She’riyatmiz malikasi
VAQTING KETDI — BAXTING KETDI
Download 153.43 Kb. Pdf ko'rish
|
IIV Akademik Litsey (2022-2023)
VAQTING KETDI — BAXTING KETDI Insonning hamma vaqti ham ish, o‘qish bilan band bo‘lavermaydi. Aytaylik, ota-onaga qarashish, darsda bo‘lish, darsga tayyorlanish, maktab yoki boshqa muassasalarda, jamoat ishlarida qatnashish bilan bir qatorda orada bo‘sh vaqt ham bo‘ladi. Ana shu bo‘sh vaqtdan unumli, maqsadli foydalana bilish, uni bekorga ketkazmaslik ham oqilona ishlardandir. Ammo, ayrim bolalar bo‘sh vaqtlaridan to‘g‘ri foydalanmaydilar. Eng noyob boylik — bo‘sh vaqtini behudaga o‘tkazib, bir-birlari bilan gaplashib o‘tirish, arzimagan mayda-chuyda narsalar ustida bahslashish, ko‘cha-ko‘yda sanqib yurish bilan kun o‘tkazuvchi bolalarni ko‘rib afsuslanasan, kishi. Jismoniy va aqliy yetuk inson bo’lib yetishuvida bo’sh vaqtini to’gri taqsimlash, undan oqilona foydalana bilish muhim. Dono xalqimizning: « Vaqtning qadriga yet» , « Vaqting ketdi, baxting ketdi » deyishi xuddi ana shu bosh vaqtni qadrlay olish, undan unumli foydalanishni ko‘zda tutib aytilgan. HAR NARSADAN AZIZ Olam gultoji hisoblanmish inson uchun tabiat bitmas-tuganmas ne`matlar ato etgan. Bug`doy-shu ne`matlarning bittasi xolos, oltinday sarg`ayib egilgan, hududsiz maydonlarda mavjlanib yotgan bugdoyzorlar ming yillardan buyon odamzot rizqining manbai hisoblanib kelgan. Bug`doyning inson hayotidagi ahamiyati haqiqatan beqiyos. Hozirgina tegirmonda tortilgan undan yopilgan yangi nonning xushbo`y ta`mini tasavvur etib ko`ring. U har bir kishida qaytarilmas, latif xotiralarni uyg`otadi. O`zbek xalqining milly belgilaridan biri tandir bo`lsa, ikkinchi belgi, shubhasiz, nondir. Nonning turfa xil turlari bor: patir, gijda ,shirmon, gulobi, obinon, yog`lama, kulcha, xon noni, lochira… Ularni sanab chiqishning iloji bormikin? Nima bo`lganda ham ajdodlarimiz asrlar bo`yi ko`zga surtib, e`zozlab kelgan nonda chindan ham g`aroyib xususiyatlar bor. U zakovatning takrorlanmas mo`jizasi, quyoshning kichik bir ramzidir. U hech qachon ko`ngilga urmaydi, aziz-u mo`tabar ne`mat bo`lib qolaveradi. Download 153.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling