Reja: Sapiens Noah Xarrari va mening talqinimda


Mana shunaqa savollarga Javobni bu kitobdan topolmadim va Xararining ushbu fikrini ,u asoslangan Darvinizimni ham qoralayman


Download 20.07 Kb.
bet3/8
Sana24.12.2022
Hajmi20.07 Kb.
#1062509
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sapiens Akobir Bòronv

Mana shunaqa savollarga Javobni bu kitobdan topolmadim va Xararining ushbu fikrini ,u asoslangan Darvinizimni ham qoralayman.
Odamlar – Homo urugʻiga mansub jonzotlar – birinchi boʻlib taxminan
2.5 million yil avval Australopithecus – “Janubiy Maymunlar”, deb nomlangan dumsiz yirik maymunlar urugʻidan Sharqiy Afrikada shakllangan. Taxminan 2 million yil oldin, ushbu qadimiy erkak va ayollarning ayrimlari oʻz yerlarini tark etib Sharqiy Afrika, Yevropa va Osiyoning keng hududlari boʻylab tarqaladi va oʻsha yerlarda joylashib qolib ketadi. Shimoliy Yevropaning qorli oʻrmonlarida omon qolish uchun boshqa xususiyatlarda ega bo'lish kerak edi. Xarari Homo sapiens odamlarning eng birinchi ildizi Avtsrolopetik odamlar takidlashi bilan bir qatorda asosan insoniyatni 3ta qadimgi turini ko'rsatadi.Birinchisi yuqorida korganingiz Avstrolopetik ,Ikkinchisi Neandertal -bu odam turidan boshlab insoniyatning shakli yani qad-qomat masalasi uning kognitiv miyasi shakllana boshlagan va atrof muhitni o'zlashtirib unga moslasha boshlagan bir paytda Sharqiy Afrika hududida yangi tur Homo Sapiens yetilayotgan edi .Xarari Odamlarnin evolutsiion yani tadrijiy rivojlanishini inkor etadi va Darvin kabi turlar masalasini o'rtaga tashlaydi.
" Ayrim turlarning vakillari jussasi yirik, boshqalariniki esa pakana
boʻlgan. Baʼzilari mudhish ovchilar boʻlsa, boshqalari yuvosh oʻsimlik
yigʻuvchilar boʻlgan. Baʼzilari faqat bitta orolda yashagan, koʻplari esa
qitʼalar boʻylab kezib yurgan. Lekin ularning hammasi Homo, yaʼni odam
urugʻiga mansub boʻlgan. Ushbu urugʻ vakillarini toʻgʻri chiziqqa joylashtirib ketma-ketlikda, Ergasterʼdan Erectus, Erectusʼdan Neanderthals, va Neanderthalsʼdan Sapiensʼlar
evolyutsiya boʻlgan deb tasavvur qilish – keng tarqalgan yanglish tasavvurdir. Ushbu chiziqli model muayyan bir paytda yer yuzida odamzodning faqat bitta turi yashagan va oldingi barcha turlar bizning eski modellarimiz, degan notoʻgʻri taassurotni hosil qiladi. Haqiqat shuki, taxminan 2 million va 10 ming yillar oraligʻidagi muddatda, dunyoda bir vaqtning oʻzida odamzodning bir necha turi yashagan. Bunda nimani anglashimiz mumkin Insonlarning rivojlanish yani Evolutsiya ochiqdan ochiq rad etliladi.. Misol uchun bu Bir hayvonni olaylik aytaylik Baqa uning tuhumidan it baliq bolishi va oxiri baqaga aylangunicha ro'y beradigan o'zgarishlar insonda bo'lmagan Tayyor "O'zgarishlarga uchramagan yangi baqa turi bor deganga o'xshaydi ..Va Men bunga qo'shilaman .Sababi Avstrolopetik neandertal, Home Ergaster va boshqa turlar maymuning bir turi sifatida talqin etaman Va Homo Sapiens bu Bugungi kunda qanday bo'lsa Birinchi yaralganda ham shunday bo'lgan degan g'oya Xararining yuqoridagi fikrlaridan kelib chiqdi menda..To'g'ri Sapiens o'tmishda baland, baquvat yoki tanasining rangi boshqacha bo'lgam bo'lishi mumkin bugungiga taqqoslaganda bu uning evolutsiyasini anglatmaydi ,menimcha. Bu ularning yashagan muhiti va geografik determinizimga bog'liq.
Qadimgi odamlar tabiatning ko'p qiyinchiliklariga ojiz edilar.Mana Shunaqa davrda ular ichida ijtimoiylashuv ro'y berdi .Yani Kuchli baqquvat odamlar urug'ga sardor yoki urug'ni boshqaradigan yetakchilar bo'lib olishdi.Va Tabiatda Faqat kuchlilargina omon qola boshlashdi.
Ulardagi o'zgaruvchanlik organizmlar tuzilishi va funksiyasida yangi belgilarning hosil boʻlishidan iborat belgilar paydo bo'la boshladi Irsiyat orqali bu belgilar nasldan naslga oʻtdi. Yashash uchun kurash tufayli muhit sharoitiga eng yaxshi moslashgan belgiga ega boʻlgan individlar yashab, nasl qoldirdi, yaʼni tabiiy tanlanish yuz beradi. Tabiiy tanlanish natijasida yangi turlar paydo boʻladi. Shuning bilan birga organizmlarning tashqi muhitga moslanishi nisbiy xususiyatga ega.Odamlarning tabiatga moslashib ketishi ulardagi fizologik holatlarga ham ta'sir qildi .Misol uchun bitta Olovning kashf etilishi ularning Jag',tish, hazm qilish sistemasida katta ahamiyat kasb etdi.Ilgari odamlar ozuqa zanjirida eng oxirgi o'rinda turardi .Misol uchun Bir She'r bir bizonnimi yo Antilopani ovlab o'zini toydirgandan keyin undagi qoldiqlarni Sherdan kuchsiz hayvonlar Tulki Shoqollar,qushlar va eng oxirida odamlar tannavul qilgan.Olov odamlarga o'zlari o'ylamagan xususiyatlarni berdi .Avval insom bir Ovqatni 2 3soatda hazm qilayotgan bo'lsa, olov ixitiro qilgandan keyin bu 1 soat yo yarim soatga amalga oshiladigan bo'ldi. Ana shunday jarayonda "oshpazlar poygasi" jarayoni amalga oshirildi .Homo sapiens yangi odam turi sifatida tez atrofga yoyildi.buning sababi u ozindan oldingi neandertallarga qaraganda moslashuvchalik qobiliyati juda yuqori edi.Hamda Neandertallardan ko'ra Olov va boshqa qurollardan foydalanishni bilar edi. Ular o'zining mehnat qurollari bilan Neandertallar yashaydigan muhitni o'ziga moslashtirib,Neandertallarni boshqa joylarga ko'chib ketishiga majbur qilishgan bunga Noah Xarrari "Siqib chiqarish nazariyasi "deb nom bergan.
Bugungi Homo Sapiens odamlari nega Neandertal yoki Homo oilasining boshqa turiga o'xshab yo'q bo'lib ketmadi? Muvaffaqiyatli oila biznesi oʻsganda va koʻproq ishchi olinganda inqirozga yuz tutadi. Agar oʻsha paytda qayta tartibga solish uddalanmasa, kompaniya odatda barbod boʻladi. Homo Sapiens qanday qilib bu chegaradan oʻtdi va minglab odamlar yashagan shaharlarni, yuz millionlab odamlardan iborat imperiyalarni yaratdi? Ushbu Savollarga Noah Xarari bunday javob beradi.
Har qanday Jamiyat yoki Bironta kompaniya boshqa o'zining raqobatchilari bilan dialektik aloqada bo'lmas ekan sekin-sekin tanazulga yuz tutadi. Homo Sapienslarni birlashtirib turgan omillardan bittasi ulardagi jamoaviylik yana bittasi Ishonch .Ular Atrofidagi kuchlarga sig'inish kuchli edi va ular bir etiqod asosida birlasha boshlashdi.Misol uchun Dehqonchilik bilan shug'ullangan ular yerni ezozlashni va uni muqqadaslashtirib unga boshqacha nigohlarda yondashishdi.Ular suv,olov,tuproq,havo va boshqa narsalarni ularni taminlab turgan asosiy vosita sifatida ko'rib ularni ilohiylashtirdi..Misol uchun Rimdagi Neptun, Misrda Xappi, Mesopotamiyada Ea, Yunonistonda Poseydon bularning nomi har xil bo'lishi mumkin ammo Mohiyati bitta edi..Suv...

Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling