa ta'sir qilib, tashvish kuchayib ketadi, ba'zi kasallar og'riq,uyqusizlik,va dardning boshqa tomonlaridan qutulish maqsadida oxirini o'ylamay, vrach ko'rsatmasini ham pisand qilmay, o'zboshimchalik bilan narkotik modda dozasini oshirib qabul qilishadi. Bunday bemorlar odatda o'z ahvollarining yaxshilanishi dori tufayli bo'layotganini sezib, uni ichishni davom ettira boshlaydilar va ko'pincha ahvollarining og'irligidan nolib vrachni aldaydilar. Bu zaylda ish tutishning oqibati yomon bo'lib, narkotik moddalarga unchalik zarurat bo'lmasa ham, uni qabul qilinaveradi, dorining esa organizmga narkotik ta'siri yanada orta boradi va natijada narkotik moddaga moyillik kuchayib, u xumor qiladigan bo'lib qoladi.

Narkotik modda dozasini o'zboshimchalik bilan o'zgartirib borish, uni tez- tez va uzoq muddat qabul qilish narkomaniyaga olib keladi. Ikkinchi hol ongli ravishda ayf qilish maqsadida narkotik moddalarga o'rganishdir. Narkomaniyaga odatda o'zini tiya bilmagan, ruhan zaif, irodasi kuchsiz, birovlarga taqlid qiladigan, humorni tarqatishdan boshqa narsani bilmaydigan, o'ta hudbin kishilargina beriladi. Bunday kishilar o'z mayillariga qarshi yurolmaydilar.shuning uchun ularning kayf qilishga moyilliklari kuchli bo'ladi.bangilik avj olib ketadi. Bu kasallikka uchraganlarda hastalik juda og'ir kechib, odatda kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. Bangilikka mubtalo bo'lganlar narkotik moddalarni qayta -qayta va ko'p miqdorda iste'molqilgisi kelaveradi . Keyinchalik esa narkotik moddalarni qabul qilmasdan turolmaydigan, usha bo'lmasa huddi " biror narsa yetishmayotganday " bo'lib qoladi.bunday ahvoldan qutulish va o'zini yengil his qilish uchun yana narkotik moddaga ruju qiladi. Shu tariqa narkotik moddalarga moyillik-bangilik kelib chiqadi. Bora-bora organizmda narkotik moddalarga moyillik shu darajada kuchayib ketadiki, narkotik moddalar kuchini yuqotgandek bo'lib qoladi, endi u avvalgidek humor tarqatish uchun doridan ko'proq miqdorda iste'mol qilgisi keladi


Agar narkoman o'z vaqtida narkotik qabul qilmasa, organizmda kuchli ruhiy va jismoniy o'zgarishlar paydo bo'ladi. Bangi odam navbatdagi kayfni surish uchun har qanday pastkashliklarga boradi,sotqinlik, aldash, zo'rlik, o'g'riliklardan toymaydi. Organizmga narkotik modda kirmasa, humorlik boshlanadi: organizm og 'ir ahvolda qolib, chuqur ruhiy va va jismoniy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Hastalik rivojlangan sari organizmda darmon qurishi ham kuchaya boradi, endi narkotik moddaning kuchi organizm uchun og'irlik qiladi ]. Narkotik moddalarning oldingi iste'mol qilib yurgan dozasi endi yomon ta'sir qila boshlaydi. Zaharlanish og'ir kechadi. Narkotik moddaning dozasi ozgina oshishi bilan bemor o'lib qolishi mumkin. Narkomaniyani davolash faqat psixiatriya kasalxonalarida vrachlarninng qattiq nazorati ostida olib borilishi kerak.
Agar giyohvand shunday moddalarni tomir ichiga yuborsa, u 5-10 yil yashashi mumkin. Shu vaqtning 90% i mobaynida u kasalliklarga chalinadi, davolanadi, yor do'stlaridan ayriladi, insoniylik qiyofasini yo'qotadi. Lekin har doim giyohvand moddalar uchun puli bo'lgan, ularni oz-ozdan qabul qilib yuradigan, o'z salomatligini halokat yoqasiga borguncha davolanib turadigan giyohvandlar uchungina ko'rsatilgan muddat to'g'ri keladi. Keyingi paytlarda paydo bo'lgan sintetik giyohvand preparatlar-krek, ekstazm va boshqa ko'pgina turlar yoki ilgaridan ma'lum bo'lgan LSD giyohvandning hayotiga u bilan tanishganidan 7-8 oy o'tgandayoq chek qo'yadi.
Hammamiz bilamizki, giyohvand moddalarni iste'mol qila boshlagan odam, qaysi tipda bo'lmasin, avvalo, unga odat yaratadi. Ammo bir yil o'tgach, preparat mehnatga yaroqsiz bo'lib qoladi. Natijada u jinoyatga qo'l urishga majbur bo'ladi. Ya'ni navbatdagi giyohvandlik vositasini qabul qilish maqsadida o'g'irlikni o'z uyi – oilasidan boshlaydi.Giyohvandlik va giyohvandlikning yosh avlod tarbiyasiga, insoniyat kelajagiga katta zarar yetkazishi butun jahon hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Shuning uchun ham bu falokatga qarshi kurash hozirgi kunda yer maydonidagi global muammolardan biriga aylandi.Asr vabosiga qarshi kurashish barchamizning ishimiz. O'zini shu yurt farzandi deb bilgan har bir fuqaro bu harakatdan chetga chiqmasligi kerak. Bu jarayon umummilliy kurashga aylanishi kerak. Shundagina minglab yoshlarning kelajagini, oilalarimiz tinchligini asrab-avaylaymiz.Jamiyat taraqqiyotining zamonaviy bosqichining o'ziga xos shart-sharoitlari, aholining katta qismini ijtimoiy yo'qotish giyohvand moddalar iste'moli dinamikasining o'sishiga olib keladi. Turli sabablarga ko'ra mavjud dori-darmonlarga qarshi chora-tadbirlar tizimi barqaror emas va haqiqiy holatga mos kelmaydi. Vaziyatning asosiy xususiyati shundaki, giyohvandlik muammosi yosh avlod o'rtasida tobora keng tarqalmoqda.
Ta’kidlash lozimki, yoshlar tarbiyasi sohasidagi muammolarni qanchalik tez hal qila olsak, bu illatga qarshi samarali kurasha olamiz. Buning uchun har bir kishida ijtimoiy burch tuyg‘usini tarbiyalash kerak. Bundan tashqari, bugun barcha illatlarga qarshi ayovsiz kurash ketayotganda jazolashni asosiy chora deb qaramasdan, profilaktika, ya’ni illatlarning oldini olishga ko‘proq e’tibor bermoq zarur. Jamiyatimizdagi har bir muvaffaqiyatga, har bir salbiy hodisaga barcha birdek javobgardir. Keng jamoatchilik, yoshidan, millatidan, ijtimoiy ahvolidan qat’iy nazar, bir fikrni yaxshi anglab olishi shart. Insonlar “farzandim narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanmasa, uni iste’mol qilmasa bas, bu balo menga va yaqinlarimga xavf sololmaydi” deb o‘ylasa, katta xatoga yo‘l qo‘yadi deya barchani ogohlikka chaqirdi.
Demak, giyohvandlikka qarshi kurash hammamizning burchimiz ekan. Bu qabih ishni bilgach, o‘zini oilasini, yaqinlarini butun insoniyatni va kelajak avlodlarni o‘ylagan har bir kishi giyohvandlikka qarshi kurashda faol bo‘lmog‘i zarur. Shu qabih ish ortidan tez boyib olishni istagan odamlar qanchadan-qancha kishilarning umriga zomin bo‘layotganiga befarq qarab turish mumkin emas. Bu razolat manbai sanalmish giyohlar oliy o‘quv yurtlari talabalaridan tortib, boshlang‘ich va o‘rta ta'lim dargohlarigacha kirib kelayotgani, erkagu ayollar o‘rtasida barobar ildiz otib falak yozayotgani aql-idrokli kishilarni befarq qoldirmasligi kerak.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, bugungi kunda yurtimizda ,,Barcha sayi harakatlar inson qadri uchun'' deb nomlangan ezgu maqsad yolida harakat qilinayotgan davrda fuqarolarimizning mana shunday jirkanch illatga ruju qo'yishi yuqorida takidlab o'tganimizdek bir qator salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi milliy va xalqaro mutaxassis olimlarning tadqiqotlari natijasidan ham ayon bo'ldi. Hozirgi kunda jamiyatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholanib qolinayotgan holatlar ham uchrab turibdi. Bizning fikrimizcha, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, balki jamoat tashkilotlari, fuqarolarni o'zini o'zi boshqarish organlari, oila va ta'lim muassasalari bilan hamkorlikdagi faoliyati hisoblanadi .Biz yoshlar, barchamiz , insoniyatga tanazzul olib keluvchi illatlarga qarshi kurashishimiz , ularni bartaraf etishimiz kerak.Bizga shunday sharoitlar yaratilgan ekan biz ularni oqlashimiz sogʻlom turmush tarzini barchamiz targʻib qilishimiz kerak va bu burchimiz ham hisoblanadi.
Nima ham toparding giyohvandlikdan,

Hali kech bo`lgani yo`q qayt tubanlikdan,

Ortiqroq baxt bormu chin farzandlikdan,

Seni vatan kutadi, umidli o`g`lon !





Download 13.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling