Abdusattorovichning iqtisodiyot
to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lgan iste’molchilarga zarur bo‘lgan turdagi va
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
IKTISODIYOT FANIDAN BOZOR INFRATUZILMASI VA UNING UNSURLARI IQTISODIYOT MUSTAQIL ISH
to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lgan iste’molchilarga zarur bo‘lgan turdagi va
miqdordagi tovarlarni ishlab chiqaradi va resurslarni etkazib beradi. Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘ziga xos javob bo‘ladi. Bunda uchta uzviy bog‘liq masalaga e’tibor beriladi: - resurslarning alohida tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi; - korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi; - har bir korxona resurslarining uyg‘unlashuvi va texnologiyani tanlash. Bozor tizimi, resurslarni, avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega tarmoqlarga yo‘naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnologiyani qo‘llashga layoqatli bo‘lgan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat ko‘rsata oladi. Korxonalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga bog‘liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi resurslarning oqilona uyg‘unlashuvi darajasi hamda iqtisodiy resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samaradorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslarni eng kam darajada sarflagan holda erishishni bildiradi. Bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan bo‘ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o‘zgarishiga muvofiq holda o‘zgaradi. Ayni paytda resurslarni taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt o‘tishi bilan iste’molchi didining o‘zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta o‘zgarishi oqibatida eskirishi va samarasiz bo‘lib qolishi mumkin. Iste’molchi dididagi o‘zgarishlarning mahsulot narxi va foydaga ta’siri ayrim tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu o‘zgartirish resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kengayib boruvchi tarmoq resurslarga ko‘proq talab bildirsa, qisqarib boruvchi tarmoq ularga talabni kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o‘zgarishi, resurslarni qisqaruvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi. Demak, bozor tizimi texnologiyaning o‘zgarishi va har xil resurslar taklifi tarkibidagi o‘zgarishlarga moslashadi. Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantiradi. Birinchi bo‘lib tejamli texnologiyalarni qo‘llash korxonaning o‘z raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. SHunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha xulosa qilinadigan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida «nima, kim uchun va qanday qilib ishlab chiqarish zarur» degan muammoga quyidagicha javob beriladi: a) yuqori foyda beradigan tovarlar va xizmatlar barcha to‘lovga layoqatli iste’molchilar talabiga etarli hajmda ishlab chiqariladi; b) tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi; v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslarni tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling