Reja: Sodda gap


Download 17.38 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi17.38 Kb.
#1574359
Bog'liq
1-amaliy


1-amaliy mashg`ulot: Gaplarning tuzilish jihatdan turlari.
Reja:
1.Sodda gap
2.Sodda va qo`shma gaplar.
3.Sodda gap turlari.
4.Ikki bosh bo`lakli sodda gaplar, ularning turlari.
5.O`RTMI: Sodda va qo`shma gap haqida tushunchaga ega bo`lish, sintaktik tahlilni amalga oshirish
1-mashq. Ko’chiring. Ikki bosh bo’lakli va bir bosh bo’lakli gaplarni aniqlab, ular orasidagi farqni ayting. Bir sostavli gaplarning tipini belgilang.
I.Shu kuni kimning qo’liga qaramang gazeta. Hamma yok ari uyasiday guvillab qolgan. Tushki ovqat mahali ham bahs ustiga bahs ochilardi. Istagan xonangizga kirmang, ikki-uchtadan bo’lib olib radio biologiya laboratoriyasini tilga olib turganini ko’rasiz. Har kim har xil talqin qilardi. Birovlar Goyibning gruppasiga achinishar, shuncha mehnatlari zoe ketganidan afsus kilishardi. Maqola muallifini esa shaddodlikda ayblashardi.“O’tkir yozilibdi, - derdi boshqa birovlar, - egasini topib yozishibdi!..” Yana bir xillari bor ediki, ular na u tomonga, na bu tomonga bo’lishga garang edilar. (J.Abdullaxonov)
II.Mana o’sha cho’l. Na bir qo’qqaygan uy, na bir qultum suv va na tikkaygan daraxt bor. Poyoni yo’q yaylov. Bu yerda yil fasllarining o’ziga xos fayzi, gashti bo’ladi. Bahor shabadasi esib, osmonda oq-qora bulutlar suzadi, chaqmoq gumburlaganda, bular larzaga keladi, qish uyqusida tosh qotib yotgan jonivorlar momaqaldiroq na’rasidan cho’chib uyg’onadi. (N. Safarov.)
2-mashq. O’qing, egasiz bir bosh bo’lakli gaplarni topib, tiplarini ayting. Avval shaxsi aniq, so’ngra shaxsi noaniq, undan so’ng shaxsi umumlashgan va egasi topilmas gaplarni ko’chirib, ular orasidagi farqni tushuntiring.
1. Bu yerni sahro deydilar. (I. R.) 2. Esing borida el tani, kuching borida yer tani! (Maqol.) 3. Kabinadan chiqishga to’g’ri keldi. (Ch. Ayt.) 4. Biz tomonlarga ham boring, Feruzaxon. (X- F.) 5. Uni qaytadan birinchi kursga qabul qilishdi. (S. An.) 6. Keling, yaxshisi kuzatuvlarimizni davom ettira qolaylik. (J. Vern.) 7. Endi o’tirib ishlasa bo’ladi. (10. Semyonov.) 8 Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l. (Maqol.) 9. Toshtemirga bog’ oralab kichik-kichik kalta ariqlar ochishni, suvni jildiratib quyishni o’rgatdi. (H. G.)
3-mashq.Berilgan matndan avval sodda gaplarni, so’ngra qo’shma gaplarni yozing. Qo’shma gap qismlari sonini, qanday bog’langanini izohlang
Darada havo issiq, hamma yerdan qarag’ay va archa hidi anqirdi. Tevarak-atrof igna bargli ko’m-ko’k daraxtlar bilan qoplangan. Yirik shag’al yo’ldan tepalikka ko’tarilish ancha mushkul edi. Havo issiq, suv ichkilari kelardi. Hamon suv uchramasligidan hayron bo’lishardi. Lily daradan qor bosgan Krasnaya Polyana degan joyga o’tishlari kerak edi. Shu yerda daryocha bo’lishi kerak, lekin undan hamon darak yo’q edi. Qarag’aylar uchini shitirlatib shamol esardi, ammo shamol ovozi sukunatni buzmay uni yanada chuqurlashtirardi. Borgan sari oyoq ostidagi kul rang, ba’zi joylarda esa oppoq tus olgan shag’al birdaniga qoraya boshladi va o’n minut o’tmasdan shag’al orasida shildirab oqayotgan ariqchani ko’rdilar, olisdan esa shovillagan ovoz eshitildi. Sal keyinroq ular hayqirib oqayotgan oqim bo’ylab ketaverdilar, suvdan esgan muzdek shamol oyoqlarini junjiktirdi. Keyin ular qor bosgan maydonchaga ko’tarildilar, hammayoqni yana sukunat bosdi, chunki qor erib, uning ostidan chiqayotgan oqim pastda qolgan edi.
Download 17.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling