Abdusattorovichning iqtisodiyot


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana21.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1367695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
IKTISODIYOT FANIDAN BOZOR INFRATUZILMASI VA UNING UNSURLARI IQTISODIYOT MUSTAQIL ISH

Bozor iqtisodiyoti bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul 
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan 
iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, 
uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy 
monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti – bozor xo‘jaligi 
sub’ektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va 
ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi deb baho 
beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha 
bosqichlari – ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini 
hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub’ektlarini qamrab oladi. 


SHuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o‘rtacha rivojlangan 
iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo‘lib, har yili ularning 
1/10 qismi yangilanib turadi. Bunday sharoitda bozorning ishtirokisiz tovar turlari 
va hajmi bo‘yicha talab va taklifni tartibga solishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. 
Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari 
muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng 
samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim 
hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini 
sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli 
qog‘ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo‘jaligining barcha asosiy sub’ektlari 
uchta guruhga bo‘linadi: uy xo‘jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat 
sektori. 
Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi 
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor 
iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib 
beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari 
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. 
Tadbirkorlik sektori – bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida 
amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz 
olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab 
chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida 
tovar va xizmatlarni etkazib beradi. 
Davlat sektori – o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan 
iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet tashkilotlari va 
muassasalarining majmui. 
SHuningdek, ba’zi darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana 
bir alohida, mustaqil sub’ekti sifatida banklar ajratib ko‘rsatiladi.
1
Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi 
harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. 
SHunday qilib, yuqorida keltirib o‘tilgan bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining o‘zaro 
ta’siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (5.1-chizma). 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling