Reja: Sanoat binolari haqida umumiy ma’lumotlar


Download 3.48 Mb.
bet1/3
Sana02.11.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1740074
  1   2   3
Bog'liq
1-маъруза лотин


№1 Sanoat binolari haqida umumiy ma’lumotlar. Sanoat binolarining turlari.Sanoat binolariga qo’yiladigan asosiy talablar.
REJA:
  • Sanoat binolari haqida umumiy ma’lumotlar.
  • Sanoat binolarining turlari.

Davlatimizning kuchli va qudratli asosini yaratishda xalq farovonligini ko‘tarishda sanoat qurilishi juda katta rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qurilish soxasiga katta e'tibor qaratilib,yangi ishlab chiqarish binolari, sanoat korxonalari qurilishi boshlandi.Sanoat binolari bir maxsulotni ishlab chiqarishga mo`ljallangan bo‘lib,ularda ishlab chiqarish vositalari joylashtiriladi.Kerakli ishlab chqarish vositalari bilan jixozlangan bunday binolarda ishlanuvchi xom ashyolar yarim tayyor va tayyor maxsulotlarga aylantiriladi. Ishlab chiqarish binolari mos keluvchi sanoat soxalarining asosiy fondlari hisoblanadi va talab etilgan sharoitlarni ta'minlagan holda , ishlab chiqarish jarayonining joylashtirilishiga xizmat qiladi.
Sanoat korxonalarini bitta hududda to‘plash,ya'ni hududiy ishlab chiqarish majmualarini yaratish katta iqtisodiy samara beradi.Iqtisodiy samaradorlikka quyidagilar orqali erishiladi:
-yordamchi korxonalarni (issiqlik, energiya manbalari,suv ta'minoti, kanalizatsiya va shunga o`xshashlar)takrorlash;
-qurilish materyallarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, narxini kamaytirish, qurlish muddatlarini qisqartirish , mehnat unumdorligini oshirish, qurilish sifatini yaxshilash va industirialligini ko‘tarish.
Qurilish mahsulotining sifati uni yaratishning uch bosqichida shakillanadi:
-loyihalash;
-konstruksiyalar , buyumlar va uskunalarni tayyorlash;
-qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish .
Barcha rivojlangan mamlakatlarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish shu davlatlar iqtisodiyotining lokomativi bo‘lib hisoblanadi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan mamlakatlar aholisining turmush darajasi ham shunga mos ravishda sanoati rivojlanmagan mamlakatlarga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Sanoat sohasini rivojlantirish uchun avvalambor qurilish sohasini kengaytirish, ya'ni har xil ishlab chiqarish korxonalarini va shu korxonalarda ishlaydigan kishilarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xizmat qiladigan turar-joy, maishiy xizmat, tibbiyot, sport muassasalari qurilishini ko‘paytirish lozim.
Ishlab chiqarish tarmoqlari xalq xo’jaligi tarmoqlarining bir bo’lagi bo’lib, ularga sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, qurilish va boshqalar kiradi.
Sanoat korxonalari ishlab-chiqarishni texnologik jarayonlarini amalga oshiradigan va ma’lum bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarishga mo’ljallangan sanoat binolaridan tashkil topadi.
Har qanday sanoat binolari tarmoqlaridan qat’iy nazar to’rt guruhga, ya’ni, ishlab chiqarish(mexanik, yig`uv, tikuvchilik, ta`mirlash, asbobsozlik va boshqa sexlar), energetika (TES, transformator stansiyalari), transport-ombor (omborlar, garajlar, mashina turar joylari) xo’jaligi va yordamchi binolarga (ma`muriy , maishiy va boshqa binolar) bo`linadi.

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling