She’riyatmiz malikasi


Download 153.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana11.02.2023
Hajmi153.43 Kb.
#1189732
1   2   3   4
Bog'liq
IIV Akademik Litsey (2022-2023)

 
 
ILM XOSIYATI HAQIDA 
Hadisi Sharif va islomning boshqa muqaddas kitoblarida ilm ezgulik, poklik, insonlarni turli ofatlardan asrovchi vosita 
sifatida qaraladi. Ilm – bu hikmat, poklik ramzi, ilmsizlik jaholatdir, deb uqtiriladi. 
Ilm - imon-e’tiqoddir va ular egizak sanaladi. Har qanday ilmli kishi esa o’z bilimiga amal qilgan holda odamlarga 
to’g’ri yo’l ko’rsatib, maslahat bermog’i lozim. Ilm-u hikmatlar o’tkinchi bir narsa emas, u uzoq yillar insonlar bilan birga 
yashaydi.
Hikmatlarda ilmli kishi mevali daraxtga o’xshatiladi. Ilm kishilarni odillik va odamiylikka undaydi. Suv yer 
chanqog’ini qondirganidek, ilm ham kishilarga ezgulik,yaxshilik keltiradi. 
Ilm va hikmat o’rganmoq mo’min kishining yuksak fazilatidir. Chunki ilm-kishilarga tayanch, rahnamo, zeb-u ziynat. 
Ilm - sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’iz damlarda yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg’uli 
onlarda madadkor. 
 
VATAN TARIXI 
Har bir viloyatda yoki qishloqda tariximiz zarvaraqlariga oltin harflar ila bitilsa arzigulik kashfiyotlar yashirin . Bular 
odob va odatimizda ,tabiatimizda yashaydi . 
Rahmatlik bobom aytgan edilar:Forobiy Toshkentga kelganida Beshyogochdagi madrasada tahsil olgan ekan . 
Abdulla Avloniy uning ruhini shod etib , xuddi o‘sha yerga o‘z maktabini qurdi . 
Chirchiq daryosi toshib , Forobiy kitob mutolaa qilgan kutubxona binosi buzilganda bir hafta suvda kitob oqqan ekan.
O‘sha kitoblarni kim o‘qigan ? 


@oKeN_18_10 
Qadimshunoslar uzoq Surxondaryodagi Dalvarzintepadan Budda haykalini topishibdi.Budda dini hukmron bo‘lmish 
Yaponiya ziyolilari esa hayratda qolishibdi.Endi esa o‘sha yapon olimlari o‘zbek arxeologlari bilan hamkorlikda 
Dalvarzintepani o‘rganishmoqda. 
Budda dini bizning sarhadlarimizga qaysi yo‘l bilan tarqalgani-yu u Yaponiyaga qanday borib qolganini 
aniqlashmoqda.Sarhadimizda qanday qonunlar kashf qilingan yoki hukm surgan bo‘lsa, o‘sha odatimizda qolgan desam 
ishonasizmi?

Download 153.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling