Buxgalteriya hisobining fan sifatida dastlabki rivojlanishi
Download 146.5 Kb.
|
bozor iqtisodiyotida buxgalteriya hisobi
Buxgalteriya hisobining fan sifatida dastlabki rivojlanishi Buxgalteriya hisobi shu davrga kelib o’zining eng gullab yashnagan davrini boshdan kechira boshladi, ya’ni u fan sifatida shakllana boshladi. Rossiya maktabi. Rus buxgalterlari buxgalteriya hisobi fani rivojiga katta hissa qo’shdilar. XIX asrga Rossiya umidlar bilan kirib bordi. Ulardan bir qismi ruyobga chiqdi, bir qismi esa yo’q. Amalga oshganlar ichida - buxgalteriya hisobi haqidagi sistematik bilimlarni shakllanishi, yangi fanning paydo bo’lishi haqida gapirishga imkon yaratildi. XIX asrning I yarmida Rossiya buxgalteriyasi hayotiga g’oyalar kirib keldi, qaysiki muhokama qilingan yoki qilinadigan ulardan ko’pi hozir ham muxokamada K.I. Arnold, I Axmatov, E.A. Mudrov, F.V. Yezerskiy rus faniga asos soldilar. Arnold Germaniyadan kelgan. Moskvada birinchi buxgalter hisobi o’kituvchisi edi, Axmatov-Peterburg savdo firmasi xizmatchisi, Mudrov-fizika-matematika o’kituvchisi, Yezerskiy -rus notovar buxgalteri bo’lgandi. Buxgalteriya maqsadi Arnold fikricha mulk tarkibidagi o’zgarishlarni sababini ochish edi. Fanni o’rganish predmeti mulkni tushuntirishga, uni ko’payishga va ozayishiga ega bo’lgan buyumlar modomiki ular narx bo’yicha qandaydir qiymatni o’z ichiga oladi. Buxgalter tushuntirish predmeti majburiy munosabatni bir tomonga qoldirib, mulkiy munosabatga olib boradi. Mudrov uqtirib o’tishicha, buxgalteriya hisobi predmeti bo’lib har qanday foyda maqsadiga ega bo’lgan korxona kirishi mumkin. Axmatov ta’kidlashicha, fan predmeti shundan iboratki, har xil ishlash uchun hisoblarni yozish maqsadida, ular orqali esa o’sha narsalarni holatini har doim bilish mumkinligidir. Shunday qilib XIX asrda hisob nazariyasida 2ta yo’nalish ko’rsatiladi: predmet bo’yicha (mulk kapitalni aylanishi, foyda) va metodologik (hisoblar tuzilishi). Buxgalteriyani hisob kategoriyasiga katta ahamiyat berib o’sha davr avtorlari birinchi bor hisobni klassifikatsiya (tabaqalashtirish) qilishga xarakatni boshladilar. Arnold hamma hisobni shaxsiy va shaxssizga bo’ldi. Shaxssizlarni mulkiy (kapital hisobini qo’shgan holda) va natija beruvchi (rezultativ) larga bo’ldi. Axmatov bu masalaga boshqacharoq yondashdi. Mulokat darajasi bo’yicha 3 xil klassifikatsiya qilish uchun 3 ta negiz ajratdi: asosiy (sintetik) va yordamchi (analitik), xo’jalik holati faktlari bo’yicha (tovarlarni shaxsiy - debitor va kreditorlarni chet eldagi hisobotlarni), saldo xarakteri bo’yicha (debet-aktiv va kredit-passiv). Mudrov barcha hisoblarni mulkiy shaxsiy, yordamchilarga bo’ldi, ularga mulkdor mablag’lari va natijalar hisobi tegishlidir. Тovarlar hisobi markazlashgan edi, xuddi moddiy boyliklar hisobi tizimi va moliyaviy natijalarni aks etishiday. Тovar-faqat shu maqsadda sotib olingan har qanday predmetki uni sotib olish va sotish vositasi bilan foyda olishdir. “Qayerda xiralik bilan so’rab olish va xohish bo’lmasa, u yerda tovar so’zini ishlatish mumkin emas”,-deb yozgandi Arnold. U birinchi bo’lib talabchanlik bilan sintetik va analitik hisobni chegaralangan edi. Arnold bosh kitobda bitta sintetik hisob-tovarlarni ochdi. Sanoatda ishlab chiqarish hisobi yangi hayotga o’tdi. Ikkiyoqlama buxgalteriya tizimi savdo va bankdan bu sohaga kirib boradi. Mudrov sanoat hisobini tashkil etishni 2 ta asosiy variantga ajratdi: 1. Kapital va materiallarni alohida hisobi ya’ni umumiy hisob bilan bog’lanmagan ishlab chiqarish va kalkulyatsiya hisoblarini alohida sikllarga ajratish. 2. Ishlab chiqarish hisobi yagona hisob sikliga qg’o’shiladi. U shuningdek, qo’shimcha xarajatlarni tayyor buyumlarni barchasiga proporsional ravishda bo’lishi kerak deb hisoblardi. Хo’jalik hayotini barcha faktlari ikkiyoqlama yozuv metodi bo’yicha, buxgalteriya hisoblarida aks etadi. U aniq hisoblash usuliday qabul qilindi. Axmatov ikkiyoqlama yozuvga ajratishda barcha xo’jalik operatsiyalarini 4 turga, ya’ni balans bilan bog’lanmagan bu klassifikatsiyaga bo’lishni taklif etdi. Хuddi shu turlarga keyinchalik balans nazariyasi asoslangan bo’ladi. 1. Qachon nimadir kiritiladi yoki chiqariladi. (aktiv ichidagi operatsiya) 2. Qachon bir tomondan nimadir keladi va boshqa tomondan hech narsa chiqmaydi (balans valyutasi kattalashi) 3. Qachon hech narsa kelmaydi, ammo nimadir chiqadi (balansni kamayishi) 4. Qachon hech narsa kelmaydi va chiqmaydi (balans passivi ichidagi o’zgarishlar) Mudrovni ushbu postulat avtori deb hisoblash mumkin-yordamchi hisoblar saldosini algebrani summasi, mulkiy hisoblar (ya’ni shaxsiy hisoblar bo’yicha debitor va kreditorlar orasidagi qarzlari ayirmasi bilan qo’shilgan) saldosi summasiga teng. Shuningdek faqat Rossiyada birinchi bor buxgalteriya hisobi tarixini o’rganish boshlandi. Bu xizmat Arnoldoga tegishli edi, u o’zining asarida buxgalteriya hisobi bo’yicha tarixiy ma’lumotlar keltirdi. Bu uning shaxsiy kuzatishlari va zamonaviy fandan olganlari edi. U birinchi uchun usul (metod) -kontrokorrent, ya’ni xo’jalik munosabatlarini qatnashchilarini bir-biri bilan o’zaro hisobotlarini hisobi, o’shandan hisob rivojlanib borgan deb hisoblaydi. F. Yezerskiyga kelsak, bu olimning talanti kupqirralidir. Hayotini ko’p qismini u buxgalteriyaga bag’ishladi. E. Djonsni shaydosi bo’lgani uchun hisobni yangi shaklini taklif etdi, uni ruscha uch miqdori deb atadi. Uch miqdor bu -uch sabab bo’yicha: 1. Uch hisob registrini (xronologik yozuvlar jurnali, Bosh tizimli yozuvlar, balans o’rnini bosuvchi hisoblar va hisobotlar kitobi) ishlatdi. 2. Uch guruhlar to’plami (kirim chiqim qoldiq) bo’yicha qayd qilib bordi. 3. Faqat uchta hisob yuritildi (kassa, boylik, kapital) Avvalo Yezerskiy ikkiyoqlama buxgalteriya kamchiliklari haqida gapirdi. Bunda zarar kirim (debet) deb atalgan, va ortiqchasini kreditga yozdilar. Ikkiyoqlama yozuv debet, kredit va yordamchi hisoblar bilan ko’zlarni bo’yadi, bu aldash va berkitishlar uchun imkoniyat berardi. Balans real faktlardan kelib chiqib emas, balki hisob kitoblari, bosh jurnaldagi yozuvlar asosida tuzilyapti. Moliyaviy natijalarni faqat o’tgan davr uchun inventarizatsiya qilish yo’li bilan olib borish mumkin. Ikkiyoqlama buxgalteriya registrlarida yakunlarni mos kelishi hisobchilik ishlari xatosizligiga hom hayollik yaratadi, biroq bu summalar munosabati bilan bog’langan xatolar bu hisobda emas va shuningdek natural birlikdagi xatolar ikkiyoqlama yozuv mexanizmi orqali ochilmaydi. Uch shaklli hisobda baho uchun qoldiq kitobda ko’rsatilgan sotuv narxi olinadi. Shuning uchun ularni qo’shni grafa (yozuvi) ga solishtirish mumkin, bu narxda qolgan sonlarni ko’paytirish bilan saldo chiqarishga imkon beradi. Тannarx bo’yicha daromaddan qolganini ayrish bilan tekshirish mumkin. Yezerskiy ustama narx hisobi (savdo chegirmasi) foydalanish va sotilganlarni savdo ustamasi va (qo’shimcha) narxlarini uo’tacha % (foiz) topish usullarini taklif qildi. Uch shaklini o’z-o’zini tekshirish deb atadilar, u 19 ta nazorat kattaligiga ega edi, shunday qilib 19 ta ishonch belgilaridir. Ular orqali hamma moddalarni bir-biriga solishtirishga o’z navbatida tekshirish uchun ochib-yopishga qaramay turib, hisobchilik, uning bo’limlari, umuman butun hisobni ishonchliligi haqida xatosiz fikr yuritish mumkin. Ishonchlilik belgilariga boyligi taqdim etilayotgan tizimni shu davrgacha ma’lum bo’lgan tizimlar orasida eng muxim afzalligidir. Хronologik yozuvlarda yakunlar tekshiriladi. Kassa va boyliklar bo’yicha qoldiqlar chiqariladi va qoldiq summalari shu hisob bo’yicha umumiy yakun bilan solishtiriladi. Qoldiqlarni aniqligi jurnaldagi haqiqiy qoldiqlar, pul, tovar va hokazolar tekshiriladi. Hisob tizimiga 8 ta belgilar kiritildi. Ikki xil usuldan teng qoldik olish: a) kirim summasidan yakuniysini ayrish; b) natural birliklarda qoldiqni o’z narxiga ko’paytirish. Barcha qoldiqlar qiymati alohida hisoblarga, jurnaldagi qoldiqlar qiymati bo’yicha olinganda tenglashishi kerak, xarajatlar bo’yicha inventarizatsiya o’tkazilayotganda hisob va haqiqiy qoldiqlar tengligiga yetishish kerak. Qolgan nazorat momentlari balansga tegishli, kirim va chiqim yakunlari, kattasidan kichigini ayirganda xarajatlar bir satrdagi summa qoldigi hisobot davri oxiriga teng bo’lishi kerak. Qoldik aktiv yoki passiv bo’ladi. Aktiv va passiv oralig’idagi farq, kassalar va boyliklar jurnalini kirim va chiqim orasidagi farq summasiga va foyda, zarar hisoblari oy boshiga kapital summasi bilan teng bo’lishi kerak. Тenglik jurnaldagi oylik oborotlarni umumiy yakunlarida va daromad, foyda yoki zarar satrlardagi balansda ko’rinadi. Yezerskiy inventarizatsiyasini yoppasiga bir vaqtda o’tkazish usuli bilan emas balki ketma-ket va doimiy, ya’ni bugun choy va kofe hisobi, ertaga qand va gugurt hisobi, o’tkazilishini taklif qildi. Yezerskiyni novatorlik g’oyasi Yevropada shuhratga sazovor bo’ldi. Nyurleruadagi Buxgalterlar kongresi (1912) Belgiyada rus buxgalteriyasini o’rganishga tavsiya qildi. Mudrov fikrlarini ham novatorlik g’oyalari deb hisoblash mumkin. U analitik hisobni ishlab chiqarilgan mahsulotni hamma turiga emas, balki uchastkalariga (sexlar ustaxonalar) ga ochdi. Тovar-moddiy zaxiralarining xarajatga tegishli bo’lgani: 1) materiallar, 2) maosh. 3) to’lash (amortizatsiya) dir. Qolgan sarflar umumiy deb qaralardi va yilda bir marta (oxirida) bo’limlar bo’yicha berkitilgan aylanma mablag’ning summasiga proporsional ravishda bo’linardi. Natijalar hisobi bo’yicha ko’rsatilardi. Тovarlar (tayyor mahsulot) buning ustiga yil davomida mahsulot faqat natural (son) o’lchamida hisoblanardi. Yil oxiriga shu ustaxonaga tegishli bo’lgan tayyor mahsulot hajmiga qarab to’g’ri va qo’shimcha xarajatlarni bo’lish yo’li bilan kalkulatsiya o’tkaziladi va shunday qilib tannarx aniqlanadi. Тannarx omborning tayyor mahsulotlar hisobi kitobiga kiritiladi. Biroq rus buxgalteriyasida qo’yilgan g’oyalar yangi shakl bo’lib qolishi emas balki, u o’z davridan ancha ilgarilab hisob oldiga qator yangi maqsadlarni qo’ydi. Ularni buxgalteriyaning eski traditsion ya’ni an’anaviy usullari bilan yechib bo’lmas edi. Ulardan 7 ta asosiylarini aytib o’tamiz. 1.Хo’jalik faoliyatini natijalarini xohlagan vaqtda hisob yozuvlari vositasida aniqlash. 2.Faqat sotib olish narxi va tannarx bo’yicha boylikni umumiy bahosini aniqlash. 3.Analitik va sintetik hisoblarni jami birlashishi. 4. Avvaldan berilgan hisobga nazorat summasini mos keltirish yo’li bilan ichki avtomatik nazoratga erishish. 5. Qo’shimcha narx (savdo chegirmasi) hisobini ishlatish- u chakana savdoda cheklarga faqat sotilish qiymatini emas balki qo’shimcha narx foiz, yoki sotib olingan qiymatni yozib qo’yishni taklif etgan, shuningdek u birinchi bo’lib Rossiyada sotilgan savdo qo’shimcha narxlarni o’rtacha foizini topish usullarini taklif etgan. 6.Ketma -ket va doimiy inventarizatsiya o’tkazib turish. 7. I.F. Sherdan ancha avval iqtisodiy tahlilda o’lik nuqtani rolini (axamiyatini) aniqlash. Yezerskiy moliyaviy muomala momentiga tanqidiy qarab uning ahamiyatining aslini (original) tushuntirdi: Men kitob chiqaryapman, men uni birinchi nusxalarini sotayapman, bu hali meni foydam emas, bu mantiqan sarflagan qiymatimni qoplash edi. Download 146.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling