Reja: Sapiens Noah Xarrari va mening talqinimda


Download 20.07 Kb.
bet1/8
Sana24.12.2022
Hajmi20.07 Kb.
#1062509
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sapiens Akobir Bòronv


Homo Sapiens- insoniyatning qisqacha tarixi
Reja:
1.Sapiens Noah Xarrari va mening talqinimda
2.Sapiensgacha bòlgan davrdagi insoniyat.
3.Sapiensning Rivojlanish bosqichlari
4.Sapiens va kelajak haqida Noah Xarrarining qarashlari

Tayanch tushunchalar:


Yuval Noah Xarari, Aqliy inqilob, Homo va Sapiens Tushunchalari,Avstrolopitik-janubiy maymunlar,Homo rudolfensis(Шарқий Африка); Homo erectus (Шарқий Осиё)Homo neanderthalensis (Европа)Geografik determiznizim Oshpazlar poygasi, "siqib chiqarish nazariyasi",Kognitiv inqilob, Fiksiya, Peugeot Sheri, Darvinizim, "Arxaik Kommuna", Agrar inqilob va Boshqalar.

Yetmish ming yil ilgari Homo sapiens Afrikaning bir burchagida oʻz


yumushlari bilan ovora shunchaki ahamiyatsiz bir jonzot edi. Keyingi
mingyilliklar davomida u butun sayyoraning xoʻjayini va ekotizimning
kushandasiga aylandi. Bugungi kunda u nafaqat abadiy yoshlikka, balki yaratish va vayron qilish kabi ilohiy qobiliyatlarga ega xudoga aylanish arafasida turibdi.Afsuski, Sapiyenslar tuzumi haligacha faxrlanishimizga arziydigan katta ishlar qilmadi. Biz atrofimizdagi bor narsani yaratganmiz, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirdik, shaharlar qurdik, imperiyalar tuzdik va
sayyoramizning istalgan burchagiga yetib boradigan savdo yoʻllarini yaratdik. Lekin dunyoda haligacha mavjud boʻlgan uqubatlarni kamaytira oldikmi? Vaqt va yana, inson qudratining salmoqli yuksalishlari alohida bir Sapiyensning yaxshi yashashi uchun keraklicha sharoit yarata olmadi va koʻpincha hayvonot olamidagi ulkan talafotlarga sabab boʻldi.
Soʻnggi oʻn yilliklar davomida nihoyat ochlik, kasalliklar va urushlarni nisbatan kamaytirish orqali inson uchun kerakli sharoitlarni yaratish boʻyicha rivojlanishga erishdik. Shunga qaramay, boshqa
hayvonlarning holati har qachongidan ham yomonlashib bormoqda va insoniyat ahvolining yaxshilanishi shu qadar qisqa vaqt ichida boʻldiki bunga quvonishga hali erta.Bundan tashqari, odamlar qila oladigan hayratlanarli narsalarga qaramay, biz oʻz maqsadlarimizga ishonmaymiz va biz har doimgidek norozi boʻlib yuraveramiz. Biz kanoyelardan paraxodlarga, ulardan esa kosmik kemalarga oʻtdik, lekin biz qayoqqa yoʻl olganimizni hech kimsa bilmaydi. Biz har qachongidan ham qudratlimiz, ammo bu kuch-qudrat nimalarga qodir ekanligini ham bilmaymiz. Eng yomoni, odamlar har qachongidan ham masʼuliyatsiz boʻlib bormoqda. Oʻzidan xudo yasab olgan insonlar faqat fizika qonunlarigagina tayanishadi va qilmishlari uchun boshqa hech kimning oldida javob berishmaydi. Hech qachon erishilmaydigan rohat va farogʻatni oʻylab boshqa hayvonlarning hayotini dahshatga aylantirdik, sayyoramizning ekotizimini yoʻq qildik.



Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling