Asosiy vositalar- binolar, inshoatlar, mashina va mexanizmlar, transport vositalari, kompyuter texnikasi, mebel va boshqalar.
Nomoddiy aktivlar – litsensiya, patent, savdo markasi, tovar belgisi, gudvil, mualliflik huquqi va boshqalar.
Moliyaviy investitsiyalar - sotib olingan qimmatli qog‘ozlar, berilgan kredit va qarzlar, kiritilgan pay va badallar.
Kapital investitsiyalar - tugallanmagan qurilishlarga, harakatdagi asosiy vositalarni kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga sarflangan, shuningdek yangi uzoq muddatli aktivlarni sotib olishga kiritilgan mablag‘lar, sotib olingan, lekin o‘rnatilmagan jihozlar.
2.Qisqa muddatli aktivlar – 1 yilgacha muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo‘ladigan mablag‘lar:
Ishlab chiqarish zaxiralari – xom-ashyo va materiallar, yoqilg‘i, tara va tara materiallari, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, xo‘jalik inventarlari, boquvdagi va o‘stirishdagi yosh mollar.
Tugallanmagan ishlab chiqarish harajatlari – tayyor holga yetmagan mahsulotlarlarga to‘g‘ri keladigan harajatlar, yarim mahsulotlar.
Tayyor mahsulotlar – omborlarga qabul qilingan tayyor buyumlar.
Tovarlar - magazin va omborlarda saqlanayotgan iste’mol buyumlari.
Kelgusi davr harajatlari - hisobot yilida kelgusi davrlar uchun qilingan harajatlar, masalan obuna to‘lovlari, ijara to‘lovlari.
Muddati uzaytirilgan harajatlar - hisobot yilida kelgusi davrda hisobiga to‘langan soliqlar va boshqa harajatlar.
Pul mablag‘lari – kassadagi, yo‘ldagi va banklardagi milliy va chet el valyutalari.
Pul ekvivalentlari – pulli cheklar, yo‘llanmalar, chiptalar, talonlar, markalar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |