Reja: Kompyuter taqdimotlari tushunchasi. Microsoft Power Point dasturi haqida umumiy tushuncha


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/41
Sana19.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1101195
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
6-10




6-MARUZA. TAQDIMOTLARNI ISHLAB CHIQISHNING INSTRUMENTAL 
VOSITALARI  
REJA:  
1. Kompyuter taqdimotlari tushunchasi. Microsoft Power Point dasturi haqida umumiy 
tushuncha  
2. Microsoft Power Point 2010 dasturi menyulari haqida umumiy ma’lumot  
3. Power Point 2010 dasturida prezentatsiya yaratish tartibi.   
4. Power Point 2010 dasturida taqdimotga animatsion effektlarni joylashtirish va ularni 
sozlash. Taqdimotga obyektlarni joylashtirish yo‘llari.
  
Taqdimot dasturlari katta-katta loyihalarning ko‘rgazmalarida, ilmiy konferensiyalarda 
hamda ta’lim jarayonida keng foydalaniladigan dasturlar hisoblanadi. O‘z nomi bilan taqdimot 
qilish uchun ishlatiladigan ushbu dasturlar foydalanuvchilar uchun anchagina qulayliklari bilan 
boshqa dasturlardan ajralib turadi. Taqdimot dasturlariga Microsoft PowerPoint dasturini misol 
qilib ko‘rsatishimiz mumkin.
MS PowerPoint dasturi Microsoft Office tarkibiga kiruvchi dastur bo‘lib, u taqdimotlar 
uchun qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biri hisoblanadi. Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali 
qurollarni yaratish va ayrim hollarrda ma‘lumotlar bazasi sifatida foydalanish imkoniyati mavjud.
Ushbu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish etuvchi 
qurilmalarga yuborish vazifalari bajariladi.
Davlat ta‘lim standartlari asosida, yangi pedagogik texnologiya elementlaridan dars 
jarayonida foydalanish, masofali o‘qitishning namunasi sifatida Power Point dasturi yordamida 
turli dars mavzulariga oid ko‘rgazmali dars ishlanmasini tayyorlab namoyish etish mumkin. 
Windows OTning multimedia imkoniyatidan foydalanib, Power Point dasturidan o‘quv 
jarayonida unumli foydalanilsa yuqori samaralar beradi.
Dasturning asosiy tushunchalaridan biri slayd va prezentatsiya tushunchalari hisoblanadi.
Slayd–ma‘lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Prezentatsiya – 
yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi.
Power Point dasturining bir qancha versiyalari mavjud: Power Point 2003, Power Point
2007, Power Point 2010, Power Point 2013 va hokazo. PowerPoint 2010 dasturi bilan to‘liqroq 
tanishib chiqamiz.
Microsoft PowerPoint 2010 dasturi quyidagi menyulardan tashkil topadi: Файл,  

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling