Reja: Post Xaqiqat Xaqiqat Ishlash prinsipi Xulosa Foydaanilgan adabiyotlar Post Xaqiqat


Download 25.34 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi25.34 Kb.
#1619086
  1   2
Bog'liq
Rajapov Odilbek post xaqiqa


Rajapov Odilbek


Post-xaqiqat nima?
Reja:



  1. Post Xaqiqat

  2. Xaqiqat

  3. Ishlash prinsipi

  4. Xulosa

  5. Foydaanilgan adabiyotlar



Post Xaqiqat
Ing. "Post-truth" - bu odamlar jamiyatdagi bo'layotgan hodisalarga nisbatan o'z fikrini shakllantirishda ob'ektiv dalillarga murojaat qilishdan ko'ra shaxsiy e'timodlari va his-tuyg'ulariga murojaat qilish samaraliroq deb hisoblanuvchi ijtimoiy holat. Post-haqiqat - bu zamonaviy jamiyatda aniq maqsadli ravishda OAVning yordamida ommaviy ongni manipulyatsiya qilish maqsadida real voqelikdan farq qiladigan boshqa virtual yaratishga urinishdir.
Xaqiqat — voqelikning kishi ongida toʻgʻri aks etishi, bilimlarimizning obʼyektiv reallikka mos kelishi. Xaqiqat insonning borliqni bilishdagi asosiy maqsadlaridan biri. U asosan inson bilimlari bilan borliqdagi narsa va hodisalar oʻrtasidagi munosabat masalasini oʻz ichiga oladi. Antik davr mutafakkirlari (Epikur, Demokrit, Lukretsiy) xaqiqatni bilimlarimizning narsa va hodisalar mohiyatini ifodalashga mos kelishi sifatida tushunganlar. Bunday tushunish yangi davr faylasuflariga (F.Bekon, B.Spinoza, K.Gelvetsiy, D.Didro, P.Golbax, M.V.Lomonosov, L.Feyerbax) ham xosdir.
Xaqiqatning obʼyektiv, mutlaq, nisbiy shakllari bor. Amaliyot tasdiklagan har qanday bilim obʼyektiv haqiqatdir. Bunda olamdagi narsa va hodisalar mohiyati inson ongiga bogʻliq emas (xaqiqat mazmunan obʼyektiv, lekin shaklan inson tafakkuri faoliyatining natijasi sifatida subʼyektivdir). Borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi toʻliq, aniq, mukammal bilimlar mutlaq xaqiqatdir. Nisbiy haqiqat obʼyek-tiv xaqiqatning baʼzi tomonini, boʻlagini, qismini aks ettiruvchi bilimdir, u obʼyektni toʻla, mukammal aks ettira olmaydi. Bilish nisbiy haqiqatlardan mutlaq xaqiqatlar tomon rivojlanib boradi. Har qanday mutlaq haqiqat nisbiy xaqiqatlarning cheksiz rivojlanib bori-shidan vujudga keladi, har bir nisbiy xaqiqatda esa mutlaq xaqiqatning zarrasi mavjud boʻladi. Ilmfan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy haqiqatlar sifatida mutlaq xaqiqatning mazmuniga yangi-yangi zarralar qoʻshib boradi. Borliq bepoyon va cheksiz boʻlgani kabi, insonning uni bilishi ham cheksiz davom etadi. Xaqiqat hamisha kon-kretdir, mavhum haqiqat yoʻq. Har bir bilimning haqiqatligi maʼlum joyga, vaqt va vaziyatga, kishi bili-shining imkoniyatiga va darajasiga bogʻliq.
Bilish jarayonida nisbiy va mut-laq haqiqatlar nisbatini toʻgʻri tushunmaslik, haqiqatning konkretligini hisobga olmaslik bilish nazariyasida 2 ta yanglish qarash — dogmatizm va relyativizmga olib keladi.


TARIXI.
Birinchi marta "post-xaqiqat" atamasi 1992 yilda serb-amerikalik dramaturg Stiv Tesic tomonidan Fors ko'rfazidagi konfliktiga bag'ishlangan essesida ishlatilgan. 2004 yilda amerikalik yozuvchi Ralf Keys xuddi shu nomli kitobda "haqiqatdan keyingi davr" atamasidan foydalangan. Shu yili amerikalik jurnalist Erik Alterman "post-xaqiqat siyosiy muhiti" haqida gapira turib. 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Bush ma'muriyatining bayonotlarini tahlil qilishda "post-xaqiqat davri prezidentligi" atamasidan foydalangan.
Qiziqarli faktlar
2016 yil "Post-haqiqat" atamasi Oksford lug'atiga binoan Yil so'ziga aylandi, Unga bunday sharaf ko'p sabablarga ko'ra loyiq edi, birinchi navbatda o'sha yili yuz bergan voqealar, ekspertlarda shubha tug'dirdi: Donald Trumpning AQSh prezidentligiga saylanishi, Buyuk Britaniyada Brexit va ko'plab populistik harakatlarning paydo bo'lishi. Chunki, ushbu barcha holatlarda voqealar borishi ekspertlarning prognozlariga zid ravishda rivojlangandi.
Fikrlar
Biroq, men post-xaqiqat hodisasini biroz boshqacha tarzda ko'rib chiqaman. Menimcha, bu G'arb tafakkuri tarixini chuqurroq aks ettiradi. Xaqiqatdan keyingi haqiqatni faqat zamonaviy muammo deb hisoblaydiganlar noto'g'ri o'ylashadi. Post-haqiqat fenomeni har doim biz bilan bo'lgan, shunchaki bu hodisalarni aniqroq aniqlashga imkon beradigan so'z endi paydo bo'ldi.

Download 25.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling