Reja Oʻzbekiston respublikasi fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi
Download 53.72 Kb.
|
1 2
Bog'liqOʻzbekiston respublikasi fanlar akademiyasining kutubxonasi
Mavzu: Fanlar akademiyasi kutubxonalari Reja Oʻzbekiston respublikasi fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi 2. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasi Oʻzbekiston respublikasi fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi Respublikadagi yirik kutubxonalardan biri. 1933-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston Fan qoʻmitasi tarkibida tashkil etilgan. 1943-yil Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tarkibiga kirgan. 1964-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi kutubxonalari tizimi markazlashtirilib, 24 ta (2005-yilda 27 ta) ilmiy tekshirish intlarining kutubxonalari birlashtirildi. 1983-yildan maxsus qurilgan binoda. Fondida 3,6 mln.dan ortiq asar saqlanadi (2005), shundan 698,2 mingdan ziyod nusxasi chet el nashrlaridir, shuningdek, 70 dan ortiq SDdisk maʼlumotlar bazasiga ega. 20 mingdan ortiq kitobxonga xizmat koʻrsatadi. Kutubxona fondi nodir asarlarga boy: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi birgina Sharqshunoslik instituti kutubxonasida 60 mingga yaqin noyob qoʻlyozmalar bor; fan va texnika sohasidagi nodir qadimiy nashrlar alohida jamlangan [A.P.Fedchenkoning "Qoʻqondan. 1871-yildagi Qoʻqon xonligi boʻylab qilingan sayohatlar haqida" (1871); Klavixoning "1403—1406-yillarda Klavixoning Amir Temur saroyiga Samarqandga qilgan sayohati kundaligi" (1881); Oʻrta Osiyo tadqiqotchisi B.A.Fedchenkoning kutubxonasi katta qimmatga ega], shuningdek Oʻzbekiston olimlarining dissertatsiya va avtoreferatlari ham toʻplangan. Kutubxonaning asosiy vazifasi — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi intlari va boshqalar ilmiy tekshirish muassasalari xodimlarini zarur adabiyot va axborotbibliografiya xizmati bilan taʼminlash. Kutubxona Respublika yagona axborotmaʼlumotnoma fondining aʼzosi, unga tabiiy fanlar boʻyicha depozitariy vazifasi yuklangan, Kutubxonalararo abonement (KAA)ning markazi, kutubxonalarning chet el nashrlari bilan toʻldirishning bosh kutubxonasi hamda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi kutubxonalar tarmogʻining uslubiy markazidir. Kitobxonlar guruhiga yagona kitob fondi yordamida axborotkutubxonachilik xizmati koʻrsatiladi. Kutubxonada quyidagi boʻlimlar bor: rahbariyat, kutubxonashunoslik, kitoblarni toʻplash va kutubxonalararo ularni ayirboshlash; chet el nashrlari, xalqaro kitob ayirboshlash, kitobxonlarga xizmat koʻrsatish, adabiyotlarga ilmiy ishlov berish, ilmiy bibliografiya, kitob fondi va adabiyotlarni saqlash, ilmiyuslubiy ishlar; shuningdek nusxa koʻchirish va koʻpaytirish markazlashgan boʻlimi mavjud. Kutubxona fondi alifboli, tizimli, predmetli, yangi xorijiy kitoblar, chet el vaqtli matbuoti kabi kataloglar tizimi yordamida yoritiladi. Chet el adabiyotlari markazlashgan tartibda sotib olinadi hamda xalqaro kitob ayirboshlash orqali keltiriladi, baʼzi chet el nashrlari mikrofilm tarzida olinadi. Soʻnggi yillarda chet ellardagi 147 hamkorlari bilan kitob almashadi. 1994-yildan kutubxona yangi texnologiyalar bilan jihozlanadi: mahalliy kompyuter tarmogʻi oʻrnatildi; 1995-yildan yangi olingan adabiyotlarning elektron katalogi shakllana boshladi; Avtomatlashtirilgan kutubxona dasturi "IRBIS" oʻrnatildi (1998); Avtomatlashtirilgan Kutubxona modeli va oʻquv markazi ishga tushdi (2000) va boshqalar. Kitobxonlar talabini tez va toʻla qoshshrish maqsadida kutubxona turli xizmat shakllaridan foydalanadi; koʻzgarmalar zalida kitobxonlar yangi olingan adabiyotlar bilan tanishtirib boriladi va zarur axborotlar bilan taʼminlanadi, unda kutubxonaga kelib tushgan mahalliy, chet el nashrlari maʼlum vaqt mobaynida namoyish etiladi. Kutubxonaning oʻquv kurslarida kutubxona xodimlariga metodik yordam berish, yangi texnologiyalarni ish jarayonlariga tatbiq etish, malaka oshirish ishlari muntazam olib boriladi. "Yangi adabiyotlar axborot byulleteni", "Oʻzbekiston olimlari" turkumida biobibliografiya va bibliografik koʻrsatkichlarni nashr etadi. Kutubxona turli tarixiy voqealar, sanalarga bagʻishlab koʻrgazmalar tashkil etadi, adabiyotlar targʻibotining anʼanaviy va noanʼanaviy shakl va uslublarini qoʻllaydi, uyushtirilgan koʻrgazmalar uchun koʻrsatkichlar nashr etadi. Download 53.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling