Reja: Milliy xarakterni urganishdagi dastlabki bilimlar va karashlar


Download 44.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1582434
Bog'liq
1403843757 47494


Milliy xarakter
REJA:
1.Milliy xarakterni urganishdagi dastlabki bilimlar va karashlar.
2. Milliy xarakterni shakllantiruvchi omillar.
3. Milliy xarakterni tashkil kiluvchi unsurlar.
4. Uzbek xalkiga xos xarakter xususiyatlari.
5. Milliy xarakterning uzgaruvchanlik xususiyatlari.

Milliy xarakter ob'ekt sifatida kiyin, ammo lekin urganish mumkin bulgan ijtimoiy tarixiy xodisadir. U milliy psixologik qiyofaning tarkibiy kismi xisoblanadi. Milliy xarakter milliy xayotdagi tarixiy kategoriya bulib uni urganish tushuntirib berish shu millat xayotini, tarixini, tili va madaniyatini yaxshi bilish zarur.


XIX asrda etnopsixologik xususiyatlarni urgangan kupgina mualliflar uz asarlarida milliy xarakterni real vokelik sifatida mavjudligini e'tirof etgan. Faylasuf E. Fridriz Angliya tarixini urganar ekan, fransuz va nemislarda bulmagan uziga xos mustakillik, uziga ishonch xususiyatlari rivojlanganligini kursatib beradi. "Ingliz milliy xarakteri nemislarnikidan xam, shuningdek fransuzlarnikidan keskin farklanadi " deb yozadi u. Ma'lumki, xarakterni mavjudligini inkor etuvchi ayrim mualliflar rus, ukrain, armanlar va nemis fransuzlar bir-biridan farklovchi xususiyatlarini kursatib bering, deyishadi. Dikkat kilib urganish va tekshirish jarayonida xamma xalklarning milliy xarakterida bir-biridan fark kiluvchi xususiyatlar borligini bilib olish mumkin. Milliy xarakterdagi bu farklarni xatto kundalik xayotda xam kuplab uchratamiz. Millat xarakterini realliigini ximoya kiluvchi mmualliflar shunday bir epizodni tasavvur kilishni tavsiya etishadi. Agar vagon kupesiga ikki notanish ingliz chikib kolsa, ular safarlarining oxirigacha bir-biri bilan yakindan suxbat kurmay, xatto bir ogiz gapirmasdan kelishlari mumkin deyishardi … Uzbeklar-?.
Aksincha bir-biri bilan yakindan tanishi butun xayotini bilib ulguradi Xalklarning turlicha xarakter xislatlariga ega bulishligi ularning ijtimoiy-iktisodiy tajribasi tarixiy tarakkiyoti va tabiiy yashash sharoitlari bilan belgilanadi. Bunda ijtimoiy munosabatlar milliy xarakterni shakllanishida etakchi rol uynaydi. Xar bir tarixiy davr shu davrdagi ijtimoiy tarakkiyot konuniyatlari asosida milliy mafkura manfaatlariga mos bulib tushadigan uz milliy xarakter idealini yaratadi. Shu davrdagi xarakter tipi kishilarning yashash tarzini aks ettiradi.
Xalkning butun tarixi davomida orttirgan xar bir xarakter xislatlarning vujudga kelishi kishilar ruxiyatiga atrofdagi vokeliklarning uzok vakt davomida ta'sir etib turishi bilan boglikdir. Milliy xarakterga kanday ruxiy xislat va sinflarni kiritish mumkin.
Shuni takidlash kerakki, " Milliy xarakter" tushunchasi xakida xali xam umumiy bulgan bir xil karash mavjud bulmasa xam lekin unga kiruvchi xislatlar tugrisida umumiy bulgan fikrlar mavjud. Kup tadkikotchilar milliy xarakterga, mexnatga munosabat(mexnatsevarlik), vatanparvarlik, erksevarlik, dovyuraklik, jangovarlik kabi xislatlarni kiritishadi.
Bizning fikrimizcha yukoridagi xislat va sifatlar bilan bir katorda milliy xarakter tarkibiga yana millatning akil tuzilishi boshka xalklarga bulgan munosabati va shu millat vakillarining uzaro munosablarini belgilovchi xususiyatlar xam kiradi.
Milliy xarakter va etnik psixalogiyani urganishlarning muxoliflari, milliy xarakterdagi keltirilgan xislatlarni kaysi biri birorta xalkda eki mavjud emas? Deb savol kuyishadi. Milliy xarakterni urganishda tatkikotchilar uchraydigon kiyinchilik xam ana shunda. Darxakikat, xarakterning kaysi bir xususiyatini ochib kurmaylik, albatta u barcha xalklar va millatlarda xam mavjud ekanligini kuramiz. Masalan, erksevarlik, dovyuraklik, mexnatsevarlik, vatanparvarlik kabi xislatlar xamma xalklarga xos bulgan xususiyat bulgan xolda, bu xislatlar uzining namoyen bulishi, tuzilishi jixatidan barcha xalklarda bir xil kechmaydi. Zero, xarakter xislatlarini keltirib chikaruvchi yashash tarzi, tarixiy tarakkiyot va faoliyat sharoitlari aynan bir xil bulganligi sababli, yukoridagi xarakter xislatlarini namoyon bulishi xam ularda aynan bir xil bula olmaydi. Kavkazdagi togli xalklarning xayoti va yashash tarzini urgangan tatkikotchilarning barchasi bir ovozdan ularda jangovorlik, magrurlik kabi xarakter xislatlari kuchli ekanligini e'tirof etishadi. Ularning bu xarakteri -deb yozadi R.Ch. Chomaev, -togli xalklarning tashvishli va xavf-xatarga tula xayotlarning in'ikosi bulib, unga moslashishga zarurati natijasidir. Tashki - ta'sirlarning butun kompleksi tog sharoitining ogirligidan tortib, jangovorlik shon-shuxratigacha, beshikdagi alladan tortib epik xalk dostonlarigacha uz erki va ozodligini saklab kolish uchun mardlik, matonatli, kaxramonlik va jasurlikni tarbiyalashga karatilgan edi.
Mexnatsevarlikni xammma xalklarga xos fazilat ekanligiga shak keltirmaymiz. Lekin, shuning bilan birgalikda jamiyatning ijtimoiy-iktisodiy kurilishi, geografik iklim sharoiti, xalk tomonidan mexnatsevarlik xamma xalklarda bir xilda namoyon bulavermaydi. Ma'lumki, Gollandiya mujazgina kichik maydonga ega. Maydoni Moskva viloyati territoriyasidan kichik. Lekin shu mamlakat butun Rossiyani bokadigan kishlok xujalik maxsuloti ishlab chikarar ekan. Vaxolanki, Gollandiya xalki tabiiy-geografik sharoitiga kura, dengiz atrofidagi botkok va toshlok erlarni uzlashtirib, unumdor erga alamshtirish uchun ogir sharoitlarda ish olib boradi.
Natijada ularda tirishkoklik va sabotlik bilan mexnat kiladigan kishilarga nisbatan mexr-muxabbat bilan karash shakllangan. Oilada uz farzandini shu ruxda tarbiyalashda xarakat kilar ekan.
Bola sal-pal gapni tushunadigan bulgach, ona uning kaftini ochib u erda egri-bugri chiziklarni kursatib: M-men - odam: W-work-mexnat, odam mexnat bilan tugiladi deb tushuntirar ekan.
Sevimli va iktidorli shoirimiz A. Oripov uzbek dexkonning shu xislatlarini "Saraton" she'rida bunday tasvirlaydi:

Xali tong gunchasi ochmasidan lab,


Naxor farogatin uylamay takir,
Kimsasiz dalaga kuzin ukalab,
Chikib ketganingni kurdim-ku axir.

Kurdimki, manglaying ter bilan kotib,


Beraxm otashga berganingni tob.
Kurdim-ku, tepangda uzin yukotib,
Xayratdan lol kotib kolganin oftob.

Mening dexkon bobom, andak orom ol,


Kuyosh buroviga olgan palla bu,
Saraton uzi xam mudraydi, bexol,
Oxangsiz yalla bu, suzsiz alla bu.

Xar bir xalkning mexnatsevarligi turli kurinishda kechadi. Masalan, uzbeklar xam, kozoklar xam ikkilasi mexnatkash xalk. Lekin ularning shu mexnatsevarligi faoliyatning turli soxalarida turlicha namoyon buladi. Uzbeklarda u dexkonchilik, bogdorchilik bilan shugullanish jarayonida namoyon bulsa, kozoklarda chorvachilik bilan boglik bulgan mexnatda kurinadi.


Bir necha yillar mobaynida uzbek xalki dexkonchilik bilan mashgul bulib kelgan-YErga nisbatan extiyokor, tejamkorlik bilan munosabatda bulish xususiyatlari vujudga kelgan. Bizning ajdodlarimiz bir necha asrlar ogir sharoitlarda kiyinchilik bilan paxta etishtirib kelishgan. Asosiy mexnat kul kuchi bilan usha davrlarda, bu nozik va yilning 8-9 oyi mobaynida doimiy mashakkatli mexnat kilishni talab kiladigan usimlik, dexkonlardan va uning oila a'zolaridan ozmuncha ter tukishni talab kilgan deysizmi?
Bundan tashkari xali tabiatning kudrati kuchlari oldida ojiz bulgan yakka xujalik bilan ish olib boruvchi dexkon, tabiatning turli-tuman injikliklariga karshi kurashishga majbur bulgan. Paxtakor va bogbon dexkonni kupincha baxorgi suv toshkinlari yoki suvsizlik va kurgokchilik azoblari kiynagan. Bobo dexkon ogir,mashakkatli mexnat kilib, peshona terisi bilan uz erini sugorib, xosil olishga, bog-roglar yaratishga urgangan. Suv paygambar, er avliyo bulgan usha davrlarda dexkon saratonning jazirama issigi-yu, kuzning sovuk izgirinlarini pisand kilmay, xar bir karich erni zur mexr kuyib ishlagan. Xar bir guza tupini e'zozlab parvarish kilgan, xar bir daraxtni kuz korachigiday saklagan. Mana shularning xammasi avloddan-avlodga utib, ulardan mashakkatli mexnat kilish odatiy aylanib, zaxmatkashlik, ogir sharoitlarda xam ruxi tushmasdan ishlay olishlik, dov-daraxtlarni sevishlik, ob-xayot manbai - suvni e'zozlash kabi xususiyatlar uzbek xalkiga xos xarakter xislati bulib kolgan.
Kozoklarning mexnatsevarligi esa choorvachilikda kilinadigan mexnatda, chorva mollarini parvarish kilishda namoyon buladi. Ular bokish uchun kulay va nokulay bulgan yaylovlarni topishda, chorva eydigan ut-ulanlarning xususiyatlarini farklashda moxir bulishadi.
Bu misollardan kurinib turibdiki, xar bir millatning mexnatsevarligi, ular bevosita shugullanadigan mexnat turlarida tula namoyon buladi. Shuning uchun kozok xalkini dexkonchilik bilan bevosita shugullanmaganligi uchun dangasa, deya olmaymiz. Aksincha, uzbeklarning chorvachilikdagi nisbatan "ukuvsizlik" uchun ularni xam mexnatsevar emas, deb bulmaydi. Milliy xarakterni mutloklashtirib yuborish, albatta, notugri. Boshka xalklarda va millatlarda uchramaydigan, fakat bir xalkgagina xos bulgan sof milliy xarakter umuman tabiatida uchramaydi.
Xar bir xalk butun xususiyatlari bilan olingandagina va betakror bulib kurinishi mumkin …, uning xar bir etnik xususiyati aloxida olib kurilsa, mutlok noyob xususiyat bula olmaydi.Milliy xarakter muammosini urganishdagi murakkablik va chalkashliklar deb kursatadi I.S.Kon, kupincha dialektikadagi umumiylik va xususiylik, mushtaraklik va aloxidalikni tushunmaslik natijasida vujudga keladi. Uning tugri ta'kidlashicha, milliy xarakterning u yoki bu xususiyatini kursatganda albatta u nisbatan olib urganilishi kerak. ''rus milliy xarakteriga bagishlangan ishlarda, -deb yozadi I. Kon, --kupincha ularda emosional vazminlik deb ataladigan xislat kursatiladi. Agar italyanlar bilan takkoslanganda tugri, kushilaman. Lekin fakat finlar yoki estonlar bilan takkoslanganda emas ''.
Albatta, rus xalkiga xos bulgan milliy xarakter xislatlari yuk emas .Rossiyaning bepoyon erlari, ayrim boshka mamlakatlarda bulganidek, siyosiy parchalanishlarning yukligi, xujalik tarakkiyotidagi uziga xos xususiyatlarning barchasi, Gersen aytganidek, ''aysh -ishratni yaxshi kuradigan, bagri keng'' rus kishisini, yakka xujalik yurgizishga moyil bulmagan, bir parcha eriga yopishib olmagan rus dexkonini yaratdi.
Aksincha, uzbek xalki xarakterida bir karich eriga yopishib olishlik ''kindik koni tukilgan erini tark etmaslik xususiyatlari bor''. Bu xarakter xususiyatlarining vujudga kelishi uzbek xalki tarixiy tarakkiyotidagi uziga xos xususiyatlar bilan boglik. Masalan, Markaziy Osiyo, xususan, xozirgi Uzbekiston xududida mavjud bulgan bir necha feodal davlatlar, xonliklarning siyosiy- iktisodiy jixatdan parchalanganligi, ular urtasidagi tez -tez bulib turadigan konli tuknashuvlar, xujalik yurgizishdagi patriarxal usullarning mavjudligi, urug - aymokchilik, urf - odatlarining saklanib kolishi va nixoyat dexkonchilik kilish uchun sugoriladigan yarokli erlarning cheklanganligi kabi omillar, uzbek xalki xarakteridagi shu xislatlarni vujudga keltirib chikaradi.
Uzbek oilalarida bir necha avlod vakillari ( xatto 3-4avlod) bir biridan ajramagan xolda birgalikda bir xovlida bir maxallada yashab kelishgan. Shuning uchun ilgarilari mavjud bulgan katta oila ichida, bir necha avlod vakillari yashayotganligini uchratishimiz mumkin. Oila boshligi bulgan Ota ugillarini uylantirgandan keyin xam uzok vakt ularni mustakil oila kilib ajratib yubormagan.
Yangi oila kurgan ugil, katta oila boshligi bulgan ota kul ostida ishlab xujalik yurgizish ishlarida unga yordam bergan.
Agar yangi oila ota-ona bagridan ajralib chikkan takdirda xam, ular oilasi uchun ota uncha uzok bulmagan joydan xovli yoki er sotib olib bergan, yoxud uz eridan uy kurish uchun joy ajratib bergan. Yangi oilaning kundalik extiyoji uchun zarur bulgan uy buyumlari ajratib berilgan. Lekin shunda xam ota uz erini parchalanib ketishiga yul kuymagan ugil bola kul ostida uning erida ishlagan, xujalik yurgizishda otaga yordam berib kelgan. Buning boisi nimada, nima uchun Urta Osiyo xalklarida, xususan dexkonchilik bilan shugullanuvchi xalklarda patriarxal munosabatlar oila va xujalik yurgizish soxalarida nisbatan uzok saklanib turdi?.
Ma'lumki sugorib dexkonchilik bilan shugullanuvchi xalklarda, ayniksa Urta Osiyo sharoitida er juda katta iktisodiy axamiyat kasb etadi. Kishin - yozin xam katta kuch bilan ishlashni talab kiladigan sharoitda ishchi kuchlari va erning parchalanib ketishligi, erni ishlash, xosil olishlikni ancha kiyinlashtirib kuygan bular edi. Shuning uchun xam Uzbekistonning utrok xalklarida juda katta, xatto uch- turt avlod vakillarini uzida birlashtirgan oilalar mavjud bulgan. Farzandlar oila boshligi kul ostida ishlab unga iktisodiy jixatdan karam bulgan. Ota yoki oiladagi bosh ugil bu oilaning boshligi bulgan. Uning suzi, fikri oilaning boshka a'zolari uchun konun darajasida bulgan.
Xujalik yurgizishda bunday patriarxal uklad xokim bulgan xalklarning deyarli xammasida, oila boshligini, kattalarni xurmatlash, ularning aytganini tuxtovsiz bajarilishi odat tusini olgan va keyinchalik u mustaxkamlanib xalkning xarakter xislatiga aylanib kelgan.
Oilaning uzaro munosabatlarida ma'lum yosh guruxidagi xar bir kishi albatta uzidan yukori yoshda turgan kishilarga itoat etgan, ularga xurmat extirom kursatilgan. Bu albatta yirik oilalarning birlashib yashash zaruriyati mavjud bulgan sharoitlarda ularning parchalanib ketmasligi uchun katta axamiyat kasb etgan. Bundan tashkari uzbeklarda aka-ukalar yoki karindosh uruglar urtasidagi na emas, shuningdek, kuni-kushnilar bilan xam yaxshi munosabatlar uzaro yordam va xamkorlik kursatish kabi xislatlar ancha rivojlangan.
Kadim vaktlardayok bir urug yoki kabila bir maxalla yoki butun bir kishlokda yashagan. Kamdan kam xollardagina begona urug yoki kabila vakili notanish joylarga kuchib borgan. Xozir xam kup kishloklarda maxalla karindosh urugchilik tamoyili asosida shakllanadi. Demak, yon kushni ayni vaktda sizning yakin karindoshingiz xamdir. Shuning uchun kadim vaktlardayok bir oilada ovkat pishirilsa, albatta, kushniga, karindoshnikiga chikarilgan. Kushning yaxshi kunida xam, aziyatli kunida xam birinchi bulib devormiyon kushni xizmat kiladi. Kushning uyidagi marakaga katnashmaslik, ayniksa, ta'ziyali marosimlarda ishtirok etmaslik, uzbeklar uchun katta ayb xisoblanadi. Shuning uchun xam bizda kushni tugrisida juda obrazli makollar yaratilgan, " Xovli olma, kushni ol ", "Uzokdagi karindoshdan yakindagi kushni yaxshi", "Yon kushni- jon kushni" va xakozo.
Bundan tashkari milliy tabiatimizda mexr -okibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharmu - xayo, ibo-iffat kabi betakror fazilatlar, bagrikenglik, mexmondustlik, ok kungillilik xususiyatlari mavjud.
Bunday xamjixatlik bir-birini kullab turishlik fakat kushnilar urtasidagina bulib kolmasdan, butun maxalla va kishlok axolisi biror xonadonda aza borligini eshitib kolsa, vafot etgan kishini yaxshi tanish-tanimasligidan kat'iy nazar, marxum bilan vidolashmok uchun vaktini ayamasdan, yumushini tashlab bulsa xam, marxumning uyiga kelib, xamdardlik bildiradi, kulidan kelgan yordamini kursatadi. Marxumning tobuti mozorga borguncha elkama-elka kutarilib boriladi.
Yulda uchragan xar bir kishi- u otda bulsa xam mashinada bulsa xam tushib bir necha kadam tobutni kutarishib borishni uzining insoniylik burchi, deb xisoblaydi.
Kuni- kushni, maxalla- kuyni va xamkishloklarning bunday bir- birini kullab-kultiklab turishlari bir-birlarining manfaatlarini ximoya kilishlari kishilarning uzok davrlar mobaynida birgalikda yaab kelishi, maxalla va kishlok axlining bir-birlariga karindosh urugchilik iplari bilan boglanganliklari natijasidir.
Urta-Osiyoda kichik-kichik uziga mustakil bulgan xonliklarning mavjudligi yirik birlashgan xokimiyat tomonidan mamlakat mikiyosida ma'muriy, xujalik ishlarini planli rivojlantirmasligi, buning ustiga maxalliy amaldorlarning ochkuzligi, davlat va xalk manfaatlaridan kura kuprok, uz chuntaklarini uylashi natijasida, kup yirik xujalik ishlari- kanal kazib suv chikarish, ariklarni tozalash, machit va boshka binolarni kurish, xosilni yigib-terib olishva shunga uxshash kupchilik mexnatini talab kiladigan ishlarni xalk uzi "xashar" yordamida bajargan. Shuning uchun maxallda va kushnilar orasida bulib turadigan xasharlarga chikish xar bir keksayu yoshning mukaddas burchi xisoblangan.
Milliy xarakterni xalk uzida namoyon etadi. Lekin millat xarakteri ayrim shaxslar xarakterining oddiy yigindisi emas. U ommaviy kuch sifatida, individual xarakterlarning umumiy bulgan xislatlari ijtimoiy jixatdan kayta ishlanib, yangi maxsus sifatga aylangan vaktda tarkib topib namoyon buladi. Masalan xor ovozi xor katnashchisining ovoziga uxshamaganidek, milliy xarakteri xam birorta milat vakilining xarekteriga uxshamaydi yoki millat xarekteri xech bir millat vakilida tulaligicha aks etmaydi.
Milliy xarakter uzgarmas, turgan narsa xam emas. U tarix maxsuli. Shuning uchun xam uni vujudga keltirgan tarixiy ijtimoiy iktisodiy sharoitlarning uzgarishi bilan u xam ma'lum darajada uzgaradi, xatto bir ijtimoiy tizimning uzida xam u ayrim xislatlarni paydo kilib turish mumkin.
"X1X asr boshlarida deb yozadi I.Kon,- nemislarni amaliy faolyatiga layokatsiz, fakat falsafaga, musika va nazmga moyil bulgan, texnikani urganishga ukuvsiz, kam xarakat xalk, deb xisoblashgan (bu fikrga ularning uzlari xam kushilishgan ). Germaniyada sanoat tuntarilishi bulishi bilan, bu stereotip tushuncha ishonchsiz anoxronizmga aylanib koldi". Lekin bundan ijtimoiy-iktisodiy uzgarishlar milliy xarakterning barcha xislatlarni uzgartirib yuboradi, deb xulosa kilmaslik kerak. Uning ayrim xislatlari nisbatan barkaror bulib, yangi ijtimoiy sharoitlarda xam uz vorisligini yukotmaydi. Keyingi avlodlarga utishi, ajdodlarning moddiy va ma'naviy merosini uzlashtirib olishligi uchun xizmat kiladi. Tarix - avlodlarning birini urniga ikkinchisining kelishidan iboratdir, ularning xar biri avvalgi barcha avvlodlarning koldirgan materiallaridan, ishlab chikaruvchi kuchlardan foydalaniladi. Milliy xususiyatlar umuminsoniy kadriyatlar bilan boglanib ketgan.
Miliy xarakter umumbashariy xususiyatlarga zid bulmaydi. Shuning uchun xam uni boshka millat va elatlar xarakteridan ajratib kuyishi mumkin emas. Xar bir xalk boshka xalk bilan yakin ijtimoiy - iktisodiy va madaniy munosabatlarga kirishganda undan uzida yuk narsalarni oladi va uzidan xam ularda bulmagan narsalarni beradi.
Lekin boshka xalklardan olingan bu xarakter xislatlari, millat vakillari tamonidan uzlashtirilganda, aynan, uzgarishsiz kuchirma olmay, uziga xos milliy ifodani oladi.


TAYaNCh IBORALAR .
Miliy xarakter, milliy did, milliy ong, milliy rux, etnopsixologiya, etnos, kadriyat, an'ana, xalk ruxi.

ADABIYOTLAR.


1. I. Jabborov. Uzbek xalk etnografiyasi . T. 1994 y.
2. X. Alimov. Milliylik ijtimoiy ruxiyat. T. 1992 y.
M. Mamatov. Milliy psixologik qiyofa va uning xususiyatlari.
E. Goziev. Muomila psixologiyasi T .2001 y.
Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling