She’riyatmiz malikasi


Download 153.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana11.02.2023
Hajmi153.43 Kb.
#1189732
  1   2   3   4
Bog'liq
IIV Akademik Litsey (2022-2023)



@oKeN_18_10 
KAMTARLIK
Kamtarlik - inson qiyofasini bezovchi bebaho fazilatlardan biri. Haqiqiy kamtarlik, insonparvarlik, odamiylik kabi 
xislatlar bilan uzviy bog'liqdir. Kamtar odam o'zini hech qachon mehnatkash xalqdan ustun qo'ymaydi. Xalq bilan doimo 
bir tan, bir jon bo'lib yashaydi. Oilada, turmushda, yurish-turishda, kiyinishda oddiy odamlarga nisbatan samimiy 
munosabatda bo'ladilar. 
«Kamtar kam bo'lmas», «Kamtarga kamol», - deydi dono xalqimiz. Isbot talab qilmaydigan bu haqiqat ming 
yilliklarning sinovidan o'tib kelmoqda. Shu bois, kuyunchak birodarlarimiz o'z yaqin qadrdonlariga doimo kamtar bo'l, 
kamsuqum bo'l, kam bo'lmaysan deb nasihat qiladilar. Chinakam kamtar, chinakam kamsuqum kishilardan har qanday 
buyuklikni, har qanday fidoyilikni kutish mumkin. Chunki, undaylar ota-ona-yu do'st - birodarlarga samimiy mehr-
muhabbat ko'rsatishni, ko'zlagan maqsad sari sabr bardosh bilan intilishni o'z hayotlarining mazmun-mohiyati deb biladilar. 
 
 
SHE’RIYATMIZ MALIKASI 
Zulfiya opa deganda, daf’atan ko’z oldimizda turfa chechaklar bilan ziynatlangan bir chamanzor namoyon bo’ladi . 
Zulfiya opa qahramon, ulkan jamoat arbobi , murabbiy va muharridir. Shoira o’z suhbatlarida, maqolalarida o’zlarini 
g’oyatda kamtar tutib, kam ijod qilganliklarini chiroyli bir nadomat bilan aytib turadilar . 
Mamlakatimizning eng nomdor adiblari Zulfiya opaga she’r bag’ishlaganlar yoki asarlarida opaning nomlarini ko’p
bora ehtirom bilan zikr etganlar. Ular qatorida Nikolay Tixonov, Mirzo Tursunzoda, Chingiz Aytmatov , Rasul Hamzatov, 
Mustay Karim kabi siymolarning nomlarini keltirish mumkin. Adabiy davralarda Zulfiya opaga juda katta mehr bilan 
boqib, u kishini “ she’riyatimiz malikasi “ deb atab keladilar . Opaning hayot jasorati esa qalamkashlar uchun go’zal va 
afsonaviy mavzu bo’lib kelayotir . 
Xalqimiz hayoti sadoqat va vafo bilan yo’g’rilgan farzandini, albatta, ardoqlaydi . 

Download 153.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling