Reja Korxona moliyaviy strategiyasining mohiyati va amalga oshirish bosqichlari


Download 217 Kb.
bet1/6
Sana07.10.2023
Hajmi217 Kb.
#1695116
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 -mavzu. Korxonalarda moliyaviy rejalashtirish


5 -mavzu. Korxonalarda moliyaviy rejalashtirish
Reja
1. Korxona moliyaviy strategiyasining mohiyati va amalga oshirish bosqichlari.
2. Korxonalarda moliyaviy rejalashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari, metodlari.
3. Korxonalarda byudjetlashtirishning mohiyati, ahamiyati va tashkil qilinishi.

Bozor munosabatlari rivojlanayotgan bir sharoitda, ko‘plab tadbirkorlik sub’ektlarning faoliyatini rejalashtirish asosiy rol o‘ynaydi. Bu iqtisodiyotning barcha shakllarida ishlab chiqarish va iste’mol bo‘g‘inlarinng izchil va bir maromda ishlashi, ishlab chiqaruvchi kuchlarni oqilona joylashtirish va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi.


Jahon iqtisodiyotidagi raqobat jadal ravishda o‘sib borishi har bir korxona va tashkilot hamda korporativ tuzilma oldiga muntazam ravishda o‘z faoliyatini kengaytirish hamda samaradorligini oshirish maqsadida uzoq muddatli raqobatdosh ustunliklarni yaratish uchun korxonalarda moliyaviy strategiyani ishlab chiqish zarur hisoblanadi.
Ayniqsa, COVID-2019 pandemiyasi oqibatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning oqimi global cheklovlar yuzaga kelishi mazkur jarayonning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Jumladan, “2020 yilga nisbatan 2021 yilda global miqyosdagi investitsion holat uchdan bir qismga kamayib, 1 trillion AQSh dollariga pasaydi”, global moliyaviy inqirozdan keyin bo‘lgan eng past ko‘rsatkichdan past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan. Jahonda mamlakatlarida korxonalar tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy startegiyalarni amalga oshirishda investitsiya harakatiga ta’sir o‘tkazgan pandemiya sabab to‘xtab qolganini keltirish mumkin.
Bugungi kunda milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashda korxonalar moliyaviy faoliyati alohida o‘rin tutadi. Shu bois, ular faoliyati samaradorligini ta’minlashga ko‘maklashish, korxonlarning mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashdagi rolini oshirish jarayonida faol ishtirokini ta’minlash hamda shart-sharoit yaratish davr talabi hisoblanadi. O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi mamlakat ichidagi mahalliy korxonalarning raqobat kurashining kuchayishiga va ularning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuv jarayonlarga olib keladi
Korxonalarning to‘g‘ri moliyaviy strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, mablag‘larini optimal boshqarishni ta’minlaydi, natijada korxonalar raqobat muhitida bozor tavakkalchiligi sharoitida “yashab qolish” qolaversa, rivojlanishga katta omil bo‘ladi. Mahalliy olimlardan X.Asatullaev moliyaviy strategiya – bu prognozlash, moliyaviy siyosatni amalga oshirishlarda paydo bo‘layotgan sharoitlarni yaxshilab o‘rganib va ko‘rib chiqishga imkon berishini, S.Elmirzaev moliyaviy strategiya korxonaning muhim funksional strategiyalaridan biri bo‘lib, tashqi muhit o‘zgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirishini A.Burxanov moliyaviy strategiya korxona faoliyatining eng muhim tomonlarini qamrab olib, moliyaviy resurslarning shakllanishi va foydalanishda zarur bo‘ladigan holatni oldindan nazorat qilishni ta’minlaydi, korxonaning moliyaviy sharoitini mustahkamlash uchun sharoit yaratadi, deb tariflar berishgan.
Korxonalarning moliyaviy strategiyasi – bu korxonaning bosh maqsadi bo‘lgan yuqori foyda olish va raqobat sharoitida bozorda barqaror mavqeyini saqlab qolishga qaratilgan izchil moliyaviy reja bo‘lib, korxonaning moliyaviy resurslarini oqilona joylash, tasarruf etish, samarali foydalanish hamda boshqarishga qaratilgan keng qamrovli chora - tadbirlar majmuasidir.
Shunday qilib, yuqoridagi ta’riflarga asoslanib aytishimiz mumkinki, moliyaviy strategiya – bu tashqi va ichki muhit omillarining o‘zgarishi asosida moliyaviy resurslarni samarali jalb qilish va ulardan foydalanish, ularning oqimini muvofiqlashtirish orqali korxona maqsadlarini shakllantirish va amalga oshirish tizimidir
Bunda korxona strategik moliyaviy qarorlarni qabul qilishda, ishlab chiqilgan moliyaviy strategiya yo‘nalishlari, usullari orqali samarali amalga oshirish maqsadida mexanizmlarini shakllantirishga asoslanishi lozim.

Download 217 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling