Abdusattorovichning iqtisodiyot


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana21.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1367695
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
IKTISODIYOT FANIDAN BOZOR INFRATUZILMASI VA UNING UNSURLARI IQTISODIYOT MUSTAQIL ISH



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM 
 
 
IQTISOD 
YO’NALISHI 
 
 
2 - BOSQICH 157 - GURUH TALABASI 
 
 
TO‘XTASINOV SARDOR 
ABDUSATTOROVICHNING 
 
 
IQTISODIYOT 
fanidan 
 
 
 
 


BOZOR INFRATUZILMASI VA UNING UNSURLARI 
Reja. 
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari. 
2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi. 
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari. 
4. Bozor va uning vazifalari. 
5. Bozorning turlari va tuzilishi. 
6. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari. 
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun 
xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan 
amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi 
ko‘plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan 
shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. 
Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy 
evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib 
qoldi. 
Oldingi bobda ta’kidlanganidek, xususiy mulkchilikning paydo bo‘lishi va 
ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va 
mavjud bo‘lishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat 
taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab 
chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash 
va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning 
rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. 
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin 
almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim 
shartlari bo‘lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo‘lsa, 
bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab 
chiqaruvchi faoliyatining nisbatan samarali yo‘nalishlarini ko‘rsatib beruvchi erkin 
narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling