Reja: Pedagogik mehnat va o‘qituvchining sog‘ligi


Download 29.39 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi29.39 Kb.
#1308561
Bog'liq
4 Маруза (1)


4-Mavzu. Pedagogik mehnatning xarakteri. Kasbiy charchashning asosiy sabablari. O‘qituvchilar betob bo‘lishining xislatlari.

Reja:


  1. Pedagogik mehnat va o‘qituvchining sog‘ligi.

  2. O‘qituvchining individual yondashuvi.

  3. O‘qituvchining nutq san’ati.

  4. O‘qituvchining kasalliklari.

Metodik ko‘rsatmalar
Pedagogik mehnat o‘qituvchining sog‘ligi holatiga, uning jismoniy va ruhiy tayyorgarligiga, asab tizimining nisbatan xayajonlanishi, vazminlik kabilar uning faoliyatiga maxsus talab qo‘yishini kengroq tushuntirish zarur.

Adabiyotlar:



  1. Barkamol avlod orzusi. Toshkent. 1999 y.

  2. R.S.Salomov Jismoniy tarbiya va sport ixtisosligiga kirish. T., 1990 y.

  3. Vyatkin Z.N. Individualnыy stil deyatelnosti pedagogicheskogo masterstva uchitelya. Perm. 1979.

Pedagoglik mehnat o‘qituvchining sog‘ligi holatiga, uning jismoniy va ruhiy tayyorgarligiga, birinchi navbatda asab tizimining nisbatan hayajonlanishi, vazminlik kabilar maxsus talablar qo‘yadi. Asab tizimining kuchiga yuqori darajada talab qo‘yilishi shu bilan pisanda qilinadiki, o‘qituvchi ulkan mehnatga loyiq qobiliyatga ega bo‘lishi, o‘ta g‘ashni keltiruvchilarga nisbatan vazminlik saqlashi, o‘z diqqatini to‘plab olishini bilishi, har doim faol, tetik bo‘lishi, ish vaqti davomida umumiy va emotsional tonusni saqlashi, tezda kuchni qayta tiklash qobiliyatga ega bo‘lishi zarur. Asab jarayonlari vazminligiga yuqori talab etilishi shu bilan izohlanadiki, o‘qituvchi jadal qo‘zg‘atuvchi vaziyatlarda o‘zini tuta bilishi, bardoshlik va vazminlikni namoyon eta olishi, faoliyat sharoitlari o‘zgarganda vazmin va xotirjam bo‘lishi, to‘g‘rilik va hissiyot dinamikasini farqlapy oladigan, aniq gapirish, fikrlarni ta’sirchan qilib bayon etishi va xakozolarga ega bo‘lishi kerak. Asab jarayonlarining qo‘zg‘atilishiga kuchli talab shu bilan bog‘langanki, o‘qituvchi qo‘yilgan vazifani bajarishga, tebrantirilmasdan turib bajarishga kirishishi kerak. Faoliyatning bir turidan darhol ikkinchi turiga o‘tishi, tayyorgarlik ko‘rmasdan turib mashg‘ulot o‘tkazish va eksproitlik qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. YAngi sharoitga tezlik bilan ko‘nikish, notanish va unchalik notanish bo‘lmagan odamlar orasida o‘zini bamaylixotir xis eta olish kerak.
Asab tizimi xususiyatlari turlicha bo‘lgan o‘qituvchilar har xil faoliyatlari bilan tavsiflanadilar. CHunonchi, Z.N.Vyatkinning ma’lumotlariga ko‘ra kuchli xarakatlantiruvchi asab tizimiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarda ham munikativ tashkilotchilik usuli namoyon bo‘ladi. Konstruktiv tashkilotchilik usuliga xos bo‘lgan o‘qituvchilar o‘ta faoliyatsizlik asab tizimiga ega bo‘ladilar. Zaif asab tizimiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarda konstruktiv kommunikativ usul namoyon bo‘ladi.
Ish jarayonida individual usul katta ahamiyatga ega bo‘ladi. SHaxsning faoliyat tamoyillariga moslashishda individual uslub katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Biroq u universal vosita bo‘la olmaydi. O‘qituvchining mehnat sharoiti har xil individual qobiliyatga ega bo‘lgan va o‘zida ma’lum bir mehnat faoliyati usulini ishlab chiqqan odamlar uchun teng qulay imkoniyat yarata olmaydi.
O‘qituvchi mehnatining xislatlaridan biri muntazam o‘zini nazorat qilishi, doimo diqqatning taranglashuvi, xissiy-xayajonlar bo‘lib hisoblanadi. O‘qituvchi mehnatining ijodiy tavsifi tarbiyalash va ta’lim berishning nafaqat xilma-xil vosita uslublar bilan bog‘langan, balki tarbiyalash ob’ektining har yili almashib turishi hamdir. O‘quvchilarning har bir yangi tarkibi zohiran o‘xshash bo‘lsa-da, o‘zining xislatlariga ega. Bu esa o‘z shogirdlariga nisbatan ijodiy yondoshuv zaruriyatini belgilaydi, o‘qituvchi faoliyatining ko‘pgina turlari, anchagina xissiy taranglashuv bilan tavsiflanadi. Bu esa yuqori pedagogik natijalariga erishish sharti hisoblanadi. Biroq u aynan o‘xshash bo‘lmagan vaziyat bo‘lishi ham mumkin. Bu o‘z navbatida o‘qituvchining sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Hayajonlar bilan bezangan aqliy faoliyat organizmda gumoralli-vegetativ siljishni keltirib chiqaradi, nafas olish tezlashishi va kuchayishi ro‘y beradi. Qon aylanish miqdorining qayta taqsimlanishi va ko‘payishi, qon tarkibida qand darajasini oshishiga olib keladi. Biroq aqliy faoliyatdagi bunday o‘zgarishlar, jismoniy ishlarda kuzatilayotganlardan farq qiladi. Aqliy-emotsional ishning ta’siri ostida «vegetativ bo‘roni» muskullar taranglishauvi hisobidan ro‘y bermaydi. Balki, miya, ayniqsa qobig‘i ostida paydo bo‘lish hisobidan ro‘y beradi.
Eng chuqur emotsional yukni o‘qituvchilik faoliyatini endigina boshlaganlar boshlaridan kechiradilar. O‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida ular vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lmaydi, balki doimo rag‘batlantirish, jazolash miqdorini belgilaganda, o‘qitish uslubini tanlaganda, qo‘yilgan baholar sharoitida vujudga keladi.
Tajribaning ortib borishiga qarab emotsional yukning darajali kamayishi mumkin, biroq u hech qachon to‘lig‘incha yo‘q bo‘lib ketmaydi.
Mehnatning emotsionalligi munosabati bilan pedagogik odob alohidq ahamiyat kasb etadi. Bu o‘qituvchining o‘quvchilarga nisbatan yuksak ahloqiylik munosabatini tavsiflaydi va o‘qituvchining pedagogik mahoratining ko‘rinishlaridan biridir.
Bolalar bilan ishlashda, bolalar psixologiyasini bilish ularning nimaga qiziqishini tushinishni taqozo etadi. Bu tushinishning bosh belgilaridan biri har xil yoshdagi o‘quvchilarning xulqi chizig‘ini oldindan ko‘ra bilishdan iboratdir. Bolalar xulqi sababini tushunmaslik o‘zaro munosabatlarning buzilishi va ziddiyatlar kelib chiqishini asosiy sabablaridan biridir.
O‘qituvchi mehnatining taranglashishi nafaqat uning ruhiy mazmuniga bog‘liq, balki shu bilan birga maktab jamoasida tarkib topgan psixologik kayfiyatga ham bog‘liqdir. O‘qituvchining bolalar, kasbdoshlari, maktab ma’muriyati bilan bo‘lgan munosabati uning kayfiyatini belgilaydi. Keyingisi esa pedagogik faoliyatning samarasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin, tetik holat o‘qituvchining o‘ziga xos ijodiy ishidagi kayfiyatidagi asosiy xususiyatlardan biri bo‘lishi tasodif emas.
Bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq faoliyat turlarini bajarishda diqqatning taqsimlanishi inson qobiliyati sifatida qaraladi. Bu yerda ham asab jarayonlarining harakatchanlik xususiyati yetakchi rol o‘ynaydi. Diqqatni taqsimlanishning uddalanish darajasi past rivojlanganligini yosh o‘qituvchilarda ham, shuningdek anchagina ish stajiga ega bo‘lganlarda ham kuzatiladi.
Dars jarayonida o‘qituvchi diqqatini taqsimlashiga quyidagilar dahldor: frontal va yakka tartibdagi ishni birga qo‘shib olib borish, o‘qituvchining javobini tinglash, uni baholash va butun sinfni nazorat ostiga olish, yangi materialni tushuntirish va ayni bir paytda sinfning faolligini tutib turish, topshiriqni doskaga yozish va biror narsani nazorat qilish, tushuntirish va xakozolar. YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, diqqatni taqsimlashda ziyrak bo‘lishi kerak ekan. Bu esa uning rivojlanishining zaruriy sharti bo‘lib hisoblanadi. Endigina o‘rganuvchi o‘qituvchilar uchun diqqatni taqsimlash qobiliyati mehnatga psixologik tayyorlikning mezonlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Diqqatni taqsimlash rivojlanishini yaxshi egallagan o‘qituvchi o‘zini dadil his etadi, ular ijobiy natijalarga osonlik bilan erishadilar. Bularning hammasi esa mehnatda qoniqish paydo bo‘lishiga yordam beradi.
O‘qituvchi mehnatining o‘ziga xos xususiyatidan yana biri ovoz apparatida doimiy ravishda nagruzka (og‘irlik) tushishidir. O‘quvchilarning intizomsizligi sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi sharoitida shovqin ba’zan 55-72 ditsebellarga yetishi mumkin. Ovozli apparatga zarba berishning dastlabki holati – o‘qituvchining shovqinni bostirishga intilishidir. Ovozli apparat shunday tuzilganki, unga ozgina zo‘r berish yoki notabiiy usul ovoz uchun izsiz qolmaydi. Ovozli apparat juda murakkab, nozik va osonlik bilan yaralanadi. Har qanday noto‘g‘ri harakatlar muqarrar ravishja ovozni buzilishiga olib keladi. SHuning uchun pedagoglik faoliyatining 5-7 yilidan so‘ng o‘qituvchining ovozi har xildagi tusidan mahrum bo‘ladi, xiralanib qoladigan hollar tez-tez uchrab turadi. Kasb xastaligi paydo bo‘ladi. Bu esa nafaqat odamni barvaqt keksaytiradi, g‘ashini keltiradi, balki uning mehnatga layoqatini va o‘qitish samarasini sezilarli darajada pasaytiradi, o‘qituvchi ovoz apparatining o‘ziga xos xastaligiga, kekerdak va ovoz bog‘lovchi shilliq pardaning o‘tkir va surinkali yallig‘lanishi, surunkali traxeit, ovoz bog‘lash muskullarida va shilliq parda qalinligida qon quyilishi, ularning bir-biriga bog‘lanmasligi va tugunlar paydo bo‘lishi kabilar tegishli bo‘ladi. Bu xastaliklarning hammasi ko‘pincha ovoz apparatidan noto‘g‘ri foydalanish natijasida vujudga keladi, shuningdek o‘ta kuchaytirishning oqibati hamdir.
Ovoz apparatini kuchaytirganda fonosteniya bo‘lishi mumkin – ovozning jarangdorligi yo‘qotilishi, gapirganda uning yengil taliqishi, g‘ashlantirish yoki tomoqda bosimni sezish, yo‘talish, yanada yaqqon ko‘rinadigan hollarda – ovozning o‘xtin-o‘xtin titrab turishi, fonosteniya ovozga haddan ortiq zo‘r (nagruzka) berganda vujudga keladi. Ayniqsa, nevropatik konstitutsili shaxslarda ko‘proq paydo bo‘ladi.
Ovoz apparatidan intensiv foydalanadigan shaxslarning ovoz qatlamlarida tugun va qalinlashish hollari juda tez-tez kuzatiladi. Bu shikastlanishning asosiy sababi – ovozni tashkillashtiruvchi organlardan noto‘g‘ri foydalanish, nafas olishdan foydalanishni, tovush kuchi va balandligini modullashtirishni bilmaslikdan kelib chiqadi. O‘qituvchi boshqa kasbdagilarga qaraganda qariyb 2,5 baravar tez-tez surinkali hiqildoq yallig‘lanishi bilan xastalanadilar.
O‘qituvchilik qilish – bu ijodiy ishdir, u asab jarayonlari boshqacha yo‘sinda harakatlanishi bilan alohida ta’sirlanishi bilan farqlanadi. Bu esa ovozni tashkil topishida ta’sir ko‘rsatadi. Nutq to‘g‘ri va chuqur nafas olishga bohliq. Odam xotirjam holatida bir daqiqada o‘rtacha 18-20 martagacha nafas oladi., ya’ni nafas olish vaqti va nafas chiqarish vaqtidagi nisbat 1:1 yoki 1:1,5 tashkil etadi. Og‘zaki nutq so‘zlaganda gapiruvchining nafas olishi 10-20 marta cho‘ziladi. Bu shu bilan izohlanadiki, so‘z nafas chiqarilganda talaffuz etiladi, nafas chiqarish qanchalik uzun bo‘lsa, nutq shunchalik ko‘proq ravon va mutanosiblashib chiqadi. Nafas olish ritmining o‘zgarishi 10 daqiqadan uzluksiz nutqiy nagruzkadan keyin so‘zlovchining organizmida dastlabki darajas tarkibida bo‘lgan kislorod hajmi 6-8% pasaysh mumkin. Kislorodning bunday yetishmasligi materialning hammasini bayon etib bo‘lguncha va undan keyin bu xolat 20 daqiqa davomida saqlanib turadi. SHuning uchun nafas olish rejimiga qat’iy rioya qilish kerak. Darsdan keyin jim turish, xotirjam va chuqur nafas olish ma’quldir. Bu esa organizmda kislorod muvozanatini tiklashga imkon beradi.
Nutq san’ati – bu nafas olish san’atidir, ya’ni ovoz aloqasi va nafas olish organlari orasidagi ish tartibining to‘g‘ri o‘zaro munosabatidir. SHuning uchun nafas olish apparatiga, muskuliga uning ishlashini ta’mnlashga katta ahamiyat berish kerak. Nutqiy nafas olishning yaxshi tiuri «to‘liq nafas olish» va «qovurg‘a – diafragmal» bo‘lib hisoblanadi. Bunday nafas olish ovozni ortiqcha yukdan saqlaydi va ovoz aloqasiga samarali ta’sir ko‘rsatadi, hatto uzluksiz nagruzkada bo‘lganda ularning toliqishini keltirib chiqarmaydi. Fonotsion nafas olishni va nutq ishini to‘g‘ri tashkillashtirish shunday nafas olish bazasida o‘qituvchiga xursandchilik, tetiklik, ish qobiliyatini oshirishni baxshida etadi. Ratsional nafas olishni o‘rgatish uchun maxsus nafas olish gimnastikasi zarur. Nafas olishda ko‘krak bo‘shlig‘ining qaysi qismi faol kengayishining bog‘liqligiga qarab yuqori ko‘krak, past ko‘krak yoki diafragma kabilar farqlanadi. Ravon va baland nutq uchun havoning katta zaxirasi kerak. Bu esa diafragmali pastki qovurg‘a-diafragmal nafas olish bilan to‘lig‘incha erishiladi. Bunday nafas olishda ko‘krak bo‘shlig‘ining pastki, eng sig‘imli bo‘limi kengayadi va uning hajmi diafragmaning tushishi hisobidan ko‘payadi.
Tovushning kuchi ovoz aloqalari ostida havo bosimining darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Mana shuning uchun ham o‘qituvchining ovozi kuchli va o‘tkir bo‘lishi, kasbiy to‘g‘ri nafas olishi zarur. Bo‘lg‘usi o‘qituvchilar uchun qursoqichi va ko‘krak qafasi muskullarining rivojlanishi juda muhimdir. Bunga uzoq sayr qilish, yugurish, suzish, chang‘i va greblyada yurishlar yaxshi yordam beradi.
Sportning bu turlari ishida nutq katta kuch bilan tavsiflanadigan barcha shaxslar uchun foydalidir. Kasbiy faoliyati ovoz yuklamasini ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lgan odamlar, ko‘p hollarda shamollashga moyil bo‘ladilar, u yuqori nafas olish yo‘llarini hammadan burun lokalizatsiya qiladi. Bu ovozli apparati sovushining o‘ziga xos sezgirligi. Ish sharoiti haroratining o‘zgarishi bilan tushuntiriladi. Demak, o‘qituvchi uchun organizmni chiniqtirish masalasi kasbiy ahamiyatlidir. O‘qituvchi mehnatining kasbiy o‘ziga xosligi miya katta yarim shari qobig‘i markazining ayni bir joyida izlab topadigan va takrorlanadigan nagruzka bo‘lib hisoblanadi. Axir, o‘qituvchi, odatda bir yoki ikkita predmetni o‘qitadi, ko‘p marta takrorlanadigan yozma topshiriqlarni tekshiradi. Bosh miya qobig‘ining qayta tiklash imkoniyati odatda bu holatni niqoblaydi, Biroq yosh ortib borishi bilan (ayniqsa 50 yoshdan keyin) qayta tiklash imkoniyati susayadi. Bu esa funksional nevrozlar sababchisidir. Bular hatto tajribali, fe’l – atvori bir zayilda mustahkam dinamikaga ega bo‘lgan pedagoglarda ham vujudga keladi. Bosh miya markazining ma’lum qismida izlab topish nagruzkasi tufayli miya to‘qimalarida qonning qayta taqsimlanishi keskin ro‘y beradi. YOsh o‘tishi bilan miya tomirlarida mustahkam o‘zgarish doimo chuqurlashib boradi. Garchi, modda almashivuning yuqori bo‘lishi oqibatida arterial bosim unchalik ko‘tarilmaydi.
Modda almashuvining doimo oshib borishi o‘qituvchi uchun fiziologik asoslangandir. Ish staji 5 yilgacha bo‘lgan pedagoglarda ish kuni davomida umumiy modda almashuvining ko‘payishi 15-35% dan ortiq bo‘lmaydi. Biroq uning dastlabki darajasiga qaytishi 2-3 sutkadan keyin ro‘y beradi. Kundalik pedagogik yuk uning asl holiga qaytishiga imkon bermaydi, hatto 48 ish kunilik tatilidan keyin ham modda almashuvining 15-30% holatlari o‘qituvchilarda miqdor darajasiga qaytmaydi va butun faoliyati davomida oshgan holda qolib ketadi. Modda almashuvi vazifasini qalqonsimon bez boshqarilib turilishini hisobga olinsa, uning giperfunksiyasi ko‘proq bo‘qoq xastaligi ko‘rinishidagi dekompensatsiya hodisalariga keltirishini faraz qilish mumkin. Ehtimol, bunga o‘qituvchining mehnati muntazam uglekislogazining konsentratsiyasi ko‘tarilgan sharoitda o‘tishi ko‘maklashish holati yordam berishi mumkin. Gigiyenistlar uglekislogazning miqdori 2-3 barobar ko‘paygan maktablar ko‘pchilikni tashkil etishini aniqladilar. Ammo havoda uglekislogazning to‘planishi unchalik yuqori bo‘lmasa ham (0,5-0,6%) modda almashuvining oshishiga, arterial bosim va yurak urishining tezlashuviga ko‘maklashadi. Mana shuning uchun ham o‘qituvchining pedagoglik mehnati kechadigan binolarda sanitariya normalariga rioya qilish ayniqsa zarurdir. O‘qituvchi mehnatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri - barcha mehnat hayoti davomida doimiy kun tartibi yo‘qligidir. Bu dars jadvalining qator maktablarda, choraklar, yarim yillik, ikki smenali ishlarida namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchi kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligiga ishida jismoniy komponentning yo‘qligi (jismoniy tarbiya va mehnat o‘qituvchisidan tashqari) ham taalluqlidir.Miya faoliyatining normal bo‘lishi uchun unga organizmning har xil tizimlaridan impulslar tushishi kerak. CHunki uning hajmining qariyb yarmi muskullardan tarkib topgan.
Muskullar harakati – behisob (ulkan miqdordagi) asab impulslarining manbaidir, ular miyani normal ish holatini ushlab turadi. Bu yerda sog‘liq va jismoniy tarbiya qanday ulkan rol o‘ynashi tushunarlidir.
O‘qituvchilar pedagoglik faoliyatining tahlili, ularning ko‘pchiligini mehnati noratsional tashkil etilgani ko‘rsatadi. Bu asosan o‘quvchilar oldida aniq maqsad va vazifa qo‘ya bilmaslik bilan bog‘liq. Mehnatni tashkil etishning uslubi va usullari shakllarini to‘g‘ri tanlash va qo‘llay bilmaslik, o‘qitishda texnika vositalaridan foydalan olmaslik, o‘z ishini asosli rejalashtirish, ma’lum tartib va qoidalarga bo‘ysindira bilmaslik, normalashtirishi, hisobga olish va nazorat qila olmaslik, o‘quvchilar ishini prognozlashtira olmaslik, optimal qarorlar qo‘llay bilmaslik, o‘zining va o‘quvchilar mehnatini rag‘batlantira olmaslik, o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni kompleks yecha olmaslik, ish jarayoni va uning natijalarini tekshirishni bilmasliklari bilan bog‘langan. Bularning hammasi pedagoglik mehnatida asab emotsional komponentining kuchayishiga ta’sirini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, o‘qituvchi ochiq havoda juda kam bo‘ladi (kuniga o‘rtacha 32 daqiqagacha), sog‘lomlashtirish tadbirlariga unchalik faol ishtirok etmaydi. Masalan, biz respublikada 873 o‘qituvchini tekshirganimizda, ulardan 56,1% jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanmaydilar, 37% axyon-ahyonda shug‘ullanishi, muntazam ravishda 6,9 va 8,7% ertalabki badan tarbiya bilan mashg‘ul bo‘lishi aniqlandi. Ta’til davrida 32,6% o‘qituvchilar passiv dam olishni yoqtiradilar. Faqat 3-4% shahar o‘qituvchilari 2-3% qishloq pedagoglari o‘z ta’tillarini sayyoxlik safarida o‘tkazadilar. Bularning hammasi o‘qituvchining kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Ish kunining oxirida 83,5% o‘qituvchilarning charchaganliklari ayon bo‘ladi, 49,5% bosh og‘rig‘idan, 39,3 – umumiy xolsizlanishdan, 19,4 – bosh aylanishidan, 38,4 – uyquchilikdan, 32,6% - yurak atrofidagi og‘riqdan shikoyat qiladilar.
SHiddatli ish kun uyqu tavsifiga ta’sir ko‘rsatadi. So‘roq qilingan o‘qituvchilarning 27,4% uxlash qiyinligini, 34,7 – barvaqt uyg‘onishini, 21,6 - tez-tez uyg‘onishini, 26,3 – uyg‘onishda qiynalishini ta’kidlaydilar, 19,8% so‘roqlanganlarda uyqu dahshatli tush ko‘rish bilan o‘tishini, 14,3% - uyqusizlikdan aziyat chekadilar.
O‘qituvchi uyqusining buzilishiga sabab, ochiq havoda kam bo‘lishi – 82,4; 67,2% - o‘ta holdan toyishi, ish tartibining noratsionalligi – 47,8% ko‘rsatadi.
Navbatdagi ish kuniga kuchning qayta tiklanishi xaftaning boshida 96%, xaftaning oxirida esa 93,7% ta’kilanadi. Dam olish kunidan keyin charchoqlik sezgisi 40,1% o‘qituvchilarda qoladi.
O‘qituvchilar mehnati faoliyatining yuqorida ko‘rib chiqilgan tavsiflari ostida ularga ruhiy-ijtimoiy, ruhiy-jismoniy va psixologik omillar ta’sirida o‘qituvchilarda kasbiy tavsifga ega bo‘lgan kasallik vujudga keladi.
Ruhiy-ijtimoiy omilga ijtimoiy kelib chiqishning jahl chiqaradigan o‘qituvchilar kollektivida, ma’muriyat va o‘qituvchilar orasidagi munosabat va hakozolar), ruhiy-jismoniyga – mehnatning gigiyenik sharoiti buzilishi, shovqin-suron va boshqalar, psixologik omilga o‘z kasbiga shaxsiy mungosabati kabilarni kiritish mumkin.
Bu omillarning majmuasi salbiy ta’sir ko‘rsatishi birinchi galda yurak-qon tomirlari patologiyasida ro‘y beradi. Vegetativ-tomir distonii sindromi 100 ta tekshirishdan o‘tkazilganlarning 20 xodisalarida ro‘y beradi, gipotonik xastalik – 18 tada, gipertonik bemorlikda – 12 tada, infarkt, miokard- 1,7 hollarda ro‘y beradi. Boshqa patologik shakllar orasida oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasi ajralib turadi (7,1). YUrak-qon tomirlari patologiyasi tizimida asab-emotsional omillarning o‘zaro bir-biriga ta’siri sharoitida betoblanish alohida o‘rin egallaydi. Bundan tashqari, o‘qituvchining yoshi ulg‘ayishi va tez-tez xastalanib turishi orasida korrelyatson aloqa aniqlandi.Masalan, stenokardiya oldingi yoshdagi guruxdagiga nisbatan keyingi guruxdagisida tez-tez uchrab turadi. SHunga o‘xshash manzara gipertonik xastaligi bo‘yicha uchraydi. Xotinlar ko‘proq gipotonik va vegetativ tomir xastaliklari bilan kasallanadilar. Erkaklarda oshqozon yarasi, infarkt, miokard, gipertonik xastaliklar tez-tez uchrab turadi. SHamollash tavsifidagi xastalik bilan o‘qituvchilarning 90% gachasi aziyat chekadilar. Ana shu sabab tufayli o‘qituvchi o‘quv yili davomida o‘qituvchi o‘rtacha 36,7 ish kunini yo‘qotadi.So‘roqlangan o‘qituvchilarning ish staji 5-10 yilgacha bo‘lganlarning 57,8% va ish staji 20 yil bo‘lgan o‘qituvchilarning 81% turli xildagi surinkali kasalliklarni ko‘rsatadilar.
O‘qituvchilar orasida uzoqlikni ko‘raolmaslikning rivojlanishiga ko‘pincha ko‘rish ishi sharoitining buzilganligidadir. Pedagogika institutlarini bitiruvchilar sog‘ligining holati kasbga ko‘nikishi ma’lum darajada bog‘liqligi aniqlandi. O‘z kayfiyatini yaxshi sezish ijobiy potensial o‘z ishidan qoniqish hosil qilgan o‘qituvchilarda vujudga keladi. Bu esa yuqori kasbiy turg‘unlik ham imkon beradi. Pedagoglik faoliyatini 2-3 yil ishini to‘xtatgandan keyin 68,6% o‘qituvchilar sog‘liqlari yomonlashganini, asab tizimi buzilganligini ko‘rsatdilar. Bu maktabdan majburan ketishning asosiy sabablaridan biridir.
Sog‘ligining holati va asab tizimining tuzilganligi tufayli pedagoglik ishning hajmi chegeralanganligiga 27,8% o‘qituvchilar ta’kidladilar.
Qariyb 33% o‘qituvchilar ikkinchi chorakdan keyin jiddiy dam olishga muhtojdirlar, yil oxirida – 69%.
Afsuski, o‘qituvchilar uchun xos bo‘lgan ba’zi bir tipik xastaliklar talabalik yillaridayoq tarqalishsh tendensiyasi mavjud. Tugatuvchi kursda sog‘ligining holati bo‘yicha maxsus meditsina gruxiga o‘tkazilayotgan shaxslar soni ko‘payotganligini to‘g‘risida kuzatuvlar dalolat beradi. Bularning hammasi kelajak o‘qituvchilarning sog‘lgini mustahkamlash, jischmoniy chiniqishni kuchaytirish, nafaqat intensiv va maxsulli ishlashni shakllantirish, balki dam olish uchun ham maxsus g‘amxo‘rlik bo‘lishi kerak. V.A.Suxomlinskiy pedagoglarning sog‘ligi va kayfiyatiga katta ahamiyat berib, yosh o‘qituvchi ham, 25-30 yil ishlab qo‘ygani ham, tetik va xushchaqchaq bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. O‘qituvchi uchun bolalar bilan safarga mamnun bo‘lib chiqishi xushbo‘y pichan g‘arami ostida tunashi og‘ir bo‘lmasligi kerak.
Download 29.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling