13-Mavzu: Institutsionalizm yo’nalishini mohiyati va axamiyati Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar


Download 317.5 Kb.
bet1/19
Sana27.02.2023
Hajmi317.5 Kb.
#1234970
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
13-mavzu




13-Mavzu: Institutsionalizm yo’nalishini mohiyati va axamiyati
1.Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar
Menger, Jevon, Valras va Marshallar taqsimot va qiymat nazariyasiga doir tahlillarni amalga oshira boshlashgan davrlarda ham ortodoks (umumiy hamma qabul qilgan) klassik nazariyasi nemis anti-ijtimoiy yozuvchilari tomonidan tanqid qilinar edi. Ushbu yozuvchilar qarashlarida ko’zga ko’rinadigan farqlar mavjud bo’lib nemis tarixiy maktablariga misol bo’lish uchun ularning umumiy jihatlari ko’p edi. Germaniyada bu maktablar ta’siri 1840 yillardan boshlandi va yigirmanchi asrgacha davom etdi. Ba’zi tarixchilar nuqtai nazarlari xilma hilligi sababli buni Germaniyada muammolar o’zgarishining katta ta’siri deb atashdi. Avvalgi va keyingi yozuvchilar o’rtasidagi ortodoksal nazariyaga qarshiliklarni inobatga olib eski va yangi tarixiy maktablarga taqsimlashdi.
Tarixiy metodni qo’llab quvvatlovchi inglizlarni alohida bog’langan guruhini shakllantirishmadi va shu sababli uni ingliz tarixiy maktabi deyish nojoiz bo’ldi. Ushbu ingliz va nemis yozuvchilari ma’lum neoklassik iqtisodiyotga ko’rsatgan ta’sirlari uchun diqqatimizga sazovor bo’lishdi, ayniqsa Alfred Marshall. U Germaniya va Qo’shma Shtatlar iqtisodiy nazariyasi va siyosati yuksalishiga ham sezilarli hissa qo’shdi, sababi Germaniyada ko’plab amerikalik iqtisodchilar ta’lim olishgan edi.
Eski tarixiy maktab
Eski tarixiy maktabning ko’zga ko’ringan vakillari Fridrix List (1789-1846), Vilgelm Rosher (1817-1892), Bruno Gildebrand (1812-1878) va Karl Niyes (1821-1898) lardir. Ular klassik iqtisodiy nazariyasi barcha davrlar va madaniyatlarga mos kelmasligini isbotlashdi. Smit, Rikardo va J.S.Milning Angliya iqtisodiyotini industriallashtirish xulosalari qishloq xo’jaligiga asoslangan bo’lib Germaniya uchun mos emas edi. Bu yozuvchilarning ishlarida milliy his tuyg’u kuchli edi. Bundan tashqari ular iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar tarixan metodologiyaga va klassik nazariyaga asoslangan bo’lishi kerak degan g’oyalarni ilgari surishgan. Rikardo va uning izdoshlari fizika faniga ko’r ko’rona ergashib xatoga yo’l qo’ygan deb qat’iy turib olishgan. Ushbu maktabning vazminroq a’zolari esa nazariy-induktiv ta’limot va tarixiy-induktiv ta’limot bir vaqtda o’rinli ekanligini e’tirof etishadi, lekin qolganlar, ayniqsa Niyes abstrakt nazariyaning har qanday qo’llaniishiga qarshi bo’lgan.
Klassik nazaryachilar aralashmaslikning tabiatidan kelib chiqib naf berishiga ishonishsa, List esa Germaniya va Fransiya uchun davlat nazorati muhim ekanligini muhokama qiladi. U sanoat holatidan kelib chiqib berilgan erkin savdo Angliyaga manfaatli bo’lgan bo’lsada, cheklovlar va narx navo nazorati Germaniy va Amerika uchun muhim bo’ldi. U 1825-1830 yillarni Amerikada o’tkazdi, o’n yillar o’tib o’z malakalarini Siyosiy iqtisodiyotning milliy tuzilishi (1841) nomli kitobida bayon etdi. Uning tanqidiy qarashlari Amerikada shunchalar iliq kutib olindiki, uni Amerika tanqidchilari otasi deb ham atashadi.
Ushbu iqtisodchilar tomonidan himoya qilingan tarixiy nazariya nima edi? Ularning ishlari iqtisodiyotning asosiy vazifasi iqtisodiyotning o’sishi va rivojlanishini boshqaradigan qonunlar yaratishdan iborat. Listning hisoblashicha o’rtacha ahvoldagi hududning iqtisodiy o’sishi besh bosqichda boradi: ko’chmanchi hayot; cho’ponlik hayoti; agroxo’jalik; agroxo’jalik va ishlab chiqarish; agroxo’jalik va savdo. Gildebrand esa iqtisodiy o’sish bosqichlarini (bu yerda mol ayirboshlash, pul va kreditga bog’liq uchta iqtisodiy bosqich o’rin olgan) tushunish kaliti o’zgarishlar sharoitidan kelib chiqishini tasdiqlaydi. O’sish darajalarini tavsiflash albatta bir qancha abstrakt nazariyalar-ni o’z ichiga oladi. Shunga qaramasdan yozuvchilar iqtisodiy o’sishning tahlillarini qo’llab quvvatlovchi kattagina miqdordagi tarixiy va statistik ma’lumotlar to’plashgan. Hozirgi kunga kelib Rostov (1916- ) iqtisodiy rivojlanish nazariyasining darajalarini tarixiy maktablar an’analariga ko’ra yuksaltirdi1. Kutilganidek uning kitobi iqtisodchilarning o’zlaridan ko’ra boshqa ijtimoiy tadqiqotchilar tomonida yaxshiroq kutib olindi.

Download 317.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling