Reja: reja: Odam genetikasining mazmuni, muom-molari va vazifalari. Odam genetik ob’ekt sifatida


Download 0.7 Mb.
bet1/10
Sana15.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1482176
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ODAM GENETIKASI KIRISH.

REJA:

  • REJA:
  • 1. Odam genetikasining mazmuni, muom-molari va vazifalari.
  • 2. Odam genetik ob’ekt sifatida.
  • 3. Odam genetikasining rivojlanish tarixi.
  • 4. Odam genetikasining metodlari.
  • 5. Odam genetikasini o‘rganishni nazariy va amaliy ahamiyati.

Odam genetikasining mazmuni, muommolari va vazifalari.

  • Odam genetikasining mazmuni, muommolari va vazifalari.
  • Odam genetikasi genetika fanining bir shoxobchasi bo‘lib, u odamdagi irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganadi.
  • Odam genetikasi antropologiya va tibbiyot bilan uzviy aloqadordir. Odam genetikasi shartli ravishda antropogenetika va tibbiyot genetikasidan tashkil topgan.
  • Antropogenetika odam organizmidagi normal belgi-xususiyatlarini, tibbiyot genetikasi esa uning patologiyasi, ya’ni irsiy kamomatlarning irsiylanishini tadqiq qiladi.

2.Odam genetik ob’ekt sifatida.

  • 2.Odam genetik ob’ekt sifatida.
  • Odam ham biologik, ham ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Shunga binoan o’simlik, hayvonlar irsiyati va o’zgaruvchanligi bilan bog’liq barcha mеtodlarni odamlar irsiyati va o’zgaruvchanligini o’rganishda qo’llab bo’lmaydi. Masalan, gеnеtik tadqiqot biror bеlgi yoki xossani irsiylanishini aniqlash maqsadida shu bеlgi-xossalarga ega erkak va ayolni majburan nikohlash qonun bilan man etiladi. Bu odam gеnеtikasini o’rganishdagi birinchi qiyinchilik.
  • Odam irsiyati va o’zgaruvchanligini o’rganishdagi ikkinchi qiyinchilik uning kam nasl bеrishi bilan aloqador. Ma'lumki gulli o’simliklar minglab urug’ bеradilar, baliqlar yuz minglab tuxum qo’ygani holda, odam bittadan, kam holatlarda egizak farzand ko’radi. Bir yoki ikki farzand asosida irsiyat va o’zgaruvchanlik qonun, qoidalarni kashf etish nihoyatda mushkul.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling