Oʻzbekiston — Saudiya Arabistoni munosabatlari


Download 0.52 Mb.
Sana20.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1037225
Bog'liq
zuxra

Oʻzbekiston — Saudiya Arabistoni munosabatlari

Tuzuvchi:Xo’jayeva Zuxra

Oʻzbekiston — Saudiya Arabistoni munosabatlari

  • Oʻzbekiston — Saudiya Arabistoni munosabatlari

1992 yil fevralda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Saud al-Faysal bin Abdulaziz Ol Saudning Oʻzbekistonga, oʻsha yil aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Saudiya Arabistoni ga tashrifidan soʻng 1992 yil noyabrda Jidda sh.da Oʻzbekiston Respublikasi konsulxonasi, may oyida Ar-Riyodda elchixonasi, 1997 yil 27 martda Toshkentda Saudiya Arabistoni elchixonasi ochildi. 1995 yil noyabr da Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirining Saudiya Arabistoni ga qilgan tashrifi davomida Oʻzbekiston bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasida savdo, iqtisod, investitsiyalar, texnika, madaniyat, sport va yoshlar ishlari sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitim imzolandi.
1996 yil aprelda ArRiyodda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida", 1998 yil martda "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarlari arab tilidagi nashrining rasmiy takdimoti oʻtkazildi.

1996 yilda Saudiya Arabistonining "Delta oyl" shirkati bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. Jumladan, Oʻzbekiston hukumati AQSH — Saudiya Arabistonining "Yunikol" va "Delta oyl" shirkatlari konsorsiumi bilan neft va gaz quvurlari loyihalari toʻgʻrisida bitim, "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi esa Oʻzbekistonda neft razvedkasi hamda uni qazib chiqarish haqida anglashuv bayonnomasini imzoladi. 1996 yil yanvarda "Oʻzbekturizm" kompaniyasi "AlMarva" shirkati bilan turizm va aviachiptalarni sotish toʻgʻrisida bitim imzoladi

2002 yilda Oʻzbekiston — Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi tovar aylanmasi 3,9 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekistonning Saudiya Arabistoni ga eksporti, asosan, savdo va unga aloqador xizmatlardan iborat. Ayni paytda, Saudiya Arabistonidan shirinliklar, don, gilam va polni krplaydigan mahsulotlar, oʻsimlik va mol yogʻi, mebel va choyshablar, spirtsiz ichimliklar, optika jihozlari, poyabzal, boʻyoklar, oʻyinchoq va sport anjomlari olinadi. Oʻzbekistonda Saudiya Arabistoni ishtirokidagi 14 korxona roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 10 tasi qoʻshma korxona, 4 tasi 100% Saudiya Arabistoni sarmoyasidagi korxonalardir.

Ikki davlat oʻrtasida taʼlim va din sohalarida ham hamkorlik rivojlangan. 1997 yil Saudiya Arabistoni oliy taʼlim vaziri Xalid alAnqariy Oʻzbekistonga Saudiya Arabistonining bir necha universitetlari rektorlaridan iborat delegatsiya bilan tashrif buyurdi. Mustaqillik davrida respublikamizning 45 mingdan ortiq fuqarosi haj, 35 mingdan ziyod fuqarosi umra safarlarida boʻldilar (2004)

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi

  • O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud keng qamrovli sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Hukumatlar va vazirliklar o‘rtasida 15 ta hujjat qabul qilindi. Ikki davlat ishbilarmonlari esa $14 mlrddan ortiq kelishuvga erishdi.

Podshoh Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Makka mintaqasi rahbarlari, investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Shundan so‘ng, Jidda shahridagi «Qasr as-Salam» saroyida O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyevni Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud qarshi oldi.

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni TARIXIY, MADANIY VA DINIY RISHTALAR MUSTAHKAMLANMOQDA

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlari mushtarak va do‘stona hamkorlik asosiga qurilgan. Ajdodlarimiz azaldan Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga intilgan va bu zaminda islom dini asoslarini o‘rganib, dunyo ilm-fani taraqqiyotiga tamal toshini qo‘ygan.

Amaliy tashrif doirasida poytaxtimizdagi “Simpoziumlar saroyi”da Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon Rabia boshchiligidagi nufuzli delegatsiyasi a’zolari bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ishtirokida o‘zaro do‘stona muloqot bo‘lib o‘tdi.

ijoriy yilda yurtimizning haj ziyoratchilari soni 12 ming nafardan, umra ibodatini bajaruvchilar soni esa 40 ming nafardan oshganida ham ko‘rish mumkin. Ma’lumki, yurtimizda “Haj” va “Umra” tadbirlari Vazirlar Mahkamasining 364-sonli qarori asosida tegishli Jamoatchilik Kengashi tomonidan amalga oshirib kelinayotgani, bu borada O‘zbekiston musulmonlari idorasi katta tajriba orttirgani, natijada yurtimiz ziyoratchilari har yilgi haj mavsumida eng namunali, degan maqomga munosib bo‘layotgani alohida qayd etildi.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling