Reja Kristallografik nuqsonlar Boʻsh joy nuqsonlari Antizit nuqsonlari Chiziqli nuqsonlar


Download 93.24 Kb.
bet1/3
Sana06.11.2023
Hajmi93.24 Kb.
#1750894
  1   2   3
Bog'liq
Kristal panchara uqsonlar


Reja


  1. Kristallografik nuqsonlar 

  2. Boʻsh joy nuqsonlari

  3. Antizit nuqsonlari 

  4. Chiziqli nuqsonlar


Kristallografik nuqsonlar kristalli qattiq jismlardagi muntazam panjara shaklining buzilishidir. Ular tez-tez uchraydi, chunki davriy kristall tuzilishga ega boʻlgan kristallardagi takrorlanuvchi yacheyka takroriy joylashuvchi atomlar yoki molekulalarning joylashuvi mukammal boʻlmaydi
Nuqtaviy nuqsonlar
Nuqtaviy nuqsonlar faqat bitta panjara nuqtasida yoki uning atrofida yuzaga keladigan nuqsonlardir. Ular fazoda hech qanday oʻlchamda kengaytirilmaydi. Nuqtaviy nuqsonning qanchalik kichikligi oʻlcham bilan chegaralanganligi odatda aniq belgilanmaydi. Biroq, bu nuqsonlar odatda koʻpi bilan bir nechta qoʻshimcha yoki yetishmayotgan atomlarni oʻz ichiga oladi. Mavjud kristall strukturadagi katta nuqsonlar odatda dislokatsiya halqalari hisoblanadi. Tarixiy sabablarga koʻra, koʻplab nuqtaviy nuqsonlar, ayniqsa ion kristallari, markazlar deb ataladi: masalan, koʻplab ionli qattiq jismlardagi boʻsh joy luminesans markazi, rang markazi yoki F-markazi deb ataladi. Ushbu dislokatsiyalar elektrokimyoviy reaksiyalarga olib keladigan kristallar orqali ionlarni tashish imkonini beradi. Ular koʻpincha Kröger-Vink belgisi yordamida belgilanadi.

  • Boʻsh joy nuqsonlari (vakansiya) — bu mukammal kristaldagi boʻsh boʻlgan panjara joylari (tugunlar). Agar qoʻshni atom boʻsh joyni egallash uchun harakat qilsa, boʻsh joy shu atom egallagan joyga qarama-qarshi yoʻnalishda harakat qiladi. Atrofdagi kristall strukturaning barqarorligi qoʻshni atomlarning boʻsh joyga kelib oʻtirmasaligini taʼminlaydi. Baʼzi materiallarda qoʻshni atomlar boʻsh joydan uzoqlashadilar, chunki ularga atrofdagi atomlarning tortishish kuchi taʼsir etadi. Vakansiya (yoki ionli qattiq jismdagi boʻsh joylar juftligi) baʼzan Shottki nuqsoni deb ataladi.

  • Interstitsial nuqsonlar kristall strukturasida odatda atom boʻlmagan joyni egallagan atomlardir. Ular koʻp holda yuqori energiya konfiguratsiyasi hisoblanadi. Baʼzi kristallardagi kichik atomlar (asosan kirishmalar) palladiydagi vodorod kabi yuqori energiyasiz oraliqlarni egallashi mumkin.




Monatomik qattiq jismdagi oddiy nuqtaviy nuqsonlar turlarining sxematik tasviri



  • Yaqin-atrofdagi vakansiya va interstitsial juftlik Frenkel nuqsoni yoki Frenkel juftligi deb ataladi. Bu ion oraliq joyga oʻtib, boʻsh joy hosil qilganda yuzaga keladi.

  • Materiallarni tozalash usullarining asosiy kamchiliklari tufayli materiallar hech qachon 100 % toza boʻlmaydi, bu esa taʼrifi boʻyicha kristallografik nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Sof boʻlmagan kristallda begona atom boʻsh tugunga joylashadi. Bunday nuqson vakansiya ham emas, tugunlar aro nuqson ham emas u oʻrinbosar nuqson deb ataladi. Aslida ushbu begona atom kristalning biron bir joyida boʻlmasligi kerak edi, ammo bu atomning mavjudligi nosoflikni paydo qiladi. Baʼzi hollarda oʻrinbosar atom (ion) radiusi u oʻrnini bosayotgan atom (ion)nikidan sezilarli darajada kichikroq boʻlsa, uning muvozanat holati panjara joyidan uzoqlashishi mumkin. Ushbu turdagi almashtirish nuqsonlari koʻpincha markazdan tashqari ionlar deb ataladi. Oʻrinbosar nuqsonlarning ikki xil turi mavjud: Izovalent almashtirish va aliovalent almashtirish. Izovalent almashtirishda tugunga asl ionning oʻrniga shu ion bilan bir xil oksidlanish darajasiga ega boʻlgan boshqa ion kiritiladi. Aliovalent almashtirishda esa asl ionni oʻrniga shu iondan farqli oksidlanish darajasiga ega boʻlgan ion kiritiladi. Aliovalentli almashtirishlarda ion birikmasi ichidagi umumiy zaryad miqdori oʻzgaradi, biroq ionli birikmaning zaryadi neytral holda qolishi kerak. Shuning uchun neytrallikni taʼminlash mexanizi talab qilinadi. Demak, metallardan biri qisman yoki toʻliq oksidlanadi yoki qaytariladi, yoki ion boʻshliqlari hosil boʻladi.


  • Download 93.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling