Abdusattorovichning iqtisodiyot


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana21.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1367695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
IKTISODIYOT FANIDAN BOZOR INFRATUZILMASI VA UNING UNSURLARI IQTISODIYOT MUSTAQIL ISH

 
 
 
1
Экономическая теория (политэкономия): Учебник/ Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, акад. 
Г.П.Журавлевой. – 4-е изд. - М.: ИНФРА-М, 2004, с.78-79.; Тожибоева Д. Иқтисодиёт назарияси: Олий ўқув 
юртлари талабалари учун ўқув қўлланма./Акад. М.Шарифхўжаевнинг илмий таҳрири остида. – Т.: 
«Ўқитувчи», 2002, 74-б.


3.1-chizma
Bozor xo‘jaligi sub’ektlari o‘zaro aloqasining umumiy modeli 
 
 
 
 
 
 

 
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‘rtta 
tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: narx, talab, taklif, raqobat. 
Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun narx, ishlab chiqaruvchi uchun 
ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi zarurligini aniqlashda yo‘l ko‘rsatkich bo‘lib 
xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlar, o‘z 
navbatida, narxlardagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: 
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‘lishi va unda xususiy 
mulkchilikning ustun turishi; 
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 
- raqobat kurashining mavjudligi; 
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; 
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga 
moslashuvchanligi. 
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun 
umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap 
borganda bu iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish 
zarur. Uning birinchi ko‘rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g‘arbdagi 
rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U 
iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning 
asosiy belgilari: a) iqtisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka 
asoslanganligi; b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida 
umumlashganligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilarning shaxsan erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun 
kurashlari; d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat 
kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, 
ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi. 
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling