Reja: So‘zlarning qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar, teng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanishi


Download 25.69 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi25.69 Kb.
#158022
Bog'liq
10-mavzu


10-Mavzu:  So‘zlar bog‘lanishidagi moslik.

Reja:

1. So‘zlarning qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar, teng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanishi

2. Tobe bog‘lanish haqida

3. Tobe bo‘lakning hokim bo‘lakka bog‘lanishi


Har qanday til o‘zining nutq tovushlari, so‘zlari (iboralari) va qo‘shimchala ridagi imkoniyatlarini sintaksisda, yani gap qurilishida namoyon qiladi. Sintaksis tilimiz imkoniyatlarining ko‘zgusidir. Biz ifodalayotgan til turli birliklardan, vositalardan iborat. Ularning har biri tilda o‘zining muhim vazifasini bajaradi. Til birligi- bir-biridan vazifasi, ifoda materiali, tuzilishi va tizimdagi o‘rni bilan farqlanadigan til hodisasi.

Gap, so‘z birikmasi, so‘z, tovush, qo‘shimcha tilning birligi sanaladi. Tovush og‘zaki nutqning eng kichik, mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan qismidir. Gap odatda bir so‘zdan yoki bir necha so‘zlarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan ham tashkil topishi mumkin.



Bir so‘zning boshqa so‘zga ma’lum grammatik vositalar (grammatik qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) yordamida bog‘lanishi grammatik bog‘lanish hisoblanadi.

‼ Gapda so‘zlarning bog‘lanishi ikki xil bo‘ladi:



a) teng bog‘lanish; b) tobe bog‘lanish.

1) teng bog‘lanish – ikki so‘zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo‘ysunmay bog‘lanishi:akam va ukam, kitob va daftar kabi. Bir xil gap bo‘lagi vazifasida kelib, ko‘pincha bir xil so‘roqqa javob bo‘luvchi bo‘laklarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog‘lanishi teng bog‘lanish sanaladi.



Quyidagi vositalar teng bog‘lovchi vazifasini bajaradi:

I.a) biriktiruvchi bog‘lovchilar:va, hamda (ko‘pincha va o‘rnida bilan ko‘makchisi ham qo‘llanadi)

b) zidlov bog‘lovchilari: ammo, lekin, biroq

d) ayiruv bog‘lovchilari: yo, yoki, yo-yo, goh-goh, dam-dam.

II. Bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar:

a) gumon yuklamasi: na…na…

b) kichraytiruv va ta’kid yuklamasi: -u (-yu), -da.

Tobe bog‘lanish- bir so‘zning (tobe so‘zning) boshqa bir so‘zga (hokim so‘zga) bo‘ysunishi orqali bog‘lanishi: qizil gul, qushlarning sayrashi. Bir bo‘lakning boshqa bo‘lakka kelishik, shaxs-son, zamon qo‘shimchalari, ko‘makchilar va so‘z tartibi hamda ohang yordamida bog‘lanishiga tobe bog‘lanish deyiladi. Tobe bog‘lanish doimo ikki qismdan iborat bo‘ladi: tobe bo‘lak va hokim bo‘lak. So‘roq bog‘lanib kelgan qism HOKIM, so‘roqqa javob bo‘lib keluvchi qism TOBE BO‘LAK sanaladi.

Namuna: qahday odam?

Esli



Kelishgan

chiroyli odam

tadbirkor

novcha



pahlavon

Tobe-hokimlik munosabatini yozuvda ifodalash uchun strelkadan foydalaniladi. Strelka nayzasi tushgan bo‘lak – hokim, strelka boshlangan bo‘lak – tobe sanaladi. Tobe bo‘lak hokim bo‘lak bilan kelishik, egalik, shaxs-son qo‘shimchalari , ko‘makchilar va oha

yordamida bog‘lanadi. Bunday bog‘lanish ikki xil sintaktik birlikni vujudga keltiradi:

a) gap; b) so‘z birikmasi. Shaxs-son qo‘shimchalari yordamidagi bog‘lanish gapni, qolgan vositalar yordamidagi bog‘lanish so‘z birikmasini hosil qiladi.




Savol va topshiriqlar:
1. Teng bog‘lanish deganda nimani tushunasiz?

2. Tobe bog‘lanish deb nimaga aytiladi?

3. Tobe bog‘lanishni hosil qiluvchi vositalarga misollar keltiring.

4. Teng bog’lanish natijasida nima hosil bo’ladi?

5. Tobe bog’lanish natijasida nimalar hosil bo’ladi?

6. Teng bog’lanishni hosil qiluvchi vositalar qaysilar?

7. Tobe bog’lanishni hosil qiluvchi vositalarga nimalar kiradi?

3-Dars. So‘z birikmasi. Tobe bo‘lakning hokim bo‘lakka kelishik qo‘shimchalari yoki ko‘makchilar yordamida bog‘lanishi va ularning sinonimiyasi. Qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchalarining qo‘llanilishi. Nutqda qaratqich va tushum kelishiklaridan unumli foydalanish.

Reja:



  1. So‘z birikmasi. So‘z birikmasining tuzilishi


  2. So‘z birikmasida tobe va hokim qismlarni bir-biriga bog‘lovchi vositalarning o‘rni.


  3. Tobe bo‘lakning hokim bo‘lakka kelishik qo‘shimchasi va ko‘makchilar yordamida bog‘lanishi


  4. Kelishiklar va ko‘makchilar sinonimiyasi

So‘zlarning tobelanishi asosida bog‘lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi va so‘z birikmasi ikki undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishiga qaramay, bitta tushunchani ifodalaydi: ukamning daftari, tiniq osmon, chiroyli ko‘ylak kabi.

Tobe bo‘lakning hokim bo‘lakka kelishik, egalik qo‘shimchalari, ko‘makchilar va tobelantiruvchi ohang yordamida bog‘lanishi so‘z birikmasi deyiladi.So‘z birikmasida doimo ikkita qism bo‘ladi. Ularning bittasi tobe, ikkinchisi esa hokim bo‘ladi. Bog‘lovchi vosita tobe bo‘lak oxiriga qo‘shiladi, budan faqat egalik qo‘shimchasigina hoim bo‘lak oxiriga qo‘shiladi.So z birikmasida tobe bo‘lak oldin, hokim bo‘lak esa keyin keladi.

Tobe bo‘lakni hokim bo‘lakka bog‘lovchi vositaning qo‘shilish o‘rni ikki xil bo‘ladi: kelishik, ko‘makchi va ohang tobe qismga, egalik qo‘shimchasi esa hokim qismga qo‘shiladi.

Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka bir yoki bir nechta kelishik qo shimchalari yordamida bog‘lanishi mumkin. Agar hokim bo‘lak egalik qo‘shimchasidagi ot bilan ifodalangan bo‘lsa, tobe bo‘lak faqat qaratqich kelishigidagi ot bilan bilan ifodalanadi: kitobning muqovasi (muqova nima?-ot). Ba’zan qaratqich kelishigi ifodalanmasa ham, uning izi bilinib turadi: maktab bog‘i, eshik dastasi.

Agar hokim bo‘lak belgi bildiruvchi so‘zlar bilan ifodalanib, qiyoslashga asos vazifasini bajarsa, qiyoslanuvchi so‘z chiqish kelishigi orqali bog‘lanadi. Masalan, Oydan go‘zal; hammadan aqlli; akasidan kuchli kabi.

Agar hokim bo‘lak fe’l bilan ifodalansa, shu fe’lning ma’no talabiga ko‘ra tobe bo‘lak bir necha kelishik qo‘shimchalari orqali bog‘lanadi. Masalan, uzum ye; uzumni ye; uzumdan ye.

Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka ko‘makchilar yordamida ham bog‘lanadi. Masalan, Istiqlol uchun kurashmoq. Uy tomon yurmoq.

Ba’zan kelishik va ko‘makchi birgalikda qo‘llaniladi. Bunday vaqtda kelishik tobe so‘z oxiriga yoki ko‘makchi oxiriga qo‘shilishi mumkin. Masalan: Dala tomon ketmoq; dala tomonga ketmoq.

!!! Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka ko‘makchilar yordamida bog‘langanda, ko‘p hollarda kelishik bilan almashinib qo‘llanishi mumkin. Natijada kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar sinonimiyasi vujudga keladi.

Kelishik qo‘shimchalari bilan ko‘makchilar o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lsa ham, ular o‘rtasidama’lum ma’no farqlanishi mavjud. Kelishik qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda hokim bo‘lak ifodalagan harakatning chiqish yoki yo‘nalish nuqtasi aniq, ko‘makchi yordamida bog‘langanda esa noaniq bo‘ladi.



Solishtiring:

Maktabdan chiqdi Maktabga ketdi

Maktab tomondan chiqdi Maktab tomonga ketdi

Maktab tomon ketdi

Maktabga tomon ketdi
Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda ikki tomonlama bog‘lanish ro‘y beradi. Tobe bo‘lak qaratqich kelishigi qo‘shimchasini, hokim bo‘lak esa egalik qo‘shimchasini, hokim bo‘lak esa egalik qo‘shimchasini

oladi.Bunday bog‘lanishda tobe qism qaratqich, hokim qism qaralmish deb ham nomlanadi.

Ko‘pincha qaratqich kelishigi yoki egalik qo‘shimchasi, ba’zan esa har ikkisi ifodalanmaydi. Qaratqich va qaralmish munosabatida qaratqich va egalik qo‘shimchalarining ifodalanishi to‘rt xil ko‘rinishga ega: Bu ko‘rinishlar o‘rtasida ma‘lum mazmuniy va uslubiy farqlanish bor.

1) daftarning varag‘i; 3) bizning ko‘cha;

2) daftar varag‘i; 4) o‘rik sharbati.

1-2-bog‘lanish o‘rtasida aniqlik-noaniqlik ma’nosi bor yoki yo‘qligiga ko‘ra farqlanadi.To‘rtinchi bog‘lanish ko‘proq so‘zlashuv uslubiga xosligi bilan ajralib turadi.

Odatda qaratqich kelishigi quyidagi holatlarda tushirib qoldirilmaydi:

a) qaratqich bilan qaralmish o‘rtasida boshqa so‘z ishlatilsa: Nigoraning kichik singlisi, esikning chiroyli dastasi;

b) qaratqich atoqli otlar va olmoshlar bilan ifodalanganda. Masalan, Ahmadning oilasi, Mening orzuim kabi.

Agar hokim bo‘lak sof fe’l bilan ifodalansa va bu fe’l kimni? nimani? qayerni? so‘roqlariga javob bo‘luvcni so‘zni talab qilsa, tobe bo‘lak tushum kelishigida qo‘llaniladi, hokim bo‘lak egalik qo‘shimshasini olgan ot,ba’zan harakat nomi va sifatdosh bilan ifodalansa, tobe bo‘lak qaratqich kelishigida qo‘llaniladi. Qaratqich va tushum kelishik qo‘shimchalari bir-biriga shakl jihatidan juda yaqin. Shuning uchun og‘zaki so‘zlashuvda qaratqich kelishigi o‘rnida ham ko‘pincha tushum kelishigi qo‘shimchasi qo‘llaniladi. Masalan, olmaning sharbati o‘rniga olmani sharbati deyiladi. Natijada, yozuvda ham ko‘pchilik og‘zaki so‘zlashuv ta‘sirida shunday yozib qo‘yadi. Bunday xatodan qutulish uchun hokim so‘zning ifodalanishiga e’tibor berish kerak.



Savol va topshiriqlar:

1.So’zlar o’zaro birikishi uchun mantiqiy bog’liqlik kerakmi?

2. So’z birikmasi deb nimaga aytiladi?

3. Tobe so’z deb nimaga aytiladi?

4. Hokim so’z deb nimaga aytiladi?

5. Tobe bo’lakning hokim bo’lakka kelishiklar bilan bog’lanishiga misollar keltiring

6. Kelishiklarning ko’makchilar bilan sinonimiyasiga misollar keltiring

7. Boshqaruv deb nimaga aytiladi?

8. Moslashuvli birikmalarda asosiy bog’lovchi vosita qaysi?

9. Bitishuvli birikuv deb nimaga aytiladi?




4-dars. So‘z birikmasi va so‘z qo‘shilmasi. So‘z birikmasi va so‘z. So‘z birikmasi va ibora. So‘z birikmasi va qo‘shma so‘z. So‘z birikmasi va tasviriy ifoda. So‘z birikmasi va gap. So‘z birikmasi zanjiri.

Reja:




  1. So‘z birikmasi


  2. So‘z birikmasining qo‘shma so‘z va iboradan farqi


  3. So‘z birikmasi va gap


So‘zlarning tobelanishi asosida bog‘lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi va so‘z birikmasi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishiga qaramay, bitta tushunchani ifodalaydi: opamning kitobi, qizil gul.

So‘zlarning teng bog ‘lanishi asosida so‘z qo‘shilmalari hosil bo‘ladi. So‘z qo‘shilmasida har bir so‘z ma’no mustaqilligini, alohida-alohida narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi: kitob va daftar, siz bilan biz kabi.

So‘z birikmalari ham so‘zlar kabi narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qiladi. Lekin so‘z- leksik hodisa, so‘z birikmasi-grammatik hodisa. So‘z birikmasi narsa, belgi yoki harakatni yakka holda emas, balki ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalaydi.Masalan, kitob so‘zi bir narsaning umumlashgan oti bo‘lib, yolg‘iz tushunchani ifodalaydi, o‘rtog‘imning kitobi birikmasida esa faqat kitob ma’nosining o‘zi emas, balki o‘rtog‘imga tegishli kitob tushunchasi ifodalanadi. So‘z birikmalarida ma’no, tushuncha ancha aniq va ravshan bo‘ladi. Masalan: nor-erkak tuya, g‘o‘nan-ikki yashar ot, ezma-sergap odam.Shuning uchun lug‘atlarda so‘zning ma’nosini ochib berishda so‘z birikmalaridan foydalaniladi.

So‘z birikmasi va ibora. So‘z birikmasida so‘zlar o‘zaro erkin bog‘langan bo‘ladi: tushuncha anglatadi, turg‘un bog‘lanma(ibora)larda esa so‘zlar ma’noviy butunlik uchun birlashgan –yaxlitlangan bo‘ladi va bir leksik ma’no anglatadi. Turg‘un bog‘lanmaga bir so‘z sifatida qaraladi, lug‘atlarda so‘zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so‘zlar kabi ma’no ifodalaydi. Masalan, ko‘zini yog‘ bosgan iborasi - mag‘rurlangan, yog‘ tushsa yalagudek iborasi - toza, to‘nini teskari kiyib olmoq iborasi – qaysarlik qilmoq ma’nosini beradi, ammo bu ma’nolarini oddiy emas, obrazli terzda ifodalaydi.

So‘z birikmalaridagi so‘zlarni erkin bog‘langani uchun almashtirish mumkin,iboralardagi so‘zlarni almashtirib bo‘lmaydi, ular bir ma’no ifodalash qonuniyati asosida turg‘unlashgan, yaxlitlangan bo‘ladi: bo‘yniga qo‘ymoq(iqror qilmoq), ko‘nglidan o‘tkazmoq(o‘ylamoq), o‘pkasi yo‘q(hovliqma) kabi.

So‘z birikmasi va ibora gapda o‘xshash shaklda o‘xshashi mumkin, lekin biri tushuncha, biri leksik ma’no ifodalaydi. Masalan: Hozirgina qizcha ushlab olgan tog‘ kapalagi uchib ketdi (so‘z birikmasi). Uning ahvolini ko‘rdi-yu, kapalagi uchib ketdi(ibora).

Quyidagi birikmalarni so‘z birikmasi va ibora sifatida ishlatish mumkin: bo‘yniga ilmoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, qo‘li ochiq, tosh otmoq.

Misollar: Shifokor dorini bolaning qulog‘iga qo‘ydi (so‘z birikmasi).

Tez qaytib kelishini qulog‘iga quydi (Ibora)

Semiz qo‘y go‘shti o‘z yog‘ida qovurildi (so‘z birikmasi).

Akbarali vijdon azobida o‘z yog‘ida qovurildi (ibora)

So‘z birikmasi va qo‘shma so‘z. So‘z birikmasida ham, so‘zda ham qismlar bir xildagi so‘z turkumlariga oid bo‘lishi, har ikkalasi ham bir xil grammatik shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bu ularning shakily o‘xshashligidir. Lekin so‘z birikmasidagi qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan bo‘ladi. Qo‘shma so‘z tarkibidagi qismlarning ma’nosi esa saqlanmagan bo‘lib, qo‘shma so‘zning umumiy ma’nosi orqali anglashiladi.

So‘z birikmasini tashkil qilgan qismlarning har biriga alohida-alohida so‘roq berish mumkin: kitobni (nimani?)o‘qimoq, uydan(qayerdan?) chiqmoq kabi.Qo‘shma so‘zlarga esa yaxlit savol berish mumkin:kungaboqar(nima?), kamquvvat (qanday?) kabi.

So‘z birikmasining qismlari o‘zaro mustaqil so‘z urg‘usini saqlagan bo‘ladi(uyning eshigi, xatni oldim), qo‘shma so‘z esa umumiy bir urg‘uga ega bo‘ladi(oqko‘ngil, bilakuzuk).

Qo‘shma so‘zlarning ko‘pchiligi tarixan so‘z birikmalari asosida yuzaga kelgan.

So‘z birikmasiga misollar: Dori bosh og‘rig‘ini darrov qoldiradi.

Qayerdandir oq qushlar uchib keldi.

Rahimjon ma’yus holda so‘ri suyanchig‘iga qo‘l qo‘ydi.

Qo‘shma so‘zga misollar: “Boshog‘riqni ko‘paytirmang”,-dedi o‘qituvchimiz. Bola jarohatlangan oqqushni davoladi.

Maktab direktori kotiba olib kirgan hujjatlarga qo‘l qo‘ydi.

So‘z birikmasi va tasviriy ifoda. So‘zning so‘z birikmalari bilan ifodalangan ma’nodoshlari tasviriy ifodalar yoki parafrazalar deyiladi. Tasviriy ifodalar so‘zning ma’nosini oydinlashtirish, matnni badiiylashtirish, takrorning oldini olish kabi uslubiy vazifalarni bajaradi.

So‘z birikmasi va gap. So‘z birikmasi ham, gap ham so‘zlarning Grammatik aloqaga kirishuvidan yuzaga keladi. So‘z birikmasi biror narsa,belgi, harakat yoki holatni anglashtirgan holda anglatadi. Gap esa ma’lum bir fikrni, tasdiq yoki inkor hukmni ifodalab keladi. Gapning markazi kesimdir.U kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllangan bo‘ladi.

So‘z birikmasi: chiroyi gul, muhandis akam, shirin qovun, g‘azalni yodlash, ko‘chatni o‘tqazish.

Gap: gul chiroyli (chiroyli guldir,chiroyli edi).

Akam muhandisdir (edi, bo‘ladi).

Bu qovun shirin (-dir,edi).

G‘azalni yodlaymiz(-ng, dim).

Ko‘chat o‘tqazing(-dik, -miz).

So‘z birikmasi zanjiri. Gap tarkibidagi bir so‘z birikmasidagi hokim so‘z boshqa bir so‘zga tobelangan, bir hokim so‘z bir necha tobe so‘z yoki bitta tobe so‘z bir necha hokim so‘zga aloqador bo‘lgan hollarda so‘z birikmalari zanjiri hosil bo‘ladi.

So‘z birikmasidagi tobe va hokim so‘zlar orasida bir necha boshqa so‘zlar va so‘z birikmalari kelishi mumkin. Masalan, shimoldan esgan shamol so‘z birikmasi zanjirida 2 ta, shimoldan esgan mayin shamol so‘z birikmasi zanjirida 3 ta, uch kundan beri shimoldan esgan mayin shamol so‘z birikmasi zanjirida 5 ta so‘z birikmasi bor.

Bitta gap tarkibida bitta yoki ikkita so‘z birikmalari zanjirigina bo‘la oladi. Bu zanjirlar gapning kesimi yoki egasi atrofida birlashadi.

So‘z birikmasiga misol: Ahmadjon aka o‘z hayotida esda qoladigan hech nima ko‘rmadi. Ushbu gapda 5 ta so‘z birikmasi mavjud (3 ta fe’lli, 2 ta otli): hech nima ko‘rmadi, esda qoladigan, qoladigan hech nima, o‘z hayotida, hayotida qoladigan.

Hech nima ko‘rmadi, esda qoladigan, hayotida qoladigan – fe’lli birikma;

Qoladigan hech nima, o‘z hayotida – otli birikma.

Hokim so‘z ot, sifat, son,olmosh,ravish bilan ifodalansa, otli birikma; fe’lning ravishdosh va harakat nomi bilan ifodalansa, fe’lli birikma hisoblanadi: O‘quvchilarning hammasi, intizomda birinchi, unda ko‘p, hammadan chiroyli;

kitobni o‘qish, ishni bajarib kabi.




Savol va topshiriqlar:

1. So’z birikmasi qanday qismlardan tashkil topadi ?

2. So’z birikmasi so’zdan qanday farq qiladi ?

3. So’z birikmasining qo’shma so’zdan farqli jihatlari qaysilar ?

4. So’z birikmasi iboralardan qanday farqlanadi ?

5.Tasviriy ifoda va so’z birikmasining farqli jihatlari nimadan iborat?

6.So’z birikmasi va gapning bir-biridan farqi nimada?

5-dars. Gap va uning grammatik belgilari.

Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari

Reja:



  1. Sintaksisning o‘rganish ob’yekti


2.Gap haqida ma’lumot

3.Kesimlik belgilari va shakllari

Gap biror voqea-hodisa haqidagi xabarni, so’roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir. Gap so’z birikmasidan kesim va ega yoki faqat kesim bo’laklariga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi, so’z birikmasi tushuncha, gap esa fikr ifodalaydi. Grammatik asosda gapning fikriy mundarijasi, ifodalanadi. Bu fikriy mundarija fe’l kesimning mayl va zamon ma'nolari bilan bog’liq bo’ladi. Masalan: Bolalar ishlayaptilar. Ozoda rasm chizmoqda gaplari ish-harakatning hozirgi zamonda bo’lganidan darak beradi. Siz dalaga borasizmi? Sen hikoyani o’qidingmi? gaplari o’tgan zamonda bo’lgan ish-harakat haqida so’roqni bildiradi. Siz she'rni o’qing. Siz shu ishni bajarib qo’ysangiz gaplari istak-buyruq ma'nosiga ega.



Gap tarkibidagi so 'zlar ham ma 'no tomondan, ham grammatik tomondan o’zaro bog’lanadi.

Biz morfologiya bo’limida o’rgangan kelishik, egalik, son, shaxs-son qo’shimchalari, shuningdek, ko’makchi va bog’lovchilar sintaksisda so’zlarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiladi. Ayrim hollarda gapdagi so’zlar tartib va ohang yordamida ham o’zaro bog’lanadi. Masalan: Oq paxtalar ochildi, Teraylik quvnab-quvnab. Bu gapda oq va paxtalar so’zlari bir-biri bilan so’z tartibi orqali bog’langan.

Har bir gap biror maqsad-mazmunni ifodalaydi. Og’zaki nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo’ladi. Ohang ayni bir vaqtda gaplarni bir-biridan ham ajratib turadi. Ohang gap uchun eng muhim belgidir. Ayrim so’z (Kuz. Tong.) yoki so’z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak, gap yuzaga keladi va biror fikr-maqsad anglashiladi: Ko’m-ko’k dala. G’arbiy chegaralardan biri.

Ayni bir sodda gapning ohangini o’zgartirish orqali ba'zan uch xil mazmun ifodalash mumkin:

- Buvijonim keldilar.

- Buvijonim keldilar!

- Buvijonim keldilar?

Yozma nutqda ana shu ohangga qarab bir gap oxiriga yo nuqta, yo so’roq, yo undov belgisi qo’yiladi. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari Har bir gapda maium bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. So’zlovchi biror narsa, voqea-hodisa haqida xabar qiladi yoki o’ziga noma'lum bo’lgan narsa va voqea-hodisalar to’g’risida ma'lumot olishni istaydi, tinglovchiga biror ishni bajarish bo’yicha buyruq-xitobni bildiradi. Gaplar ana shu maqsadlariga ko’ra turlicha quriladi: o’ziga xos grammatik xususiyatlarga ega bo’lib, alohida ohang bilan talaffuz etiladi.

Ifoda maqsadiga ko’ra gaplar: 1) darak gaplar; 2) so’roq gaplar; 3) buyruq gaplar;

4) istak gaplarga bo’linadi.

Darak, so’roq, buyruq va istak gaplar egali va egasiz, yig’iq va yoyiq, sodda va qo’shma gap shaklida bo’lishi mumkin. Darak gaplar darak, xabar ma'nosini bildiruvchi gaplardir. So’roq gaplar so’roq ma'nosini bildirgan gaplardir. So’roq gaplar so’roq olmoshlari (kim? nima? qayer? qancha?), so’roq yuklamalari (-mi,-chi,-a,-ya) yoki so’roq ohangi yordamida ifodalanadi. So’roq olmoshlari yordamida ifodalangan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi. Masalan: -Ko’chatlarga kim suv quydi? - Salim. So’roq yuklamalari orqali ifodalangan so’roq gaplar «ha» yoki «yo’q» javoblarni talab qiladi. Yozuvda -mi yuklamasi so’zga qo’shib,-chi,-a,-ya yuklamalari so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi.

Ritorik so’roq gaplar-so’roq shaklida bo’lib, javob talab qilmaydi. Badiiy tilda, ba'zan ommaviy nutqda so’zlovchi o’z his-tuyg’ularini hayajon bilan ifoda etadi. Ritorik so’roq gaplar jumlaning ta'sirli bo’lishiga xizmat qiladi va badiiy uslubning bir turi hisoblanadi. Masalan: Nahotki Ahmadjonning shuncha mehnatlari bemaqsad ketsa! Bilmayman, bu ijod kishilarisiz Qaydan olar edim qalbimga o’tni? Nahotki u dunyoga kelib, durustroq niyat bilan yashamagan bo 'lsa!

Buyruq gaplar buyurish, da'vat qilish ma'nolarini bildirgan gaplardir. Masalan: Chiroyli yoz. Buyruq gaplarning kesimi buyruq shaklidagi fellar orqali ifodalanadi. Buyruq gap oxiriga nuqta qo’yiladi.

Istak gaplar kesimi -sa shaklidagi feilar orqali ifodalangan gaplardir. Masalan: Xorijiy tillarni yaxshi o 'rganib, chet ellarga o’qishga borsam. Qani hamma xotin ham sizday bo’lsa:.. Qani til bo 'lsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsa!

Gapning his-hayajonning ishtirokiga ko’ra turlari

Gaplar his-hayajonnihg ishtirokiga ko’ra ikki turga bo’linadi:

1) his-hayajonsiz gaplar;

2) his-hayajon (undov) gaplar.

Darak, so’roq va buyruq gaplar his-hayajonsiz gaplardir. Bular nutqda kuchli his-hayajonga ega bo’lishi bilan his-hayajon gaplarga aylanishi mumkin. His-hayajon gaplar undov gap ham deb nomlanadi.

Undov gap fikrni kuchli his-hayajon bilan ifodalaydigan, kuchli ohang bilan aytiladigan gaplardir. Ular shodlik, quvonch, suyunish, qo’rquv, tantana, taajjub, qayg’u, afsuslanish kabi turlihissiyotlarni ifodalaydi va ba)and ohangda aytiiishi Wlaxi boshqa gap turlaridan farq qiladi. Yozuvda undov gapning oxiriga undov belgisi qo’yiladi. Masalan: Voy, qomatingdan onang o’rgulsin! o’z qilmishlaringizdan uyalmaysizmi? Qadamlaringizga hasanot!

His-hayajon gaplar his-hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so’roq, buyruq shaklidagi gaplardir. Masalan: Ey, Vatanl Polvonlaring bor bo’lsin! Uyg’oq bo’lsin! His-hayajon gaplarda ko’pincha qancha, naqadar, qanday, shunchalar so’zlari hamda undov so’zlar ishtirok etadi yoki kesim gapning oldida keladi. Masalan: Oh, naqadar go 'zal ona tabiat\ Yozuvda his-hayajon gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi. Agar so’roq gap his-hayajon bilan aytilsa, oldin so’roq belgisi, undan so’ng undov belgisi qo’yiladi. Masalan: Chiqmaysizmi?! Aytsangiz-chi, nima dedi?!

Salomlashish-so’rashish, xayrlashish singari holatlar bilan bog’langan gaplar ham yuqori ohang bilan aytiladi (To’y muborak! Xayr, do 'stim!) va undov gaplar hisoblanadi.

Gapning tuzilishig’a ko’ra turlari

Nutqimizda gaplar bir yoki ikki grammatik asosdan tuzilishi mumkin. Shu jihatdan gaplar ikkiga bo’linadi:

1) sodda gaplar;

2) qo’shma gaplar.

Grammatik asosi bitta boiib, ma'lum bir fikrni (ba'zan unga qo’shimcha ravishda his-hayajonni) ifodalovchi gaplar sodda gap deyiladi: Shahnoza o 'qidi. Shahnoza kitobni o 'qidi. Shahnoza shu kitobni o 'qidi. Shahnoza shu kitobni hayajon bilan o 'qidi kabi.

Ikki va undan ortiq grammatik asosdan tashkil topib, murakkabroq fikr anglatuvchi gap qo’shma gap deyiladi. Shu payt eshik ochildi va hovliga harbiycha kiyingan bir yigit kirib keldi. Bilimli o’zar, bilimsiz to’zar. Odam borki, odamlarning naqshidir.



Sodda gap haqida umumiy ma'lumot

Sodda gap tarkibida kesimlik shakllariga ega boigan bitta kesim boiadi. Sodda gap tarkibidagi barcha bo’laklar shu kesim atrofida birlashadi. Qo’shma gap tarkibida esa ikki va undan ortiq (uyushmagan) kesim bo’lad

Grammatik asoslarning miqdoriga ko’ra gaplar sodda (bir grammatik asosli) va qo’shma (ikki va undan ortiq grammatik asosli) gaplarga bo’linadi. Qiyoslang: Bu shaharda tanish-bilish yo’qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. Kampirning ko 'zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.

Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko’ra ikkiga bo’linadi: egasi mavjud gaplar (Biz yangi filmni tomosha qildik.) va egasiz gaplar (Yangi filmni tomosha qildik).

Sodda gaplar ikkinchi darajali bo’laklarning ishtirok etgani yoki etmaganiga ko’ra: sodda yig’iq gaplar (Kamola kirib keldi.), sodda yoyiq gaplarga (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi.) bo’linadi.

Gapning bo’laklarga ajratilishi

Gapda so’zlar o’zaro grammatik munosabatga kirishib, gap bo’laklarini hosil qiladi. Gap bo’laklari vazifasini mustaqil so’zlargina bajaradi.

Har bir gap bo’lagi boshqa gap bo’laklari bilan bo’lgan grammatik munosabatlariga ko’ra belgilanadi, ya'ni har bir gap boiagi o’zi munosabatga kirishgan so’z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo’ladi. Masalan: «Dildora kecha uchrashuv haqida zavqlanib gapirdix - gapida quyidagi gap bo’laklari mavjud: Dildora (kim?) - ega, kechagi (qachongi? qaysi?) - aniqlovchiuchrashuv haqida (nima haqida?) - to’ldiruvchi, zavqlanib (qay tarzda?) - hol, gapirdi (nima qildi?) - kesim. So’zlar quyidagicha sintaktik aloqaga kirishgan: 1) Dildora gapirdi; 2) zavqlanib gapirdi; 3) uchrashuv haqida gapirdi;



4) kechagi uchrashuv.

Gap boiaklari 5 ta: kesim, ega, aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol.

Kesim gapning asosini tashkil etuvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko’rsatadi.

To’ldiruvchi, aniqlovchi, hol bo’laklari ega va kesimga ergashib kelib, ularni to’ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi. Shuning uchun ular gapning ikkinchi darajali bo’laklari deyiladi.




Savol va topshiriqlar:
1. Gap deganda nimani tushunasiz? Uning muhim belgisi nima?

2. Gapning so‘z birikmasidan farqini aytib bering.

3. Kesimlik belgisi deganda nimani tushunasiz?

4. Kesimlik ma’nolari qanday vositalar orqali ifodalanadi?

5. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra qanday turlarini bilasiz?

6. So’roq gaplar qanday turlarga bo’linadi?



7. Istak gap shakllari qanday qo’shimcha orqali ifodalangan bo’ladi?
Download 25.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling