Reja: Ma'muriy tartib-taomillari


Download 25.61 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi25.61 Kb.
#1525997
Bog'liq
23mavzu


RENEUAL va ma'muriy tartib-taomillar konsepsiyasi.
Reja:
1.Ma'muriy tartib-taomillari.
2.Ma'muriy tartib-taomillari.
3.Ma’muriy loyiha ishi.


Mamlakatimizda maxsus “Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida” Qonun qabul qilingan.
Ma'muriy tartib-taomil – ma'muriy rganlarning ma'muriy-huquqiy faoliyatini tartibga soluvchi protsessual qoidalardir.
Bunda ma'muriy organlar deyilganda ma'muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma'muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar tushuniladi.
Maxsus ma'muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonun hujjatlari jismoniy va yuridik shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerak.
Ushbu Qonun ma'muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma'muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan litsenziya, ruxsat berish, ro'yxatdan o'tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma'muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.
Mazkur Qonun jismoniy va yuridik shaxslar kundalik faoliyatida duch kelishi mumkin bo'lgan muhim hujjatlardan biridir.
Mamlakatimizda faol rivojlanib borayotgan demokratlashtirish jarayonlarini inobatga olgan holda milliy qonunchilik yanada takomillashtirilmoqda. Jumladan, ma'muriy tartib-taomillarga oid qonunchilik zamon talablariga muvofiqlashtirilayotgani inson huquq va erkinliklarini izchil himoyalashga xizmat qiladi.Mamlakatimizda faol rivojlanib borayotgan demokratlashtirish jarayonlarini inobatga olgan holda milliy qonunchilik yanada takomillashtirilmoqda. Jumladan, ma'muriy tartib-taomillarga oid qonunchilik zamon talablariga muvofiqlashtirilayotgani inson huquq va erkinliklarini izchil himoyalashga xizmat qiladi.
Bugun yurtimizda davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish va modernizasiya qilish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida elektron portallar va ma'lumotlar bazalari yaratildi. Xususan, ruxsat beruvchi hujjatlar hamda lisenziya olishni soddalashtirish uchun maxsus veb-saytlar ishga tushirildi. Shu bilan birga, so‘nggi yilda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlarning xolis tahlili, davlat boshqaruvi organlari faoliyati, aholi bilan ochiq hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot natijalari mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli hal etishga ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatdi.
“Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun ushbu muammolarni tizimli hal qilgan holda, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining shaffofligi hamda ochiqligini ta'minlash, jismoniy va yuridik shaxslarga axborot taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish, jamiyat hamda biznes bilan o‘zaro hamkorlik qilishda ortiqcha ma'muriy sarf-xarajatlarga barham berish imkonini yaratdi. Qonun amaliyotga tatbiq etilishi bilan davlat xizmatidagi o‘zboshimchalik, suiiste'mol qilish, korrupsiya va boshqa salbiy holatlar jiddiy kamayadi, ma'muriy jarayonning shaffofligi ta'minlanadi.
Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini, tadbirkorlik sub'ektlari va jamoat tashkilotlarining qonuniy manfaatlarini ta'minlashga oid huquqiy asoslar yaratilgan. Ma'muriy tartib-taomillarni amalga oshirish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarning faoliyati qonun hujjatlariga mos ravishda yo‘lga qo‘yilgan.
Sohaga oid qonunchilikni takomillashtirishdan ko‘zlangan maqsad ma'muriy tartib-taomillarni amalga oshirishni tartibga soluvchi normalarni tizimlashtirish va birxillashtirishdir. Bu xalqaro huquq normalariga mos keladi.
“Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun ma'muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma'muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan lisenziya, ruxsat berish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma'muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etilishi nazarda tutilgan.
Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish, davlat xizmatini o‘tash, referendumlar, saylovlar o‘tkazish, mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, jinoiy majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat, sud ishini yuritish, ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasiga kiruvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ma'muriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari qonuniylik, mutanosiblik, ishonchlilik, tinglanish imkoniyatining mavjudligi, ma'muriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi, manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi, byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilmasligi, mazmunan qamrab olish, ma'muriy ish yuritishning «bir darcha» orqali amalga oshirilishi, teng huquqlilik, ishonchning himoya qilinishi, ma'muriy ixtiyoriylikning (diskresion vakolatning) qonuniyligi va tekshirish kabilardan iborat.
Qonunga ko‘ra, manfaatdor shaxslarga majburiyatlar orqali qiyinchilik tug‘dirish, faqat rasmiy qoidalar va talablarga rioya etilishi maqsadidagina ularga huquqlar berishni rad etish yoki ularning huquqlarini boshqacha tarzda cheklash ma'muriy organlarga taqiqlanadi.
Qonunda maxsus ma'muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonun hujjatlari jismoniy va yuridik shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerakligi belgilangan.
Qonunga muvofiq, ma'muriy organlar ma'muriy ish yuritishni qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan amalga oshiradi.
 “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunda ma'muriy hujjatlarni qabul qilish jarayonini standartlashtirish va yengillashtirish orqali davlat organlarining fuqarolar va tashkilotlar bilan bo‘lgan munosabatlari qonuniyligini ta'minlash va shaffofligini oshirishga e'tibor qaratilgan. Zamonaviy texnologiyalar asosida davlat xizmatlarini yanada sifatli ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratish ma'muriy to‘siq va cheklovlarni bartaraf etishga keng imkoniyatlar yaratadi. 
Norma’ning yozishicha, loyihaning maqsadi ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning lozim tarzda huquqiy himoyalanganini ta’minlashdan iborat.
Qonun qo‘llaniladigan soha kengaytirilgan hamda unda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalarga tuzatishlar kiritilgan. Masalan, ma’muriy-huquqiy faoliyat ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhiga tashqi majburiy ta’sir ko‘rsatadigan ma’muriy va boshqaruv xususiyatidagi faoliyat hisoblanadi.
Shuningdek, ma’muriy tartib-taomillar kengaytirilgan va ularga tuzatishlar kiritilgan. O‘zboshimchalik, huquqning suiiste’mol qilinishini taqiqlash, huquqni qo‘llash rad etilishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi tartib-taomillar kiritilgan.

Loyihada ma’muriy ish yuritishda idoralararo o‘zaro hamkorlik tartib-taomili o‘rniga ma’muriy ko‘maklashish tartib-taomili qo‘llanilishi nazarda tutilmoqda. Ma’muriy organning ko‘maklashish to‘g‘risidagi so‘rovi asosida amalga oshiriladigan ma’muriy ko‘maklashish muddatlari, shuningdek ko‘maklashishni rad etish asoslari belgilangan.

Loyiha bilan tegishli tarzdagi ma’muriy tartib-taomil, umumiy vakil, dastlabki ma’muriy hujjat tushunchalari kiritilmoqda. 

Qanday holatlarda ma’muriy ishlar ma’muriy organning majlisida ko‘rib chiqilishi belgilangan. Quyidagi hollarda ma’muriy ish majlisda ko‘rib chiqilishi lozim:



  • ma’muriy ish yuritish ommaviy tusga ega bo‘lganda;

  • ma’muriy ish yuritish natijasida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni, shuningdek boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini tugatadigan yoki cheklaydigan ma’muriy hujjat qabul qilinishi mumkin bo‘lganda;

  • manfaatdor shaxsning huquqiy maqomiga boshqacha tarzda jiddiy aralashilganda, bundan majlisni o‘tkazishga shoshilinch choralar qabul qilinishi zarurati to‘sqinlik qiladigan yoki ma’muriy ishni obektiv sabablarga ko‘ra majlisda ko‘rib chiqishning imkoni bo‘lmagan hollar mustasno va boshqalar.

Ma’muriy hujjat yozma, elektron yoki og‘zaki shaklda bo‘lishi belgilangan. Shuningdek u belgilar, imo-ishoralar va signallar yo‘li bilan, tasdiqlovchi hujjat berish yoki muayyan harakatlarni, shu jumladan avtomatik vositalar yordamida amalga oshirish yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.

Ma’muriy shikoyat berish predmeti kengaytirildi. Quyidagilar ustidan shikoyat qilinishi mumkin:



  • ma’muriy hujjatlar ustidan, shu jumladan ma’muriy hujjatni qabul qilishni rad etish yoki tegishli muddatda qabul qilmaganlik ustidan;

  • qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda dastlabki ma’muriy hujjatlar ustidan;

  • ijro hujjatlari ustidan;

  • ma’muriy harakatlar ustidan.

Shuningdek loyihada quyidagilar belgilanmoqda:

  • ma’muriy ish yuritishda guvoh, ekspert, mutaxassis va tarjimon qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari;

  • protsessual hujjatga talablar;

  • ma’muriy organning ma’muriy ish yuritishni boshlashi uchun asoslar hamda o‘zi qabul qilgan, shikoyat qilingan ma’muriy hujjatni bekor qilish huquqi;

  • ma’muriy organlar yuritishi shart bo‘lgan ommaviy reyestrga talablar;

  • ma’muriy ish yuritishda manfaatdor shaxslarni tinglash tartibi;

  • ma’muriy hujjatning qonuniyligi, haqiqiyligi, haqiqiy emasligi e’tirof etiladigan, shuningdek uni bekor qilishga yo‘l qo‘yiladigan holatlar;

  • qonuniy va noqonuniy ma’muriy hujjatlarni bekor qilish asoslari;

  • qonuniy kuchga kirgan ma’muriy hujjatni qayta ko‘rib chiqish uchun asos va qayta ko‘rib chiqish tartibi va h.k. 

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Sud-huquq isloxotlarining mantiqiy davomi sifatida “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 2017 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Senati tomonidan 2017 yil 20 dekabr kuni ma’qullandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yil 8 yanvar kuni imzolangan va rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kirishi belgilandi.
Ushbu Qonun ma’muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma’muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan lisenziya, ruxsat berish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish, davlat xizmatini o‘tash, referendumlar, saylovlar o‘tkazish, mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, jinoiy majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat, sud ishini yuritish, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning qo‘llanilish sohasiga kiruvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mazkur qonun ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalarning ma’muriy-huquqiy faoliyatini tartibga solib kelmoqda.
“Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning maqsadi va asosiy vazifalari ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, ma’muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir.
Ma’muriy organlar o‘z faoliyatini Konstitutsiya va qonunlar, ma’muriy huquq prinsiplari asosida amalga oshiradilar. Buning asosida esa huquqiy davlat prinsipi, xalq suvereniteti asosidagi demokratik ma’muriyat yotadi. Tabiiyki, ma’muriyat o‘ta tartibli, faqat va faqat qonun asosida faoliyat yuritishi bilan boshqa tuzilmalar hamda tarixdagi adolatsiz, nodemokratik tuzilmalardan farq qiladi. Shuning uchun o‘z faoliyatini doimo legitim qonunlar va adolatli protseduralar vositasidagina bajarishga, amalga oshirishga intiladi. Lekin, gap shundaki, doimo qonunga muvofiq faoliyat yuritish uchun qonunlar juda ko‘p va batafsil o‘rnatilgan bo‘lishi yoxud qonunlar iloji boricha umumiy, mavhumroq xarakterda bo‘lishi lozim. Chunki ma’muriyat ommaviy ishlarning ko‘plab sohalarida faoliyat ko‘rsatadi hamda bunday faoliyat davomida turli-tuman bir-biriga o‘xshagan va o‘xshamagan, bir-biridan farqli va zid manfaat-u munosabatlar bilan to‘qnashadi. Tabiiyki, har kim o‘z pozitsiyasining eshitilishi va yetarli darajada inobatga olinishini, ma’muriyat chiqarayotgan qarorlar aynan uning manfaatiga uyg‘un kelishini xohlaydi. Buning uchun parlament barchaning manfaatini birma-bir qonunlarda o‘rnatishi lozim bo‘ladi, tabiiyki, bunday protsesda qonunlar orasida turli ziddiyatlar chiqadi va ishni to‘g‘ri hal etish ma’muriyat uchun nihoyatda mushkullashadi. Qolaversa, parlamentning ishlash jarayoni, ya’ni qonun ijodkorligi protsessi betartib amalga oshiriladigan faoliyat emas. Shunga ko‘ra har bir shaxsning manfaatiga uyg‘un alohida-alohida, batafsil qonunlar ishlab chiqish va uni qabul qilish juda ko‘p kuch hamda vaqtni talab etadi. Masalaning boshqa tarafi ham bor. Ya’ni bozor iqtisodiyoti sharoitida hodisalar juda tez o‘zgaradi, jamiyat tez yangilanadi, yangi muammo va manfaatlar ko‘plab, davomli paydo bo‘laveradi. Ma’muriyatdan iloji boricha yangi shart-sharoitlarga uyg‘un keladigan qarorlar chiqarish talab qilinadi. Bunda ma’muriyat o‘zgaruvchan, yangilanuvchan bozor iqtisodiyoti talablariga iloji boricha tez, yumshoq, moslashuvchan (elastic, flexible) harakatlanishi zarur.
Ma’muriy qonunchilik an’anaviy ma’muriy huquqda2 adresatga (yuridik va jismoniy shaxslarga) nisbatan yuridik ta’sir kuchiga ega ekanligiga ko‘ra normativ (huquqiy) akt va ma’muriy instruksiyaga tasniflanadi. Mana shu jihatdan kelib chiqqan holda yapon olimlari ichida «ma’muriy qonunchilik» emas, balki «ma’muriy organlar tomonidan norma qabul qilish» faoliyati (Shibaike Yoshikazu) yoki «ma’muriy instruksiya» (Sakurai Keiko, Hashimoto Hiroyuki) deydiganlar ham mavjud. Chunki «ma’muriy qonunchilik»ning ichiga yuridik kuchga ega bo‘lgan va bo‘lmagan instruksiyalar kirishini inobatga olsak, yuridik kuchga ega bo‘lmagan instruksiyalarni «ma’muriy qonunchilik» deb atash noto‘g‘ridir.3 AQSh ma’muriy huquqida esa ma’muriy qonunchilikning «legislative rules» (normativ (huquqiy) hujjat) va «nonlegislative rules» (ma’muriy instruksiya) degan turlari mavjud. «Nonlegislative rules» o‘z ichiga «interpretive rules» va «policy statements»ni oladi. Normativ (huquqiy) akt tashqi munosabatlarga ham yuridik ta’sirga ega bo‘ladi, ya’ni ma’muriy organ va adresat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga 1 Ichihashi Katsuya hen. «Akchuaru Gyouseihou». Houritsubunkasha. 2010. – P.64. 2 Germaniya konstitutsiyaviy monarxiyasi mavjud bo‘lgan davr xususiyatlaridan kelib chiqib «ma’muriy qonunchilik»ni ikkiga bo‘lish nazariyasi vujudga kelgan. Lekin bunday qarash hozirgi sharoitlarga to‘g‘ri kelmaydi deb tanqid qiladiganlar ham bor. Masalan: Uga Katsuya. «Gyouseihougaisetsu I». Yuuhikaku. 2006. – P.240. 3 Sakurai Keiko, Hashimoto Hiroyuki. «Gyouseihou» Koubundou. 2007. – P.57; Shibaike Yoshikazu. «Gyouseihousouronkougi». Yuuhikaku. 2007. – P.112. 4 Bernard Schwartz, Roberto L. Corrada Administrative Law: a casebook. Fifth edit. Aspen Publishers. 2001. – P.241 – 242. 11 qaratilgan bo‘ladi. Shuningdek, nizo kelib chiqqanida sud tomonidan qaror chiqarishda asos bo‘ladi, ya’ni sud normativ (huquqiy) aktni tatbiq etgan holda nizoni hal qiladi. Ma’muriy instruksiya esa ma’muriy organlarning ichki hujjati bo‘lib, ma’muriy organlar orasida yuridik kuchga egadir. Lekin xususiy shaxslarga nisbatan, xususiy shaxslar bilan yuzaga keladigan munosabatlarda ma’muriy instruksiyalar hech qanday yuridik kuchga ega emas. Umuman olganda, ma’muriy normativ (huquqiy) akt va ma’muriy (ichki) instruksiyaning umumiy nomi ma’muriy qonunchilikni tashkil etadi. Ba’zi nazariy qarashlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar ham ma’muriy qonunchilikka kiradi deyiladi. Lekin, aslida, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qaror Konstitutsiyaga asoslanadi va qonunning delegatsiyasi (delegation) ham shart emas. 1 Normativ (huquqiy) akt Normativ (huquqiy) akt umumiy xarakterga ega bo‘lib, ma’muriy subyekt va xususiy shaxslar o‘rtasidagi huquq-majburiyatlarni belgilab beruvchi ma’muriy organ tomonidan qabul qilinadigan umummajburiy qoidalardir. 2 Yuqorida ta’kidlanganidek, qonun doim ham barcha masalani qamrab ololmaydi. Shu bois uni to‘ldirish va aniqlashtirish uchun normativ-huquqiy aktga ehtiyoj seziladi. 3 Erkin Hojiyev normativ-huquqiy aktni quyidagicha ta’riflaydi: «Normativhuquqiy akt – bu davlatning vakolatli organi tomonidan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi huquq ijodkorligi akti»
Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling