Abdusattorovichning iqtisodiyot
-chizma Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
IKTISODIYOT FANIDAN BOZOR INFRATUZILMASI VA UNING UNSURLARI IQTISODIYOT MUSTAQIL ISH
3.2-chizma
Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari Замонавий бозор хўжалиги моделлари Мезонлар Давлат дастурларининг мақсадга йўналтирилганлиги Иқтисодиётни тартибга солиш тамойиллари Давлат секторининг иқтисодиётдаги улуши Корпоратив иқтисодиёт Аралаш иқтисодиёт Ижтимоий йўналтирилган бозор иқтисодиёти Фуқаролар манфаатларини ҳимоя қилиш Узоқ муддатли дастурларнинг ишлаб чиқилиши 30% Тадбиркорликни ривожлантириш бўйича шарт- шароитлар яратиш Тактик усуллар- дан устун равиш- да фойдаланиш 10% атрофида Йирик ишлаб чиқариш ман- фаатларини ҳимоя қилиш Асосий устувор- ликларни белгилаб олиш Аҳамиятсиз даражада 2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lini tanlagan har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, har qanday iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish kerak bo‘ladi: 1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur? 2) ushbu mahsulot va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida ishlab chiqariladi? 3) bu mahsulot va xizmatlar kim uchun ishlab chiqariladi? Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha – «nima, qanday qilib, kim uchun ishlab chiqarish zarur?» tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an’anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davomida mavjud bo‘lib kelayotgan an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolarni o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun- qoidalaridan kelib chiqadi. Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog‘liq. Bunda mavjud bo‘lgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va yuqori darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. SHu bilan birga mahsulot va xizmatlarning qanday to‘plami jamiyat talablarini to‘la qondira olishi e’tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud bo‘lgan, binobarin, foyda keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi hajmini tovarni sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning kengayib borish tamoyili amal qiladi. CHunki foyda darajasining nisbatan yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib o‘tishini ta’minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi o‘zini o‘zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. CHunki tarmoqqa yangi korxonalarning kirib Кўрсатилган мезонларга мувофиқ келувчи давлатлар Германия АҚШ Япония, Швеция kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o‘sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning yo‘qolishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo‘qqa chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng bo‘lgan holdagi nisbati bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini belgilab beradi. SHu vaziyatda tarmoq ishlab chiqarishning «muvozanatli» hajmiga etadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o‘zgarishlar ro‘y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O‘z- o‘zidan aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar ko‘rilishi kutilgan holatda korxona bunday iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi. Buning natijasida zarar ko‘ruvchi yoki past foyda darajasiga ega bo‘lgan tarmoqda ishlab chiqarish hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda qolishi ro‘y beradi. Bu esa, sekin- asta mahsulot narxining ko‘tarilishi hamda foyda darajasining oshishiga sharoit yaratadi. Natijada tarmoq o‘zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va faoliyati barqarorlashadi. Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi alohida, muhim rol o‘ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilarning tovarlarni sotib olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida namoyon bo‘ladi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga etsa, korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag‘bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining ko‘payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. SHuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko‘p darajada resurslarni etkazib beruvchilarga ham bog‘liq. Resurslarga bo‘lgan talab – bu hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqadi. O‘z daromadlarini yuqori darajaga etkazishda resurslarni etkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalarning resurslarga bo‘lgan talabi kuchayadi. Qisqasi, iste’molchining afzal ko‘rishi uning talabi orqali namoyon bo‘ladi. Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslarni etkazib beruvchilar o‘z manfaatlarini ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni yuqori foyda olish uchun pul Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling