Reja: O'rta ta'lim maktablarining 8-sinf "Ona tili" darsligidagi matnlar asosida so'z birikmalarini o'rgatishga doir dars ishlanmalari tayyorlash
Download 9.1 Kb.
|
Ta\'lim bosqichlarida
Mavzu:Ta'lim bosqichlarida so'z birikmasi sintaksisini o'qitish bo'yicha dars ishlanmalari tayyorlash. Reja: 1.O'rta ta'lim maktablarining 8-sinf "Ona tili" darsligidagi matnlar asosida so'z birikmalarini o'rgatishga doir dars ishlanmalari tayyorlash 2.O'rta ta'lim maktablarining 8-sinf "Ona tili" darsligidagi matnlarning tarkibidagi so'z birikmalarini ajratish. 3.So'z birikmasi va uni o'rgatish darslarida qo'llanadigan grafik organayzerlarga misollar Mustaqil so'zlarning nutqda bog'lanishidan so'z birikmasi hosil bo'ladi. So'z birikmasi bo'lishi uchun: 1.Kamida ikkita mustaqil so'z bo'lishi lozim; 2.Bu so'zlar ma'no jihatdan mos bólishi kerak; 3.Sózlarning biri ikkinchisiga ergashishi, ya'ni tobelanishi zarur; 4.Qóshimcha va yordamchi sózlar mustaqil so'zlarni bog'lashi kerak. Sózlar bog'lanishida oldin kelgan sóz tobe sóz, keyin kelgan sóz hokim sóz deyiladi. Tobe sóz hokim sóz ma'nosini izohlaydi,tóldiradi. Nutqda biri ikkinchisini izohlamaydigan bog'lanishlar ham mavjud: olma va anor; o'qidi va yozdi; Salim, Halim kabi. Berilgan gaplardagi teng bog'lanishli birikuvlarni aniqlang. 1.Dunyodagi eng og'ir yuk hasad yukidir. Chunki hasadchi butun dunyodagi shod va quvnoq odamlarning qayg'ularini o'z ustiga yuklab beradi.(Aristotel) 2.Boy insonlar pulni ko'proq topish hamda jamlashni o'ylasa, kambag'al odamlar uni ko'proq sarflashni o'ylaydi.(Harv Eker) 3.Olimlar orasidagi hasad, ko'rolmaslik jamiyat uchun ofatdir.(T.Malik) So'z birikmasi so'z qo'shilmasi (teng bog'lanish) va qo'shma so'zga o'xshaydi.So'z birikmasi va so'z qo'shilmasi nutqda hosil qilinadi. Qo'shma so'z nutq jarayonigacha mavjud bo'ladi. Shu boisdan u lug'atlarda aks etadi. Berilgan izohlardan madrasa, mohir, me'mor, poydevor, fursat, boqiy, oliy so'zlarining ma'nosini aniqlab, lug'at daftaringizga ko'chiring va eslab qoling: 1.Bino devorlarining asos qismi; 2.Vaqtning zum,damdan keyingi kichik qismlaridan biri; 3.Abadiylikka ega; 4.Eng yuqori; 5.Sharq o'tmishida oliy ma'lumot beruvchi ta'lim muassasasi; 6.Imorat qurilishini loyihalash bo'yicha mutaxassis. Download 9.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling