Reja: O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyaviy sudi


Download 21.65 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi21.65 Kb.
#1513898
Bog'liq
Iqtisodiy sudlar tizmi


Iqtisodiy sudlar tizmi.
Reja:
1.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY SUDI.
2.IQTISODIY SUD TUSHUNCHASI.
3.IQTISODIY TIZIM

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;harbiy sudlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudi
fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari;
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari;
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari;
tumanlararo ma’muriy sudlari faoliyat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
Sudьyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudьyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.
Sudьyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudьyalik vazifasidan qonunda ko‘rsatilgan asoslar bo‘lgandagina ozod etilishi mumkin.
ularni qonunda belgilangan tartibda sudьyalikka saylash, tayinlash va sudьyalikdan ozod qilish;
ularning daxlsizligi;
odil sudlovni amalga oshirishdagi qat’iy taomil;
qaror chiqarish chog‘ida sudьyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi;
sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga aralashganlik, sudьyalar daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;
sudьyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot berish.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 21 fevral kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Unga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari tegishli iqtisodiy sudlar etib o‘zgartirildi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Bunda, mamlakatning iqtisodiy salohiyati va tadbirkorlik sub’ektlarining ortib borishini hisobga olgan holda tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlar tizimi yaratilmoqda. 2017 yil 1 iyun kuniga qadar, ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etiladi.

Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarini tashkil etish zarurati xo‘jalik sudlarining faqat viloyat darajasida faoliyat ko‘rsatganligi bilan bog‘liqdir. Ayrim tumanlar sud binosidan uzoq masofada joylashganligi sababli tadbirkorlar da’vo arizasini bergan paytdan nizo sudda ko‘rib chiqilguniga qadar viloyat markaziga bir necha marotaba qatnashga majbur bo‘layotgan edi. Bu esa ularning moddiy xarajat va ortiqcha vaqt sarflashlariga sabab bo‘layotgan edi.



Umuman olganda, tashkil etiladigan ma’muriy va iqtisodiy sudlar joylashuvi uzoq hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarning, shu jumladan tadbirkorlarning sud himoyasiga erishish darajasini oshiradi.
Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga bir qator dolzarb qonunlar kiritilgan. Ular orasida “Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun ham bor.
Mazkur hujjat biznes yuritishni yengillashtirish va Oʻzbekistonda uni rivojlantirish uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bu jarayonda ayniqsa, iqtisodiy sudlar faoliyati va jarayonini soddalashtirish nazarda tutilmoqda.
Sud amaliyoti tahlili shuni koʻrsatadiki, 100 ta holatdan 6 tasida sud muhokamasi qoldirilmoqda. Bunday holatlarning 50 foizi taraflardan birining sud majlisiga kelmasligi va sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻsha taraf tegishli tarzda xabardor qilinganini tasdiqlovchi dalillar boʻlmagani sabab boʻlyapti.
Qonunga koʻra, Iqtisodiy protsessual kodeksining 171-moddasiga koʻzda tutilmagan sabablar va favqulodda holatlar mavjud boʻlganda sud muhokamasini qoldirish mumkinligini nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan. Shuningdek, sud muhokamasini 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatga qoldirish mumkinligi, qoldirish va tanaffuslar miqdori esa 3 martadan ortiq boʻlmasligi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, iqtisodiy sudda nizolarni hal qilish usuli sifatida sudgacha majlis oʻtkazish imkonini beruvchi tartib joriy etilishi va bunda sud muhokamasining jadvalini aniqlash, kelishuv bitimi yoki nizolarni hal qilishning muqobil usullarini tuzish ehtimolini aniqlash, ushbu nizoning sudga taalluqliligi masalasini va boshqa protsessual masalalarni aniqlash nazarda tutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yildagi 24 iyuldagi PF-6034-sonli farmonida 2021 yil boshidan sud tizimini takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qancha muhim tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar belgilandi.
Jumladan, viloyat darajasidagi fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy sudlar birlashtirilib, ularning negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda yagona umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etish nazarda tutildi.
Bu bilan viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning ham salohiyati, ham mavqei oshiriladigan bo‘ldi. O‘z o‘rnida bu ilg‘or xorijiy amaliyotga moslashish yo‘lida bir qadam. Masalan, Fransiya, Italiya, Kanada, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Belarus va boshqalarda o‘rta bo‘g‘in umumyurisdiksiya sudlari fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha yagona sud sifatida faoliyat yuritishini ko‘rish mumkin.
Yangi tashkil etiladigan umumyurisdiksiya sudlarida ishlaydigan sudyalar sonining oshirilishi sudda ishlarni sifatli va samarali ko‘rish mexanizmini vujudga keltiradi.
Ma’muriy sudlar faoliyati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan mahalliy hokimliklarning faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, ularning noqonuniy qarorlarini bekor qilish orqali fuqaro va tadbirkorlarning huquqlarini o‘z vaqtida hamda samarali tiklashga qaratilgan bo‘lib, O‘z tabiatiga ko‘ra jinoyat ishlariga o‘xshagan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkazilishi ma’muriy sudlarda ish yuklamalarini sezilarli ravishda kamaytiradi.
Farmon bilan ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘rishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlar tashkil etilishi belgilandi.
Farmonda yana bir muhim masalaga o‘rin ajratilgan. Bu ham bo‘lsa, sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rish chog‘ida ishni sud majlisida ko‘rishdan avval, inson huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va taraflarning tortishuvchanlik tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida dastlabki eshituv instituti joriy etilmoqda.
Shuningdek, farmonga ko‘ra, prokuror sud jarayonida ayblovdan voz kechgan taqdirda, reabilitasiya asoslariga ko‘ra jinoyat ishini tugatish mumkin bo‘ladi. Prokuror tomonidan taraflar murojaati mavjud bo‘lgan holdagina, suddan ishni o‘rganish uchun chaqirib olinadi. Prokurorning fuqarolik va iqtisodiy ishlarning ko‘rilishida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi chegaralanadi. Joriy etilayotgan tartib, prokuratura va sud orasidagi huquqiy-prosessual munosabatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga hamda jinoyat prosessi ishtirokchilari vakolatlarining o‘zaro muvozanatini ta’minlashga xizmat qiladi.
Farmonda xalqaro tajribaga tayangan holda ishni nazorat tartibida ko‘rish institutiga barham berish masalasi qo‘yilgan. Xususan, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining qarorlarini viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning birinchi instansiya sudi sifatida chiqargan qarorlarini esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari tomonidan apellyasiya tartibida qayta ko‘rib chiqish, apellyasiya tartibida ko‘rib chiqilgan sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari tomonidan kassasiya tartibida qayta ko‘rib chiqish nazarda tutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari tomonidan kassasiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning o‘rinbosarlari protestiga ko‘ra kassasiya tartibida takroran ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi. Bunday tartibning belgilanishi so‘zsiz sud ishlarining ochiqligi, adolatliligi va qonuniyligi uchun xizmat qiladi.
Yana bir muhim masala, sudyalar va sud xodimlarining moddiy ta’minoti 2021 yil 1 yanvardan boshlab to‘liq Davlat byudjetiga o‘tkazilishi va ularning ish haqi oshirilishi belgilangan bo‘lib, bu albatta sudyalarning va sud xodimlarining mustaqilligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Hozirgi paytda sudyalar va sud xodimlarining moddiy ta’minoti byudjetdan tashqari Sud hokimiyati organlari faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi va byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Amaldagi tartib sudyalar tomonidan ishlarni mustaqil va xolis ko‘rib chiqilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, xalqaro standartlarga ham javob bermaydi.
Farmonda sudyalar va sudyalikka da’vogarlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga ham e’tibor qaratilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy malaka hay’atining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalari malaka hay’atlarining qarorlari ustidan Sudyalar oliy kengashiga shikoyat qilish huquqini berish nazarda tutilgan. Qonunchilikda bunday normaning bo‘lishi sud kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yishda adolatlilik va shaffoflik prinsiplarini ta’minlaydi.
Sud tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan yana bir qator masalalar jumlasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boshqarmasining, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tuzilmalarida matbuot xizmatlarining tashkil etilishi odil sudlov faoliyatining ochiqligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur farmon bilan kiritilayotgan yangi tartib sud tizimidagi muammo va kamchiliklarni, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga, sud qarorlarini qayta ko‘rishning bir-birini takrorlovchi bosqichlarini bekor qilishga, tomonlarga sudda teng imkoniyatlar darajasida ishtirok etish vakolatini ta’minlashga, investorlar huquqlarining ishonchli sud himoyasida bo‘lishiga erishishga, shuningdek, sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga, ochiqlik va shaffoflikka xizmat qiladi.
IQTISODIY TIZIM – iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol jarayonida paydo bo’ladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo bo’lgan yoki joriy etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yo’li bilan mustahkamlangan normalar majmui. Iqtisodiy tizim doirasida iqtisodiyot sub’yektlari, ishlab chiqarish omillari o’zaro munosabatga kirishadilar va bu munosabatlar ma’lum qonun-qoidalarga binoan boshqariladi. Iqtisodiy tizim faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir kator vositalar yordamida tashkil qilinadi. Iqtisodiy tizim masalasiga qarashlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Jahon iqtisodiy adabiyotlarida xo’jalik-iqtisodiy tizimlarni ishlab chiqarish vositalariga egalik shakli va iqtisodiy faoliyat muvofiqlashtirish va boshqarish usuliga ko’ra tasniflash ko’proq tarqalgan. 21-asr boshlaridagi qarashlarda Iqtisodiy tizimni baholashda moddiy-ashyoviy va ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar birgalikda qo’llaniladi, Iqtisodiy tizimning eng muhim bir qator belgilari ta’riflanadi. Ularga jamiyatdagi iqtisodiy resurslar tavsifi; texnika va texnologiya darajasi; ishlab chiqarish xarakteri; yaratilgan mahsulot va xizmatlar tarkibi; iqtisodiy munosabatlar tabiati; iqtisodiyotni boshqarish usuli; iqtisodiy siyosat mazmuni kiradi. Turli qarashlarda insoniyat jamiyati tarixida 3,5 va hatto 7 ta Iqtisodiy tizim bo’lganligi qayd etiladi. Ortodoksal, ya’ni marksistik nazariya Iqtisodiy tizimni tavsiflashda ijtimoiy-sinfiy jihatdan yondashadi. Mulkchilik shakli, ekspluatatsiyaning borligi yoki yo’qligi, sinflarning iqtisodiyotdagi mavqei bosh mezon qilib olinadi. Ularga tayangan holda Iqtisodiy tizim ishlab chikarish usuli deb ataladi. Marksizmga ko’ra, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm kabi Iqtisodiy tizimlar bor, ularning biri-ikkinchisiga o’rin bo’shatib beradi, ular ketma-ket o’rin almashadi, eng mukammal va so’nggi Iqtisodiy tizim kommunizm deb ataladi. Marksizmga muqobil ta’limotlarda Iqtisodiy tizimga texnologik va ishlab chiqarishning xarakteri, ishlab chiqarishning industriyalashuvi jihatidan qaralgan va baho berilgan.
Download 21.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling