13-Mavzu: Institutsionalizm yo’nalishini mohiyati va axamiyati Institutsionalizmning kelib chiqishi va undagi yangi rahnamolar
Download 317.5 Kb.
|
13-mavzu
Bekorchilar sinfi
Rasmiy sanoat bo’linishi Veblen tabiri bilan aytgan bekorchi qatlamga ham tegishli edi. 1989-yilda Veblen o’zining eng ommalashgan kitobi “Bekorchi sinf nazariyasi”ni nashr ettirdi. U o’z davrining ko’plab ilg’or fikrli kishilarning sevimli kitobiga aylandi. Bu yerda u quyidagilarni muhokama qilish uchun boshlang’ich tabaqalashtirishni qo’lladi: ko’zga koringan iste’mol, isrofgarchilik, moliyaviy musobaqa va moddiy madaniyat ramzi sifatidagi kiyim. Bunda u quyi rivojlangan madaniyatlar haqida mulohaza qildi: insonlarning yoki qabilaning talonchilik qudrati o’z boshliqlariga hurmatli maqom berib yuqori ehtirom etiladi. Zamonaviy industrial iqtisodiyotda esa bu ta’magirchili kuchi jamiyatning kam sonli a’zolari qo’lida ko’p foyda to’planishida o’zini ko’rsatadi. Bu odatda tan olinmasada, bizning madaniyatimiz ularning paydo bo’lishi uchun bir qancha mexanizm (qurilma, tizim)lar bilan ta’min-laydi. Chunki moliyaviy bellashuvda boylik to’plash kuchli mativ hisoblanib u jamiyat orasida tezda yoyiladi. Biz harid qilayotgan buyumlar bizning talonchilik qobili-yatlarimizni yaqqol ko’rsatadi. Uy-joy, avtomobil va ayniqsa kiyimlarimiz bizning talonchilik qatoridagi o’rnimizni belgilov-chi aniq nishondir. Agarda er moliyaviy ishlar bilan band bo’lsa oila boyligini ko’rsatishni ayol o’z zimmasiga oladi. Buni u kiyinish va turli buyumlarda ko’rsatganidek, bir qancha xizmatkorlar ham moliyaviy ta’minlanganlikning yorqin namu-nasidir. Ishlamaydigan tabaqa katta foyda ko’ruvchi sinf bo’lganligidan qanday ish qilsalar ham moliyaviy jabhada bo’lardi, mulkchilikning yo’qligi maqullanardi, lekin biror ish qilinishi kerak bo’lsa yuqori menejment, moliya va bankchilik rasmiy ravishda maqullanar edi. Huquqshunoslik yaxshi kasb chunki “huquqshunos qallob talonchining barcha ishlari tafsilotlaridan bohabar bo’ladi”6. Bizning ishdan tashqari harakatlarimiz Veblen aytganidek, madaniyatdagi faxrli martabani egallash uchun bo’lgan ishtiyoqimizga ta’sir etadi. Injiner, kashfiyotchi kabi bir qancha odamlar texnalogik ishlarda bo’lishiga qaramasdan, Veblen qayd etganidek, amerikalik biznes odamlari kvantizm (barcha narsa xudodan deb ishonuvchi ta’limot) ruhini “kelishuv, ogohlantirish, mahfiy bitishuv, asossiz ayblash”7 kabi namoyish etadi. Lekin biznes odamlari foyda olib bo’lmaydigan texnalogik jamiyatdan naf ko’rishardi. Uning qayd etishicha, “samimiy lekin yaxshi aytilgan amerikancha ibora bor “Ovoz chiqarmagan to’ng’iz cho’chqaning ham ovqatini yeydi”8. Veblenning fikricha ilmiy va fan doirasida o’qitilish odamni tadbirkorlikdan uzoqlashtiradi, amaliyotdagi tajriba bilimlar ortidan quvish bilan teng bo’lmaydi. Talabalardan to akademik ma’mu-riyatgacha boshqaruvchi universitet prezidentlarini “bilimlar sardori” deb ataydi. Ularning sobiq bilimdonlar ekanligini hisobga olib, Veblen ularni madaniyatimiz oliyaviy qiymatlari qurboni bo’lgan va o’z yo’llaridan adashganlar deydi. Biznes-dagi o’z vazifadoshlari kabi ular ham o’rta va oxirini unutib qo’yganlar. Univer-sitetlar boshqa hamkasblar singari bir birlari bilan resurslarni sovurishda poyga o’ynaydilar. Prezident va doimiy xodimlar yangi binolar, maydonlar va yer mulk qurishga ta’lim tizimi va dasturlaridan ko’ra ko’proq qiziqadilar. Mablag’lar atletika, qonun, biznes maktablariga va universitetga ham jamiyatga ham foydasi tegmaydigan rasmiy, norasmiy dabdabali tantanalarga sarflanadi. Veblen jamoa-viy huquqlari yo’q va “vatan yigiti” bo’lishga intilayot-gan “oyliklari odamlar oladigan maosh bo’lmagan” “professorlarni” oqlamaydi. Fakultetlarni nazorat qilish uchun prezidentlar “hukmga qat’iy amal qiluvchi va vafodor”9 dekanlar va boshqa vazifalarni joriy etdi. Universitetlarga bilim maskanlari maqomini qayta-rish uchun Veblen prezidentlikni va doimiy xodimlar boshqaruvini tugatishni taklif etadi. Ushbu satirik ko’rinishdagi gaplari bilan u qanchalik jiddiy yondosh-ganligini aytish qiyin, lekin buning amalga oshishi qiyin kechishini aytib o’tgan edi. Download 317.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling