Reja: O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari


Download 27.73 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi27.73 Kb.
#1731789
Bog'liq
6.mavzu


6-mavzu. Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, bozor munosabatlarining shakllanishi.
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning
yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.
2. Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.
3. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo‘nalishlari.
4. Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi.
5. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi va uni O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari.

Tayanch so‘z va iboralar:. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlari. Bozor infratuzilmasi, xususiylashtirish, kichik va о‘rta biznes, tadbirkorlik, agrar islohotlar, sanoat, mashinasozlik sanoati.


Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2016.
2. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. −Т.: Ўзбекистон, 2017.
3. Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. – Т.: Ўзбекистон,
1992.
4. Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли. –Т.: Ўзбекистон, 1993.
5. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. –T.: O‘zbеkiston, 2009.
6. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 1992; ...
7. Jo‘raev N. O‘zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. –
To‘ldirilgan, qayta nashr. –T.: G‘afur G‘ulom, 2009.
8. Shamsutdinov R. Mo‘minov X. O‘zbеkiston tarixi. –T.: Akademnashr, 2019.
9. Ўзбекистон мустақиллик йилларида. – Т.: Ўзбекистон, 1996.
10. O‘zbеkiston tarixi G‘ R.H. Murtazayеva umumiy tahriri ostida. – T.: Yangi asr avlodi,
2005.
11. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Учинчи китоб. Мустақил Ўзбекистон тарихи. – Т.:
Шарқ, 2000.

Ma’lumki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘ta murakkab edi. Iqtisodiy tanglikdan taraqqiyot yo‘liga chiqarish uchun, mamlakat iqtisodiy tizimini yangilash kerak edi. Vaziyat eski mustabid


tuzumning rejalashtirilgan iqtisodiyotidan voz kechishni va uning orniga yangi bozor iqtisodiyotiga o‘tishni taqozo etdi.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, dunyodagi barcha mamlakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi mumkin emas.
Har bir davlat o‘zining tarixiy taraqqiyot an’analari, milliy o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, o‘z yo‘li, o‘z modelini ishlab chiqishi lozim. O‘zbekiston ham ana shu umumiy dastur va umumiy qonuniyat mezonlari asosida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishga imkoniyat beradigan o‘z yo‘lini tanlab oldi.
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘liga doir Islom
Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil:
1. Iqtisodning siyosatdan ustunligi, uni mafkuradan holi etish.
2. Davlat bosh islohotchi va iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori.
3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning tengligi.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, izchil ravishda o‘tish kabilar
asos qilib olindi.
Ushbu tamoyillar asosida O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Bu barcha tamoyillar demokratik va iqtisodiy qayta o‘zgartishlar jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etib, hayot sinovidan o‘tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning XIV sessiyasida (1999 yil 14 aprel) kuyidagi oltita ustuvor yo‘nalish bilan to‘ldirildi:
1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.
2. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish.
3. Kadrlar masalasi.
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash.
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz yaxlitligini ta’minlash.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti O‘zbekiston davlat suverenitetining iqtisodiy asosi bo‘lib qoldi. Bu yo‘lni shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning qo‘yidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
 ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini bosqichma – bosqich shakllantirish, milliy boyliklarning o‘sishini, kishilar turmushi va faoliyati
uchun munosib sharoitni ta’minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim yaratish; ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, kishining mulkdan begonalashuvini bartaraf etish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama o‘sishi uchun asos bo‘ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash;
 korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo‘jalik ishlariga davlatning to‘g‘ridan – to‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni boshqaruvning ma’muriy – buyruqbozlik usullarini yo‘q qilish, iqtisodiy vositalar va rag‘batlantirishlarni keng qo‘llash;
 moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni, raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyot tizimiga kirib borishini ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;
 iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;
 jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish;
 kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini qo‘llash sohalari va
shakllarini o‘zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish.
Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy islohotlarning asosiy va muhim tomonlari aniq belgilab olindi. Eng avvalo, birmuncha o‘tkir ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni yaqin vaqtlar ichida hal etishga yordam beradigan asosiy tarmoqlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi:
 mulkiy islohotlar;
 institutsional va moliya – kredit islohotlari;
 agrar islohotlar;
 tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari;
 ijtimoiy sohadagi islohotlar.
Bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki davridan respublika hukumati va Prezidenti tomonidan bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, davlat pensiya ta’minoti, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash haqida va boshqa shu kabi respublika qonunlari, hukumat qarorlari va Prezident farmonlari qabul qilindi.
Iqtisodiy islohotlarni boshqarish tizimining barpo etilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi. Iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik maqsadi, avvalo, kishilar turmushi va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan, kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizimni barpo etishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish davrining birinchi bosqichi mustaqillik kunidan milliy valyutani muomalaga kiritishgacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga
oladi. Birinchi bosqichda ikkita asosiy vazifa hal qilindi. Birinchidan, ma’muriy- buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlari engib o‘tildi, tanglikka barham berildi va iqtisodiyot barqarorlashtirildi. Ikkinchidan, bozor munosabatlarining huquqiy
negizlari shakllantirildi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning huquqiy- iqtisodiy negizlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topdi. Islohotlarning birinchi bosqichida Oliy Kengash tomonidan iqtisodiyotga
oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. SHu bilan birga, xususiylashtirish chog‘ida imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma obektlari yangi mulkdorlarga tekinga topshirildi. Qishloq xo‘jaligi davlat xo‘jaliklarining mol- mulki, fermalar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirildi.
Davlat mulkini xususiylashtirish zaruriyati bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan jamiyatni barpo etishning asosiy shartidir. O‘zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g‘oyasidan voz kechildi, davlat mol-mulki yangi mulkdorga faqat sotish yo‘li bilangina mulkchilikning boshqa shakliga aylantirila boshlandi.
O‘zbekiston Oliy Kengashi 1991-yil 18-noyabrda “Mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘grisida”gi qonun qabul qildi. Dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini qamrab oldi. O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish maqsadida
1992-yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Kichik xususiylashtirish
1994-yildayoq tugallandi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq me’yoriy hujjat qabul qilindi. 1995-yili xalq xo‘jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. 1998-yilga kelib xususiylashtirilgan korxonalar
tarmog‘i keskin ko‘payganligi bilan xarakterlanadi. Davlat mulkini xususiylashtirish yuzasidan mamlakatimizda olib borilgan katta ko‘lamdagi amaliy ishlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfi vujudga keldi.
O‘zbekiston Respublikasi bu davrda o‘z valyutasiga ega emasligi, muomalada esa 1961–1992-yillarda chiqarilgan rublning bo‘lganligi, ayrim oziq-ovqat va sanoat mahsulotlariga o‘zining tannarxiga qaraganda arzon narx belgilanganligi uchun ularni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish avj ola boshladi va mamlakatimizda aholini asosiy iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlashda qiyinchiliklar yuzaga keldi.
Milliy valyuta. O‘zbekistonda milliy valyutani muomalaga kiritish uchun ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu bois, O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki payti – 19911993-yillarda sobiq Ittifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo‘lib
turdi. O‘zbekiston muomalaga yangi milliy valuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi.
1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. O‘zbekiston
rahbariyati so‘m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi.
O‘zbekiston Prezidentining 1994-yil 16-iyunda e’lon qilingan
«O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, 1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston
Respublikasining milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritildi.
Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi. Respublika mustaqillikka erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash va soha boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (1992-yil), “O‘zbekiston avtomobil transporti” (“O‘zavtotrans”) davlat- aksiyadorlik korporatsiyasi (1993-yil, 1998-yildan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi), “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasi (1994-yil) va boshqa idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.
Bozor infratuzilmasining shakllanishi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma bosqich o‘tish bozorning ko‘p bo‘g‘inli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega bo‘lmasdan bozor mexanizmlari to‘liq ishlay olmaydi. O‘tish davrida bozor infratuzilmasi shakllantirish va kengaytirish borasida ko‘plab amaliy tadbirlar amalga oshirildi.
Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shaklantirish va ularni samarali yuritishga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladi.


Infratuzilma turlari


Infratuzilma tarmoqlari
1

Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infratuzilma


 transport;
 aloqa;
 ombor xo‘jaligi;
 yo‘l xo‘jaligi;
 suv va energetika ta’minoti va boshqalar.

2

Tovar va xomashyo bozorida xizmat qiluvchi infratuzilma


 birjalar;
 savdo uylari;
 auksionlar;
 tijoratchilik idoralari;
 reklama firmalari;
 savdo – sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat
muassasalari.
3

Moliya – kredit munosabatlariga


xizmat qiluvchi infratuzilma
 banklar;
 o‘zini o‘zi kreditlash idoralari;
 sug‘urta kompaniyalari;
 moliya kompaniyalari;
 soliq undirish idoralari;
 pul jamg‘armalari.

4
Aholiga xizmat


qiluvchi (ijtimoiy)
 uy – joy va kommunal xizmati;
 madaniyat;
infratuzilma
 sog‘liqni saqlash;
 aholini ishga joylashtirish xizmati (mehnat birjalari).
5

Axborot infratuzilmasi


 iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan axborotlar,
xabarlar va ma’lumotlarni to‘plovchi, umumlashtiruvchi vositalar;
 sotish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar, firmalar, maslahat idoralari, davlat muassasalari.

Islohotlar davrida respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo‘g‘inlari — turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi vujudga keldi. Avvalombor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi transport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yo‘l va ombor xo‘jaligi tuzilmalari yaratildi.


Agrar islohotlar. Milliy istiqlol yillarida mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida mamlakat qishloq xo‘jaligida agrar islohotlar amalga oshirildi. Qishloqda amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli xo‘jaliklar shakllantirildi. 1990-yilda aholi iste’moli uchun zarur bo‘lgan g‘allaning 82%, kartoshka, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining 50%, sut va sut mahsulotlarining 60 foizi chetdan keltirilar edi.
19912000-yillarda qishloqda amalga oshirilgan tub agrar islohotlar O‘zbekiston qishloq hayotini yangi shakl va tizimga o‘zgartirib yubordi. Mamlakatda suv tanqisligi hisobga olinib, 1998-yildan boshlab paxtachilikda
Isroil texnologiyalari asosida tomchilatib sug‘orish usuli, Andijonlik paxtakorlar tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Shuningdek, O‘zbekiston kanop, tamaki etishtirish sohasida ham dunyoda etakchi orinlarda turadi. Chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yildagi “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘grisida” qarori qabul qilindi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan go‘sht va sutning 75% ini xususiy sektor bera boshladi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida fermer xo‘jaliklarining tashkil topishi agrar islohotlarning asosiy mazmunini tashkil etdi. 1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Dehqon (fermer) xo‘jaligi to‘grisida qonunning qabul qilinishi uning dastlabki bosqichini belgilab berdi. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaliklari to‘grisida”gi qonunining qabul qilinishi mazkur sohaning to‘laqonli rivojlanishi uchun huquqiy asos bo‘ldi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakat rahbariyati oziq-ovqat muammosini o‘z imkoniyatlarimiz hisobidan hal qilish, ayniqsa, don mustaqilligini ta’minlash masalasini kun tartibiga qat’iy vazifa qilib qo‘ydi. Mamlakatda paxta yakkahokimligiga barham berildi. Natijada oziq-ovqat xavfsizligi, g‘alla mustaqilligi ta’minlandi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida erlarning suv ta’minoti va meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha 20032009- yillarda 801,5 ming AQSH dollari qiymatidagi 21 ta loyiha amalga oshirildi. Amalga oshirilgan bunday tadbirlar natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlarining

hosildorligi birmuncha oshdi, fermer xo‘jaliklarining daromadini ko‘paytirish imkoniyati kengaydi.


Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarning ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida bu sohada zamonaviy sug‘orish tizimlari va energiyani
tejaydigan texnologiyalardan foydalanishga, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari ishlab chiqildi. 20082012-yillarda mamlakatimizda sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi doirasida umumiy uzunligi 10 ming 500 kilometrdan ziyod xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi kollektor-drenaj tarmoqlarida jami 60 milliard so‘mga yaqin ta’mirlash- tiklash ishlari amalga oshirildi. 2008-yildan boshlab mamlakatimizda qariyb 1 million 500 ming gektar sug‘oriladigan erning meliorativ holati yaxshilandi, erosti suvlari yuqori bo‘lgan maydonlar 415 ming gektarga yoki salkam 10 foizga qisqardi, kuchli va o‘rtacha shorlangan maydonlar 113 ming gektarga kamaydi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash mazkur soha tarmoqlarining samaradorligini oshirishga yordam bermoqda. 2010-yili respublika rahbarining tashabbusi bilan
Ukraina va Polsha davlatlaridan olib kelingan, intensiv texnologiyalar asosida parvarishlanadigan pakana va yarim pakana olma, nok, olxori, gilos, shaftoli ko‘chatlari, asosan Toshkent va Samarqand viloyatlarining fermer xo‘jaliklari maydonlariga ekildi. Bunday bog‘larni yildan yilga kengaytirish, ularni dehqon fermer xo‘jaliklarida barpo etish maqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 2017-yil holatiga ko‘ra Respublikamiz hududida jami 5,5 ming gektardan ortiq maydonda mana shunday intensiv bog‘lar barpo qilingan. Hozirda etishtirilayotgan mevalar, nafaqat qo‘shni mamlakatlarga, balki Evropa mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yo‘llarini qurish, mavjudlarini xalqaro andozalarga moslashtirish rejalashtirildi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda tutgan orni,
sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish maqsadida 1996-yildan Toshkent–AndijonO‘sh magistralining 100 kmdan ortiq tog‘li uchastkalarida qurilish ishlari boshlandi. Qamchiq va Rezak tunnellari foydalanishga topshirildi. Almati–Bishkek Toshkent–Termiz va Samarqand–Buxoro–Ashxabod Turkmanboshi avtomobil yo‘li, Evropani Kavkaz orqali Osiyo bilan bog‘laydigan avtomobil yo‘li (Evropa–Kavkaz–Osiyo transport yo‘lagi bir qismi)ning respublika hududidan o‘tadigan qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O‘zbekistonni Qozog‘iston orqali Rossiya Federatsiyasi bilan bog‘laydigan 340 kilometrli Qo‘ng‘irot Beynov avtomobil yo‘li qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi.
O‘zbekistonning yagona temir yo‘l tarmog‘ini vujudga keltirish bo‘yicha
19942001-yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin NavoiyUchquduqNukus temir yo‘li qurib bitkazildi. Respublika hududida barcha transport turlarining
yuk va yo‘lovchilar tashish ishlarini maqbul holga keltirish, kommunikatsiyalarni jadal rivojlantirish, transportda yuk va yo‘lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda transmilliy transport

yo‘laklarini rivojlantirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish maqsadida


2004-yilda “O‘zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi tashkil etildi. Uyushma tarkibiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat- aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi,
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “O‘zavtoyo‘l kompaniyasi, transport kommunikatsiyalari qurilishi bilan shug‘ullanuvchi respublika loyiha va qurilish tashkilotlari kiritildi.
Bu davrda “O‘zbekiston havo yo‘llari” belgisi bilan parvoz qilayotgan samolyotlar turli davlatlarda joylashgan 40 dan ziyod aeroportga muntazam qatnay boshladi. Aviatsiya sohasida amalga oshirilgan chuqur o‘zgarishlar mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashda, uning dunyo miqyosidagi obro‘- e’tiborini yanada oshirishda o‘ziga xos omil bo‘ldi.
Temir yo‘llar qurilishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. 2001-yilda
341 km bo‘lgan Navoiy–Uchquduq–Sultonzoda yo‘nalishi, 2007-yilda uzunligi
220 km bo‘lgan G‘uzor–Boysun–Qumqorg‘on yo‘nalishi qurilishi tamomlangan. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo-sotiq, tranzit aloqalarining rivojlanishi va O‘zbekistonni dengiz transportiga olib chiqadigan
eng yaqin yo‘l Afg‘oniston orqali o‘tishini hisobga olgan holda bir qator yangi temir yo‘l qurish loyihalari ishlab chiqildi. 2010-yilO‘zbekiston Afg‘oniston uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan loyihani amalga oshirdi, ya’ni Hayraton–Mozori Sharif temir yo‘lining 75 kilometrini qurib berdi. Bu kabi tranzit loyihalarining amalga oshirilishi O‘zbekiston tashqi savdo geografiyasining kengayishiga asos bo‘ladi.
2016-yil iyunda Angren–Pop temir yo‘li va Qamchiq tunneli ochildi. Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi Angren–Pop tarmog‘ining qurilishi Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonning boshqa hududlari bilan bog‘lashga imkon tug‘dirdi. Bundan tashqari, temir yo‘lning uzunligi 123,1 kilometrni tashkil etib, ushbu loyiha doirasida uzunligi 19,2 kilometrdan iborat bo‘lgan temir yo‘l tunneli qurildi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati yo‘lovchi tashish sohasida yangi texnologiyalarni joriy etish uchun Toshkent–Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab tezyurar yo‘lovchi tashishni tashkil qildi. YAngi tezyurar poezd nomi Afrosiyob bu – Samarqand viloyatida joylashgan qadimiy shahar sharafi ga qo‘yildi. 2011- yilning oktyabridan boshlab undan tijorat maqsadida foydalanish yo‘lga qo‘yildi. O‘sha yili ikkinchi poezd ham keltirilib, 2012-yilning mayidan o‘z qatnovini boshladi. Ushbu eng zamonaviy tezyurar yo‘nalish 2015-yilda Qarshi shahrigacha, 2016-yilda esa “Toshkent–Buxoro yo‘nalishi, 2018-yili Toshkent Xiva yo‘nalishi ishga tushirildi. Poezd maksimal tezlikni soatiga 250 kilometrgacha oshirishi mumkin.
Mustaqillik yillarida Toshkent metrosi qurilishi ham jadal sur’atda o‘sdi.
2001-yil avgustda Yunusobod yo‘nalishining 6 ta bekatdan iborat birinchi qismi foydalanishga topshirilib, yo‘lovchi tashish yo‘lga qo‘yildi. 2016-yildan boshlab
Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 7,1 kilometr bo‘lgan Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi olib borilmoqda. Mazkur qarorga ko‘ra, yangi liniyani 2020-yilga qadar qurib foydalanishga topshirish ko‘zda

tutilgan. Sergeli metro liniyasi bugungi kungacha Markaziy Osiyoda qo‘llanilmagan butunlay yangicha estakada usulida bunyod etilmoqda. Ya’ni mazkur yo‘l ko‘priksimon tarzda quriladi, poezdlar er ustida harakatlanadi.


O‘zbekiston dengizga to‘gridan-to‘gri chiqish imkoni cheklangan 34 ta
davlatdan biri hisoblanadi. Shu sababli havo yo‘llari transporti respublika iqtisodiyotida alohida ahamiyat kasb etadi. 2012-yilga kelib aviakompaniya zamonaviy havo kemalari bilan ta’minlandi. “O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi dunyoning 25 dan ortiq mamlakatiga parvozlarni amalga oshirib, yiliga qariyb 75 ming tranzit yo‘nalishning havo harakatini boshqarmoqda. SHuningdek, aviakompaniya tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan, so‘nggi avlod aviatsiya texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo‘lgan markazning xizmatlaridan 320 ta xorijiy aviakompaniya samolyotlariga aeronavigatsiya xizmati ko‘rsatila boshlandi. O‘zbekiston Milliy Aviakompaniyasi Boeing
757G767, A-320 samolyotlari, vatanimizda ishlab chiqarilgan Il-114100 zamonaviy laynerlari, Boeing767–300 ER yuk tashuvchi samolyotlarga ega bo‘ldi. 2016-yilda yangi avlod samolyotlari Boeing787 Dreamliner keltirildi.
Xalqaro parvozlar xaritasiga e’tibor bersak, O‘zbekiston MDHning barcha yirik shaharlari va jahonning AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Hindiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Singapur singari ellikka yaqin mamlakatlari bilan bevosita havo yo‘llari orqali bog‘landi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi tarkibida 11 ta (Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Navoiy) zamonaviy aeroportlar jahon andozalari darajasida modernizatsiya qilindi. 2017-yilda Islom Karimov nomi berilgan Toshkent xalqaro aeroporti Markaziy Osiyodagi yirik xalqaro aeroportlardan biri hisoblanadi. Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari xalqaro aeroport maqomini oldi.
Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi. Mustaqillik yillarida
mashinasozlik sanoati jadal rivojlandi. Respublikamizdagi mavjud bo‘lgan bir necha o‘nlab mashinasozlik korxonalarini tarkibiy jihatdan qayta qurish maqsadida 1993 yilda O‘zbekiston davlat mashinasozlik korxonalari uyushmasi
«O‘zmashsanoat», 1996 yilda «O‘zqishloqxo‘jalikmash xolding», 1998 yilda «O‘zneftgazmash» korporatsiyasi, «O‘zbekto‘qimachimash» birlashmasi tashkil etildi.
Islohotlar davrida «O‘zmashsanoat» uyushmasi tasarrufidagi 35 ta korxonaning 26 tasi ta’mirlanib, yangi texnik uskunalar bilan qayta qurildi. Toshkentdagi ekskavator, podyomnik, zenit, kompressor, asbobsozlik, agregat va abraziv zavodlari, Andijondagi «Andijonirmash» va Topoz, Samarqanddagi Kinop, Sino va boshqalar shular jumlasidandir. Ularda ekskavatorlar, ko‘tarma kranlar, kompressorlar, paxtani qayta ishlash agregatlari, to‘qimachilik dastgohlari, avtomatika vositalari, muzlatgichlar, mebelga ishlov berish
uskunalari, uy – ro‘zg‘or buyumlari va boshqa texnik jihozlar ishlab chiqarilmoqda.
Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab mashinasozlik sanoatini

rivojlantirish maqsadida xorijiy davlatlarning nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. 1998 yilda O‘zbekiston «Amerika mobil grupp» firmasi bilan hamkorlikda qo‘shma korxona barpo etib, O‘zbekiston Xitoy loyihasi asosida 22 va 23 ot kuchiga ega bo‘lgan ikki turdagi minitraktorlar va ularga uskunalar komplektlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Bu ixcham traktorlar fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida keng qo‘llanilmoqda.


1994-yilda «UzLzmash» O‘zbekiston – Isroil qo‘shma korxonasi barpo etilib paxta terish mashinalarining gorizontal shpindelli yangi avlodi yaratildi. Bu mashinalar tik shpindelli mashinalarga nisbatan paxta terishga qulay va samarador, tannarxi arzon bo‘lib, jahon mashinasozligining eng yangi yutug‘i bo‘ldi. Qishloq xo‘jalik mashinalarini «Keys» rusumidagi traktor va g‘alla orish kombaynlari bilan to‘ldirish maqsadida AQSH «Keys NyuXolland» kompaniyasi sarmoyalari ishtirokida «O‘zKeysmash» va «O‘zKeystraktor» qo‘shma korxonalari barpo etildi. Ularda zamonaviy traktorlar va kombaynlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. «O‘zqishloqxo‘jalikmash xolding» kompaniyasi 2001-yilda 48,2 mlrd. so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqardi.
Mustaqillik yillarida metallurgiya, oltin qazib olish sanoati ildam qadamlar bilan o‘sdi. Olmaliq kon – metallurgiya kombinati, Bekoboddagi metallurgiya zavodi, Zarafshondagi 2 – gidrometallurgiya zavodi, CHirchiqdagi qiyin eruvchan va o‘tga chidamli metallar kombinati qayta ta’mirlandi. Bekobod metallurgiya kombinatida yiliga 100 ming tonna po‘lat shar va metall prokat tayyorlovchi yangi quvvatlar ishga tushirildi. Uchquduqda 3 – gidrometallurgiya zavodi barpo etildi. Amerikaning «Nyumont mayning» kompaniyasi ishtirokida Navoiy tog‘ – metallurgiya kombinati chiqitlaridan oltin ajratib olish bo‘yicha
«Zarafshon – Nyumont» qo‘shma korxonasi qurilib, 1995 yil 25 mayda ishga tushirildi. 1991 – 2001 yillarda respublikada oltin qazib olish hajmi 1,7 baravar o‘sdi. Birgina «Zarafshon – Nyumont» qo‘shma korxonasi 1995 – 2003 yillarda
113 million tonna rudani qayta ishlab, 110 tonna yuqori sifatli oltin ishlab
chiqardi. Korxonaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga bergan samarasi 500 mln
AQSH dollarini tashkil etdi. Elektroenergetika sanoati ancha rivojlandi.
«O‘zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasi mustaqillik yillarida issiqlik va gidravlik elektr stansiyalarini ta’mirlash va ular tarkibida yangi bloklar barpo etish ishlarini amalga oshirdi. Sirdaryo, YAngi Angren, Toshkent, Navoiy GRES lari energetika bloklarida texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari ishga tushirildi.
Germaniyaning «Simens» firmasi, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ajratgan kredit hisobidan Sirdaryo GRESining 8 ta bloki ta’mirlandi. 2001 yilda
37 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalaridan iborat O‘zbekiston energetika tizimi 55 mlrd kilovatt – soat yoki 1992 yilga nisbatan 10 % ko‘p elektr energiya ishlab chiqardi. O‘zbekiston energetika tizimi respublika xalq xo‘jaligi va aholisini elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini to‘la to‘kis ta’minlamoqda,
iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shmoqda. SHuningdek, O‘zbekiston elektr energiyasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘onistonga ham uzatilmoqda.

Avtomobilsozlik sanoati. 1992-yil 24-avgustda Toshkentda Janubiy Koreyaning «DAEWOOMotors» korporatsiyasi va O‘zbekistonning «Avtoqishxo‘jmash» davlat konserni O‘rtasida


Andijon viloyatining Asaka shahrida yiliga 180 ming avtomobil ishlab
chiqaradigan «O‘zDAEWOOavto» qo‘shma korxonasini qurish to‘grisida shartnoma imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992-yil 5- noyabrda Asaka shahrida «O‘zDAEWOOavto» korxonasi tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Uni ta’sischilari etib «DAEWOOMotors» korparatsiyasi va «O‘zavtosanoat» uyushmasi, har ikki tarafning qo‘shma korxonadagi ulushi teng miqdorda 50% dan iborat qilib belgilandi. 1993-yil mart oyida «O‘zDAEWOOavto» qo‘shma korxonasi ro‘yxatga olindi va umumiy miqdori 658 mln AQSH dollari hajmidagi qurilish ishlari boshlandi. Korxona qurilishiga ilg‘or texnologiyalar, tajribali muhandislar, o‘zbekistonlik yoshlar jalb qilindi. 1000 dan ortiq O‘zbekistonlik yoshlar Janubiy Koreyaga borib «DAEWOO» kompaniyasida ishlab, avtomobil ishlab chiqarish tajribalarini organib qaytib keldilar. «O‘zDAEWOOavto» qo‘shma korxonasining birinchi navbati 1996-yil mart oyida ishga tushirildi.
1996-yil mart oyida «Damas», iyun oyida «Tico», iyul oyida «Neksiya» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish boshlandi. 1996 yil 19 iyulda korxonaning rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi, unda Prezident Islom Karimov qatnashdi va
«O‘zDAEWOOavto» qo‘shma korxonasi qurilishida faol qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi.
O‘zbekiston hukumati «O‘zDAEWOOavto» qo‘shma korxonasiga butlovchi qismlar tayyorlovchi korxonalar qurish tadbirlarini amalga oshirdi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 30 mayda qabul qilingan
«Avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaradigan O‘zbekiston Koreya qo‘shma korxonalarini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Qarorga muvofiq «O‘zDAEWOOavto» uchun butlovchi qismlar tayyorlaydigan korxonalar tizimini yaratishni mahalliylashtirish dasturi ishlab chiqildi va qurilish ishlari boshlandi. 1996 2006-yillarda lak bo‘yoqlar, avtomobil orindiqlari, ichki jihozlari, elektr kabellari, shinalar, disklar, toblangan oynalar, tovush pasaytirgichlari, yoqilg‘i baki, bamperlar va boshqa butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi «O‘z – Dong Ko», «Yan Ko»,
«O‘z – Sem Yun Ko», «O‘z – Dong Von Ko», «O‘z – Tong Xong Ko», «O‘z
Karam Ko», «Elektromash», «Meridian» kabi 75 ta yangi qo‘shma
korxonalar, ishlab chiqarish quvvatlari barpo etildi.
1999 yil oktyabrda Janubiy Koreyadagi yirik «Eksimbank» bilan
«O‘zDAEWOOavto» zavodini moliyaviy jihatdan qo‘llab – quvvatlash bo‘yicha bitim tuzildi va «DAEWOOMotors» kompaniyasi bilan hamkorlikda
«O‘zDAEWOOavto» zavodida «Matiz» va «Neksiya – 2» rusumli avtomobillar ishlab chiqarishga kirishildi. «O‘zDAEWOOavto» zavodiga 2000 yil yanvarda «ISO - 9001» sertifikati berildi.
2001 yil avgustda «O‘zDAEWOOavto» zavodida yangi liniya barpo etilib, xalqaro andozalarga to‘la javob beradigan, har tomonlama qulay, ilg‘or dizayn va texnik afzalliklari bilan ajralib turadigan «Matiz» rusumli yangi

avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2003 yilda yana bir liniya barpo etilib, «Lasetti» avtomobili ishlab chiqarish boshlandi. 2004 yilda 70070 dona avtomobil ishlab chiqarildi.


2007-yil oktyabr oyida «O‘zDAEWOO» avto negizida «General
Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda «GM O‘zbekiston» qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Natijada Asakada dunyoda mashhur «Shevrale» avtomobillari «Captiva», «Epika», «Takuma» rusumli engil avtomobillar ishlab chiqarish boshlandi.
2008-yil mart oyida AQSHning «General Motors» (25% aksiyalar) va
O‘zbekistonning «O‘zavtosanoat» AJ (75% aksiyalar) tomonidan
«O‘zDAEWOOavto» ornida «GM O‘zbekistan» AJ qo‘shma korxonasi tashkil qilindi. Uning maydoni 72 ga. Ishlab chiqarish
maydoni – 192 ming kv. m. Andijon viloyati (Farg‘ona vodiysi), Asaka shahrida joylashgan. Filiallari: Toshkent shahrida, Xorazm viloyatining Pitnak shahri.
Ishlab chiqarish quvvati:
1. «GM O‘zbekistan» AJ, Asaka shahri - 250 ming avtomobil;
2. «GM O‘zbekistan» AJ, filiali, Pitnak shahri – 40 ming avtomobil;
3. «GM O‘zbekistan» AJ filiali, Toshkent shahri – 10 ming avtomobil.
Hozirgi paytda «GM Uzbekistan» AJning 3 ta ishlab chiqarish maydonchasida «Chevrolet» va «Ravon» brendlari ostida avtomobillarning 10 modeli ishlab chiqariladi, jumladan, «Matiz», «Spark (R2)», «Nexia (R3)»,
«Cobalt (R4)», «Lacetti (Gentra)» - modellari Asaka shahridagi asosiy ishlab chiqarish maydonida, «Tracker», «Malibu» - modellari Toshkent shahridagi filialda «Damas», «Labo» - modellari Pitnak shahridagi filialda chiqariladi.
«GM Uzbekistan» etkazib beruvchilari: 100 dan ortiq, shu jumladan sub- etkazib beruvchilar. Asosiylari «Uz SeMyung», «Uz Koram»,
«Avtokomponent», «Uz Dong Yang», «Uz Xanvu», «Uz Dong Von Ko», «Uz
Dong Ju Peynt», «Uz Tong Xong Ko», «Uz Chasis» va «Avtooyna».
Xodimlari: «GM Uzbekistan» AJ xodimlarining soni 2019 yil 1 aprel
oyiga kelib, 10 000 kishidan ortiq boldi (Ushbu ma’lumotlar https:GGgmuzbekistan.uz - «GM Uzbekistan» AJ ning rasmiy saytidan olindi).
2018-yil dekabr oyida Nurafshon shahrida O‘zbekistondagi ilk multibrend avtosalon ochildi. 2019-yilning birinchi ikki oyida avtomobillar ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 51 foizga oshdi.
2018-yilning oxirida «O‘zavtosanoat»AJ «GM Uzbekistan» AJning qolgan 25 % aksiyalarni sotib oldi, Asakadagi GM Uzbekistan avtomobil zavodining yagona aksioneriga aylandi. Natijada «GM Uzbekistan» AJ rahbariyati kompaniya nomini «UzAuto Motors» AJ etib
qayta nomlash to‘grisidagi qarorni qabul qildi. Nomlanishni o‘zgartirish to‘grisidagi qaror 2019-yil 25-iyun kuni qabul
qilindi. Ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘grisidagi ma’lumotlar 1 iyul kuni ro‘yxatga olindi.
Samarqand shahrida yana bir avtomobil zavodini qurishga kirishildi. 1995 yilda «O‘zavtosanoat» uyushmasi bilan Turkiyaning «Kochxolding» kompaniyasi o‘rtasida avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi

«SamKochavto» qo‘shma korxonasini barpo etish haqida bitim tuzildi. 1996- yilda «SamKochavto» qo‘shma korxonasi ro‘yxatga olindi va qurilish ishlari boshlandi. Mashinalar loyihasini ishlab chiqishda xalq xo‘jaligining barcha sohalarida foydalanish uchun qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida Italiya Ispaniya qo‘shma korxonasi «Iveko»ning ixcham konstruksiyalari asos qilib olindi va «Kochxolding» kompaniyasi a’zosi — «Otayol» zavodida O‘zbekiston sharoitiga moslab takomillashtirildi.


1999-yil mart oyida «SamKochavto» qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. O‘sha yili foydalanishga qulay, ixcham 163 ta avtobus va 302 ta yuk avtomobili,
2000-yilda esa 483 avtobus va 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqarildi. Respublika aholisi uchun «Otayol» rusumli avtobuslar asosiy transport vositasiga aylandi.
Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi va uni O‘zbekistonda bartaraf etish yollari. 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlangan edi. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning
«O‘zbek modeli» maqomiga ega bo‘lgan mashhur besh tamoyil istiqlolning
o‘tgan davrida o‘zining iqtisodiy, siyosiy, ilmiy va amaliy jihatdan asosli ekaniligini ko‘rsatdi. Ammo, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mamlakatimizning mavjud imkoniyatlari, omillari va resurslarini uana bir bor jiddiy ravishda korib chiqib, aniq istiqbolni belgilashni taqozo etdi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimovning «Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yollari va choralari» deb nomlangan konseptual ahamiyatga ega bo‘lgan kitobi ayni ana shu muammoning yechimiga bag‘ishlangan. Kitob quyidagi ikki qismdan iborat: birinchisi jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan omillar; ikkinchisi bank tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish — O‘zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo‘lidir.
Kitobda ko‘tarilgan masala va umumdunyoviy muammoning ilmiy, nazariy hamda amaliy tahlili natijasida O‘zbekistonda 2009 2012-yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish, mamlakatimiz barqaror rivojlanishini ta`minlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda aniq maqsadlarni ko`zlagan rejalarni amalga oshirishga doir dastur ishlab chiqildi. Ushbu dasturda quyidagi yo`nalishlarda aniq, qat`iy va yuksak ma`suliyat bilan faoliyat yuritish belgilangan:
 mamlakatimizda qabul qilingan 2009 – 2012-yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha inqirozga qarshi
dasturni amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror sur'atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta'minlash;
 tarkibiy o‘zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni di- versifikatsiyalash, buni birinchi navbatda xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan raqobatbardosh

mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini moderinizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo‘li bilan amalga oshirish;


 qishloq turmush darajasi sifati va qiyofasini tubdan yangilashga, qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga,
mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, orni va ahamiyatini
tubdan qayta korib chiqishga, fer-mer xo‘jaligini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, o‘zaro chuqur bog‘langan chora-tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish;
 aholi bandligini ta’minlash, uning turmush darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmatlar ko‘rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish;
 mamlakatni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish;
 banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarida depozitlarga jalb qilishni rag‘batlantirish.
Download 27.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling