Reja: Tarbiya jarayonida ota-onalarning roli


Download 74.5 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1434489
Bog'liq
6-amaliy mashg\'ulot 4


6-amaliy mashg’ulot: Ota-onalarga tarbiyaga oid bilimlar berish. Ajdodlar madaniy me’rosi.
Reja:
1. Tarbiya jarayonida ota-onalarning roli.
2. Ota-onalarga beriladigan pedagogik bilimlar tizimi.
3.Oilada bola tarbiyasida ajdodlar madaniy merosining o‘rni.
4. Bola tarbiyasida sharq allomalarning fikrlari.

Respublikamizda so'ngi yillarda, jamiyat taraqqiyotining obyektiv shart-sharoitlari, ya`ni ma'naviy boylik, axloqiy poklik va jismoniy kamolotni o’zida uyg'unlashtira oladigan har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash vazifasi ilgari surildi. Har qanday ishda uni tashkil etishning to’gri tanlangan tizimi, go’yat muhim ahamiyatga egadir. Tizimni oqilona tashkil etish samarasi, kam kuch hamda qisqa vaqt sarflagan holda katta natijalarga erishish imkonini beradi. Pedagogik bilimlarni targ’ibot qilishning umumiy harakterga ega ekanligi, uning tashkiliy tomoniga bo’lgan talablarni oshiradi, shu munosabat bilan O’zbekistonda ota-onalarga pedagogik bilim berish sohasidagi vazifalarning yangi mazmuniga muvofiq keladigan tashkiliy faoliyat usullarini izlash va unga ijodiy ravishda yondashish davom etmoqda. “Hozirgi kunda respublikamizda ota-onalarga pedagogik bilim berish, ularning ta’lim-tarbiyaga oid savodxonligini oshirish, tinglovchilar guruhining o’ziga xos hususiyatlarini va pedagogik bilimlarning yo’nalishini hisobga olgan holda tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Bunda tinglovchilarni turli toifalarga ajratish tendensiyasi ko’zga tashlanadi: - maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarining, yuqori sinf o’quvchilarining, , kasb-hunar kolleji o’quvchilari va oily o’quv yurtlari talabalarining ota-onalari; - oilaviy hayotga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar; - ish va yashash joyidagi katta yoshli aholi; - korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning ishchi xodimlari; - o’qituvchi-murabbiylar, tarbiyachilar; - pedagogik bilimlarning targ’ibotchilari.


Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar, yuqori sinf o’quvchilari, ota-onalariga, muayyan yoshdagi bolalarga ta`lim berish va tarbiyalash uchun zarur bo’lgan pedagogik bilimlar ma’lum qilinadi. Bunday ish faoliyati, ota-onalarning farzandlari ta’lim va tarbiya olayotgan o’quv maskanlari tomonidan olib boriladi. O’qituvchilar va tarbiyachilar, xozirgi zamon pedagogika faniga oid manbalar, fan sohasida erishilgan yutuqlar bo’yicha yangi ma’lumotlar bilan, oliy o’quv yurtlarida va pedagog xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash inistitutlarda tanishtiriladi.
Axoliga, ana shunday keng miqyosdagi pedagogik bilim berish tizimi yuqori malakaga ega bo’lgan targ’ibotchilarni talab etadi. Targ’ibotchilarning pedagogik mahorat darajasini oshirish, pedagogik bilimlarni yetkazib beruvchi targ’ibotchilarining oliy o’quv yurtlarida hal qilinadi. Hozirgi davrda O’zbekistonda ota-onаlarga pedagogik bilim berish tizimi qaror topib bormoqda. Ular quyidagilardan iborat.
1. Maktablarda ota-onalarga beriladigan pedagogik bilimlar, shu ota-onalarning farzandlariga ta`lim- tarbiya berayotgan o’qituvchilar tomonidan olib boriladi. Bunda targ’ibotchi: - pedagogik- psixologik tayyorgarlik darajasiga ega bo’lishi; - maktab va sinf hayoti ( o’quvchilarning qiziqish va moyilliklari, alohida individual-psixologik hususiyatlari, sinfdagi o’quvchilar va o’qituvshilar jamoasidagi psixologik muxit, kamolat etakchilari faoliyati va xokozolar) ni har tomonlama va chuqur bilishi; - o’quvchilarni ota-onalari va oilalarini yaqindan bilishi, ular bilan muntazam aloqa o’rnatganbo’lishi; - pedagogik bilimlarni chuqur o’zlashtirgan va ota-onalarga yetkaza olish malakasini egallagan bo’lishi zarur. Bu talablarning bajarilishiga ayni vaqtda sinf raxbari ham bevosita mas`uldir.
2. Maktab o’quvchilarining ota-onalari umumiy psixologik – pedagogik tayyorgarlikdan o’tadilar. Bu tayyorgarlik dasturi oilaviy tarbiya pedagogikasi, tarbiyaviy ishlar metodikasi, oilaviy hayot psixologiyasi, bolalar psixologiyasi va salomatlik darslari doirasidagi masalalarni o’z ichiga oladi. Ushbu kurs muayyan ravishda belgilangan qisqa muddatlarda sinf mashg’ulotlaridan oldin o’rganib chiqiladi kursni o’rganishning eng qulay davri, bolaning maktabga chiqishidan oldingi yil hisoblanadi. Umumiy pedagogik va psixologik tayyorgarlik jarayonida olingan bilimlar ota-onalarga sinflardagi mashg’ulotlar mazmunini tizimli ravishda o’zlashtirib olishlarida yaqindan yordam beradi.
O’rta umumta`lim maktablarining o’quv rejasida psixologik – pedagogik tizimdagi fanlar yo’q, shuning uchun ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni tarqatishda tiglovchilarning pedagogik ta`lim va tarbiya qonuniyatlarini o’rganishi dastlabki bosqichdan boshlanishini hisobga olishlari lozim.
3. Umumpedagogik tayyorgarlik zamirida ota-onalar bilan sinflar bo’yicha mashg’ulotlar o’tkaziladi. Bu mashg’ulotlar bola maktabda o’qigan davr mobaynida oyda bir marta o’tkaziladi.
Tinglovchilar o’z farzandlari o’qiydigan sinflarga qarab guruhlarga bo’linadi, shu asosda maqsadlar uyg’unligiga erishiladi. O’qituvchi bolalarning yosh va alohida psixologik xususiyatlarini va sinfdagi hal qilinishi lozim bo’lgan ta’limiy -tarbiyaviy vazifalarini hisobga olgan holda, oldindan belgilangan reja asosida ota-onalar guruhi bilan pedagogik mashg’ulotlar o’tkazadi. Sinf rahbari o‘zi bergan maslahat va tavsiyalardan, ota-onalar oilaviy tarbiya amaliyotida qanday foydalanayotganini tekshirib borish imkoniyatiga ham ega boladi. Ota-onalarni pedagogik mashg’ulotlarga jalb qilish mobaynida ularning davomatini kuzatish oson bo’ladi. Pedagogik bilim berish jarayonida ota-onalar bir jamoa sifatida shakllanadi, maktab bilan uzviy aloqa o’rnatiladi.
Tajriba sinflar bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazilganda, hatto parallel sinflardagi bolalarning ota-onalarini ham qo’shmaslik (mashg’ulotlar mavzusining ayrim jihatlari bilan bog’liq xolatlar bundan mustasno) talab etiladi. “Agar matematik formula, har qanday maktabda bir hil ma`noda qo’llanilsa, “pedagogik formula” hatto parallel sinflarda ham turlicha shakllarda ishlatiladi. Pedagogik bilimlarni targ’ibot qilishning aniq maqsad sari yo’naltirilishi, ta’lim-tarbiyani sinflar bo’yicha qat’iy tabaqalashtirishni ko’zda tutadi” 4. Ota-onalarga pedagogik bilim berish, umumta`lim maktabi va sinflar bo’yicha mashg’ulotlar bilan cheklanib qolishi mumkin emas. Har bir oila alohida, o’ziga hos hususiyatga ega bo’lib, har bir bola – ulg’ayib kelayotgan shaxs, o’ziga xos bir olam, takrorlanmasdir. Shuning uchun umumta`lim maktabi va sinflar bo’yicha mashg’ulotlarni individual pedagogik-psixologik maslahat va suhbatlar bilan to’ldirish, ushbu jarayonda ota-onalarga voyaga yetib kelayotgan shaxsni tarbiyalash yuzasidan tavsiyalar berib borish, bola va u tabiyalanayotgan oilaning o’ziga hos hususiyatlari to’liq hisobga olish muhimdir.
Pedagogik bilim berishning bunday tizimi, bilimlarning ajralmas zanjirini (umumiy bilimlardan aniq bilimlar tomon borish) vujudga keltiradi. Bu zanjir quyidagi halqalardan tashkil topadi: - ta’lim va tarbiya tizimiga oid islohotlar, yangi pedagogik texnologiyalar, umumiy psixologik-pedagogik qonuniyatlar; - muayyan yoshdagi bolalarni tarbiyalashga oid bilimlar; - alohida olingan shaxsni o’rganish va tarbiyalashga oid bilimlar, ko’nikma va malakalar. Bunday halqalar bir-biri bilan uzviy bog’langan bo’lib, bir-birini taqozo etadi va ularni mohirlik bilan birga qo’shib olib borilganda yuksak natijalarga erishish mumkin bo’ladi.
O’zbekistonda qaror topgan pedagogik bilim berishning ushbu tashkiliy shaklini “Ota-onalar maktabi” yoki ota-onalar uchun pedagogik bilimlarni yetkazib beruvchi “Xalq universiteti” deb ataydilar. Ushbu shakldagi pedagogik targ’ibotning tabaqalashgan, uzluksiz va ommaviy xarakterda bo’lishi uchun, uning maktab va oila hayoti bilan o’zaro aloqasini ta’minlash muhimdir. Pedagogik nazariyani amaliyot bilan uzviylikda, izchillik bilan qo’shib olib borish uchun barcha imkoniyatlar mavjuddir. Maktabda ota-onalarga pedagogik bilim berishni tashkil etish tizimi jadval tarzida aks ettirilgan bo’ladi. Mazkur tizimda umummaktab mashg’ulotlari oila pedagogikasi, oilaviy hayot psixologiyasi, bolalar psixologiyasi, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, maktab o’quvchisi gigienasi kabi yo’nalishlarni o’z ichiga oluvchi dastur asosida o’tkaziladi. Dastur ota-onalarning farzandlari qaysi sinflarda o’qishidan qat’iy nazar, ularning hammasi uchun bir xildir. Ota – onalarning umummaktab mashg’ulotlari jarayonida oladigan bilimlari, sinflar bo’yicha o’tkaziladigan mashg’ulotlarda va ota-onalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlarda aniqlashtiriladi. Sinflar bo’yicha mashg’ulotlar dasturi bolalarning yosh va alohida psixologik xususiyatlari, sinfda hal qilinishi lozim bo’lgan ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarini hisobga olgan xolda har bir sinf uchun alohida – alohida tuziladi.
Umumiy o’rta ta`lim maktabida ota-onalarga pedagogik bilim berishning tizimli ravishda, muayyan reja asosida yo’lga qo’yilishi uchun maktab direktori javobgardir. Pedagogik bilimlarni ota-onalarga yetkazib berish ishiga umumiy rahbarlik qilish ma`naviy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari zimmasiga yuklatiladi. Umumpedagogik mashg’ulotlarni tashkil etish tajribali pedagoglarga, sinflar bo’yicha mashg’ulotlarni olib borish sinf rahbarlariga topshiriladi. Biror kursni o’tishi lozim bo’lgan ota-onalar ro’yxati ham o’qituvchilar va sinf rahbarlariga topshiriladi va sinf rahbarlari tomonidan tuziladi. Ularning o’zlari davomatni hisobga olib boradilar va ota-onalarga mashg’ulotlarning o’tkazish vaqti va dasturini ma’lum qiladilar.
Sinf rahbari davomatni va o’tkaziladigan mashg’ulotlarning mazmunini hisobga olib boradigan maxsus daftar – jurnal yuritadi. Biz mavjud tajribalar asosida jurnalning quyidagi shaklini taklif qilamiz: Bu jurnal sinf bilan birgalikda, bir sinf rahbaridan boshqasiga o’tkaziladi.
Farzandlari har xil sinflarda o’qiydigan ota – onalarni sinflar bo’yicha o’tkaziladigan pedagogik mashg’ulotlarga jalb qilish, quyidagi tartibda xal qilinadi: Ota-onalar o’qituvchilar bilan maslahatlashib, o’zlari uchun ham ta`lim va tarbiyasi ancha murakkab bo’lgan farzandi ta’lim olayotgan sinfning mashg’ulotlar dasturini tanlaydilar. Ota-onalarga pedagogik bilimlarni ma’lum qilibgina qolmasdan, ularni o’z farzandlari shaxsini mo’ljallay olishlariga, ota-onalar undan chiqishini oldindan bilishlari va uni tarbiyalash rejasini tuza olishlariga o’rgatish yaxshi natijani beradi. Bu masala xususida ajoyib pedagogimiz A.S.Makarenkoning fikrini keltirish foydalidir. “Ayrim oilalarda, - deb deb yozgan edi u, - bu masalada to’la beparvolikni kuzatish mumkun: ota-onalar bilan bolalar shunchaki yonma-yon yashaydi va hamma narsa o’z-o’zidan bo’ladi, deb umid qiladi. Ota-onalar ravshan maqsad ham, muayyan reja ham yo’q... nimaga erishishni hoxlamayotgani noma’lum bo’lsa, xech bir ishni yaxshi qilib bo’lmaydi”.
Farobiy bilimidan ma'rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o‘rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog‘ - salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi ahloq va odobi bo‘lsin, so‘zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo‘lsin, barcha qonun - qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo‘lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol - dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to‘g‘risida bilimga ega bo‘lsin».
Bu fikrlardan Farobiyning ta'lim - tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy - axloqiy tarbiyada aloxida e'tibor berganligi ko‘rinib turibdi, uning e'tiqodicha, bilim, ma'rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog‘i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo‘lib yetishmaydi.
Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy - ro‘zg‘or tutish masalalari xususida ham so‘z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota - onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O‘z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo‘lgan ota - ona tarbiyachi bo‘lishi mumkin.
Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g‘ururiga tegmagan holda, yakkama - yakka suxbatga bo‘lish unga nasixat qilishdir.
Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o‘zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb
biladi.
Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Buning uchun u tug‘ilgan kundan bolab zarur tarbiyani olmog‘i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘zlariga xos xususiyatiga e'tibor berishni ta'kidlaydi.Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning noo‘rin xatti - harakatlariga berilishining oldi olinadi.
Mirzo Ulug‘bekning oila muhiti sog‘lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo‘lgan qiziqish, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o‘rinni egallaydi. Oilada ota -onalar ayniqsa o‘qimishli ota - onalar o‘z farzandlarining haqiqiy inson bo‘lib kamol topishiga aloxida e'tibor berishlari lozim.
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e'tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‘lib o‘sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o‘zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir - birlariga bo‘lgan ruxiy ma'naviy ta'sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligi o‘qtiradi.
Voiz Al - Koshifiyning o‘qtirishicha insonni ta'lim - tarbiya orqali qayta tarbiyalash aqliy qobilyatni o‘stirish mumkin. Koshifiy o‘zining pedagogik qarashlaricha bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirish masalasiga aloxida e'tibor beradi. Ota - onalar muallimlardan bu masalaga aloxida axamiyat berishni talab etadi. Bu masalada oilaviy hamda tashqi muxit muxim o‘rin tutadi. Bola to‘g‘ri so‘zli, vadaga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.
Jaloliddin Davoniy ota - onaning bolani tarbiyalashdagi axamiyatiga keng to‘xtalgandi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi bolaning yaxshi xulq - odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko‘maklashishi ilm - fan va kasb - hunar egallashining moddiy asosi bo‘lmishoziq - ovqat, kiyim - kechak, kerakli buyum va jixozlarni yetkazib berish uchun jozibalik ko‘rsatishi kerak.
Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sadi Sheroziy Sheroz shaxrida 1184 yilda tug‘ildi. Sadining fikricha, oila, bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U ma'suliyatli tarbiyachidir. Ota o‘z bolalarini tarbiyalashi, o‘qitishi, hunarga o‘rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak.Sadining pedagogik qarashicha bola qobiliyatli va kamqobiliyatli bo‘lishi mumkin. Qobiliyat o‘z - o‘zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani tarbiyalash kerak, tarbiya bo‘lmasa, boladagi qobiliyat so‘nadi, tarbiyani 3 asosiy -aqliy, nafosat va jismoniy mehnat tarbiyasiga bo‘ladi. Adib bolani tarbiyalash vazifasini ularning ota - onalariga, ya'ni oilaviy tarbiyaga kata e'tibor beradi.
XIX asr o‘zbek ijtimoiy va adabiy xayotning yirik vakillaridan biri Komil Xorazimiy o‘z asarlarida ma'rifat axloqiy kamolot, vatanparvarlik g‘oyalarini olg‘a surdi.U ilm-ma'rifatning xalq, jamiyat farovonligiga, insonning axloq kamolatida tutgan o‘rni, axloqiy va nafosat tarbiyasini uzviy birligi xaqidagi pedagokik fikrlarini xam bayon etadi.
Komil Xorazimiyning fikricha ilm-xunar, ilm-ma'rifat inson axloqiy kamoloti, ijtimoiy ma'naviy xayotning rivoji uchun xizmat qilishi kerak. Kamtarlik eskirmaydigan, eng go‘zal insoniy fazilatdir. Bu fazilatlarga ega bo‘lganlar obro‘-e'tiborli komil insonlardir. Kamtarlik insonni turli noxushlikdan xijolatdan saqlaydi.
Shoir tarixshunos, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy tilga ko‘p erk bermaslikni maslaxat beradi. Uning ta'kidlashicha, ortqcha so‘zmonlik kishi boshiga olin o‘rniga qattiq tosh bo‘lib tegishi mumkin.
Shoir yomon so‘zli, ozor beruvchi murodlar sifatini tasvirlab, kishilarni jumladan yoshlarni ular bilan xamsuxbat bo‘lmaslikka undaydi. Munis Xorazmiy o‘z asarlarida xalqni adolatli, ongli, bilimli bo‘lishga, jaxolatdan yiroq turishga da'vat etadi, uning fikiricha, adolat sharaf ko‘rki, osoyishtali, xushnutlikdir. U yoshlarni kamtarlik bilan muloqotda bo‘lishga, ularni hurmat qilib e'zozlashga
chorlaydi.
Munis Xorazmiyning asarlariga bayon etilgan ta'lim - tarbiyaga oid fikrlar faqat u yashagan davr uchun emas, balki xozirgi davr uchun ham qimmatlidir.
Mohlar oyim Nodiraning inson va tabiatiga nisbatan qarashlariga faqat shaxsiy tuyg‘u emas, balki yoshlar tarbiyasida milliy an'analarning roli haqidagi fikrlari ham namoyondir. Nodiraning tarbiya haqidagi qarashlarida insonparvarlik g‘oyalari-adolat, insof, xalq manfaati muxim o‘rinni egallaydi. Nodira xayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning fikricha, kimki tiriklik chog‘ida yaxshilik bunyod etgan bo‘ladi, o‘zining bu ezgu ishlari bilan o‘zidan keyin hayotda yorqin xotira qoldiradi. Umuman, Nodira o‘z she'rlarida barkamol insonni ulug‘laydi. Ta'lim - tarbiyaga oid ko‘p foydali o‘gitlarni bayon etdi.
Muxammad Rizo Ogahiy o‘z ijodiy faoliyatini pedagogik qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy milliy an'analarimiz mexmondo‘stlikni go‘zal fazilatlardan biri hisoblaydi. Mehmonga chuqur xurmat bilan qarash, mehmon kutish, kuzatish odobi Ogahiy ijodidan o‘z ifodasini topdi, odamlarni bu fazilatni egallashga da'vat etdi.
Ogahiyning ta'kidlashicha, insonga do‘st va dushmanni ajratib olish xayotda o‘z o‘rnini topib olishda g‘oyat muximdir. Uning fikricha to‘g‘ri so‘z kishilar xayotda qiyinchilik bilan yashasalarda, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar.
Ogahiy ta'lim-tarbiya ilmlarni egallash va tilni bilishda xam muxim axamiyatga molik ekanligini ta'kidlaydi.
Muxammad Rizo Ogaxiy o‘z ijodiy faoliyatida binobarin yoshlarni odamlarni xalq, vatan, jamiyat farovonligi yo‘lida xizmat qilishga da'vat etdi. U do‘stlikni mehmondo‘stlikni axloqiy go‘zallikni ulug‘ladi. Insonlarni ziyraklikka, to‘g‘ri so‘zli bo‘lishga chorlaydi. Ogahiyning buf ikr o‘gitlari hozir ham pedagogik qadriyat sifatida qimmatlidir.
Mirzo Ulug‘bek o‘z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog‘lom, harbiy hunarni puxta egallagan, jasur, mard bo‘lib yetishuviga aloxida axamiyat beradi. Ulug‘bekning fikricha odam sog‘lom va baquvvat bo‘lishi uchun yoshlik chog‘idayoq jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi, ta'lim - tarbiyada poraxo‘rlik, qalloblik bo‘lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo‘lishi kerak.


TOPSHIRIQ:
1.Ota-onalar majlisining ish rejasini tuzing.
2.Ota-onalar majlisini tashkil etishdan maqsad nima?
3. O’qituvchilarning sinf hujjatlarida ota-onalar bilan bog’liq qanday hujjatlar mavjud.
3. Ajdodlar madaniy merosi to’g’risida ma’lumot bering.
4.Yillik tarbiyaviy soat ish rejasini tuzing.
5. Bola tarbiyasida sharq allomalarining fikrlarini yozing.
6. Bolaning komil inson bo’lib tarbiyalanishida hadisning o’rni.
7. Bir soatlik tarbiyaviy soat dars ishlanmasini tuzing.
8. Ajdodlarimiz madaniy merosi mavzu yuzasidan “SWOT” tahlilini qiling.
Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling