Reja: Kompyuter taqdimotlari tushunchasi. Microsoft Power Point dasturi haqida umumiy tushuncha


Internetning axborot, kommunikatsion funksiyalari. Internetga ulanish usullari


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/41
Sana19.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1101195
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
6-10

3. Internetning axborot, kommunikatsion funksiyalari. Internetga ulanish usullari 
Internetning ikkita asosiy funksiyasi bor. Buning birinchisi axborot funksiya bo‘lsa, ikkinchisi 
esa kommunikatsion funksiyadir.
Internetning axborot funksiyasi birinchi navbatda tarmoq foydalanuvchilariga talab 
etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan yetkazib berish bo‘lsa, ikkinchidan u axborotlarni keng 
ommaga, jahon miqyosida nihoyatda tez sur’atda e’lon qilish (nashr qilish) imkoniyati mavjudligi 
bilan ifodalanadi. Internetning yuqori suratlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va 
nashrchilikda keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalan, internet yordamida Nyu-Yorkdagi yoki 
Fransiyadagi eng so‘nggi xabarlarni Toshkentga yetkazib berish, gazeta va o‘quv darsliklarni 
tayyorlash, nashr qilish hamda ularni keng o‘quvchilar ommasiga tarqatish, hozirgi mavjud 
usullardan bir necha o‘n barobar arzon, tez va samaraliroq bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: Hozirgi kunda 240 sahifali tayyor o‘quv qo‘llanmani tipografik usulda 100 
00 nusxada chop etish va uni tarqatish 9-10 million so‘m mablag‘ talab qilsa, uning elektron 
nusxasini tayyorlash va internet sahifasiga joylashtirish uchun esa 7-8 yuz ming so‘m mablag‘ 
zarur bo‘ladi, binobarin undan foydalanuvchilar sonining chegarasi bo‘lmaydi.
Internetning kommunikatsion funksiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib o‘zaro 
muloqot qilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida internet 
elektron pochtasi, internet-telefon va real vaqt oralig‘idagi bevosita xabar almashish, 
chatkonferensiya yordamida amalga oshirilayotgan muloqotlarni keltirishimiz mumkin. Bundan 
tashqari internetning kommunikatsion funksiyasi uning foydalanuvchilariga videomuloqot qilish, 
videokonferensiyalar uyushtirish, bir shahardan turib ikkinchi shahar ko‘chalarini (masofadagi 
Web-kameralar yordamida) tomosha qilish va muzeylariga tashrif buyurish, hamda tabiat 
manzaralarini kuzatish imkoniyatlarini yaratib beradi. Internetga ulanish usullari 
Internet bir-biriga bog‘langan kompyuterlar yagona tarmog‘idir. Kompyuterlar bir-biri bilan 
qanday bog‘lanadi degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Internetga bog‘lanishning bir-nechta usullari 
mavjud. Bog‘lanish turlari o‘zaro imkoniyatlari va ma’lumotlarni uzatish tezligi bilan farqlanadi.
Bog‘lanish imkoniyati va tezligi Internetdan foydalanish narxini belgilaydi. Sifat va tezlik oshishi 
bilan narx ko‘tariladi. Bog‘lanish turlarini narxi kamayishi tartibida keltiramiz:
· To‘g‘ridan - to‘g‘ri kirish (pryamoye podsoyedineniye - videlennaya liniya).
· SLIP va PPP yordamida
· «Chaqiruv» yordamida bog‘lanish (Dial-up Access, Dial-up) ·
UUCP yordamida.
To‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘lanish
Bu usul tarmoqning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga imkon beradi. Buning uchun 
alohida tarmoq ajratiladi. Uni odatda provayder ta’minlaydi. Kompyuteringiz server vazifasini 
o‘taydi. Bu bog‘lanishning eng sifatli usuli bo‘lib juda qimmat baholanadi. Siz bu holda provayder 


18 
sifatida ishlashingiz mumkin. YA’ni server yordamida mahalliy tarmoqdagi kompyuterlarni 
internetga bog‘lashingiz mumkin. Har bir kompyuter internetning barcha imkoniyatlaridan to‘la 
foydalanishi mumkin. Bunda ma’lumotlarni uzatish tezligi -10 Mb/sek.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani Radio Ethernet orqali amalga oshirish mumkin. Radio Ethernet orqali 
bog‘lanish radio kanal orqali bog‘lanishdir. Bu bog‘lanish radioantennalar yordamida amalga 
oshiriladi. Bunda bog‘lanish uchun tarmoq simlarining zarurati bo‘lmaydi . Shuning uchun bu 
bog‘lanish uzoq masofalarda ham aloqa bilan ta’minlaydi (provaydergacha bo‘lgan masofa 50 
kmgacha bo‘lishi mumkin). Ma’lumotlarni uzatish tezligi 11 Mbit/sek ga yetadi. Sarkor-Telekom 
provayderi shu usuldan foydalanadi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling