Reja: Kompyuter taqdimotlari tushunchasi. Microsoft Power Point dasturi haqida umumiy tushuncha
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
6-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lokal, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari.
- Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig‘imi.
- Internet va intranet
Manzil tushunchasi. Kompyuter tarmoqlarida manzil tushunchasi sifatida quyidagi
fikrlarni keltirish mumkin:1. Manzil kompyuter xotirasining qismlarini, kompyuter kiritishchiqarish qurilmalari portini, hisoblash tarmog‘i kompyuterlarini hamda boshqa ma’lumot manbalarini yoki ularni uzatish uchun belgilangan joyni aniqlaydi. 2. Manzil hisoblash tarmoqlarida uzatilayotgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi yoki jо‘natuvchilarni aniqlovchi ma’lumotlar ketma-ketligi. Lokal, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari. Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan: Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni о‘zaro bog‘lagan tarmoq. Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali о‘zaro bog‘lagan tarmoqlar. Global tarmoqlar - о‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yо‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq. Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig‘imi. Ma’lum vaqt oralig‘ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tezligini belgilaydi. Har qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik tushunchasi va uning о‘lchov birliklari mavjud bо‘lganidek, axborotning ham uzatish tezligi hamda о‘lchov birliklari mavjuddir, bular: Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni; Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni; Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni; Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni. 14 Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma’lum vaqt oralig‘ida uzatiladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu о‘z navbatida axborot kanallarining о‘tkazish qobilyatini anglatadi. Oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar va maktablarning kompyuter tarmoqlari hamda ular asosida yechiladigan masalalar quyidagilardan iborat: axborotni tashkil qilish va izlab topish; zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni almashishga imkoniyatini yaratish; fanlardan bilimlarini chuqurlashtirish uchun qо‘shimcha ma’lumotlarni tarmoqdan qidirish; talabalrning fanlardan mustaqil ishlarni bajarish; elektron kutubxonadagi manbalardan foydalanish; masofaviy ta’lim olish; hisobotlar tayyorlash va uzatish; elektron hujjat almashishni tashkil qilish; talabalar ota-onalari farzandlarining о‘zlashtirishi va davomatini kuzatib borish. Bundan tashqari hozirgi kunda Respublikamizda ta’lim muassasalarining ta’lim tarmog‘i yaratilgan. Ziyonet axborot-ta’lim tarmog‘i barcha ta’lim muassasalarining axborot resurslarini о‘zida jamlagan. Hozirgi kunda barcha о‘qituvchilar, о‘quvchilar va talabalar ushbu tarmoqdan foydalanish imkoniyatiga ega. Ziyonet axborot-ta’lim tarmog‘i axborotlarni joylashtirish, toifalash, guruhlash hamda ularni qidirib topish imkoniyatini taqdim etadi. Internet va intranet Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling