Reja: Musulmon huquqining manbalari tushunchasi va tasnifi


Download 66 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2023
Hajmi66 Kb.
#1231899
  1   2
Bog'liq
1485771655 musulmon-huquqi-manbalariarxiv.uz


Musulmon huquqi manbalari
Reja:
1.Musulmon huquqining manbalari tushunchasi va tasnifi
2. Qur`oni karim islom huquqining asosiy manbasi sifatida, undagi huquqiy normalar.
3.Sunna, Ijmo` va Qiyos tushunchalari huquqiy manba sifatida.
4. Islom huquqining qo`shimcha manbalari

Musulmonhuquqiningmanbalari tushunchasi va tasnifi


G`arb huquqi dunyoviy tizim bo`lganligi sababli uning manbalari qonunlar va urf-odatlardan iboratdir. Ammo islom huquqi dunyoviy huquq bo`lgani holda diniy mohiyatga ega bo`lgani uchun, o`zining sarchashmasini ilohiy manbadan oladi, bu esa g`arb huquqi bilan uning asosiy farqini ko`rsatadi. Islomiy huquqning asosiy manbalari buyuk faqihlar tomonidan yakdillik bilan to`rta deb tan olingan. Usulul fikhda manbalar «adilla» (dalillar) yoki «adillai-tafsiliya» (tafsiliy dalillar) atamalari bilan ifodalanadi.
Islom huquqi masalalarini o`rganish bilan shug`ullangan hozirgi zamon olimlari shariat huquq tizimining manbalari haqida turlicha fikrlarni bildirganlar. Masalan: X.Sulaymonova shariatda barcha huquq tarmoqlari, jumladan, jinoyat huquqiga tegishli masalalarni xal etishda uning uchta manbai: Qur`on, sunna va ijmo` amal qilgan degan bo`lsa, M.Mullayev musulmon huquqidagi mazkur uchta manba qatoriga qiyos va odat huquqini ham qo`shgan.
Mazkur to`rta asosiy manbalarni ko`rib chiqamiz:
Birinchi manba: Qur`oni karim
Qur`oni karim 23 yil risolat davri (610-632 yillar)da Payg`ambarimiz Hazrat Muhammad alayhissalomga Alloh tomonidan nozil qilingan ilohiy kitob hisoblanadi. Qur`on (arab. «al-Qur`on» - o`qimoq, qiroat qilmoq; jamlash) - musulmonlarning muqaddas kitobi bo`lib, 114 sura, 6210 oyat, 77434 so`zdan tarkib topgan. Qur`ondagi har bir suraning o`z nomi bor.
Qur`on suralarining 95 tasi 13 yil davomida Makka shahrida nozil bo`lib, Makkiy suralar deb ataladi. Ularning uchdan bir qismi, ya`ni 19 tasi 622- yili yuz bergan hijratdan keyin davomida Madinada nozil bo`lib, Madaniy suralar deb qabul qilingan.
Aytib o`tilgan bu ikki xil suralarning farqlari shundan iboratki, Makkada nozil qilingan oyatlar ko`pincha e`tiqodiy masalalar, ibodatlar, oliy ahloqiy fazilatlar, erkin fikrlilik, ilmu tafakkurni targ`ib qilingan. Ularda ko`pincha «Ey iymon keltirganlar, Ey mo`minlar!» xitob etiladi.
Madinada nozil bo`lgan oyatlar, fikhiy ahkom- muomalot, jinoyat va jazo, oilaviy munosabatlar, sulxu tinchlik bitimlari va musulmonlararo boshqa aloqalarga tegishli bo`lib, ularda asosan «YO yayyuhannos!» (Ey odamlar, ey insonlar) deb xitob qilinadi.
Ta`kidlash kerakki, Qur`on muqaddas kitob ekanligi uning to`planishi va asl holida hozirgacha saqlanib kelmoqda. Bu xususiyat uning ilohiylik ahamiyatidan kelib chiqqanligi tufaylidir.
Qur`oni karim uch marta to`plangan:
Birinchi marta: Payg`ambarimiz hayotlik chog`larida vahiy kotiblari orqali yozilgan oyatlar va suralarni Payg`ambar (a.s) uylarida saqlash va ular tomonidan suralarni o`z o`rniga qo`yish davri edi.
Ikkinchi marta: Xalifa Abu Bakr davrida Hazrat Umar taklifiga binoan Zayd ibn Sobit rahbarligida tayin etilgan hay`at tomlnidan Qur`onning barcha oyatlarini birlashtirib, to`plash davri.
Uchinchi marta: Hazrat Usmon davrida butun islom dunyosida qiroatni birlashtirish uchun mushaf shaklida qabul qilingan Qur`ondan nusxalar ko`chirib tarqatish davri. O`zbekiston Respublikasi diniy ishlar idorasiga tegishli qo`lyozmalar fondida saqlanayotgan Usmon Mushafi nusxasi mazkur nusxalardan biridir.
Qur`onda fikhiy-huquqiy masalalarga ko`pincha umumiy yondashiladi va ayrim masalalar, masalan, huququllo mufassal shaklda yoritib beriladi.
Mazkur fikhshunos olim doktor Muhammad Yusuf Muso ko`rsatishicha, fikhiy-huquqiy masalalar bo`yicha Qur`onda quyidagi sohalarda oyatlar mavjud:
1. Xaqqulloh (Amaliy ibodatlar) bo`yicha - 140 oyat;
2. Shaxsiy huquq (oila, taloq, vasiyat va boshqalar) bo`yicha - 70 oyat;
3. Muamolot yoki fuqarolik huquqi (oldi-sotdi, ijara, garov, qarz, shirkat va boshqalar) bo`yicha-70 oyat;
4. Jinoyat va jazo bo`yicha-30 oyat;
5. Sud, sud jarayoni, guvohlik va unga bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha-20 oyat.
6. Bizning fikrimizcha, davlat huquqi soxasida - 3 oyat, Demak, hammasi bo`lib, Qur`onda-333 ta huquqiy oyat bor.
Qur`onning boshqa ilohiy kitoblardan iboratki, u faqatgina aqilaviy-g`oyaviy manba emas, balki qonun va ahloq hamdir. Mashhur faylasuf Ibn Rushd (v. 595 h.y.) fikricha, bu Qur`onning buyuk mo`jizasi hisoblanadi.
Ikkinchi manba: Sunna
«Sunna» lug`atda yo`l-yo`riq ma`nosada bo`lib, fikhiy atama sifatida islom Payg`ambarining so`zlari, fe`llari (amallar) va taqrirlari, ya`ni tasdiqlari, shuningdek, sahobalrning va amallari majmuidan iborat.
Qur`ondan keyin islom huquqining ikkinchi mabai Sunnati Nabaviyya (payg`ambarmizning sunnalari) hisoblanadi. Ul zotning o`zlari bunday degan edilar: «Sizlar uchun ikki narsa qoldirdim, modomiki ularga amal qilib yursangizlar, xech qachon adashmaysizlar. Ular Allohning kitobi va mening sunnatimdir». Shubhasiz, Hazrat Muhammad Allohning tanlangan vakili, buyuk elchisi va tablig`otchisi (targ`ibotchisi) edi. Qur`oni karimda bunday deyiladi: «Ey Payg`ambar, Alloh tomonidan sega nozil etilgan (yuborilgan, tushirilgan) narsalarni tablig` qilgin(odamlarga yetkazgin)».
Tadqiqotchi olimlar, jumladan, doktor Ahmad Shalabiy Sunnani ikki xilga bo`lib o`rganganlar.
Birinchi turi shundan iboratki, agar biror ish qilinmoqchi bo`lsa, yaratuvchi tomonidan o`sha ishga tegishli fikr Payg`ambarga vahiy (vahyi xafiy) orqali bildiriladi. Payg`ambar uni o`z so`zlari orqali bayon etadi. Bu vahyi xafiyning Qur`on oyatlari, ya`ni vaxiy jaliydan farqi shundaki, Qur`on oyatlarining ham mazmuni, ham iborasi Alloh tomonidan Jabroil orqali yuborilgan bo`ladi.
Sunnaning ikkinchi turi shundan iboratki, agar musulmonlar hayotiga tegishli biror bir yangilik kiritilishi zarurati sezilsa, lekin uni hal qilish uchun Payg`ambarga vahiy kelmasa, bunday ahvolda Payg`ambarga ijtihod qilish, ya`ni masalani o`z shaxsiy fikri asosida yechish uchun ruxsat berilgan hisoblanadi. O`shanda Payg`ambar ijtihod qilib,sahobalar bilan kengash-maslahat o`tkazib, bir to`xtamga keladi.
Agar Payg`ambar tomonidan qabul qilingan qaror va bildirilgan fikr Qur`on oyatlari orqali to`g`rilansa, Sunna (Payg`ambarning so`zi yoki qabul qilgan qarori) Qur`on orqali mansux bo`ladi, ya`ni bekor qilinadi va Qur`onning hukmi amalga oshiriladi.
Ammo agar Payg`ambar bir inson sifatida ba`zi bir ishlarni bajarsa shariat manbai yoki shariat qonuni hisoblanmaydi. Masalan, Payg`ambar bir taomni boshqa bir taomdan ustun qo`ysa, yoki bir libosni yoqtirsa, bunday ishlar tashri` emas, ya`ni shariat xukmlariga kirmaydi. Musulmonlar Payg`ambarda yuz beradigan bunday ikki holatni bilarmidilar? Albatta bilardilar, masalan, Badr urushi bo`lib o`tadigan joy haqida saxobalardan biri-Hubob ibn Munzir: «Bu Allohdan vahiy bo`lganmi yoki o`zingizning ijtihodingizmi?» deb undan so`raganda, Payg`ambarimiz «O`zimning ijtihodim» deb javob berdilar.
- Gap shunday bo`lsa, menimcha, Badr qudug`i yoniga joylashsak yaxshiroq bo`lardi».
Boshqa musulmonlar ham Hubob ibn Munzirni qo`llagandan keyin, Badr qudug`i yoniga joylashishi uchun ruxsat berildi.
Sunnaning qonun tuzish salohiyati Payg`ambar Qur`onning sharhlovchisi sifatida tashri` qilish vakolatiga ega bo`lgan. Shunga binoan Sunna tashri` (qonun tuzish) bo`yicha ikki asosiy sohani qamrab oladi:
Birinchi soha, Qur`onda zikr etilgan hukmlarni yoritib berishga bog`liq.
Ikkinchi soha, Qur`onda ko`rsatilmagan xukmlarni tashri`i (qonuniy shaklda chiqarish)ga bog`liq bo`ladi.
Birinchi sohada sunna Qur`oni karim oyatlarini tafsir va ta`vil qiladi, mujaml iboralarini izohlaydi, umumiy ma`noga ega bo`lganini xoslashtiradi, mutlaq, qaydu shartsiz oyatlarga qaydu shart qo`yadi. Ba`zi bir misollar: Qur`onda «Namoz o`qinglar» deb nozil qilingan, lekin namozlarning soni, sifati, rak`atlarning soni Payg`ambar tomonidan belgilab va amalda ko`rsatib berilgan. Bu esa mujmal iborani izohlash misolidir.
Umumiy mazmuni xos qilishga misol: Qur`onda meros tizimi umumiy ma`noda kelgan, lekin Payg`ambar meros olish uchun dinbirligi,qotil bo`lmaslik va qul bo`lmaslikni shart qilib qo`yib, uni xoslashtirgan. Masalan, otasini o`ldirgan yoki nohaq yo`l bilan uning o`limiga sabab bo`lgan farzand otasidan meros olish huquqidan maxrum bo`ladi va shu kabilar.
Ikkinchi sohada Sunnaga tegishli bahs: Zarurat chog`ida Qur`onda aytilmagan biron-bir yangi xukmni Sunna belgilab beradi. Bu o`rinda ba`zi xukmlar Payg`ambardan vahiy xafiy (ilhomga o`xshash holat) orqali sodir bo`lgan va ba`zilari uning ijtihodi va shaxsiy fikridan kelib chiqqan. Albattaki, Payg`ambar ijtihod qilishda ham islom ruhi va falsafasini nazarda tutadi.
Bu o`rinda ko`p misollar keltirish mumkin. Masalan, jadda (buvi)ga merosdan oltidan bir xissa berish, nikoh bitimining to`g`ri bo`lishi uchun guvohlar shartligi, badan a`zolari xuni, ya`ni bahosini belgilash, shuningdek urf asosda amal qilingshanda uninng to`g`riligini tasdiqlash.
Hadis ilmi yoki hadisshunoslik
Hadis Sunnaning asosiy qismi, ya`ni Payg`ambarimizdan rivoyat qilingan so`zlarni ifodalaydi. Lekin ba`zi tadqiqotchi olimlar, jumladan, al-Azxar islom universitetining vakili doktor al-Xusayniy Abdumajid Hoshim Sunna, hadis, xabar va asrni bir ma`noda, ya`ni Payg`ambar tomonidan asos solingan yo`l-yo`riq, uning so`zlari, undan sahobalar va tobiindan yetib kelgan barcha rivoyatlarni o`z ichiga oladi deb ta`kidlaydi.
Hadis (arab. - «xabar», «yangilik»), hadislar-Muhammad payg`ambarning (SAV) aytgan so`zlari, qilgan ishlari, ko`rsatmalari to`g`risidagi rivoyatlar.
Ikki qismdan iborat: matn va isnod (aytilgan so`zni aytuvchisiga bog`lash).
Arabiston, ayniqsa, Payg`ambarning shahri deb tan olingan Madina shahrida sahobalar ko`pligi tufayli xadis roviylari ko`p edi va har doim hadislar rivoyat qilinib turardi, Iroq o`lkasida esa sahobalar Hazrat Umar davrida yuborildi va undan keyin siyosiy hadislar va urushlar ko`pligi sababli, Iroq hadis roviylarini yetarli darajada jalb etishga muvaffaq bo`lmadi.
Iroq turli-tuman aqidaviy yo`nalishlar va siyosiy harakatlarning mintaqasi bo`lganligi sababli, cheksiz qarama-qarshiliklar markaziga aylandi. Islomga qarshi guruhlar turli-tuman to`qima hadislarni yaratib, Payg`ambarga nisbatan bera boshlagan edilar. Bundan kelib chiqqan murakkab muammolar hadislarni saralash, ya`ni haqiqiy hadislarni ja`liy (to`qima) hadislardan ajratib olish zaruratini yuzaga keltirdi. Bu maqsadga erishish uchun bir qator usul va qoidalar ishlab chiqilib, ilmul-hadis, ya`ni hadisshunoslik ilmiga asos solindi.
Hadis ilmi ikki turga bo`linadi.
Birinchisi, rivoyatul-hadis Payg`ambardan rivoyat qilingan uning so`zlari, amallari, tasdiqlari, uning axloqi va oliy fazilatlari va boshqa sifatlarini, shuningdek, sahobalar va tobiinga nisbat berilgan narsalarni o`rganadi.
Ikkinchisi, doriyatul-hadis hadis va Sunnani rivoyat qilishda foydalaniladiganusul va qoidalarni o`rganadi.
«Doriyat» so`zi bir narsani tom ma`noda tushunib olishdir. Doriyatul - hadis mustalahul-hadis, usuli-hadis ilmi yoki rivoyatul-xadis ilmining usullari deb ataladi. YA`ni hadisshunoslar rviylar va hadislar matnini o`rganish uchun kelishib olgan qoida va usullardir.
Hadis ilmida, jumladan, qo`yidagi atamalar ishlatiladi:
Sanad: hadis roviylari va tashuvchilari silsilasi.
Matn: hadis mazmunini ifodalovchi iboralar-so`zlar.
Umumiy ma`noda hadislar uch turga-sahih, hasan, zaifga bo`linadi. Sunna va Payg`ambar hadislarini to`plab, ularni ja`li (to`qima) hadislardan ajratib olish bo`yicha vatandosh allomalarimiz Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870) va Imom Muhammad ibn Iso Termiziy (815-892) unutilmas xissa qo`shib, o`zlaridan abadiy va barhayot asarlar qoldirganlar. Masalan, Imom Buxoriyning shoh asari «al-Jomi` as-sahih» Qur`ondan keyin eng mo`tabar va ishonarli kitob sifatida qabul qilingan.
Uchinchi manba: Ijmo`
«Ijmo`»so`zi ittfoq va kelishuv ma`nosida ishlatiladi. Fiqhiy atama sifatida «Ijmo, odillik sifatida va mujtahidlik malakasiga ega bo`lgan bir davr olimlarining muayyan hukmlar bo`yicha kelishuvdan iboratdir».
Ijmo`, Sunnadan keyin fikh-islom huquqshunosligining uchinchi asosiy manbai bo`lib, u orqali belgilangan hukmlarga amal qilish vojib bo`ladi. g`azzoliyning fikricha, ijmo mazhabi masala bo`yicha Muhammad ummatining ittifoqi-kelishuvidir.
Umumiy ma`noda «Islomda huquq” kitobi mualliflari fikricha, ijmo ikki qismga bo`linadi:
Birinchi ijmoul-umma (ummat ijmoi), ya`ni islom jamoasining kelishuvi;
Ikkinchi ijoul-aimma (Imomlar-olimlar ijmoi), ya`ni ummat imomlari bo`lmishfikh ilmining buyuk olimlari kelishuvi.
Ijmoul-ummaga misol, haj ibodati marosimining talablari barcha musulmonlar tomonidan bir xil ijro etilishidir. Olimlar ijmosi ikki xil bo`ladi:
Birinchisi, oyat yoki hadislarni izohlash bo`yicha kelishuv, masalan, vafot etgan kishining zimmasida qolgan qarzlarni marhumdan qolgan molu-mulk (taraka)ni vorislarga bo`lib berishdan oldin qarz egalariga to`lash zarurligi ta`kidlangan oyatlar bo`yicha kelishuv.
Ikkinchisi, huquqiy usul va qoidalar sifatida bir qator mo`jaz va qisqa iboralar majmui bo`yicha kelishuv bo`lib, ularda biron-bir oyat yoki hadisga asoslanganligiga ishora qilinmasa ham, ishonch bilan qabul qilingan.
Masalan, vaqf qiluvchining irodasi shariat hukmi o`rnida turadi, ya`ni o`z mulkini vaqf qiluvchi kishi vaqf qilish bilan shunday doimiy bir mulkka asos soladiki, undan keladigan manfaatlarni ma`lum tashkilotga o`tkazish va undan foydalanish huquqi abadiylashtiriladi, lekin mulkning o`zi saqlanib qoladi va xech kim uni sotish, sotib olish va egalik qilish huquqiga ega bo`lmaydi. Vaqf tizimi islom huquqiga xos bo`lgan huquq tarmoqlaridan biri bo`lib, boshqa xech bir huquqiy tizimda mavjud emas.
Ikkinchi misol: «Az-zarurotu tubihul-mahzurot» (zarurat chog`ida noarvo narsalar ravo bo`ladi). Ushbu zarurat tamoyiliga ko`ra, inson hayoti xatarga tushgan chog`da boshqa oziq-ovqat bo`lmagan taqdirda ta`qiqilangan ovqatlar masalan, cho`chqa go`shti, yoki o`zi o`lgan hayvon go`shtidan iste`mol qilish mumkin.
Ijmo`ni ifodalash va umum e`tiboriga havola etish usuliga qarab, u uch toifaga ajratildi:
1)aniq-ravshan aytilgan ijmo`, ya`ni oshkora muhokama qilish natijasida qabul qilingan umumiy qaror (al-ijmo` al-qavliy);
2)amaliy ijmo`, ya`ni muhokama qilinmagan, lekin bir xil holatlardagi bir xil qarorlar va amallardan kelib chiqadigan qaror (al-ijmo` al-amaliy);
3)aytilmagan, «yashirin» ijmo`, ya`ni muayyan mujtahidning amalda hammaga ma`lum bo`lgan, hech kim e`tiroz bildirmagan qarori (al-ijmo` as-sukutiy).
Shuni ham ta`kidlash kerakki, ijmoni amalga oshirish uchun ijtihod vakolatiga ega bo`lgan kishilarning kelishuvi e`tiborga olinadi, oddiy odamlar, mutakallimlar, muhaddislar va fiqh usullari bo`yicha yetarli darajada olim bo`lmagan kishilarning kelishuvi xech qanday ahamiyatga va e`tiborga ega emas.
To`rtinchi manba: qiyos
Islom huquqining eng tortishuvchi manbalaridan biri Qiyos - analogiya (ilgarigi qarorga qarab qaror chiqarish) bo`yicha huquqiy masalalarni yechish hisoblangan. Qiyos (arab.-taqqoslash) -o`xshashlik bo`yicha fikr yuritish, erkin mushohada yuritish - ar-ra`y turlaridan biri, huquqiy masalalarni oqilona hal qilishning asosiy prinsipi. Qiyos huquqiy atama sifatida xukmi aniq bo`lmagan masalan nass orqali hukmi aniq bo`lgan masala bilan solishtirib, oralarida mushtarak sabab mavjud bo`lgan suratda ikkinchi masala hukmini hukmi aniq bo`lmagan masalaga ko`chirishdan iboratdir. O`shanda ikkinchi masala islom qonuniga muvofiq bo`lsa, birinchi masala ham qonuniy bo`ladi yoki aksincha.
Masalan, xamr (uzum yoki xurmodan tayyorlangan ichkilik) Qur`onda qat`iy harom deb hukm qilingan, ammo aroq va boshqa mevalar yoki o`simliklardan tayyorlangan ichkiliklar haqida nass mavjud bo`lmaganligi sababli uning hukmi (ya`ni halol yoki harom ekanligi) aniq emas edi. qiyos orqali ular orasida mushtarak sabab borligi, ya`ni har ikkalasi ham ichuvchini mast va irodasiz qilish xususiyatiga ega ekanligi ma`lum bo`lgani natijasida, xamrning hukmi, ya`ni harmlik aroqqa ko`chirilib, u ham hamr kabi harom deb hukm qilinadi.
Edvard Saxov fikricha, «ra`y» sahobalar zamonida yuzaga kelib, undan keyin qiyos darajasiga ko`tarilgan bo`lsa, Geld Ziher fikricha, islom fiqhda «ra`y»dan foydalanish hayot jarayonida sud ishlarini yuritish uchun yuzaga kelgan jiddiy zaruratdan kelib chiqib rivojlangan va qiyos shaklini olgan.
Edvard Saxov ta`kidlashicha, ra`yga asoslangan fiqh Abu Hanifadan ilgari taraqqiyot pog`onalariga ko`tarila olmadi. U birinchi bo`lib, boshqa fiqh qoidalari qatorida ushbu fanning qiyos prinsipini ishlab chiqdi.
Shuni ta`kidlash zarurki, uni amalda qo`llash faqihdan katta aql-zakovat va bilim talab qilgan, chunki doim Qur`on matni yoki ma`lum faktni asos qilib olish, ochiq-oydin o`xshashlik bilan qanoatlanish yoki yashirin o`xshashlikni izlash va hokazo usullardan birini tanlashga to`g`ri kelgan. Qiyosga ko`ra, Qur`onda, sunnada yoki ijmo`da o`rnatilgan qoidalar bu huquq manbalarida to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatilmagan ishlarga ham qo`llanishi mumkin bo`lgan. Qiyos nafaqat yangi paydo bo`lgan munosabatlarni tez yechishga imkon yaratgan, balki u shariatni bir qator davrlarda ilohiy aralashuvlardan ozod qilishga xizmat qilgan.
Taqqoslash uchun olingan material bo`yicha qiyos yo Qur`on va Sunna matnlari asosida (shar`iy qiyos), yo yaxshi ma`lum bo`lgan va ishonchli fakt asosida (aqliy qiyos) amalga oshiriladi.
Taqqoslash imkoniyatiga qarab ochiq-oydin qiyos (az-zohir) va yashirin qiyos (al-xafiy) farqlanadi. Taqqoslanayotgan holatlarning o`zaro nisbatiga ko`ra «uzoq» yoki «yaqin», «toraytiruvchi» yoki «kengaytiruvchi» qiyos farqlanadi.
Istehson qiyos ikki turga bo`linadi , ya`ni qiyosi zohir (yoki jaliy) va qiyosi xafiy (yoki istehson) ga bo`linadi. Istehson qiyosi jaliyni tark etib, nass yoki urfga amal qilishdir.
Islom huquqida fatvo ham fiqhga oid qo`shimcha shariat manbai sifatida amal qiladi. Fatvo-islom huquqida mufti yoki ulamolar kengashi tomonidan diniy, huquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masalalarda shariat va fiqh nuqtai nazaridan beriladigan xulosa, qaror, hukm yoki izoh. Fatvo Qur`on, hadislar va shariatga yoki ilgari berilgan fatvolarga asoslanib chiqariladi.
Huquqshunos olimlar eng mashhur fatvo to`plamlari qatoriga al-Marvarrudiy (1069 y. v.e.), Muhammad ibn Rushd (1126 y. v.e.), Umar al-Buxoriy (1141 y. v.e.), al-Hasan Qozixon (1196 y. v.e.), al-Hasan al-Marg`inoniy (1203 y. hayot bo`lgan) va boshqa faqihlar tomonidan tuzilgan to`plamlarni kiritadilar.
Odat-islomdan oldingi huquqiy komplekslarning saqlanib qolgan normalari, shuningdek huquqiy hayotning shariatda o`z aksini topmagan ko`rinishlaridir.
Islom qonunshunoslarining ishlovlarida «odat» tushunchasi «urf» tushunchasi bilan uyg`unlikda qo`llanilgan va uning sinonimi hisoblanadi. Odat huquqi shariat qoidalarining shakllanishiga katta ta`sir ko`rsatgan va huquqning qo`shimcha manbai sifatida qaralgan.
"Urf" deb kishilar o`rganib, odatlanib qolganliklariga asosan qilib kelayotgan ishlariga, so`zlariga aytiladi. Yuqorida ta`kidlaganimizdek, urfni odat deb ham yuritiladi. Ishdagi urfga misol: kishilar oldi-sotdi vaqtida, "oldim", "sotdim" degan lafz –siyg`ani ishlatmay, pulni berib, narsani olib ketaveradilar. Aslida, ikki tomonning rizoligini ifoda etuvchi "oldim-sotdim" siyg`asi ishlatilishi lozim.
So`zdagi urfga misol: odamlar "bola" deganda faqat o`g`il bolani tushunishadi, vaholanki, "bola" lafzi o`g`il va qizga barobar dalolat qiladi. Odamlar "go`sht" degan lafzni baliqqa nisbatan ishlatmay, uni baliq deydilar. Vaholanki, Alloh taolo Nahl surasining 14-oyatida aytadiki:
YA`ni: "U (Alloh) dengizlarni musaxhar qildi (ya`ni, suzib, kemada va boshqa narsalar ila yurishga muyassar qildi), toinki yangi-yangi go`shtdan iste`mol qilinglar, deb".
Bu oyatda baliq go`sht deb aytilgan bo`lsa ham, urfda baliq deyiladi.
Urf kishilarning har xil tabaqalari odatidir. Unga maxsus kishilar bo`lishi lozim emas.
Nihoyat, islom huquqining qo`shimcha manbalari - farmon va qonun haqida ikki og`iz.
1) Farmon – davlat rahbarining buyrug`i yoki farmoyishi.
2) Qonun - davlat hukmdori tomonidan qabul qilinadigan oliy huquqiy hujjat (hozirgi davrda musulmon mamlakatlarining parlamentlari tomonidan qabul qilinadi).
Qonun va farmon avvalo davlat organlari faoliyatini, shuningdek davlat hokimiyatining aholi bilan ma`muriy-huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi normalarni to`ldirgan.
Shunday qilib, musulmon huquqi manbalari o`zining alohida o`rni va ahamiyatiga ega bo`lganligi uchun ham , ular masalanibir vaqtni o`zida ham murakkab, ham sodda tarzda tushuntirib berishga harakat qiladi.

Mavzuga doir huquqiy adabiyotlar va normativ - huquqiy hujjatlar:





Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling