Er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari. Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari. Er va xotin mulkining shartnomaviy tartibi


Download 23.32 Kb.
bet1/8
Sana22.04.2023
Hajmi23.32 Kb.
#1381942
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Mavzu oila


Mavzu: Er va xotinning huquq va majburiyatlari.
Reja:

  1. Er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari.

  2. Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari.

  3. Er va xotin mulkining shartnomaviy tartibi.

  4. Nikoh shartnomasi tuzish tartibi va shartlari.

Tayanch so’z va iboralar: Er-xotinning shaxsiy-nomulkiy huquq va majburiyatlari. Er-xotinning mulkiy munosabatlari. Er-xotinning majburiyatlar bo‘yicha javobgarligi
Er-xotin o‘rtasidagi munosabat qanchalik barqaror bo‘lsa, oila ham shunchalik mustahkam bo‘ladi, bolalarni tarbiyalash ishi to‘g‘ri olib boriladi. Binobarin, mamlakatimizda insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurishda hamda nikoh munosabatlarini tartibga solishda huquqiy normalarning ahamiyati yuqoridir. Qonunda belgilangan qoidalarga binoan tuzilgan nikoh er va xotin uchun huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi, boshqacha qilib aytganda er-xotin munosabatlari vujudga keladi. Nikoh qayd etilgan paytdan boshlab shaxsiy huquqlar er va xotindan har birining subyektiv oila huquqini tashkil etadi hamda faqat oilaviy-huquqiy munosabatda namoyon bo‘ladi. Demak, u faqat shu ma’noda oilaga oid qonun hujjatlari bilan himoya qilinadi. Er-xotinning har biriga tegishli bo‘lgan shaxsiy huquq va majburiyatlar faqat oila huquqi bilan emas, balki huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi. Bunda xotin-qizlar siyosiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqqa ega bo‘lganlaridek, oilada ham barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqlardan foydalanadilar va bab-baravar majburiyatlarga egadirlar. Bu qoida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Er-xotinning qayd etilgan nikohi natijasida vujudga kelgan huquq va majburiyatlari ikki xil ─ shaxsiy va mulkiy bo‘ladi. Shaxsiy huquqlarning ko‘pi er-xotinning nikohi tufayli yuzaga keladigan huquqi kabi, nikohga o‘tgunga qadar ham ularga tegishli bo‘ladi. Masalan, familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va oila-turmush masalalarini hal qilish, mashg‘ulot turi, kasb va turarjoy tanlash huquqlari shular jumlasidandir. Bunday holatlar ularning mehnat va fuqarolik huquqi muomala layoqatining elementi bo‘lib, oila huquqi sohasiga kirmaydi. Nikoh qayd etilgan paytdan boshlab shaxsiy huquqlar er va xotindan har birining subyektiv oila huquqini tashkil etadi hamdafaqat oilaviy-huquqiy munosabatda namoyon bo‘ladi. Demak, u, faqat shu ma’noda oilaga oid qonun hujjatlari bilan himoya qilinadi. Er-xotinning har biriga tegishli bo‘lgan shaxsiy huquq va majburiyatlar faqat oila huquqi bilangina emas, balki huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi. Fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 20-100-moddasiga muvofiq himoya qilinadi.
Oilaviy munosabatlarda er-xotinning shaxsiy huquqlari mulkiy huquqlariga nisbatan ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, ularning hajmi, mazmuni, xarakteri er va xotinning oilaviy huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi sifatidagi huquqiy holatini belgilab beradi.
Oilada er va xotinning teng huquqliligi. Konstitutsiyaning 18-moddasiga asoslangan va tenglik tamoyilidan kelib chiqib, Oila kodeksining 19-moddasida oilada er va xotinning teng huquqliligi belgilab qo‘yilgan. Barcha huquqiy munosabatlarda er-xotin huquqning teng subyekti hisoblanib, ularga bab-baravar huquqlar beriladi va tegishli majburiyatlar ham yuklanadi. Bu tamoyil to‘la amalga oshiriladi va moddiy ta’minlangan. Er-xotin mulkiy huquqqa tegishli bo‘lmagan shaxsiy huquqlariga oid barcha masalalarni birgalikda hal qiladilar. Ular oilada hamma shaxsiy huquqlarda tengdirlar.
Amaldagi qonunlar turmushga chiqqan ayolni muomala layoqatini hech qanday cheklamaydi, uni eriga bo‘ysundirib, qaram qilib ham qo‘ymaydi. Barcha huquqiy munosabatlarda er-xotin huquqning teng subyekti hisoblanib, ularga bab-baravar huquqlar beriladi va tegishli majburiyatlar ham yuklanadi. O‘zbekistonda er va xotin rasmiy jihatdangina emas, balki oilada ham teng huquqqa egadir. Oila huquqiga asosan, er-xotin umumiy xo‘jalik ishlarini birgalikda, o‘zaro hamjihatlik asosida olib boradilar. Ular bir-birlariga ma’naviy yordam berib, ko‘makdosh bo‘lib yashaydilar, hamma masalalarni bamaslahat hal qiladilar. Biroq er-xotindan birining shaxsiy huquqini amalga oshirishga muntazam xalaqit berish (masalan, erning yoki xotinning mashg‘ulot turi, kasb tanlashiga ), shaxsiy huquqlarni amalga oshirishni suiiste’mol qilish, oila manfaatlariga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar nikohdan ajralishga olib kelishi mumkin.
Familiya tanlash huquqi er-xotining muhimshaxsiy huquqlaridan hisoblanadi.
Oila kodeksining 20-moddasiga binoan, “Nikoh tuzish vaqtida er va xotin o‘z xohishi bilan eri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha bo‘lgan o‘z familiyasini saqlab qoladi.
Er va xotindan birining o‘z familiyasini o‘zgartirishi boshqasining ham familiyasi o‘zgarishiga olib kelmaydi”.
Keyinchalik familiyani o‘zgartirishga faqat umumiy asoslarda, qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi. o‘zlarining nikohga qadar bo‘lgan familiyalarida qolgan bo‘lsalar, keyinchalik esa ular eri yoki xotinining familiyasiga o‘tishni xohlasalar, bu masala qonunda belgilangan tartibda -fuqarolarning familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirish tartibida hal qilinadi.
Nikohga o‘tuvchilarga ularning familiya tanlash huquqlarini tushuntirib berish nikohni qayd etuvchi mansabdor shaxsning majburiyati hisoblanadi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibiga kirgan davlatlar qonunchilik tajribasida er-xotinlar qo‘sh familiyada, ya’ni er va xotinning familiyasida bo‘lishi amaliyoti ham bor. Biroq Respublika hududida nikohni qayd etuvchi fuqarolar er-xotinning qo‘sh familiyasini umumiy familiya qilib tanlab olmaydilar, chunki amaldagi qonunda bunday qoida mavjud emas.

Download 23.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling